Mundarija: kirish. I bob. Zarkent shevasidagi so‘zlarning fonetik va leksik xususiyatlari


Download 285.7 Kb.
bet1/8
Sana31.01.2023
Hajmi285.7 Kb.
#1145479
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
I bob


MAVZU: ZARKENT SHEVASIDAGI SO‘ZLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI
MUNDARIJA:
KIRISH.
I BOB. ZARKENT SHEVASIDAGI SO‘ZLARNING FONETIK VA LEKSIK XUSUSIYATLARI
1.1. Zarkent shevasidagi so‘zlarning fonetik xususiyatlari.
1.2. Zarkent shevasidagi so‘zlarning leksik xususiyatlari.
1-bob bo‘yicha xulosalar.
II BOB. ZARKENT SHEVASIDAGI SO‘ZLARNING MORFOLOGIK HAMDA LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1. Zarkent shevasidagi so‘zlarning morfologik xususiyatlari.
2.2. Uy-ro‘zg‘or doirasidagi narsalarni ifodalaydigan dialektal so‘zlarda lingvokulturologik xususiyatlar.
2.3. Xo‘jalik ishlab chiqarishi doirasidagi narsalarni ifodalaydigan dialektal so‘zlarda lingvokulturologik xususiyatlar.
2-bob bo‘yicha xulosalar.
III BOB. ZARKENT ShEVASI VAKILLARI NUTQIDAN YOZIB OLINGAN DIALEKTAL MATNLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI.
3.1. Zarkent shevasi vakillari nutqidan yozib olingan dialektal matnlar (erkaklar nutqi)
3.2. Zarkent shevasi vakillari nutqidan yozib olingan dialektal matnlar (ayollar nutqi)
3-bob bo‘yicha xulosalar.
Xulosa.
Ilovalar.
KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Ayni vaqtgacha o‘zbek xalq shevalari leksik va leksikografik jihatlardan kam o‘rganilgani kabi ularni lingvokulturologik jihatdan ilmiy asoslarda tadqiq etish endi-endi boshlanmoqda. Shuning uchun ham “Zarkent shevasidagi so‘zlarning lingvokulturologik tadqiqi” nomli magistrantlik dissertatsiyasi mavzusi deyarli o‘rganilmaganligi va shevashunoslikda lingvokulturologiya masalalari birinchi marta tadqiqot ob’ekti bo‘lib xizmat qilmoqda. Oldinlari bu sohada amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarda asosiy e’tibor fonetika, morfologiya va shevalarning tasniflanishiga qaratilgan. O‘z-o‘zidan shevalar leksikasi hamda shevalarning leksikografiyasi masalalariga jiddiy e’tibor berilmagan. Shevalarimizning leksik birliklari bo‘lgan dialektal so‘zlar va ularning turlarini yig‘ish, o‘rganish, ularni umumlashtirib, lug‘at shakliga keltirish va ularni ilmiy iste’molga tatbiq etish masalalari dialektolog olimlar orasida ancha bahsli. Chunki o‘zbek dialektolog olimlari tomonidan 1971-yilda nashr etilgan “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati”da faqat sof leksik dialektal so‘zlar qisman to‘planib o‘rganilgan. Sababi, bu lug‘atdagi sof leksik dialektal so‘zlarning miqdori 9505 (to‘qqiz ming besh yuz besh)ta, xolos.
Natijada, shevalarimizdagi dialektal so‘zlarning fonetik (leksik-fonetik), morfologik (leksik-morfologik), leksik-semantik, frazeologik, etnografik, leksik-derivatsion, dialektal maqollar, dialektal onomastik birliklari o‘rganilmasdan qolib ketgan. Boshqa turkiy xalqlar dialektologiyasida esa yuqorida birma bir sanab o‘tilgan dialektal so‘zlar maxsus o‘rganilib, lug‘atlarga kiritilganligi ilmiy manbalarda qayd etilgan. Bu haqida taniqli dialektolog olimlardan biri A.Ishaevning “O‘zbek dialektal leksikografiyasi” maxsus to‘xtalingan (Qarang: Ishaev A. O‘zbek dialektal leksikografiyasi. T.,Fan, 1989. 3-37-betlar.).
Zarkent shevasi leksikasi hamda uning lingvokulturologik xususiyatlari hali o‘rganilmagan. Shu sababli mazkur sheva leksikasini tizimli tarzda o‘rganish tadqiqotning dolzarbligidir.

Download 285.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling