Mundarija kirish I bob. Kasb – hunar ta’limi haqida umumiy tushuncha


Download 0.67 Mb.
bet1/17
Sana02.04.2022
Hajmi0.67 Mb.
#622917
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
kasbiy-ta\'lim kurs ishi
5-sinf-botanika-fanidan-testlar-1, Задание 14 , ticket (2), 2.2.3. I.Ch.A Yangi ishchi dastur, 61a1f899c95e84.36973234, 1647589168, Boshlang\'ich sinflarda maxraji 10 va 100 bo\'lgan o\'nli kasrlar ustida


MUNDARIJA


Kirish…………………………………………………………………………….2-5.


I bob. Kasb – hunar ta’limi haqida umumiy tushuncha ……………….6.

1-§. Kasb-hunar ta’limining tarixiy shakllangan an’analari……..………….6-8.


2-§. Kasb-hunar ta’limi jarayonining qonuniyatlari, tarkibiy qismlari…….8-10.




II bob. Nazariy va amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish……………...11.

3-§. Kasb-hunar ta’limi jarayonlari tahlili va asosiy didaktik tushunchalar…….11-15.


4-§. Darsning tashkiliy shakllarini tanlash va asoslash…………………………16-19.


5-§. Nazariy dars o`tish metodikasi……………………………………………..19-21.


6-§. Amaliy mashg’ulotlar tashkil etish…………………………………………21-24.


Xulosa…………………………………………………………………………….25.


Ilova……………………………………………………………………………26-27.
Glossary………………………………………………………………………..28-30.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.……………………...…………………………31.

Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og’ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko’taramiz”,-deydi Sh.M.Mirziyoyev1.




KIRISh


Mavzuning dolzarbligi: O`zbekistonda qabul qilingan ta`lim to`g`risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturidagi o`sib kelayotgan yosh avlodni milliy istiqlol mafkurasi ruxida tabiyalash, darsliklar, o`quv metodik qo`llanmalarni milliy ta`lim-tarbiya an`analari asosida qurish masalalari ko`tarilgan va shu muammoni hal qilish yo`l yo`riqlari belgilab berilgan edi. Bu ikkita qonun hujjati asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar kasb-hunar talimi tizimida ham tub islohotlarni o`tkazilishini ta`minlash, har bir o`qituvchi va o`quvchining o`z burchlari va vazifalarini faol va ongli bajarishga asoslanadi. Bu esa o`z navbatida ta`lim jarayoni samaradorligini oshiradi.
Shuningdek, ta`limning samarali kechishini ta`minlash omili sifatida yangi zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni va o`qitishning texnik vositalaridan o`z o`ranida foydalanishni talab qiladi. Ayniqsa ta`lim tizimisiz uchun yangi pog`ona bo`lgan o`rta maxsus ta`limi tizimida zamonaviy o`qitish uslubiyotida ishlab chiqish masalasi dolzarbligi bilan ajralib turadi.
Mazkur muammoni bartaraf etish, o`quv jarayoni sifatini va samaradorligini oshirish borasida ta`lim metodlari va o`qitishning texnik vositalarini tutgan o`rni muhim ahamyatli bo`lib u asosan quyidagi natijalarga erishishni ta`minlaydi.
o`quv jarayonida ko`zlangan maqsad aniq erishishni:
o`qitish mazmunini yaxshi o`zlashtirishga olib kelishni:
o`z vaqtida o`zaro aloqalarni takomillashuvi:
o`quvchining bilish faoliyatini jonlantirish va ko`rsatkichlarni yaxshilashga erishishni :
motivatsiyaning yuqori darajada bo`lishi:
o`quv materialini esda yaxshi eslab qolishi:
jonli muloqotga kirishish ko`nikmasi takomillashuvi
o`quvchilarning darsga bo`lgan qiziqishi va munosabati ijobiy tomonga o`zgaradi va muammolarni mustaqil ravishda echish ko`nikmalari shakllanadi.
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta'lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. «Ta'lim to‘grisida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta'lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. 
Hozirgi paytda ilg‘or (progressiv) usulda ishlaydigan pedagoglar ta’lim berishni talabalardagi mavjud bo‘lgan bilim majmualarini ijodiy fikrlash asosida kengaytirish va qayta tuzish sifatida tushunib, talabalar loqayd (passiv) ravishda bilim berish usulini aslo tan olmaydilar. Chunki sust ta’lim usuli talabalami befarq va loqayd qilsa, faol ta’lim usuli ularning iqtidori va iste’dodini rivojlantirishga, tasavvur doiralarini kengaytirishga, muloqotlarini jonli qilishga va ishga (hayotga) hamda jamiyatga ijodiy yondashishlariga olib keladi «har bir о‘qituvchining vazifasi о‘quvchida bilimga qiziqish uchqunini yoqish, xolos, uning alangaga aylanishi esa talabaga bog'liq».
Dars jarayonida, ta‘lim-tarbiyada talaba asosiy harakatlantiruvchi kuch, ta‘lim jarayoni sub‘yekti bo‘lishi kerak, ya‘ni o‘qish, o‘rganish, mutolaa qilish talaba zimmasiga o‘tishi lozim. O‘qituvchi esa, bilim berishdan talabalarning bilimlarni mustaqil egallashlariga ko‘maklashishi zarur. Darsni tashkil qilish shakli o‘quv maqsadiga, xususiyatiga, ta‘lim usullariga va o‘qitish imkoniyatlariga bog‘liq. Bunga erishish uchun o‘qituvchi talabalar bilan birgalikda harakat qiladi. O‘qituvchi dars paytida o‘quvchilarga to‘g’ri yo‘l-yo‘riq berib tursa, o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan talabalar ham faol ishtirokchiga aylanganini o‘zlari bilmay qoladilar. Chunki talabalar «aytganingizni unutadi, o‘qitganingizni, balki eslab qolar, agar o‘zini jarayonga jalb qilsangiz o‘rganadi» (B.Franklin). Asosiysi, pedagogik hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘qituvchining talabalar faoliyatini dars jarayonida boshqarish mahorati ko‘plab omillarga bog‘liq. Shulardan eng muhimi o‘z predmetini o‘quvchilarga qiziqarli qilib yetkazishdan iborat. Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy ta’lim va tarbiyaning tabiatga mosligi, ta’lim va tarbiyada mo‘tadillik printsiplarini asoslagan: “Maqsad vaqtni cho‘zish yemas, balki o‘quvchini zeriktirmaslik. Chunki doimo bir xil narsaga qaray berish mallollik va sabrsizlikka olib keladi. O‘quvchi fandan-fanga o‘tib tursa, turli bog’larga yurganga o‘xshaydi. Birini ko‘rib ulgurmay, boshqasi boshlanadi va o‘quvchi “Har bir yangi narsada o‘ziga yarasha lazzat bor”- deyilganidek, ularni ko‘rishga qiziqadi va ko‘zdan kechirishni istaydi. Bir xil narsa charchatadi, xotiraga malol keltiradi”, — deb yozgan edi.
O’zbekistonda ta’lim yo’nalishi o’zgarib bormoqda. Ilgari kasb – hunar ta’limi deganda oddiy duradgorlikni o’rgatish kabilar ko’z oldimizga kelgan. Kasb – hunar ta’limi deganda uning mohiyatini ochib berish qiyin, professional ta’lim deganda esa haqiqiy professionallarni tarbiyalovchi, oddiygina maktabga qarab shakllantiruvchi tizimni tushunish mumkin bo’lardi.
Ta’limning birinchi buyurtmachisi kim? Albatta, iqtisodiyot. Iqtisodiyotning har bir loyihasini amalga oshirish uchun asosiy uchta resurs lozim bo’ladi: moliyaviy, moddiy va kadr resurslari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019- yilning 11-iyul kuni "Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.
Ushbu Farmon oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish, sohada davlat boshqaruvi samaradorligini yanada oshirish, tizimdagi muassasalarning sifatli faoliyat yuritishini ta’minlash orqali yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish maqsadida, shuningdek, 2017-2021yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq amalga oshirilishi belgilandi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling