Mundarija: kirish betlar


Download 71.07 Kb.
bet1/4
Sana05.06.2020
Hajmi71.07 Kb.
#114981
  1   2   3   4
Bog'liq
Diplom ishi


MAVZU: QOTILLIK JINOYATLARINI SODIR ETISH VA ULARNING FUNKSIYALARI.
MUNDARIJA:

KIRISH..................................................................................... 1-3 betlar

I.BOB. Mehnatni muhofaza qiluvchi organlar.
I.1. Kasaba uyushmalari,ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida.......................................................................... 7-15 betlar

I2. Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi funksiyasi va vazifalari

................................................................................. 16-48 betlar
II.BOB. Mehnatni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari.
II.1. ”Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi 2016-yil 22-sentabrdagi O’RQ-410-sonli qarori..................................................................................... 49-54 betlar

II.2. II.2.Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida

........................................ 55-60 betlar
XULOSA:
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

Kirish

Mehnat muhofazasi - insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihatsalomatligi va ish qobili-yatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida koʻllaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariyagigiyena, davolash-profilaktika choratadbirlari belgilab qoʻyiladi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash, sogʻlom mehnat sharoitlari yaratish, kasb kasalliklari yuz berish xavfini oldini olish, ishlab chiqarishda jarohatlanishlarga yoʻl koʻymaslik kabilar Mehnat muhofazasi oldidagi vazifalar hisoblanadi.

OʻzRda xavfsiz va qulay mehnat sharoitida ishlash yuzasidan fuqarolarning huquqlari Konstitutsiyada (37modda) mustahkamlanib qoʻyilgan. Ush-bu konstitutsiyaviy kafolatni amalda roʻyobga chiqarilishiga qaratilgan aniq choratadbirlar OʻzR ning Mehnat kodeksida, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun (1993 yil 6 may)da, boshqa bir qator qonunlar va qonun osti normativ hujjatlarida belgilangan. Oʻzbekistonda Mehnat muhofazasi uchun katta moliyaviy mablagʻlar ajratiladi va oʻzlashtiriladi. Sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitida mehnat qilish huquqi OʻzR fuqarolarining eng asosiy mehnat huquqlaridan boʻlib hisoblanadi. Mehnat muhofazasiga oid talablar va standartlar Mehnat kodeksi, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun talablari asosida ishlab chiqariladigan korxona va tashkilotlarning ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomalari, tarmoq yoki mintaqaviy jamoa kelishuvlari, korxonalarning boshqa ichki normativhuquqiy hujjatlarida, muayyan soha, kasb, ish joylariga oid boʻlgan Mehnat muhofazasi standartlarida belgilab qoʻyiladi. Mulkchilik shakli va xoʻjalik yuritish usulidan qatʼi nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlar oʻz xodimlari uchun sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishi, xavfsizlik texnikasi choralarini koʻrishi, mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishi, boshqa tashkiliytexnik tadbirlarni amalga oshirishi shart.

Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi maxsus davlat organlari va jamoatchilik tomonidan nazorat qilib boriladi. Qonunlarga, shu jumladan, Mehnat muhofazasiga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan OʻzR Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar umumiy nazorat olib boradi. Mehnat muhofazasi haqidagi qonun talablarini buzgan korxonalarga moliyaviy-iqtisodiy jazo choralari, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan esa institutizomiy, maʼmuriyhuquqiy, jinoiy javobgarliklar qoʻllanishi, ular aybi bilan yetkazilgan moddiy zarar qoplattirilishi mumkin.

1993 yil 6 mayda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida"gi qonuni iqtisodiyotning bozor munosabatlari talablariga, jamiyatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish, mehnat qonunchiligi va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish talablariga moslashtirish bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylandi. Shu yilning 23 sentyabrida matbuotda e'lon qilingan va dekabr oyidan kuchga kiradigan yangi tahrirdagi "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida"gi qonunni ana shunday talab va ehtiyojning mahsuli sifatida ko'rsatish mumkin. Mazkur qonun mamlakatimizda milliy qonunchiligimiz takomillashtirilishi hisobga olingan holda, xalqaro qonun normalariga muvofiq qayta ishlab chiqildi. Xususan, uni tayyorlash jarayonida qator vazirlik va idoralarning, yirik sanoat korxonalari, soha ekspertlari, olimlar, keng jamoatchilikning takliflari hamda xalqaro tajribalar inobatga olindi. Bunda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalari mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi sohasidagi Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va tavsiyalari inobatga olinib, rivojlangan davlatlarning mehnatni muhofaza qilish bo'yicha qonunchiligi va tajribasi o'rganildi. Yangi tahrirdagi qonunda mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish, davlat organlari faoliyatini aniq muvofiqlashtirib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi, Mehnat, Sog'liqni saqlash vazirliklari, davlat va xo'jalik boshqaruvi idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari o'z aksini topgan. Unda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, mazkur sohadagi munosabatlarni tartibga solish borasida davlat organlarining vakolatlarini aniq belgilash, ishchi-xizmatchilarning mehnat huquqi bilan bog'liq manfaatlarini himoya qilish, ish joylarida yetarli sharoitlar yaratish, ish o'rinlarining attestasiyasini o'tkazish, mehnatni muhofaza qilish auditini tashkil etish, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi talablarni buzganlik uchun ish beruvchi va xodimlarning javobgarligini kuchaytirish kabi masalalar o'z aksini topdi. Bir so'z bilan aytganda, yangi qonun mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarishda ham ish beruvchi, ham xodimning mas'uliyatini oshiradi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar hamda kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan samarali yo'nalishlarni o'zida qamrab olgan. Bu ayniqsa, xodimlar, jumladan, voyaga yetmagan shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, ishchi-xodimning xavfsiz, emin-erkin, xotirjam, ish joyida yetarli sharoitlarda faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydi. O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi tomonidan joriy yilning 25 avgustida ma'qullangan "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun"ning yangi tahriri 36 ta moddadan iborat bo'lsa, shulardan 16 tasi yangi moddalar hisoblanadi. Qonunning 1-moddasi ham "Ushbu Qonunning maqsadi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat" degan mazmunda yangitdan bayon etilgan. Qonuning 4-moddasi ham yangi kiritilgan modda hisoblanib, unda mehnatni muhofaza qilishga doir asosiy tushunchalarga sharh berib o'tilgan. Jumladan, "mehnatni muhofaza qilish - mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog'ligi, ish qobiliyati saqlanishini ta'minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena, davolash-profilaktika, reabilitasiya tadbirlari hamda vositalari tizimi" ekanligi aniq bayon etilgan. Yangitdan kiritilgan 8-,9-,10- va 11-moddalarda Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, ya'ni O'zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining, Sog'liqni saqlash vazirligi, davlat va xo'jalik boshqaruvi idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari aniq belgilab berilayapti. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilarining huquqlari, majburiyat va vazifalari o'z ifodasini topgan 13-modda ham yangi modda hisoblanadi. Ma'lumki, ish o'rinlarining mehnat sharoitlari bo'yicha attestasiyasi mehnat sharoitlarining, ish o'rinlaridagi mehnat jarayoni og'irligi va tig'izligining hamda ularning jarohatlanish jihatidan xavfliligining mehnatni muhofaza qilish masalalari bo'yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash, zararli ishlab chiqarish omilini va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omilini aniqlash maqsadida o'tkaziladigan tadbirlar majmuidir. Amalga kiritilayotgan yangi qonunning 14-moddasida aynan ana shu jihatlar e'tiborga olingan bo'lib, mehnat sharoitlari bo'yicha attestasiyasidan o'tkazish aniq ko'rsatib berilmoqda. Navbatdagi 15-moddada tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi ham yangi yo'nalish bo'lib, izchil bajarilishi zarur bo'lgan vazifalarni o'zida mujassam etgan. Xodimlarni sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan tuzli suv, shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan ta'minlash masalalariga javob beruvchi 18-modda avvalgi qonundan farqli o'laroq alohida modda sifatida o'rin olib, ushbu mexanizm yanada kengroq ochib berilayapti. Xodimning va ish beruvchining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari yangitdan kiritilayotgan 22- va 23-moddalarda batafsil bayon
Download 71.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling