Mundarija kirish asosiy qism


Download 235.06 Kb.
bet1/4
Sana10.01.2022
Hajmi235.06 Kb.
#272104
  1   2   3   4
Bog'liq
begizot
М.Мирзаева-объективкаси, matematika-abituriyentlar-uchun-mavzulashtirilgan-testlar-to-plami-1996-2007, HAQIQIY SONNING MODULI, jegalkin kophadi, 4 jarangli va jarangsiz undosh tovus, tasviriy faoliyat sillabus, 2-мавзу мухокама учун саволлар, Destination B1 - o'zbekcha (@new vocabulary)(1), Документ, математика тест, 9 mavzu, Ma'lumot, тайерлов. бадан тарбия11, sadoqat

MUNDARIJA

KIRISH……………………………………………………………………………3

ASOSIY QISM:

1.1. Iste'molning mazmuni va unga tasir etuvchi omillar. 1.2Iste'mol va jamg'armaning o'zaro bog'liqligi hamda ular to'g'risidagi

turlicha nazariyalar.……………………14



1.3ste'mol va jamg'arma oqilona nisbatining aholi turmush darajasiga ta'siri.

1.4. O'zbekiston Respublikasida iste'mol tarkibidagi o'zgarishlar tahlili.……………………………………………20

XULOSA……………………………………………...………………………….29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………31


1



Kirish


Mavzuning dolzarbligi: Quyida ta'kidlab o'tiladigan holatlar iste'mol va jamg'arma funktsiyalari mutanosibligini ta'minlash muammolarini hal etish naqadar muhim ahamiyat kasb etishini ko'rsatadi. Shunga ko'ra, bu jarayonning o'ziga xos xususiyatlari, iste'mol va jamg'arma funktsiyalari mutanosibligini ta'minlash muammolarini tadqiq etishga qaratilgan kurs ishining mavzusi dolzarb hisoblanadi.

Jahon tajribasini puxta o‘rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur.Bozor iqtisodiyoti sharoitida iste'mol va jamg'arma tabiiy o'zgarib turish xususiyatiga ega.

Iste'mol va jamg'arma funktsiyalari mutanosibligi mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatli hisoblanadi. Ushbu mutanosiblikka erishish uchun aholi daromadlarini muntazam ravishda oshib borishini nazorat qilish, daromadlarni jamg'armalar yaratish sharoiti darajasiga ko'tarish, bo'sh pul mablag'larini depozit hisob varaqlariga jalb etish va ularni qayta taqsimlash, mutanosiblikni ta'minlash maqsadida yangi innovatsion usullardan foydalanish lozim. Respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni tezlashtirish iste'mol va jamg'arma funktsiyalari mutanosibligini ta'minlashning asosiy shart-sharoiti hisoblanadi.Iste'mol va jamg'arma hajmi hamda unga ta'sir ko'rsatuvchi omillar o'rtasidagi bog'liqlik iste'mol va jamg'arma funktsiyasi deyiladi. Kurs ishining maqsadi iste’mol va jamg’arish funksiyasini farqi hamda makroiqtisodiy tahlilda qo’llanilishini oz bo’lsada tushuntirish Kurs ishi asosan beshta asosiy rejadan iborat bo’lib. Bu rejalar oraqali mavzu yoritiladi va tushintiriladi.










з





aniqlashni toqozo etadi va ular iste'molchilar talabiga muvofiq, tovarni taklif etilishini va tovarlarga bo'lgan talabning qat'iyligini ta'minlaydi.

Umuman olganda iste'mol tovarlarini aholi tomonidan o'z kundalik haetlarida iste'mol qilish uchun zarur bo'lgan tovarlar bo'lib, ularni iste'mol qilish muddatiga ko'ra ikki turga bo'lish mumkin .



Shuningdek, aholiga shifokorlar, sartaroshlar va boshqa turdagi yakka tartibda ko'rsatiladigan turli-tuman xizmatlar ham bugungi kunda iqtisodchilar tomonidan iste'mol tovarlari tarkibiga kiritilmoqda. Iste'mol tovarlariga ba'zi adabietlarda "pirovard" mahsulot deb qarashadi. Ya'ni iste'mol tovarlari yakuniy mahsulot bo'lib, aholi tomonidan bevosita iste'mol qilinishi uchun bozorga olib chiqilgan tovarlardir. Qayta ishlash, boshqa bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida ishlab chiqarilgan tovarlar, xom ashe resurslari iste'mol tovarlari turkumiga kiritilmaydi.





5

1-rasm. Iste'mol tovarlarini iste'mol qilinish muddatiga ko'ra bo'linishi.




Iste'mol tovarlari iste'mol qilinishiga ko'ra esa uch qismga ajratish mumkin.





2-rasm. Iste'mol tovarlari iste'mol qilinishiga ko'ra turlari.

Aholi iste'mol tovarlariga bo'lgan talablari shakllanishida quyidagi umumiy omillar muhim rol o'ynaydi:



  • ijtimoiy-iqtisodiy va demografik xususiyatlar, daromad va bilim darajasi, mashg'ulot turi bilari tavsiflanuvchi ijtimoiy guruh;

  • etnik guruh - millat (o'zbek, rus, tojik, arab va boshq.);

  • demografik guruh - eshi, jinsi, dini, oila a'zolari soni;

  • haet tarzi - haetiy faolligi, q iziqish lari, qarashlari va demografiyasi.

Yuqoridagi omillar o'z o'rnida aholining iste'mol tovarlariga bo'lgan ehtiejlarini xususiyatini aniqlashga ta'sir qiladi. Iste'mol tovarlari bozorining muhim xususiyatlaridan biri aholi daromadlari va undan kelib chiqib aholining to'lov qobiliyatining hisobga olinishidir.

Iste'molchilarning bilim darajasi bevosita ular daromadlari darajasiga ta'sir qiladi, shuningdek, ularning mutaxassisligi ham to'lov qobiliyatini belgilovchi omillardan sanaladi. Har bir mamlakatni daromad bo'yicha taksimotini o'ziga xos belgilari bo'lib, bu guruhlarga bo'lish doimiy bo'lmay, u jamiyatdagi ijtimoiy- iqtisodiy, pul muomalasini o'zgarishiga qarab o'zgarib boradi. Iste'mol tovarlari hajmi va aholining to'lov qobiliyati o'rtasidagi mutanosiblik ham bevosita




6





aholi daromadlariga qarab turli mamlakatlarda turlicha bo'lishiga olib keladi. Shunday qilib, mamlakatda iste'mol tovarlari bozorini shakllantirsh uchun quyidagi omillarta'sir ko'rsatadi: aholi to'lov qobiliyati; ommaviy axborot vositalari; mamlakatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoit; hukumat tashkilotlari va boshqa qonun chiqaruvchi organlar; fan va texnikaning rivojlanish holati; madaniyat va milliy an'analar darajasi; aholining iste'mol tovarlariga bo'lgan talabi; narx-navo va boshqa omillar.

Iste'mol tovarlari va boshqa turdagi tovar va xizmatlardan foydalanishga qilinadigan harajatlari quyidagilarda deb hisoblaymiz:



  • oziqovqat mahsulotlari uchun qilinadigan harajatlar; J

  • kiyim-kechakka, poyafzal, material va boshqalarga qilinadigan harajatlar;

  • mebel, xo'jalik mollari va idishlar sotib olishga qiliniladigan harajatlar;

  • attorlik, parfyumeriya mollari sotib olishga qilinadigan harajatlar;

-, sport mollari va maishiy xizmat tovarlarini sotib olishga qllinadigan harajatlar;

  • tamaki mahsulotlari sotib olishga qilinadigan harajatlar;

  • turli ichimliklar sotib olishga qilinadigan harajatlar;

  • boshqa turdagi tovarlar sotib olishga qilinadigan harajatlar;

  • kommunal to'lovlar uchun to'lov;

  • dam olish, sanitariya gigiena, sog'liqni saqlash, maishiy xizmatga qiliniladigan harajatlar;

  • transport va aloqa tizimidan foydalanishga qiliniladigan harajatlar va boshq.

Aholi daromadlarining me'eriy va boshqa ko'rsatkichlari aholi to'lov qobiliyati va iste'mol tovarlari hajmi o'rtasidagi mutanosiblikni o'zida mujassamlashtiradi. Bu mutanosiblik shundan iboratki, bunda daromadlardan kelib chiqqan holda iste'mol


7





tovarlariga mablag' ajratiladi va ana shu mablag'larga mos iste'mol tovarlari hajmi belgilanib olinadi,

Agar iste'mol tovarlarining bozor narxi qanchalik past darajada bo'lsa, shunchalik darajada aholi ularni ko'p hajmda sotib olishi mumkin bo'ladi va aksincha, agar aholi daromadlari o'zgarmagan holda iste'mol tovarlari narxi yuqori darajalarda bo'lsa, aholining xarid qilishi mumkin bo'lgan iste'mol tovarlari hajmi shunchalik past bo'ladi. Shu boisdan ham, aholining to'lov qobiliyati darajasi bevosita ularning daromadlariga va iste'mol tovarlarining narxlariga bog'liq bo'lib qoladi. Aholi daromadlarini aniqlash, ularning daromad manbalariga asoslanadi, agarda aholining daromad manbalari qanchalik ko'p va turlicha bo'ladigan bo'lsa, ularning to'lov qobiliyati shunchalik yuqori va barqaror bo'ladi.




8





1.2, Jamg'armaning mazmuni, turlari va unga ta'sir etuvchi omillar.

Jamg'arma - bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiejlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to'planib borishidir.

Jamg'arish fondi - bu barcha xo'jaliklar daromadidan iste'mol sarflarini ayirib tashlansa uning hajmini tashkil qiladi. Barcha xo'jaliklar daromadi quyidagi yig'indidan iborat bo'ladi:

XD=C+S

Bu yerda: XD-barcha xo'jaliklar daromadi; S- iste'mol miqdori; S-jamg'arma miqdorini bildiradi.

Jamg'arish deb, milliy daromadning bir qismi asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek ehtiet zahiralarini ko'paytirish uchun sarflanishiga aytiladi.

Jamg'arilgan mablag'larinig moddiy ishlab chiqarish sohasining asosiy kapitallarini va aylanma mablag'larini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish sohasidagi jamg'arish summasini hosil qiladi. Ijtimoiy-madaniy sohadagi jamg'arish (noishlab chiqarish jamg'arishi) uy-joy fondini, kasalxonalar, o'quv muassasalari, madaniyat, sog'liqni saqlash, sport muassasalari, ya'ni nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruktsiyalash, yangilashga sarflanadi. Jamg'arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish suratlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir.

Jamg'arish normasi bevosita jamg'arish summasining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi:

J/V = Mdsx100%

Bunda: JN - jamg'arish normasi; JS - jamg'arish summasi; MD - milliy daromad.




9





Jamg'arish normasining ham o'z chegarasi bo'lib, uni oshirish iqtisodiy va salbiy oqibatlariga olib kelishi mumkin. Masalan, uning haddan tashqari ortishi natijasida investitsion sarflar samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki kapital mablag'lar hajmi bilan qurilish tashkilotlarining quvvatlari, materiallar va uskunalar yetkazib berish imkoniyatlari, infratuzilmaning rivojlanishi o'rtasida mutanosiblik paydo bo'ladi. Oqibatda iqtisodiy o'sish pasayib ketishi tamoyiliga ega bo'ladi. Jamg'arish hajmi milliy daromadining bir qismini tashkil etadi va shu sababli milliy daromad hajmi ko'payishini belgilaydigan omillar jamg'arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo'llaniladigan resurslar massasi va ularning unumdorligidir. Jamg'arish miqdori ishlab chiqarish jaraenida xom ashe, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga ham bog'liq. Mahsulot birligiga ularni sarflashni kamaytirish moddiy vositalarning o'sha miqdorida mahsulotlarni ko'proq hajmida ishlab chiqarishga imkon beradi.

Aholi jamg'armalari turli xil ko'rinishda tashkil etiladi. Jamg'arma banklari va boshqa kredit muassasalari tomonidan o'ziga jalb qilinadigan aholining iste'moldan ortiqcha pul daromadlari boshqa jamg'armalarga nisbatan kattaroq ulushni tashkil qiladi. Bularga Xalq bankidagi va boshqa tijorat banklari hisobvaraqlariga qo'yilgan omonatlarni kiritish mumkin.

Bundan tashqari, aholi o'z pul mablag'larini Davlatning qisqa muddatli hamda ichki yutuqli zaem obligatsiyalarga, sertifikat, aktsiya va boshqa qimmatli qog'ozlarga qo'yishlari mumkin.

Jamg'arma depozitlari aholi pul jamg'armalarining to'planishi uchun xizmat qiladi. Jamg'arma depozitlariga pul mablag'larini jamg'arish eki saqlash maqsadida shakllantirilgan qo'yilmalar kiradi. Ularning o'ziga xos tomonlari - saqlashning rag'batlantirilishi, yuqori daromadlilik darajasi va ma'lum davr ichida jamg'armarilib borishi kabilar hisoblanadi.




10





Jamg'arma depozitlari bu qo'yilmalarni deyarli barcha banklar qabul qiladi, faqatgina boshqa sohaga ixtisoslashgan banklar qabul qilmasligi mumkin. Xorijiy banklarda jamg'arma qo'yilmalari rentabellikni ta'minlash uchun moliyalashtirishni asosiy manbalaridan hisoblanadi. Bu depozitning muddatli depozitdan farqi shundan iboratki, bu depozitga ko'pincha aholi qo'yilmalari qabul qilinadi, muddatli depozitlarga esa summasi yuqori bo'lgan qo'yilmalar qabul qilinadi. Jamg'arma depozitlariga qo'yilmalar bo'laklab qo'yilishi eki olinishi mumkin. Mijoz har doim ham shaxsiy depozitidagi mablag'ni qaytarishni erkin talab qila olmaydi. U qo'yilmani to'liq eki bir qismini qaytarishni talab qilish huquqiga ega bo'lsa-da, lekin ko'pincha bu muddatli majburiyatlarga bog'liq bo'ladi. Jamg'arma depozitlarning banklar uchun ustunligi shundan iboratki, jamg'arma qo'yilmalari odatda uzoq muddatli xususiyatga ega bo'ladi, bu esa bank uchun uzoq muddatli kreditlashning manbasi bo'lib xizmat qiladi. Banklar uchun bu depozitlarning kamchiligi quyidagilardan iborat:

  • bu depozitlar bo'yicha yuqori foizlar to'lanadi, natijada banklarning marjasi kamayadi, ya'ni aktiv va passiv kredit operatsiyalari bo'yicha foizlar ayrilmasi kamayadi;

  • bu qo'yilmalarning turli xil omillarga ta'sirchan ekanligi (siesiy, iqtisodiy, psixologik omillar), bu esa qo'yilmalar birdan bankdan chiqib ketishini tezlashtirib yuborishi mumkin va bankning likvidligi yo'qolishiga sabab bo'ladi;

  • banklar bu qo'yilmalarni doimiy ravishda yangilab tura olish qobiliyatiga ega emas.

Mijoz uchun bu depozitning ahamiyati shundaki, mijozlar bu depozitlarga pulni qo'yish bilan ko'zda tutilmagan har xil harajatlar uchun rezerv tashkil etadi, pulni yig'adi va kapital tashkil etadi.

Jamg'arma depozitlar saqlanishi turiga qarab quyidagi guruhlarga bo'linadi:

• - muddatli;


11





  • yutuqli depozitlar;

  • joriy raqamga qo'yiladigan mablag'lar;

  • plastik kartochkalar;

  • depozit sertifikatlari.

Davriy badallar asosida shakllanadigan jamg'arma depozitlari muayyan maqsadni amalga oshirish uchun depozit hisobvaraqda ma'lum miqdorda pul summasirii jamlash maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar nomiga ochiladi.

Agar shaxsning nomiga berilgan omonat daftarchasi yo'qolsa eki taqdim etish uchun yaroqsiz holga kelib qolsa, bank omonatchining arizasiga ko'ra unga yangi omonat daftarchasini beradi.

Jamg'arma depozitlarining asosiy shakllari quyidagilardan iborat:


  • omonat daftarchalaridagi depozitlar (taqdim etuvchining nomiga berilgan, egasi ko'rsatilgan),

  • hisobvaraq holati ko'chirma qilinadigan depozitlar;

  • xabarli depozitlar.

Jamg'arma depozit hisobvarag'i ochilganda bank jismoniy shaxsga bankning barcha operatsiyalari aks ettiriladigan omonat daftarchasini beradi. Hisobvaraq epilgan taqdirda, omonat daftarchasi bankka qaytarilishi lozim. Depozitor omonat daftarchasiga hech qachon biron-bir ezuv kiritmasligi zarur, chunki bank noto'g'ri rasmiylashtirilgan va tan olinmagan ezuvlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

Yuridik shaxslar jamg'arma depozit hisobvarag'ini shartnoma asosida belgilangan tartibda ochadi.

Hisobvaraqdagi holati ko'chirma qilinadigan depozitlar depozitlaromonat daftarchalari depozitlaridan farqli ravishda shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi, ulardan ko'chirmalar shartnoma shartlarida ko'rsatilgan muddatlarda davriy


12





ravishda depozitorning manziliga jo'natib turiladi. Bu depozitorlarning bankka qatnashdan ozod qiladi va ular bilan pochta orqali aloqa bog'lab turish imkonini beradi. Bank pochta orqali omonatchining hisobvarag'idan ko'chirmalarni jo'natish harajatlarini uning hisobvarag'idan undiradi.

Xabarli jamg'arma depozitning o'ziga xosligi shundaki, depozitni hisobvaraq hisobidan chiqarish oldindan xabar berish orqali shartnomada kelishilgan muddatda amalga oshiriladi. Xabar qilish muddati qanchalik uzoq bo'lsa, depozit uchun foizlar stavkasi shuncha yuqori bo'lishi mumkin.

Hisobvaraqdan olingan ko'chirmalar va summaga doir daftarchadagi barcha o'zgarishlarni depozitor o'rganib chiqishi hamda har qanday nomuvofiqlik to'g'risida zudlik bilan xabar qilishi kerak. Xabar qilingan nomuvofiqlikni bank birlamchi hujjatlar asosida bartaraf qilishi zarur.

Omonatchilar bank muassasalaridan birinchi murojaatlarida o'z omonatlarini olishlari, omonatlarini vasiyat qilishlari, omonatdan pul mablag'larini olishni boshqa shaxsga ishonishlari, o'z omonatlarini boshqa shaxs nomiga o'tkazishlari mumkin. Bankka qo'yilgan omonatlarning sir tutilishi va meros bo'lib qoldirilishi qonun yo'li bilan kafolatlanadi. Omonatchilar omonat bo'yicha foiz ko'rinishidagi daromad oladilar. Omonatlardan keladigan daromadlar soliqlardan ozod qilinadi, ya'ni ular bo'yicha daromad solig'i olinmaydi.

O'zbekiston Respublikasi tijorat banklarida omonatchining birinchi talabi bo'yicha omonat to'liq eki qisman beriladi. Uchinchi shaxs nomiga omonatga pul mablag'i qo'ygan kishi bu omonatdan foydalanish huquqiga ega emas. Nomiga shartli omonat qo'yilgan omonatchi bu omonatdagi pul mablag'idan omonat qo'yish vaqtida ko'rsatilgan holatlar bajarilganda eki aniq shartlarga rioya qilinganda foydalanishi mumkin. Omonatchi shartli omonatni olish uchun bankka omonatni qo'yishda belgilangan shartlar bajarilganligini isbotlovchi hujjatlarni taqdim qilishi shart. Omonatni qo'yishda belgilangan shartlar bajarilgunga qadar


13





omonatchi bu omonatdan faqatgina uni qo'ygan shaxsning ezma farmoyishi bo'yicha foydalanishi mumkin. Boshqa shaxs nomiga shartli omonat qo'ygan shaxs bu omonatdan uni qo'ygan vaqtda ko'rsatilgan holatlar eki omonatchi tomonidan belgilangan shartlar bajarilmagan, shuningdek, shartlar bajarilgunga qadar omonatchi vafot etgan taqdirda foydalanishi mumkin.

Omonatchining hisobvarag'ini yurituvchi bankdan omonatdagi pul mablag'i omonat daftarchasi asosida omonatchiga eki uning vakiliga to'la eki qisman beriladi. Omonatchi bir necha shaxsga o'z omonatidan foydalanish huquqini berishi mumkin. Omonat daftarchasi ko'rsatilmasdan, ishonchnoma bo'yicha omonatdan pul miqdorini berish amalga oshirilmaydi (agar omonat bo'yicha hisobvarag'i pul o'tkazish yo'li bilan ochilgan va omonat bo'yicha omonat daftarchasi berilmagan bo'lsa, bundan istisno).

Aholi jamg'armalariga aholining ixtieriy sug'urtalarini ham kiritish mumkin. Ixtieriy sug'urtadan respublikamizning istagan fuqarosi foydalanishi mumkin. Buning uchun sug'urta idoralari bilan shartnoma tuzilib, unda to'lanadigan summa, shartnoma muddati, shartnoma shartlari, tomonlarning majburiyatlari va huquqlari ko'rsatiladi. Yig'ilgan pul summasi shartnomada ko'rsatilgan muddat o'tgandan so'ng, avvaldan belgilangan daromad bilan birga qo'shib qaytariladi.

Aholining jamg'armalari hisobga olib boriladi. Masalan, Xalq banki muassasalaridagi omonatlar bo'yicha hisobvaraqlardagi omonatlar qoldig'i, respublika bo'yicha aholi jon boshiga to'g'ri keladigan omonat miqdori, daromad oluvchi aholi jon boshiga to'g'ri keladigan omonat miqdori, omonatchilar soni, sug'urta qilingan shaxslar soni, sug'urta summasi miqdori, uning o'rtacha yillik qoldig'i, aholiga sotiladigan zaem obligatsiyalari soni, summasi, muomalaga chiqarilgan obligatsiyalar miqdori va hoqazo ko'rsatkichlar orqali jamg'armalar bo'yicha ma'lumot olish mumkin.




14





Jamg'armalar aholi qo'lida ham saqlanishi mumkin. Bu jamg'armalar turli ko'rinishda saqlanishi mumkin. Masalan: pul ko'rinishida, tovar moddiy boyliklari shaklida, qimmatbaho metal shaklida, ko'chmas mulk shaklida va boshqa ko'rinishlarda saqlanishi mumkin. Bunday aholi jamg'armalarning qancha miqdorda ekanligini bilish qiyin. Ularni aholi daromadlari va harajatlar balansi va boshqa pul muomalasi rejalari orqali taxminan hisoblab chiqish mumkin.

Yuqorida biz aholining jamg'armalari va ularning shakllarni ko'rib chiqdik. Lekin aholi o'zining ortiqcha pul mablag'larini jamg'arib bormasligi ham mumkin, chunki jamg'armalardan tashqari investitsiyalar ham mavjud. Ma'lumki, har doim biz jamg'armalarni aholining daromadlari va harajatlari o'rtasidagi farq deb qaraymiz. Lekin jamg'armalar mazmuniga chuqurroq nazar solsak, uning daromadlar va harajatlari o'rtasidagi farq emas, balki aholi daromadlari va iste'moli o'rtasidagi farq ekanligini anglash mumkin. Aholi ko'pincha o'z iste'molining normal miqdoridan o'zini tortib turadi va shu hisobidan jamg'arma qilib borishga intiladi. Aholi jamg'armalari darajasiga ko'ra jamiyat o'z resurslarini kapital qo'yilmalarga yo'naltiradi. Bu holda jamg'arma qiymatini qoplash va uni qiymatini oshirish maqsadida jamg'armalardan unumli foydalanishni ta'minlash zarur bo'ladi. Bu shartni bajarmay turib, aholini jamg'armalarga bo'lgan qiziqishini oshirish mumkin emas. Shu nuqtai nazardan qaraganda, aholi uchun hozirgi sharoitda investitsiyalar qulay bo'lib hisoblanadi. Investitsiyalar bu - daromad olish maqsadida pul mablag'larini biror ishga qo'yilishidir. Jamg'armalarni investitsiyalashtirish turli shakllarda bo'lishi mumkin. Masalan, ortiqcha pul mablag'larini obligatsiya, sertifikatlar, aktsiyalar kabi qimmatli qog'ozlarga qo'yish, ko'chmas mulk sotib olish, davlat qimmatli qog'ozlariga pul mablag'larini joylashtirish, banklardagi omonatlar bo'yicha hisobvaraqalarga pul qo'yish va hoqazo. Umumiy qilib aytganda, investitsiyalarni shunday tushunish mumkinki, bu pul mablag'larini biror bir ob'ektga qo'yilishiki, bunda ular iqtisodietni sog'lomlashtirishining asosiy faktori sifatida namoen bo'lishi kerak.




15





Ilgari, ma'muriy-boshqaruv siesati davrida aholi pul jamg'armalari davlat byudjeti kamomadini moliyalashtirish uchun ishlatilar edi. Bu moliyalashtirish davlat tomonidan chiqarilgan qarorlarning asossizligi va aholi pul mablag'larining unumsiz ishlatilishi bilan bog'liq edi. Hozirgi sharoitda esa aholi pul mablag'larining iqtisodietdagi o'rni o'zgarib bormoqda. Aholi pul mablag'lari investitsiyalar uchun asosiy manba bo'lib hisoblanadi. Ular erdamida ijtimoiy kapital ortib boradi. Shu bilan birga aholi ijtimoiy talabi chegaralangan bo'ladi. Demak, aholi pul mablag'larini oborotga jalb qilish va shu yo'l bilan uning aholi qo'lida qoladigan qismini kamaytirish bozor munosabatlari sharoitida alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday murakkab muammoni aholi pul jamg'armalarini rag'batlantirish yo'li bilan hal qilish mumkin. Shu yo'l bilan jamg'armalarni jalb qilishning kanallarini kengaytirish lozim. Bunday yo'nalishlarning dastlabki qadamlari davlat mulkini xususiylashtirish, moliya-kredit tizimida yangi muqobil bo'g'inlarning yaratilishi, mavjud moliya-kredit institutlari faoliyatini universallashtirishni ta'minlash kerak. Bularning hammasi aholi jamg'armalarining davlatning iqtisodiy rivojlanishi uchun aktiv katalizatorga (tezlashtiruvchi vosita) aylanishi uchun shart-sharoit yaratadi.

Boshqa mustaqil hamdo'stlik mamlakatlarida bo'lgani kabi, bizning respublikamizda ham inflyatsiyaning aholi jamg'armalariga ta'siri bilan bog'liq masalalar juda muhimdir. Inflyatsiyaning jamg'armalarga salbiy ta'sir etishi tabiiydir. Chunki bunda jamg'armalar to'g'ridan-to'g'ri qadrsizlanadi, shu sababli har qanday jamg'arma to'plash eki investitsiyalar o'z ma'nosini yo'qotadi va aholi tezroq o'z qo'lidagi puldan qutilishga harakat qiladi, ya'ni pulni biror qimmatbaho buyumga, masalan qimmatbaho metall, ko'chmas mulk kabilarga eki qadrli chet el valyutalariga almashtiradi. Shuning uchun hukumat tomonidan qadrsizlanaetgan jamg'armalar bo'yicha kompensatsiyalar to'lash eki indeksatsiyalar o'tkazish chora- tadbirlari ko'riladi. Bunga misol qilib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1996 yil fevralida qabul qilingan «Omonatlar bo'yicha indeksatsiya to'lovlarni to'lash» haqidagi qarorini keltirish mumkin. Hujjatga muvofiq 1992




16





yilning 1 yanvarigacha omonat bo'yicha hisobvaraqlarda qolgan qoldiq miqdori 4000 marta ko'paytirildi. Ushbu ko'paytirilgan, ya'ni indeksatsiya qilingan omonatlar lOyil davomida haryili belgilangan miqdorda to'lab boriladi. Birinchiyil umumiy omonat miqdorining 10 foizi, ikkinchi yili omonat qoldig'ining 20 foizi, uchinchi yili 30 foizi va hoqazo tartibda to'lanib boriladi. Oxirgi 10-yilda omonatning qolgan summasi omonatchiga to'lanadi. Shu bilan birga har yilning oxirida barcha omonatlarning qoldig'ida talab qilib olinadigan omonat bo'yicha to'lanadigan miqdorda foizli daromad summasi qo'shib boriladi. Indeksatsiya to'lovlarini to'lash 2019 yil oxirida yakunlanadi.

Pul mablag'lari ustidan boshqarish va nazorat o'rnatish uchun aholini jamg'arma qilishga majbur qilgan sharoitlar, shu bilan birga jamg'arish jaraeniga ta'sir etuvchi omillarni o'rganib chiqish kerak. Yuqorida aytib o'tganimizdek, aholi o'zlarining ortiqcha pul mablag'larini turli maqsadlar uchun jamg'arib boradilar. Jamg'armalarning klassifikatsiyasi alohida olingan oila eki alohida shaxs bilan bog'liq, lekin shu bilan birga jamiyatning umumiy rivojlanishi ham jamg'armalar holatiga ta'sir ko'rsatadi. Jamg'armalarni tashkil etish imkoniyati aholi pul daromadlari harakatining darajasi va mazmunini belgilab beradi. daromadlar va harajatlar o'rtasidagi muvozanat jamg'arma jaraenini o'zgarishini baholashning kriteriylaridan bo'lib hisoblanadi. Aholining talabi va uning moddiy ta'minlanishi o'rtasidagi farq jamg'arma jaraenining normal holatining buzilganligidan dalolat beradi. Bunday holat pul jamg'armalarining haddan ortiq ko'payishiga olib keladi. Bunday jamg'armalar bozorga ham o'z ta'sirini o'tkazib, baholarning ko'tarilishiga olib keladi. Bu esa ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bo'lgan qiziqishni omillarni ko'rsatish mumkin:



  1. ishlab chiqarish darajasining iste'mol darajasiga mos kelishi;

  2. ishlab chiqarishning joylashtirilishi;

v) ish haqi to'lash usullari;


17





g) aholi pul daromadlarining turlari;

  1. bahoning umumiy darajasi;

  2. aholi jamg'arma turlarining rivojlanish darajasi;

j) respublikamizdagi iqtisodiy barqarorlik va boshqalar.

Davlat aholining bo'sh turgan pul mablag'larini yig'ish orqali o'z ixtieriga juda katta miqdordagi moliyaviy va kredit resurslarini to'playdi.

Kredit muassasalarining ko'payishi va ular o'rtasidagi mijozlar uchun raqobat sharoitida aholi pul mablag'larini xohlagan kredit muassasasiga qo'yishni tanlash huquqi ortib boradi. Aholi o'zining ortiqcha pul mablag'ini istagan shaklda joylashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Hozirgi davrda jamg'armalar jalb qilishning 3 ta asosiy yo'li mavjud: bank muassasalarining omonatlari, sug'urtalar va qimmatli qog'ozlar ko'rinishidag;i jamg'armalar. ;

Shuni ta'kidlash lozimki, Xalq bankidagi omonat ko'rinishidagi jamg'armalar boshqa jamg'arma turlari ichida eng asosiy o'rinni egallaydi. Lekin hozirgi kunda Xalq bankidan tashqari boshqa tijorat banklari ham axoli jamg'armalarini omonatlar bo'yicha hisobvaraqlarga qabul qilmoqdalar. Endilikda omonatchilar banklarni tanlagan holda o'zlarining omonatlarini bir eki bir necha banklarga joylashtirishlari mumkin. O'zbekiston bank tizimi davlat, aktsiyali, qo'shma, hamda xususiy banklarni o'z ichiga oladi. Ularning ko'pchiligi aholidan omonatlar qabul qilish huquqiga egadirlar. Boshqa tijorat banklariga bunday huquqning berilishi bilan Xalq bankining jamg'armalar bozoridagi yakkahokimlik roli kamaya boshladi. Hozirgi kunda respublikamizda faoliyat yuritaetgan TIF Milliy banki, Agrobank, OATB "Qishloqqurilishbank", O'zsanoatqurilishbank, Mikrokreditbank, Trastbank, Ipak yo'li banki, Ipoteka bank, Turon bank kabi bir qator banklar Xalq banki bilan bir qatorda aholiga o'ndan ortiq omonat turlarini taklif qilmoqdalar. Ularni shartlari, muddatlari turlicha bo'lib, bu haqda keyingi boblarda batafsil to'xtalib o'tamiz.




18





Hozirgi kunda omonatlar bilan birga aholining aktsiya, obligatsiya, sertifikat kabi qimmatli qog'ozlarga qo'yaetgan pul mablag'larining salmog'i borgan sari ortib bormoqda. Bundan tashqari sug'urta ishi ham asta-sekin rivojlanib borib, jamg'arma xizmatlari bozoriga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Xususiy sug'urta kompaniyalari tashkil etilib, sug'urta ishi bo'yicha butun xizmat kompleksini o'ziga majassamlashtirmoqda.

Umuman, omonatchilar o'z pul mablag'larining qanday ko'rinishida tashkil etishni tanlashda ma'lum kriteriylardan foydalanadilar. Ular ichida eng asosiylari omonatlarni saqlashning kafolatlanganligi, daromadliligi hamda likvidliligidir. Bundan tashqari, omonatchilar jamg'arma qilaetganlarida inflyatsiyaning omonatga ta'siriga ham katta e'tibor beradilar. Hozirgi kunda aholi jamg'armalari ichida eng inflyatsiyadan himoyalangani aktsiyalar va korxonalar kapitalida to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etish hisoblanadi. Davlat o'z navbatida, ba'zi jamg'arma shakllari uchun qo'shimcha rag'batlantirish joriy qilish orqali, jamg'arma strukturasiga ma'lum o'zgarishlar kiritishi mumkin. Umuman, aholi doimo o'ziga qulay, daromadli jamg'arma shakllaridan foydalanishni afzal ko'radi. Jamg'arma bozori egalari esa shunday jamg'arma shakllarini tashkil etish va aholining pul mablag'larini o'ziga jalb qilish uchun doimo izlanish olib borishi kerak, jalb qilingan bu pul mablag'lari ular uchun eng arzon va asosiy kredit hamda moliyaviy resurs bo'lib hisoblanadi.




19





1.3. Iste'mol va jamg'armaning o'zaro bog'liqligi hamda ular to'g'risidagi
turlicha nazariyalar tahlili

Milliy iqtisodietda yalpi ichki mahsulotning asosiy qismi bo'lgan yangidan vujudga keltirilgan mahsulot ya'ni sotilgandan keyingi uning puldagi ko'rinishi - milliy daromaddan iste'mol va jamg'arish maqsadlarida foydalaniladi. Keng ma'noda iste'mol jamiyat a'zolari iqtisodiy ehtiejlarini qondirish uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanish jaraenini bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste'mol farqlanadi.

Unumli iste'mol bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jaraeniga tegishli bo'lib, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jaraenini anglatadi.

Shaxsiy iste'mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro'y berib, bunda kishilarning iste'mol buyumlaridan va xizmatlardan bevosita o'zlarining shaxsiy ehtiejlarni qondirish maqsadida foydalanish tushuniladi.

Iste'mol qilinadigan ne'matturiga bog'liq ravishda moddiy hamda nomoddiy ne'mat va xizmatlarni iste'mol qilishga bo'linib o'rganiladi.

Yakka tartibdagi eki jamoa bo'lib iste'mol qilish ham farqlanadi. Alohida shaxsning o'z ixtierida bo'lgan ne'matlarni iste'mol qilishi yakka tartibdagi iste'molga, jamiyat a'zolari turli guruhlarining ne'matlardan birgalikda foydalanishi jamoa bo'lib iste'mol qilishga kiradi.

Kelgusida iste'mol hajmini oshirish imkoniyati joriy davrdagi jamg'armaga ham bog'liq bo'ladi. Jamg'arma - bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiejlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to'planib borishi. Uning hajmi barcha xo'jaliklar daromadidan iste'mol sarflarini ayirib tashlash yo'li bilan aniqlanadi. Daromad tarkibida iste'mol sarflari ulushi qanchalik yuqori bo'lsa, jamg'arma hajmi shunchalik kam bo'ladi. Jamg'armaning


20





o'sishi esa iqtisodiy ma'noda mablag'larning iste'mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlar xarid qilishga yo'naltirilishini bildiradi. Shunga ko'ra, jamg'arma r- bu muddat jihatidan kechiktirilgan iste'molni anglatadi. Shu bilan birga joriy davrda amalga oshirilgan jamg'arma joriy iste'molning chegirilgan qismidir, chunki jamg'arma aholi va korxonalar ixtieridagi daromadning iste'molga sarflanmagan qismi hisoblanadi:

Y=C+S,


bu yerda:Y- barcha xo'jaliklar ixtieridagi daromad;

C-iste'mol miqdori; S-jamg'arma miqdori.

Shu sababli daromad tarkibidagi iste'mol sarflari va jamg'arma nisbatining o'zgarishi bir qator, ba'zan qarama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin. Birinchidan, daromadlarning qandaydir qismning jamg'armaga qo'yish oqibatida u tovarlarda bo'lgan talabda o'z aksini topmaydi. Jamg'arma, yuqorida ta'kidlanganidek, daromadlarning ma'lum bir qismini iste'mol qilishdan chegirib qo'yishni bildirib, natijada iste'mol sarflari hajmi barcha ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni sotib olish uchun yetarli bo'lmay qoladi. Aholi daromadining jamg'arilgan qismi o'zining xususiy talabini vujudga keltirmaydi. Buning natijasida sotilmay qolgan tovarlarning ko'payishi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlik va daromadlarning pasayishi ro'y berishi mumkin. Ikkinchidan, jamg'arma talabning yetishmasligiga olib kelmasligi ham mumkin, chunki jamg'arilgan mablag'lar tadbirkorlar tomonidan investitsion maqsadlarida ishlatiladi. Bu jamg'arma keltirib chiqaradigan iste'mol sarflaridagi har qanday yetishmaslikni to'ldiradi. Uchinchidan, korxonalar ham o'zining barcha mahsulotini pirovard iste'molchilarga sotishni ko'zda tutmaydi, balki uning bir qismidan o'z ishlab chiqarishda foydalanishi mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining jamg'armalariga teng miqdordagi mablag'larni investitsiyalarga qo'yishni ko'zda tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bo'lib qoladi.


21





Iste'mol va jamg'arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil millits daromadning hajmi va uning o'zgarishi hisoblanadi. Har yilgi haqiqiy iste'mol miqdori va soliqlar to'langandan keyingi daromad o'rtasidagi farq shu yildagi jamg'arma miqdorini aniqlaydi.

Iste'mol va jamg'arma hajmi hamda unga ta'sir ko'rsatuvchi omillar o'rtasidagi bog'liqIik iste'mol va jamg'arma funktsiyasi deyiladi. Bu funktsiyalarni baen etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga ko'ra, kishilar o'z mablag'larini qo'shimcha daromad keltirgan taqdirda jamg'armaga yo'naltirishga harakat qiladilar. Shunga ko'ra, banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo'lsa, ularning jamg'armaga qiziqishlari shu qadar kuchli bo'ladi, ya'ni jamg'arma real foiz stavkasining o'sib boruvchi funktsiyasi hisoblanadi. Aholi daromadlari iste'mol va jamg'arma mablag'larining yig'indisidan iborat ekan, real foiz stavkasining o'sishi bilan iste'mol pasayib, jamg'arma esa ko'payib boradi. Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar fikriga ko'ra iste'mol real foiz stavkasining pasayib boruvchi funktsiyasi hisoblanadi.

J. M. Keyns klassik iqtisodchilarning bu fikrlariga qarshi chiqib, uy xo'jaliklarining iste'mol sarflari real foiz stavkasiga u qadar bog'liq emasligini, kishilar uchun hamma vaqt joriy iste'molning kelgusidagi iste'moldan afzalligini ta'kidlaydi. U iste'mol sarflari darajasiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy omil sifatida uy xo'jaliklarining joriy daromadlarini ko'rsatadi. Demak, Keyns fikriga ko'ra, iste'mol - uy xo'jaIiklari joriy daromadlarining o'sib boruvchi funktsiyasi hisoblanadi:

C = f(Y).



Iste'mol funktsiyasini grafik ko'rinishida ham tasvirlash mumkin (4-rasm). Bunda tik o'qqa iste'mol sarflari, etiq o'qqa esa aholi ixtieridagi daromad miqdori joylashtiriladi ’


22








5


4-rasm. Iste’mol funktsiyasiniiig giafikdagi tasviri

Har ikkala o'q o'rtasidan 45° ostida o'tuvchi OF to'g'ri chiziq iste'mol sarflari va ixtierdagi (sof) daromadning miqdoran tengligini ifodalaydi. OY o'qidagi har qanday daromad miqdorini ifodalovchi ushbu chiziqda joylashgan nuqta OS o'qining tegishli miqdordagi iste'mol sarfiga teng bo'ladi. Boshqacha aytganda, uy xo'jaligi sof daromadning barcha hajmini to'liq iste'molga sarflaydi. Biroq, bunday tenglik amalda doimo ham ro'y beravermaydi. Iste'mol sarflari miqdori ba'zida joriy sof daromadlar miqdoridan past bo'lishi, ba'zida esa oshib ketishi ham mumkin. Shuning uchun iste'mol egri chizig'i S sof daromad OF chizig'iga mos tushmay, unga nisbatan ma'lum darajada og'adi. Har ikkala chiziqning o'zaro kesishga.

B nuqtasi «0 darajadagi jamg'arma»ni anglatadi. Bu nuqtaningchaptomonida iste'mol sarflari daromad miqdoridan yuqori bo'lib, bu manfiy jamg'arma deb ataladi. Shuni ham ta'kidlash lozimki, real haetda iste'molning ma'lum qismi daromad hajmiga bog'liq bo'lmaydi. Masalan, biron-bir shaxsning daromadi kutilmaganda juda past darajaga tushib qolishi mumkin. Biroq, bu shaxs, daromadi bunga imkon bermagan taqdirda ham, ma'lum darajada ovqatlanish, kiyinish va boshqa zarur iste'mol harajatlarini amalga oshirishga majbur. U mazkur sarflarni ё oldingi davrda jamg'arilgan daromadlari hisobiga, eki o'zgalardan qarz olish


23





hisobiga qoplashi mumkin. Iqtisodiy adabietlarda iste'mol sarflarining bu darajasi avtonom (ya'ni, joriy sof daromaddan mustaqil) holdagi iste'mol darajasi deyiladi. Bizning grafigimizda bu daraja So nuqtadan boshlanadi.

Chizmadagi V nuqtaning o'ng tomoni esa ijobiy (musbat ishorali) jamg'arma deb ataladi. Aynan V nuqtada aholi daromadlari va sarflarining muvozanatiga erishiladi. Daromad miqdori oshib borgan sari bu muvozanat buzilib, jamg'arma miqdori ortib boradi. Chizmadagi daromadning Yi darajasida iste'mol miqdori YeiYeo kesmadan, jamg'arma miqdori esa YeoYez kesmadan iborat bo'ladi.



Jamg'arma funktsiyasining grafikdagi tasviri bir oz o'zgacha ko'rinishda bo'ladi (5-rasm).





5-rasm. Jamg‘arma funktsiyasining grafikdagi tasviri6

5-rasmdan ko'rinadiki, jamg'arma funktsiyasining grafikdagi tasviri iste'molfunktsiyasi tasvirining aksi sifatida namoen bo'ladi. Bu grafikda ham V nuqta 0 darajadagi jamg'arishni, OY etiq chizig'ining 0 darajadan pastki qismi manfiy jamg'arishni, yuqori qismi esa ijobiy (musbat) jamg'arishni anglatadi. YeoYe? kesma sof daromadning Yi darajasidagi jamg'arma miqdorini ko'rsatadi.

Iste'mol va jamg'arma hajmiga daromaddan tashqari yana bir qator ob'ektiv va sub'ektiv omillar ta'sir ko'rsatadi. Ob'ektiv omillar alohida iste'molchining


24





ixtieriga, idrokiga bog'liq bo'lmagan omillardan iborat bo'lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

  • barcha xo'jaliklar tomonidan jamg'arilgan mol-mulk darajasi;

  • narxlar darajasi;

  • real foiz stavkalari;

  • iste'molchining qarzdorligi darajasi;

  • iste'molchilarni soliqqa tortish darajasi.

Sub'ektiv omillar, asosan, iste'molchining o'ziga, uning ruhiyati va bozordagi xatti-harakatiga bog'liq bo'ladi. Bu omillar qatoriga iste'mol va jamg'arishga bo'lgan moyillik, kelgusidagi narx, pul daromadlari, soliq, tovarlar mavjudligi darajasining o'zgarishiga nisbatan munosabatni kiritish mumkin. Sub'ektiv omillar ta'sirida iste'mol va jamg'arma darajasining o'zgarishini shartli ma'lumotlar asosida tuzilgan quyidagi jadval orqali ko'rib chiqamiz (2-jadval).

Yil-

lar


Daromad darajasi

(Y)


Iste'- mol (S)

Jam- g'arma

(S)


Iste'- molga o'rtacha moyillik

(S:Y)


Jamg'a- rishga o'rtacha moyillik

(S:Y)


Iste'- molga keyingi qo'shilgan moyillik

( S:AY)


Jamg'a- rishga keyingi qo'shilgan moyillik

(S:Y)


2000

2500

2000

750

0,87

0,13




-

2005

2700

2200

810

0,83

0,17

0,67

0,33

2010

3200

2500

960

0,77

0,23

0,50

0,50

2019

3500

2800

1050

0,74

0,26

0,83

0,17


25





Jadvaldan ko'rinadiki, yillar davomida sof daromad hajmi oshib borishi bilan uning iste'mol va jamg'armaga sarflanishi o'rtasidagi nisbat o'zgarib bormoqda. Iste'molchilarning daromadlari qanchalik o'sib borgan sari ularning jamg'armaga bo'lgan moyilliklari shunchalik oshib boradi. Buni iste'mol va jamg'armaga bo'lgan o'rtacha va keyingi qo'shilgan moyillik ko'rsatkichlari orqali ham kuzatish mumkin. Aholi daromadining iste'molga sarflanadigan ulushi iste'molga o'rtacha moyillik (ARS) deyiladi:


Download 235.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling