Mundarija: kirish I bob. Jamiyatning rivojlanishida hozirgi zamon oilalarining roli va ahamiyati


Download 39.36 Kb.
bet1/10
Sana12.06.2022
Hajmi39.36 Kb.
#752475
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Gulchehra (Автосохраненный)
Guruh web yakuniy nazorat, Kirish Assosiy qism Differensial formalar (1), Olefiny, ОН.1Курс ГИСТО, Bekimbetov Og\'abek, Differensial kuchaytirgich haqida tushuncha de642343644675a069edf3eb41982e31, Meh. Industriyasi (1), Reja, GEOGRAFIYA 2021-2022 ISH REJA, 6-ma\'ruzaа, 2 5402461811985355017, Kurs ishi Hurmat (3), 8-sinf sinf soati ish reja va konspekti, 6-7-8-9-10-11-sinf biologiya ish reja 2022-yil

MUNDARIJA:

KIRISH ………………………………………………………………3-7
I BOB. Jamiyatning rivojlanishida hozirgi zamon oilalarining roli va ahamiyati………………...…………………………………………….8-12
1.1.Zamonaviy oilalarning turlari va vazifalari........................................8-12
1.2. Zamonaviy oilalarning o’ziga xos xususiyatlari.…………………..13-16
II BOB. Hozirgi zamon oilalarining oilaviy munosabatlar psixalogiyasini o’rganish metodikasi..............................…………………..…………17-19
2.1 Oilaning ijtimoiy psixalogik xususiyatlari………………………..17-19
2.2 Hozirgi zamon oila a’zolarining o’zaro munosabatlarini o’rganish hamda ularni taxlil qilish……………………………….…...…..……20-28
XULOSA ………………………..…………………………………..29-30
FOYDDALANILGAN ADABIYOTLAR…...........................……...31


KIRISH
Inson bolasi dunyoga kelar ekan , u mustaqil harakatlanish , yurish, o‘qish , yozishdan boshlab tabiat va jamiyatning barchamurakkab qonunlari bilan yuzma-yuz kelganda nimalar qilish kerakligiga orgatiladi yoki bunga maxsus o‘qitiladi. Ma’lumki , hayotimizning yarmidan ko‘pini qamrab oladigan , chinakam ,tolaqonli insoniy baxtni inom etadigan yoki aksincha , har tomonlama ta’minlanganligimizga qaramasdan , bizning baxtimizni yarimta qiladigan ham oilaviy hayotdir.
Sobîq Ittifoq davrining so‘nggi bosqichlrida yoshlarni oilaviy hayotga maxsus tayyorlashga dastlabki urinish ham muvaffaqiyatsiz tugadi. Chunki u vaqtlarda masalaga ilmiy yondashilmagan , jumladan , har bir xalqning o‘ziga xos etnopsixologik xususiyatlari hisobga olinmagan , nomi psixologiya bo‘lsada, mazmunan pedagogikaga yaqin turgan qo‘llanmalar bilan o‘qitilgan edi.
0‘zbekiston mustaqilligi tufayli Respublikada oila muammolari davlat ahamiyatiga molik bolgan masalalar qatoridan rasmiy ravishda o‘rin oldi.
1998-yilni «Oila» yili deb e’ion qilinishi, «Oila» ilmiy-amaliy Markazining tashkil etilishi , Respublikada oila manfaatiga qaratilgan maxsus Davlat dasturining qabul qilinishi, uning mantiqiy davomi sifatida 1999-yilni «Ayollar yili» deb e’lon qilinishi, viloyatlarda oilaga xizmat qiluvchi turli maslahatxonalarning tashkil etilishi , oila muammolarini ilmiy tadqiq etish maqsadida O`zbekiston tarixida birinchi bor oila psixologiyasi muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib boradigan ilmiyk darajalarni tayyorlash maqsadida aspirantura tashkil etilishi , ularga aspirantlarning qabul qilinishi yuqoridagi flkrimizning dalilidir.
Mazkur darslik akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilariga mokljallangan bo‘lib , ilk bor yaratilgan sinov darsligi sifatida shu mavzudagi boshqa an’anaviy darsliklardan birmuncha farq qiladi.
Oila psixologiyasini ilmiy jihatdan har tomonlama to‘liq ifodalashga harakat qilindi.
0’quvchilarni mustaqil fikrlashga undovch iijodiy tafakkurini o‘stiruvchi turli hikmatlardan , xajviy aforizmlardan keng foydalanildi. Chunki hikmat hayotiy saboq bo‘lsa, hajviy hayot tolqinlaridagi qutqaruv eshkagidir.
Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi Markazi tomonidan tavsiya etilgan bolib , u respublikamizning yetakchi psixolog , oila shunos olimlari tomonidan yaratildi.

1.1.Zamonaviy oilalarning turlari va vazifalari


Oila turlari klassifikatsiyasiga koʻra hozirgi zamon oilasi “Monogam oila”lardan iboratdir. Biroq hozirgi zamon monogam oilasi ham oʻz navbatida bir-biridan tuzilishi, tarkibi, mohiyati va boshqa xususiyatlariga koʻra yana bir qator turlarga boʻlinadi. Hozirgi zamon oilalarining qanday turlarga ega ekanligi va ularning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini bilish, ularga xos muammolarni oʻrganish, oilaviy hayotda roʻy berishi mumkin boʻlgan noxushliklarning oldini olish imkonini beradi. Quyida shular haqida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz
Oila uni xarakterlovchi turli mezonlarga koʻra quyidagilarga farqlanadi:
1.Toʻliqligiga koʻra: toʻliq, notoʻliq va qayta tuzilgan (ikkinchi nikoh) oilalar.
2.Boʻgʻinlar soniga koʻra: nuklear (ota-ona va bolalardan iborat boʻlgan) va koʻp boʻgʻinli (ikki va undan ortiq avloddan iborat oila aʼzolari birga yashovchi) oilalar.
3.Bolalar soniga koʻra: farzandsiz, bir bolali, ikki bolali, 3-4 bolali, 5 va undan ortiq bolali oilalar. Turli mamlakatlarda bu mezonlar turlichadir. Masalan, AQSH, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda 3-4 bolali oilalar koʻp bolali oilalar hisoblanadi. Oʻzbekistonda bunday oilalar farzandlar soni oʻrtacha boʻlgan oilalar sarasiga kiradi.
4.Er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga koʻra: ishchilar, dehqonlar, xizmatchilar, ziyolilar oilasi, aralash tipdagi oila.
5.Er-xotinning maʼlumot saviyasiga koʻra: oliy maʼlumotlilar, oʻrta-maxsus, oʻrta, tugatilmagan oʻrta, maxsus yordamchi maktab maʼlumotiga ega boʻlgan qayliqlardan tashkil topgan oila.
6.Oilaning “yoshiga” koʻra: yosh oila (1 yilgacha, 3-5 yillik, 6-10 yillik turmush tajribasiga ega boʻlgan oilalar), oʻrta yoshdagi oila, yetuk yoshdagi oila (qariyalar oilasi).
7.Qayliqlarning ota-ona oilasi (ota-onasi)ning moddiy taʼminlanganlik darajasi jihatidan qudalarning bir-biriga mos ekanligi yoki ular orasida katta tafovut mavjudligi boʻyicha bir-biriga mos va mos boʻlmagan oilalar.
8.Regional jihatlariga koʻra: shahar, qishloq, aralash tipdagi oila.
9.Nikohdan qoniqqanlik saviyasiga koʻra, ajralish saviyasida - nikohdan qoniqqanlik darajasi quyi saviyada boʻlgan oila, oʻrta saviyada va nikohdan qoniqqanlik darajasi yuqori saviyadagi oila.
10.Oilada ayol yoki erkak yetakchiligiga koʻra: er yetakchi boʻlgan oila, xotin yetakchi boʻlgan oila, er va xotin yetakchilikni birga bajaradigan (biarxat) oila.
11.Oilada er-xotin orasidagi munosabatlariga koʻra: avtoritar, demokratik, liberal, aralash tipdagi oilalar.
12.Er-xotinlarning millatiga koʻra: bir millatli yoki baynalminal oilalar. Baynalminal oilalarni oʻz navbatida ikkiga boʻlish mumkin:
- dini, urf-odatlari yoki tili bir guruhga kirgan millat vakillari orasida nikohlar, masalan, oʻzbek-tojik, oʻzbek-qozoq, oʻzbek-turkman, rus-ukrain, oʻzbek-tatar va boshqalar,
Dini , urf-odatlari yoki tili bir guruhga kirmagan millat vakillari orasidagi nikohlar, masalan, oʻzbek-rus, oʻzbek-ukrain, oʻzbek-eston, oʻzbek-nemis va boshqalar.
Yuridik rasmiylashtirilganligiga koʻra: sinovdagi oila (birga yashashadi, ammo hali nikohni rasmiylashtirmagan, chunki bir-birlarini norasmiy nikohda sinashayapti), rasmiylashtirish arafasidagi oila (birga yashashadi, oila qurish maqsadi aniq, ammo ayrim obyektiv sabablarga koʻra rasmiylashtirish kechiktirilayapti), nikohdagi oila, nikohdan tashqari oila (ayrim erkak kishilarning ikkinchi, uchinchi, yuridik jihatdan norasmiy oilasi). Nikohdan tashqari oilalarning ayrimlari pinhona boʻlsa, koʻpchiligi haqida erkak kishining birinchi oilasi va qarindoshlari bilishadi.
OILANING TASNIFLANISHI
Ijtimoiy kelib chiqishiga ko’ra oila turlari quyidagicha tasniflanadi:
Ishchilar oilasi , ziyolilar oilasi , dehqonlar oilasi , aralash tipdagi oilalardir.

Download 39.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling