Mundarija Kirish I bob. Urg’u haqida umumiy tushuncha


Download 114.5 Kb.
bet1/7
Sana23.06.2022
Hajmi114.5 Kb.
#773091
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mundarija yangiiiiii
Баъзи иррационал функцияларни интеграллаш, CLICK0732 QR CLICK, toʻlov balansi, Sistema financiero, OYGUL tayyor, abdullayeva guljahon, 5A140602 – Geografiya (o‘rganish ob’ekti bo‘yicha), МОСЛАШУВ ДАФТАРИ қ2020(2), guruh burchagi, Karimov Umirzoq lab tizimli , karimov umirzoq , OKTABR OYI KARIMOV 2020, Referat, 24f1deb7-d37d-daa8-3cb4-05ef06de327d media , Kasallik tarixi terapiya



Mundarija


Kirish
I BOB. Urg’u haqida umumiy tushuncha

    1. Urg’uning ma’nosi

    2. Urg’u va uning turlari

II BOB. So‘z urg‘usi va uning fonetik va fonologik jihatlari
2.1 O‘zbek so‘z urg‘u tillari tusiga berilgan nazariy ta’rif va qarashlar
2.2.Urg‘uning fonetik tabiatiga ko‘ra turlari
2.3 Urg’uning semantik-grammatik va uslubiy xususiyatlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatimiz xayotining har bir iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy jabhalarida muhim o’zgarishlar amalga oshirildi. Shu o‘rinda ta’lim sohasi ham bundan mustasno emas, albatta. Xususan, 1997-yil 27-avgustda tasdiqlangan,,O‘zbekiston Respublikasi kadrlarlar tayyorlash milliy dasturi’’ va shu dastur asosida o‘tkazilgan ma’orif tizimidagi islohotlarning barchasi fikrimizning yaqqol dalilidir. O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov aytganlaridek ‘‘ Biz ta’lim-tarbiya sohasidagi keng ko‘lamli islohotlarimizni, albatta, oxiriga yetkazishimiz, bunday ta’lim dargohlarini nafaqat qurish, ta’mirlash va jihozlash, balki farzandlarimizni zamon talablari asosida kamol toptirish uchun eng yuksak malakali o‘ qituvchi va domlalarni jalb etish, ularning bilim va tajribasini muntazam oshirib borishga eng muhim, ma’sulyat li vazifa deb qarashimiz zarur.’’
Amalga oshiralayotgan va kelajakda bajarilishi rejalashtirilayotgan barcha islohotlar o‘sib kelayotgan yosh avlodning porloq kelajagi, ularning orzu–umidlarini ro‘yobga chiqarish masalasi asosida shakllantirildi.
Ayni davrda globallashuv axborot asrida yashar ekanmiz, har bir fuqaroning ayniqsa yoshlarning ilm-fanni chuqur o‘zlashtirib dunyodagi barcha fan yutuqlaridan boxabar bo‘lib borishini zamonamizning o‘zi taqozo etmoqda.
Chindan ham agarki hozirgi vaqtda dunyoviy ilm va fan texnologiyalarni chuqur o‘zlashtirmasak, faqat tariximiz, olis ajdodlarimizning kashfiyotlari bilan maqtanib, ularga mahliyo bo‘ lib yashaydigan bo‘ lsak, ana shu noyob merosni asrab-avaylab, yanada boyitib, unga o‘z xissamizni qo‘shmasak, zamon bilan hamqadam bo‘lib yurmasak, bizning jahon maydonida munosib o‘rin egallashimiz
qiyin bo‘ladi.
Kurs ishining vazifalari. Kurs ishida ko‘zda tutilgan asosiy maqsadga
quyidagi vazifalarni bajarish orqali erishildi:
- so‘z urg‘usining fonetik va fonologik jihatlarini tahlil qilish, turli ta’riflar va tavsiflarni taqqoslash;
- so‘z urg‘usining fonetik tabiati ko‘ra tasniflash va aniqlangan
kategoriyalarning alohida xususiyatlari tahlil qilish;
- urg‘uda darajalanish jarayoniga aniqlik kiritish;
- o‘zbek tilida so‘z urg‘usining pozitsion xarakteristikasi bilan
tanishish va unga ta‘sir o‘tkazuvchi faktorlarni yoritish;
- o‘zbek tilida so‘ z urg’usining funksional tasnifini o‘rganish;
- o‘zbek tilida so‘z urg‘usining stilistik vosita sifatida sifatida
qo‘llanishini aniqlash va real misollar orqali isbotlash;
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- so‘z urg‘usining hosil bo‘lishida zarb, davomiylik, tovushning yuqori toni asosiy omillar ekanligi dalillangan;
- o‘zbek tilida so‘z urg‘usi o‘rniga ta’sir qiluvchi olinma so‘zlar va qo‘shimchalar tavsiflangan;
- so‘z urg‘usining tildagi va til o’rganishdagi ahamiyati tasdiqlangan.



Download 114.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling