Mundarija kirish


Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalarining tarkibiy tuzulishi va funksional vazifalari


Download 0.87 Mb.
bet3/8
Sana11.11.2021
Hajmi0.87 Mb.
#443239
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sardor3637
2 jismoniy, kompyuter tamimoti mustaqil ish, kompyuter tamimoti mustaqil ish, malumotlar bazasini boshqarish tizimlari bilan ishlash texnologiyasi, qaraqalpoq malumot, 1-сам работа CALCULUS, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida koxonalarda moliyaviy natijalar hisobi va tahlili, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida koxonalarda moliyaviy natijalar hisobi va tahlili, 2 5262633924688872378, Iqtisodiyot nazariyasi, Reja Tavakkalchilik tushunchasi va uni boshqarish (1), Malaka ish 2, 7. Математика олимпиада низоми, 7. Математика олимпиада низоми, 2 5373021877050543106
Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalarining tarkibiy tuzulishi va funksional vazifalari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PF-5075-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PQ-3042-son qaroriga muvofiq mahalliy budjet daromadlari ko‘rsatkichlari bajarilishini so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarining moliya organlari xodimlari tomonidan bajarishga doir vazifalari va tartibini belgilaydi1

  • Farg’ona viloyati Rishton (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda moliya organlari deb ataladi) tomonidan mavjud rezervlarni mobilizatsiya qilish bo‘yicha har kuni o‘tkaziladigan monitoringni hisobga olgan holda budjetni ijro etishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Davlat dasturlarini barqaror moliyalashtirishning muhim omili sifatida mahalliy budjet daromadlar bazasini kengaytirishga yo‘naltirilgan choralarni amalga oshirish ta’minlanadi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Farg’ona viloyati Rishton tumani Moliya bo’limi markaziy apparatining malakali mutaxassislari har oyda joylarga borgan holda qo‘shimcha rezervlarni aniqlash va shu asosda mahalliy budjetning daromadlar bazasini kengaytirishni hisobga olgan holda, tuman (shahar) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dinamikasi va sur’atlaridan kelib chiqib aniqlashtirilgan prognozlarni shakllantirishda va davlat soliq xizmati organlariga yetkazishda qatnashadilar.

Rezervlarni aniqlash va mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish bo‘yicha tuman moliya bo‘limlarida ishlarni tashkil etish tartibi. Mahalliy budjet daromadlar qismining shakllanishi masalalariga mutasaddilik qiluvchi moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari har oyda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning prognoz tushumlarini ishlab chiqarish dinamikasi va sur’atlarining o‘zgarishi, yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ochilishi va soliq to‘lovchilar sonini tanqidiy baholashga asoslangan baholash ko‘rsatkichlari tizimidan kelib chiqib hisob-kitob qiladi.

  • Moliya bo‘limlari mahalliy budjetning prognoz parametrlarini ishlab chiqishda tushumlarning aniqlangan qo‘shimcha manbalarini, shu jumladan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi ma’lumotlar bazasida hisobda turmagan tadbirkorlik subyektlarini, shuningdek soliq solish obyektlarini ham hisobga oladi.

  • Moliya bo‘limi rahbari oyma-oy bo‘lingan mahalliy budjet prognoz parametrlarini tuman (shahar) hokimlariga tasdiqlash va keyinchalik uning ijrosini ta’minlash uchun tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga yetkazish uchun kiritadi.

  • Moliya bo‘limi rahbari o‘z buyrug‘i bilan har bir xodimga 5 tadan kam bo‘lmagan daromadlar manbaini biriktiradi va ushbu manbalar bo‘yicha tuman moliya bo‘limi xodimi tomonidan tuman (shahar) moliya bo‘limlari va tuman davlat soliq inspeksiyalari ma’lumotlar bazasi bo‘yicha monitoring amalga oshiriladi.

  • Moliya bo‘limining mas’ul xodimi amalga oshirilayotgan monitoring doirasida quyidagilarni amalga oshiradi:

Moliya organlarining ma’lumotlar bazasini statistika organlari, Davlat xizmatlari markazlari, ichki ishlar tuman bo‘limlari va notariuslar, tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib beruvchilarning ma’lumotlar bazasini taqqoslash orqali qat’iy belgilangan soliq to‘lovchilari — yakka tartibdagi tadbirkorlarni, shuningdek ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imning to‘liq qamrab olinishini ta’minlaydi;

(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)

jismoniy shaxslar mol-mulkining kadastr qiymatini aniqlashning to‘g‘riligini va “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi organlari tomonidan yer uchastkalari va mol-mulkning to‘liq hisobga olinganligini tekshirish orqali jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i tushumlarining to‘liqligini o‘rganadi.


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling