Mundarija Kirish I. Bob amir Temur va Yevropa davlatlari bilan munosabatlari


Download 52.9 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2022
Hajmi52.9 Kb.
#764680
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Rasulov Umidjon
Shaxzod 161-170, p294(1), p168, 4GkYMcmDdSUWMjCU730, Презентация, Uyqu tush ko\'rish va gipnoz uyqu gigienasi, Funksional diagnostikani asosiy vazifalari., ayiruv fiziologiyasi, ayiruv fiziologiyasi (1), reyting, Scan 21 apr 22 · 04·45·43, Analog integral mikrosxemalarning negiz elementlari11, 1-Мавзу, abduqahhorov sardorxoja oraliq nazorat, 7mavzu nazorat savollari

Mundarija
Kirish
I.BOB Amir Temur va Yevropa davlatlari bilan munosabatlari
1.1 Sohibqiron Temurning yevropa davlatlari bilan munosabatlari
1.2 A. Temur shaxsiga yevropa xalqlarining munosabati.
II.BOB Amir Temurning Yevropa davlatlari bilan elchilik aloqalari
2.1 Sohibqiron Amir Temur va Fransiya qiroli Karl VI o’rtasidagi aloqalarning o’rnatilishi.
2.2Rui Gonsales de Klavixo ‘’ Kundaligi,, dagi Temurlariyning Yevropa bilan aloqalari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilovalar

Kirish
Sohibqiron Amir Temur dunyoning zamondosh hukmdorlarining e'tiborini o`ziga jalb etibgina qolmay, balki jahon siyosiy hayotiga ham ta'sir ko`rsatdi. Ma'lumki, bu davrda, bir tomondan, sulton Boyazidning Bolqon yarim oroli davlatlariga nisbatan tazyiqi kuchayib, butun Yevropaga xavf solayotgan edi. Ikkinchi tomondan, Boyazidning o`zi g`arbga tomon shiddat bilan siljib borayotgan xavfli raqib - AmirTemurning kuchli tazyiqiga duchor bo`lgan edi. Bunday siyosiy vaziyatda Boyazidga qarshi kuchlarning ma'lum darajada birlashuvi tabiiy edi.
Avvalambor Boyaziddan yengilib, o`z yer va mulklaridan mahrum bo`lgan Kichik Osiyo mamlakatlarining hukmdorlari Amir Temurdan madad istab, uning Qorabog`dagi o`rdugohiga borib, qaror topadilar. Hatto Vizantiya va g`alatadagi Genuya hokimining noibi, Fransiya qiroli hamda Sultoniya shahrining katolik missionerlari yordam so`rab Amir Temurga murojaat qiladilar. Buning evaziga ular harbiy yurish vaqtida unga yordam berish hamda Konstantinopol va Peraning Boyazidga to`lab kelgan bojini bundan buyon Amir Temurga to`lashga va'da qiladilar. Bunday taklif Amir Temurga maqbul tushadi. Chunki Turkiyaning dengiz sohilidagi tayanchidan ajratish uchun unga dengizdan madad zarur edi. Shunday qilib, XIV asr oxiri va XV asr boshlarida sulton Boyazidga zarba berish uchun qulay siyosiy vaziyat vujudga keladi. Bu vaziyatdan Amir Temur ustalik bilan foydalanadi. Mustaqillik tufayli buyuk bobomiz haqidagi haqiqatning ro’yobga chiqishi, tantanasi kun tartibiga qo’yildi. Bu millat tarixi, Vatan taqdiri uchun nihoyatda muhim edi. Takror ta’kidlash joizki, Sohibqiron Amir Temurni bizga qaytarib bergan, bu borada hormay-tolmay haqni qaror toptirgan zot O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovdir. Ushbu ulug’ xizmatlari uchun xalqimiz undan behad minnatdordir. Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch” nomli sermazmun kitobida xalqimizning toptalib kelgan milliy g’ururini yuksaltirish, Sohibqiron bobomizning muborak nomi, tarixiy siymosi, boy merosi va xotirasini tiklash yo’lida mamlakatimizda qo’yilgan qutlug’ qadamlar to’g’risida batafsil hikoya qilingan. Ha, buyuk bobomiz haqidagi haqiqat tiklandi, adolat qaror topdi. 1996 yil O ’zbekistonda “Amir Temur yili” deb ataldi. UNESKO qarori bilan Sohibqiron tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Amir Temurning muhtasham haykallari o ’matildi. Bugun biz o’zining bemisl aqlu tafakkuri, shaxtu shijoati bilan jahon taraqqiyotiga, tarix jarayoniga ulkan ta’sir ko’rsata olgan, madaniyatlar barpo bo’lishida xolis xizmat etgan siymo haqida baralla so’z deya olamiz. G ’ururimiz, faxru iftixorimizni yashirib o ’ltirmaymiz. Vatan uzra Sohibqiron Amir Temurning o ’lmas ruhi kezib yurganini har lahza his etamiz. «Sohibqiron Amir Tem ur shaxsiyati jahon tarixida juda kam uchraydigan hodisadir. “ Buyuk shaxslami millat qayg’usi, xalq dardi yaratadi”, degan edi Prezidentimiz. Chindan ham, millat qayg’usidan, xalq dardidan yaralgan bizning bobomizday ulug’ zotning dunyoga kelishi zamon zarurati va talabiga aylandi, boshqacha aytganda, tarix va zamon o ’z qahramonini o’zi jahon maydoniga olib kirdi.


Download 52.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling