Mundarija kirish I bob. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish xususiyatlari


Download 0.57 Mb.
bet1/9
Sana14.12.2019
Hajmi0.57 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9



MUNDARIJA

KIRISH…………………………………………………………………………….3

I BOB. MILLIY IQTISODIYOTGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISH XUSUSIYATLARI

  1. Investitsiyalar va investitsion muhitning iqtisodiy mazmun va mohiyati .....7

  2. Markaziy Osiyo davlatlariga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar...16

II BOB. MARKAZIY OSIYO DAVLATLARINING BUYUK BRITANIYA BILAN SAVDO IQTISODIY HAMKORLIGI – ASOSIY INVESTITSION FAOLIYATNING YO`NALISHI

III BOB. BUYUK BRITANIYA KOMPANIYALARINING MARKAZIY OSIYODAGI INVESTITSION FAOLIYATI TAHLILI

3.1. Buyuk Britaniya kompaniyalarining investitsion faoliyati tarmoq tarkibi………………………………………………………………………….......39

3.2. Buyuk Britaniya kompaniyalarining investitsion faoliyati samaradorligini ifodalovchi ko`rsatkichlar………………………………………………………....49

XULOSA……………………………………………………………………........55

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXAT..…………………….......59

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish sohasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Bu, eng avvalo, ko'p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar sinfining shakllanganligida, makroiqtisodiy barqarorlikning ta'minlanganligida va shu asosda barqaror iqtisodiy o'sish uchun mustahkam zamin tayyorlanganligida, investitsiyalar, ayniqsa, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy muhit yaratilganligida o'z aksini topadi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining bundan keyingi rivoji ko'p jihatdan iqtisodiyot tarmoqlariga xo'jalik yuritishning ilg`or shakllaridan biri bo'lgan qo'shma korxonalar yaratish orqali xorijiy investitsiyalarni keng miqyosda jalb etish va shu orqali respublikamizning yetakchi tarmoqlariga ilg`or texnika va texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish usullarini takomillashtirishga bog`liq.

Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatish bilan birga mamlakatimiz eksport salohiyatini rivojlantirish va shu asosda jahon xo'jalik tizimiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvni ta'minlashga olib keladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, “Jahon xo'jaligi bilan integratsiyalashmasdan, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirmasdan va mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni keng miqyosda jalb etmasdan turib biz ko'zlagan maqsadimizga erisha olmaymiz”1 . Shu munosabat bilan iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida qo'shma korxonalar tizimini yaratish, xorijiy investitsiyalarni jalb etishning ustuvor yo'nalishlarini asoslash, mazkur sohada mavjud muommolarni hal etish yuzasidan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish respublikamiz uchun muhim ahamiyatga ega hamda ushbu bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligini belgilab beradi.



Muammoning o'rganilganlik darajasi. Investitsiyalarning makroiqtisodiy ko'rsatkichlar tizimida tutgan o'rni, xorijiy investitsiyalar jalb etishning milliy xo'jalik rivojiga ta'siri, investitsiyalardan samarali foydalanishning asosiy yo'nalishlari xorijlik iqtisodchi-olimlar - Kovalev V.V., Lukinov V.A., O.Sinitsin., XabarovaL.P., Andrianov V.D., Koyli B., Berens V. Va boshqalar tomonidan keng o'rganilgan. Shuningdek, EUCAM nomli 2008-yilda tashkil topgan, Yevropa markaziy Osiyo munosabatlarini kuzatib, tahlil qiluvchi monitor proyektda Anna Walker tomonidan Buyuk Britaniya va Markaziy Osiyo munosabatlari tadqiq qilingan, iqtisodiy, savdo va investitsion munosabatlari o`rganilgan.

O'zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati va uning asosiy yo'nalishlari, xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotning tarkibiy jihatdan qayta qurishdagi roli, respudblikamizda qulay investitsiya muhitini barpo etishning ilmiy va amaliy jihatdanlari respublikamiz iqtisodchi-olimlari – Orifxonov Sh., Sirajiddinov N., Tursunov B.M., Hikmatov. O., Bedrintsev A.K., Yo'ldoshev Sh., Isajonov A., Rasulev A.F., Yusupov A., Trushin E.F. va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan.

Ushbu olimlarning investitsiya siyosatini takomillashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etishning asosiy yo'nalishlarini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etishga qo'shgan hissalarini e'tirof etgan holda shuni ta'kidlash lozimki, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb etishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatining tarmoq va hududiy xususiyatlari iqtisodiy adabiyotlarda yetarli darajada o'rganilmagan. Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish ko'lamini kengaytirish hamda investitsiya muhitini takomillashtirish zaruriyati va dolzarbligi mazkur bitiruv malakaviy ishining tanlanishiga asos bo'ldi.

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifasi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi bozor munosabatlarining chuqurlashuvi va globallashuvi sharoitida Markaziy Osiyo mamlakatlariga, asosan O`zbekiston va Qozog`iston, iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy investitsiyalar, xususan Buyuk Britaniya korxonalari tomonidan kiritilgan investitsiyalar, ularni jalb etishning tamoyillari va yo'nalishlarini, O`zbekistondagi investitsion muhitni o`rganish . Ushbu maqsadga erishish uchun ishda quyidagi vazifalar qo'yilgan:

- turli nazariy qarashlar va uslubiy yondashuvlarni tahlil qilish asosida investitsiyalarning mohiyatini ochib berish;

- iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurishda xorijiy investitsiyalarning roliga baho berish;

- Markaziy Osiyo mamlaktlariga, xususan O`zbekiston va Qozog`istonga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalarni o`rganish;

- Markaziy Osiyo davlatlari (O`zbekiston va Qozog`iston) ning tashqi savdo aylanmasini, undagi Buyuk Britaniya ko`rsatkichlarini o`rganish;

- Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyodagi(asosan, O`zbekiston va Qozog`istondagi) yirik investor kompaniyalarini, ular faoliyatini o`rganish.

Tadqiqotning ob'yekti bo'lib, mustaqillik yillarida Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy investitsiyalar, investitsiya kiritgan Buyuk Britaniyaning yirik kompaniyalarini, qaysi sohalarga investitsiya kiritganligini (asosan, Qozog`iston va O`zbekistonda) o`rganish, Markaziy Osiyo davlatlarining investitsion jozibadorligini oshiruvchi tashqi savdo ko`rsatkichlari hisoblanadi.

Tadqiqotning predmeti bo'lib, mamlakatimizga, markaziy Osiyo davlatlariga xorijiy investitsiyalar jalb etish usullari va mexanizmlari xizmat qiladi.

Bitiruv malakaviy ishning ilmiy jihatdan yangiligi quyidagilardan iborat:

- O'zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish jarayonida investitsiya siyosatining ustuvor yo'nalishlari ko'rib chiqildi;

- investitsiya siyosati natijalari tahlil etildi;

- chet el investitsiyalarini jalb qilish va ulardan samarali foydalanish yo'llari ochib berildi;

- Buyuk Britaniya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o`rtasidagi savdo iqtisodiy munosabatlar, investitsion munosabatlar tahlil qilindi.

Bitiruv malakaviy ishining nazariy va uslubiy asoslari bo'lib O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.karimov asarlarida ijtimoiy yo'naltirilgan bozor munosabatlarini qaror toptirish bo'yicha ilgari surilgan g`oyalar, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar, mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlar olimlarining tadqiq etilayotgan muammo yuzasidan olib borgan ilmiy ishlari va asarlari xizmat qiladi.

Tadqiqot jarayonida me'yoriy taqqoslash, iqtisodiy-statistik, abstrak fikrlash, hisob-konstruktiv va boshqa usullardan keng foydalaniladi.

Bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo'mitasi, Qozog`iston Respublikasi Davlat statistika Qo`mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Jahon Savdo Tashkiloti, Xalqaro valyuta fondi, Jahon bozori, MDH mamlakatlari rasmiy saytlari, Qozog`iston Milliy banki ma'lumotlaridan foydalanildi.

Bitiruv malakaviy ishi kirish, 3 bob, 5 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan tashkil topgan.



I BOB. MILLIY IQTISODIYOTGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISH XUSUSIYATLARI

    1. Investitsiyalar va investitsion muhitning iqtisodiy mazmun va mohiyati

Oxirgi yillar davomida «investitsiyalar» atamasi keng qo’llaniladigan tushunchalardan biri bo’lib qoldi. Har taraflama asoslangan, puxta o’ylangan investitsiya qarorlarini investitsiyalarni moliyalashtirishning ishonchli manbalari bilan chambarchas bog’liqlikda qabul qilish zarurligi va chet el kapitalini jalb qilishning kengayib borayotganligini hisobga oladigan bo’lsak, xozirgi zamon moliya nazariyasi nuqtai nazarida investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyatini ochib berish, ularning eng muhim sifat tavsiflarini aniqlash g’oyat dolzarb masala hisoblanadi. Investitsiyalarning mazmun va mohiyatini aniq ochib berish uchun pul oqimlarining zamonaviy va bo’lajak qiymatlaridan kelib chiqqan holda tahlil olib borish maqsadga muvofiqdir.“Investitsiya faoliyati” tushunchasi negizida, ko’rinib turibdiki, “investitsiya” atamasi yotadi.Ushbu nomdagi atama o’zbek tili lug’atiga chet tillari leksikonidan o’zgarishsiz kiritilgan, lekin uning asl mohiyati iqtisodiy ahamiyatiga qarab tavsiflangan. Iqtisodiy atama va tushunchaga aylangan “investitsiya” so’zi dunyo mamlakatlari xalqlari leksikoniga lotin tilidan kirib kelgan. “Lotincha “investio” so’zi rus tiliga “odevat”, “ukrashat” so’zlari sifatida o’girilgan” bu rus so’zlari esa o’zbek tiliga “kiyintirmoq”, “bezamoq” mazmuni bilan o’giriladi. Xozirgi davrda ”investitsiya” tushunchasi aksariyat hollarda keng ma’noda ishlatilmoqda. Iqtisod fanlarining turli tarmoqlarida, amaliy faoliyatning turli yo’nalishlarida investitsiyalashning maqsadlari, harakatlar yo’nalishi, sohalar xususiyatlari, safarbar etilish ob’ektlari, harakat yo’nalishlaridan kelib chiqib va ahamiyatiga qarab “investitsiyalar” tushunchasi o’ziga xos ma’noda ishlatiladi.

Iqtisod fanlarining turli tarmoqlarida, amaliy faoliyatning turli yo’nalishlarida investitsiyalashning maqsadlari, harakatlar yo’nalishi, sohalar xususiyatlari, safarbar etilish ob’ektlari, xarakat yo’nalishlaridan kelib chiqib va ahamiyatiga qarab «investitsiyalar» tushunchasi o’ziga xos ma’noda ishlatiladi. Moliya nuqtai nazaridan ularning mazmun va moxiyatini aniq belgilash muxim vazifa hisoblanadi. Investitsiyalar bo’lajak natijalarni qo’lga kiritish maqsadida, mohiyatan xozirgi xarajatlarni bildiradi.

O’zbekiston iqtisodchi olimlaridan D. G’.G’ozibekov va T.M.Qorialievlar “investitsiyani daromad (foyda) yoki ijtimoiy samara keltiradigan va tadbirkorlik, ishbilarmonlikning davlat tomonidan ta’qiqlanmagan faoliyatlariga jalb qilinadigan (sarflanadigan) barcha turdagi mulkiy va intellektual boyliklar” deb ta’riflaydilar. Shu o’rinda yana bir ta’rifga ko’ra, “investitsiya-bu iqtisodiy foyda, ijtimoiy va ekologik samara olish maqsadida bevosita bir yildan ortiq muddatga tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlariga sarflanadigan moddiy va moliyaviy aktivlar umumiyligini tashkil etuvchi kapital va moliyaviy qo’yilmalar, shuningdek ushbu jarayon bilan bog’liq mehnat resurslaridir”.2 N.V.Igoshinning fikricha, “investitsiya-pul” mablag’larini sarmoyani qayta yaratish, uni saqlab turish va kengaytirish yo’lida sarflashdir. Eng umumiy ko’rinishda oladigan bo’lsak, “investitsiya”-bu bo’sh pul mablag’larini moliyaviy va moddiy boyliklarning turli shakillariga sarflashdan iboratdir” Umuman olganda, iqtisodiyotda investitsiyalar kapitalning jamg’arilish jarayonidir.

Ayrim asarlarda mamlakat ichida yoki xorijda ishlab chiqarishni, tadbirkorlikni rivojlantirish, foyda olish yoki boshqa pirovard natijalar olish maqsadlarda turli tarmoqlar, dasturlar va ayrim tadbirkorlarga moliyaviy, mulkiy va intellektual ne’matlar qo’yilmalarining jami turlarini investitsiyalash deb ko’rsatadilar. Bunday nuqtai nazarda turgan mualliflarning fikricha, ularning bir qismi, bu joriy davirda foydalanilmaydigan va zaxiraga qo’yiladigan istemol ne’matlaridan, ikkinchi qismi, ishlab chiqarishni kengaytirish yoki uni yangilashga, ya’ni real kapitalni ko’paytirishga yo’naltiradigan resurslar hisoblanadi. Menimcha, o’zini xozirgi qiymatini saqlaydigan yoki uni ko’paytiradigan ne’matlarnigina investitsiyalar deb hisoblash mumkin, aks holda ular xarakatsiz “o’lik kapitalga” aylanadi.

Moliyaviy resurslar, ularni qo’yish va bu jarayon natijasida foyda olish bir-biri bilan uzviy bog’langan. Investitsiya qilishdan oldin resurslar jamg’ariladi, so’ngra ular foyda yoki ijtimoiy samara olish maqsadida qo’yiladi. Resurslar qanday bo’lishidan qat’iy nazar ulardan foydalanish natijasini baxolovchi mezon iqtisodiy samaradir. Yuqorida aytib o’tilgandek, moliyaviy resurslar investitsiyalarning birinchi elementidir. Investitsiyalarning moxiyatini yanada to’laroq ochib berish uchun O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonuniga ko’ra ularning tasnifini, shuningdek, bu masala bo’yicha iqtisodiy adabiyotlarda mavjud bo’lgan qarashlar, nuqtai nazarlarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Investitsiyalarni kiritishning asosiy maqsadi faqat kapitalning xozirgi qiymatini saqlab qolishdangina iborat bo’lmay, qo’yilmalarning xavfsizligi, serdaromadligi va ularni ko’paytirishni (kapitallashtirishni) ham qamrab oladi. Demak, investitsiyalarning asosiy maqsadi pul oqimlarining zamonaviy qiymatini saqlab qolish hamda ular natijalaridan kutiladigan bo’lajak qiymatlarni kapitallashtirishdir. Ular muayyan maqsadlarni kuchli va jamg’arish funksiyalarini ta’minlaydi. Investitsiyalarga xos bo’lgan muhim belgisi bu ularning muayan vaqt davomida zamonaviy qiymatini saqlash maqsadda tanlangan aktivlarda band qilinishi, ularning kapitallashuvi va jamg’arilishini ko’paytirish hisoblanadi.

«Investitsiyalar» atamasi lotin tilidagi "Invest" so’zidan kelib chiqqan bo’lib «qo’yish», «mablag’ni safarbar etish» ma’nosini bildiradi. Keng ma’noda investitsiyalar ko’paytirib qaytarib olish maqsadlarida kapitalni bog’lashni bildiradi.3 Ko’pgina hollarda «investitsiyalar» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi. Investitsiyalarining iqtisodiy mazmuni va mohiyatini ko’rib chiqishda shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy adabiyotlarda «Investitsiyalar» atamasini «kapital qo’yilmalar», «kapital» tushunchalari bilan aynan ma’nolarda qo’llash holatlari ko’p uchraydi. Bunday hollarda investitsiyalar asosiy kapitalga mablag’lar qo’yish ma’nosida talqin qilinadi. Ayni paytda shuni ham nazarda tutish kerakki, investitsiyalar nomoddiy aktivlarga ham, intellektual mulkka ham, aylanma aktivlarga, shu jumladan, moliyaviy vositalarga ham taaluqli.

Makroiqtisodiy darajada investitsiyalar deyilganda ishlab chiqarish vositalarini takror ishlab chiqarishga, ya’ni uy-joy binolarini, tovar zaxiralarini ko’paytirish va shu kabilarga yo’naltirilgan xarajatlarining bir qismi tushuniladi. Ishlab chiqarishning omillaridan biri kapital hisoblanadi, kapital esa birinchi navbatda investitsiyalar hisobiga o’sib boradi.

Ayrim iqtisodchilar shu nuqtai nazardan investitsiyalarni kapitalni o’stirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, yangilash va texnika bilan qayta qurollantirishga yo’naltiriladigan jami moddiy, mehnat va moliya resurslaridan foydalanish jarayoni tarzida izohlaydilar .

Investitsiya kiritish maqsadlari va ular bilan bog’liq risklardan kelib chiqqan holda investitsiyalar venchur (riskli), bevosita, portfel va annuitet kabi turlarga tasniflanadi. Ma’lumki, katta risklar bilan bog’liq bo’lgan yangi faoliyat sohalarida yangi aksiyalar chiqarish venchur kapital shakli hisoblanadi. Shuningdek, investitsiyalar kreditlardan ham farq qiladi. Kreditlashda kelishuv tashabbuskor, odatda qarzdor hisoblanadi, investitsiyalashda esa tashabbuskor investordan chiqadi. Kreditga foiz ko’rinishidagi to’lov hos bo’lsa, investitsiyalarni dividend, foyda, foiz, daromad, moddiy ne’mat, ijtimoiy, ekologik va boshqa samaralar ko’rinishidagi natijalar kutadi. Mazkur belgilar bo’yicha investitsiya va kredit bir-biridan farqlanadi. Investitsiyalar mazmuni ularning namoyon bo’lish shakllari orqali, maqsadi esa ularning asosiy funksiyasi - jamg’arish bilan aniqlanadi4.

Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag’lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, risklar darajasi hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko’zlangan samarani olishdan iborat bo’ladi. Ana shu belgilarga ko’ra ivestitsiyalar boshqa qo’yilmalardan mazmunan farq qiladi.



Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun eng muhimi bu soliq va bojxona sohasidagi qulayliklar va imtiyozlar hisoblanadi. Mamlakatimizda ular quyidagicha:

  • to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan va iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, mulk solig’i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish solig’i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to’lashdan, shuningdek Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashdan ozod;

  • agar to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar miqdori 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha - 3 yil muddatga;

  • 3 milliondan ortiq AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha - 5 yil muddatga;

  • 10 million AQSH dollaridan ortiq bo’lganda - 7 yil muddatga soliq imtiyozlari beriladi;

  •  Xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ustav fondida xorijiy sarmoya ulushi 50 foizdan ortiq bo’lgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan boshlab 5 yil muddatga xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotishdan ozod qilinadi5.

  •  Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalga oshiruvchi xorijiy kompaniyalar, shuningdek ular tomonidan jalb etiladigan xorijiy pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlari geologiya-razvedka ishlarini o’tkazish davrida byudjetdan tashqari jamg’armalarga barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalarni, qidirish, razvedka qilish va boshqa tegishli ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan mashina-uskunalarni, moddiy-texnika resurslari va xizmatlarni import qilish chog’ida bojxona to’lovlarini to`lashdan ozod;

  •  Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalga oshirgan xorijiy kompaniyalar ishtirokida tashkil etiladigan neft va gaz qazib chiqaruvchi qo’shma korxonalar neft yoki gaz qazib olinishidan boshlab 7 yil muddatga foyda solig’i to’lashdan ozod qilingan.6

Mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya qilish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish katta hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu avvalambor, aholi bandligi, uning ish haqi va daromadlarini oshirish kabi eng muhim ijtimoiy muammolarni echish imkoniyatini beradi.

Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarini kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyatlar va rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiyani, eksportbop tovarlarni o'zlashtirishga, ularni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish orqali davlatimiz iqtisodiy qudratini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqotlar ko'rsatishicha, milliy iqtisodiyotning TTXIni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish holati ichki bozor hamda eksportning hajmi, tabiiy va mineral resurslar, malakali ishchi kuchi mavjudligi, bozor islohotlarining amalga oshirish sur'atlari, iqtisodiy barqarorlik omillari bilan bog`liqdir.

Har bir davlatda, uning iqtisodi rivojlangan yoki iqtisodiyoti o'tish davri xususiyatiga ega bo'lishidan qat'iy nazar, mazkur mamlakatga xorijiy sarmoyaning kirib kelishi hamisha ijobiy hodisa sifatida qaraladi. Chunki, kirib kelayotgan sarmoyaning ko'payishi to'lov balansini yaxshilash orqali, milliy valyuta kursiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, islohotlar o'tkazishda zarur mablag`lar bilan ta'minlaydi, texnik ba'zani yangilashga xizmat qiladi, yangi ish o'rinlari yaratiladi, zamonaviy ish yuritish uslubini tadbiq etadi va bu bilan iqtisodiy o'sishni rag`batlantiradi. Shuning uchun ham xar bir davlat o'zining investitsion siyosatini izchillik bilan olib borishi va investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishi darkordir.

O'tish iqtisodiyoti mamlakatlarida xorijiy investitsyalarni jalb etishning iqtisodiy mexanizmini tahlil qilish hamda samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy jihatlarini o'rganish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Aksariyat nazariyalar xorijiy ishlab chiqarish va xalqaro savdoning o'zaro o'rnini bosuvchi bo'lib, to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar oqimi yuqori texnologiyalarning kelishiga olib keladi, shuningdek, ularni mahalliy firmalarga joriy etish samarasini oshiradi, bu esa mavjud resurslardan yanada samarali foydalanishga olib keladi, degan fikrga asoslanadi.

Investitsiyalar natijasida texnologiyalarni uzatish samarasini uchta turga ajratish mumkin:

-Namoyishli va ko'rgazmali samara – milliy firmalar olib kirilgan yuqori texnologiyalarning texnik yutuqlarini nusxalash yo'li bilan joriy etishlari mumkin.

- Ishchi kuchi kadrlarining qo'nimsizligi – tegishli transmilliy korporatsiyalar (TMK) doirasida o'z malakasini oshirayotgan ishchi va xizmatchilar mahalliy firmalarga axborot berishlari yoki o'z kompaniyalarini tashkil etishlari mumkin, bu esa yu?ori texnologiyalarning tarqalishiga ko'maklashadi.

- Xorijiy va milliy firmalar o'rtasida ishlab chiqarish hamda boshqa aloqalarning o'rnatilishi va kengaytirilishi, bu TMK tomonidan mahalliy tovarlar, xizmatlar, ishlab chiqarish quvvatlariga bo'lgan talabga bog`liq.

Umuman, to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalarni va yuqori texnologiyalarni, boshqaruv ko'nikmalarini jalb qilish milliy firmalarning ishlab chiqarish usullariga muayyan o'zgarishlarni olib kiradi. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar oqimini Texnologiyalarning o'zini sotib olish ko'pgina rivojlanayotgan mamlakatlar hamda o'tish iqtisodiyoti davlatlari uchun qimmatga tushadi va ko'pincha buning iloji ham bo'lmaydi. To'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar mahalliy firmalarda mavjud yuqori texnologiyalar paketini oshirishi mumkin. Yangi texnologiyalarni mahalliy sharoitlarda moslashtirish ham muhimdir.

Xorijiy investitsiyalar qabul qiluvchi mamlakatda mehnat unumdorligining o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. So'nggi yilarda ushbu masala bo'yicha turli fikrlar paydo bo'lgan. Ayrim tadqiqotlar ko'rsatishicha, xorijiy investitsiyalar mahalliy firmalarning holatiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Xususan, mahalliy firmalar yirik kapital qo'yilmalarsiz ham mehnat unumdorligini oshirishga erishishlari, buning samarasi esa uzoq istiqbolda ko'rinadi.

Xorijiy investorlar yuqori malakali ishchi kuchiga talabni oshiradi, aholi farovonligi darajasini ko'taradi, chunki TMKlar mahalliy firmalarga qaraganda yuqoriroq maosh to'laydi. Biroq shunga yarasha adolatsiz raqobat tufayli mahalliy firmalarning foydasi ham kamayadi. TMK oraliq mahsulotni ishlab chiqarishni rag`batlantiradi, chunki unga talabni yuzaga keltiradi. Mahalliy firmalar TMKlar tomonidan yaratilayotgan talabga asosan qo'shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga majburdirlar. Bu rivojlanish darajasi past mamlakatlarga ko'proq xos xususiyat bo'lib, ular o'z sanoat ishlab chiqarish quvvatlariga deyarli ega emas. Tog`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar oqimining qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta'siri bilan birga, uning salbiy samaralari ham mavjud. Ulardan biri – ichki kapital qo'yilmalarning xorijiy investitsiyalar va mahalliy firmalarning yuqori raqobatbardoshlikka ega bo'lgan TMKlar tomonidan siqib chiqarilishi hisoblanadi. Biroq ushbu samara doimiy emas, chunki to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar mehnat unumdorligining ortishi hamda olib kirilgan yuqori texnologiyalardan tashqi samara hisobiga milliy firmalar ekspansiyasiga yordam berishi mumkin. Ma'lumotlar ko'rsatishicha, to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalarning netto oqimini kiritilgan har bir dollarga nisbatan o'sib boishi qabul qiluvchi mamlakat umumiy kapitalining bir dollaridan ko'proq hajmda o'sishiga olib keladi (o'zgarishlar 1,5-2,3 marta doirasida). Shunday qilib, to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar qabul qiluvchi mamlakat umumiy kapitalining o'sishi asosida iqtisodiy o'sishga ko'maklashadi.

To'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalarning qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishiga ta'sirini baholashning muhim masalalaridan biri xorijiy investitsiyalar oqimi hisobiga umumiy kapital fondlar hajmining ortishi bo'lib, bunda xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi yangi kapital qo'yilmalarni rag`batlantiradi, ya'ni to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar bo'lmaganida, ular ham bo'lmasdi. Bu samara xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga jamg`arilgan kapitalning ko'payishi nomini oldi. Bunga nisbatan teskari samara milliy investitsiyalarning xorijiy investitsiyalar tomonidan siqib chiq?arilishidir.

Umuman olganda, to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalarning kapital jamg`arish darajasiga ta'siri turli mamlakatlardagi milliy iqtisodiy siyosat, xorijiy investitsiyalar shakllari, milliy kompaniyalarning raqobatbardoshligiga qarab turlicha bo'lishi mumkin.

O'zbekistonda Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida Vatan ravnaqi, xalq farovonligini ta'minlash maqsadida chet el investitsiyalarini jalb etishga strategik ustuvor vazifa sifatida qaralib, mazkur masala davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo'nalishi etib belgilangan.

Bugungi kunda milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash yo'liga qadam qo'ygan O'zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyadarni jalb etish jarayonlarini yanada jadallashtirish va investitsion siyosatni faollashtirish davlatimiz rahbariyati tomonidan ustivor vazifalardan biri deb belgilab qo'yildi va bu siyosatni o'ziga xos 2 yo'nalishiga tayanadi:

- soliq yukini yengillashtirish,mablag`larni ishlab chi?arishni rivojlantirishga qaratish;

- mablag`larni davlat byudjeti orqali to'plash va investitsiya dasturlarini amalga oshirish.

Shunday qilib, iqtisodiy o'sishda oqilona investitsiya siyosatini ishlab chiqish yetakchi o'rin tutadi. Investitsiya siyosatini samarali amalga oshirish uchun qulay investitsiya muhitini yaratishga xizmat qiladigan qator institutlarni tashkil etish lozim. Jahon iqtisodiyotida samarali amal qiluvchi model bozor tizimiga tayanadi va milliy iqtisodiyotning afzalliklaridan to'liq foydalanadi.



Qulay investitsion muhit yaratishning eng muhim shartlaridan biri siyosiy barqarorlik bo`lib, siyosiy jihatdan barqaror bo`lgan davlatgagina investitsiyalar kirib keladi.

    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling