Mundarija kirish I bob. “Avesti” kitobi ilk ma’naviy-ахloqiy manba sifatida


Download 107.5 Kb.
bet1/7
Sana07.04.2022
Hajmi107.5 Kb.
#628156
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AVESTO KURS ISHI 20222
МИҒ саволлар



MUNDARIJA
Kirish....................................................................................................................3-5
I BOB. “Avesti” kitobi ilk ma’naviy-ахloqiy manba sifatida
1.1 Avesto zardushtilikning muqaddas kitobi......................................................6-11
1.2 Axloqiy ma’naviy me’rosning o’rganilishi va hal etiladigan muammolari ............................................................................................................................12-15
II.BOB. “Avesto” vatanimiz tarixini o’rganishing muhim manbasi ekanligi
2.1. Avesto ma’naviy axloqiy manba sifatida ……….......................................16-19
2.2. Yevropa sharqshunos olimlari tomonidan avestoning o’rganilishi ............................................................................................................................20-22


Xulosa................................................................................................................23-25
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati................................................................26-27


KIRISH
Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”,
Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqilikka erishganidan keyin dastlabki o‘rtaga tashlangan eng dolzarb muammolardan biri ma’naviyat masalasi bo‘ldi. Hozir ham bu muammo jamiyatimizning diqqat markazida. Zero ma’naviyatsizlikning har qanday jamiyatni tanazzulga olib borishi shak shubhasizdir. Ma’naviyat kecha, bugun yoki biz yashab turgan dunyoyimiz ko’p qutblikka aylanganidan so’ng paydo bo’lgan tushuncha emas. Qadim-qadimdan ma’naviyat masalasiga olimu-allomalar alohida e’tibor berib kelgan. Shu munosabat bilan, ma’naviyat o‘zi nima-yu, u qanday kelib chiqqan, degan masalaga to‘xtalib o‘tmoq o‘rinli. Bu masala esa bizni yana odamning paydo bo‘lishi muammosiga murojaat etishimizni taqozo qiladi.
Tangri insonning jismini loydan — moddiy materialdan yaratgach, unga jon, ruh ato etdi. Endi inson ruh va vujudning yaxlitliga sifatida faqat ruhdangina iborat farishtalardan ulug‘roq maqomga ega bo‘ldi. Ruhning vazifasi esa vujudni boshqarshdir1. Demak, odamda moddiylikdan ko‘ra ruhiylik-ma’naviylik mantiqan birlamchi ekan degan hulosaga kelish mumkin. Buni inson sezgilarining “moddiylik” va “ma’naviylik” nisbatida ko‘rish mumkin. Insondagi besh sezgidan faqat ikkitasi — biror moddiy narsaga tegib his etish va biror narsaning ta’mini bilish orqali his etishgina bevosita “moddiy sezish”ga taalluqli bo’lsa, qolgan uch sezgi — ko‘rish, eshitish, hid bilish esa muayyan moddiy narsaga tegmagan holda, “ma’naviy sezish” orqali u haqda tasavvurga ega bo‘ladi. Buning ustiga avvalgi ikki sezgining biri inson jismoniy kuchini qo‘llashda qurish, buzish, jismoniy boshqarishda, ikkinchisi inson vujudi uchun zarur bo‘lgan moddalarni ovqat sifatida qabul qilishda zarur bo’lsa, qolgan uch sezgi esa insonga go‘zallikni ko‘rshi, uni xunuklikdan farqlashda, yoqimli tovush bilan yoqimsiz tovushni anglashda, xushbo‘y xiddan badbo‘ylikni ajratishda, yaxshi bilan yomonni farqlashda kerak bo’ladi. Har ikkala toifadagi sezgilar orqali ham inson rohatlanadi. Har ikkala toifa sezgilar “xizmat”ini fiqr tarozusiga solib ko‘radigan bo‘lsak, buning ustiga “oltinchi sezgi” — aqlning mavjudligani hisobga olsaq “ma’naviy sezgi” tosh bosib ketadi. Chunki bu, ya’ni ma’naviy sezgirlar insonning oliy mavjudot ekanini anglatuvchi belgilardir. To‘g‘ri, inson qorin to‘ydirishi kerak, lekin u qorin to‘ydirish uchun yashamaydi, balki yashash uchun qorin to‘ydiradi. Insoniy hayotning hayvoniy hayotdan farqi ham shunda. Shu o’rinda bir narsani ta’kidlab o’tmoqchiman jaxon tan olgan buyuk orif, shoir va mutaffakkir Jaloliddin Rumiynig 25700 baytdan iborat “Masnaviyi-ma’naviy” asari ma’naviyatning asl qomusi sifatida shuxrat topgan. Chuni bu kitobda Borliq haqiqatiga munosabani o’zining butun qirralari axloqi, xulqi va ma’naviyati bilan aks ettirilgan2.
Shunday ekan ma’naviyat masalasiga e’tibor xar qaysi davrda, xar qanday jamiyatda va davlatda asosiy omillardan biri bo’lib kelgan desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Zero ma’naviyat millat ko’zgusidir.
Mavzuning maqsadi. Bugungi kunda yurtimizda va jaxon ilm-fanida ma’naviyatga bo’lgan munosabat. Ma’naviyatning rivojlanish tarixi, Qadimgi davrda, O’rta asrlarda va bugungi yangi dunyoda ma’naviyat masalalari, uning yutuqlari va muammolarini, shuningdek Qadimgi va bugungi allomalarining ma’naviyatga bo’lgan turlicha yondashuvlarini yoritish.
Mavzuning vazifasi. Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday o’zgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga katta turtki beradigan jarayonlar, kashfiyotlar o’z-o’zidan yuz bermaydi. Buning uchun avvalo asriy an’analar, tegishli shart-sharoit, tafakkur maktabi, madaniy-ma’naviy muhit mavjud bo’lmog’i kerak. Millatning tabiatida, qonida, nasl-nasabida ezgulik va ma’rifat sari intilish mafkurasi va qonuniyati jo’sh urishi lozim. Shulardan kelib chiqqan holda tatqiqotning asosiy vazifalari qilib quyidagilarni belgilab oldim.
Birinchidan, ma’naviyat tushunchasi, uning paydo bo’lishi va tarixiy ildizlarini tatqiq etish;

Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling