Mundarija kirish


Download 0.87 Mb.
bet8/8
Sana11.11.2021
Hajmi0.87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8

XULOSА VА TАKLIFLАR


Mahalliy budjetlarga mablag‘larni jalb qilish hamda daromad bazasini mustahkamlashda asosiy eʼtibor mamlakat rivojlanishining alohida bosqichlari sifatida mahalliy byudjetlardagi ziddiyatli manbalarini ajratib ko‘rsatish va o‘rganish imkoniyatini beruvchi tahlilarga qaratish lozim. Mahalliy budjetlarga mablag‘larni jalb qilish hamda daromad bazasini mustahkamlash orqali ularni subventsiyadan chiqarishning iqtisodiy usuli sifatida budjet munosabatlarini qayta taqsimlash xarakteri bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatga egadir. Hech qanday kategoriya moliyaviy resurslarni shunchalik ko‘p qirrali va ko‘p darajali qayta taqsimlashda mahalliy budjetlar tizimi kabi ishtirok etmaydi. Mahalliy byudjetlar tizimi orqali hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda budjet dastaklari taʼsir etish amaliyotini va ko‘lamlarini belgilovchi xalq xo‘jaligi tarmoqlari, hududlar, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholining turli xil qatlamlari oʼrtasida mablag‘lar taqsimotini amalga oshiriladi. Hozirgi kunda mahalliy budjetlarning daromadlar qismini shakllantirishdagi mavjud muammolar sifatida quyidagilarni keltiramiz. 1. Soliq va tushumlarning yig‘uvchanlik darajasini pastligi; 2. Boqimanda qarzdorliklarni yildan-yilga oshib ketayotganligi; 3. Soliq to‘lovchilarni toʼliq davlat ro‘yxatiga olinmaganligi; 4. Korxonalarni to‘la quvvatda ishlamasligi; 5. Mavjud resurs salohiyatidan to‘la foydalanilmayotganligi; 6. Mahalliy xom-ashyoni qayta ishlaydigan korxonalarning kamligi; 7. Yangi texnologiyalarning jalb etilmayotganligi. Mahalliy budjetlarga mablag‘larni jalb qilish hamda daromad bazasini mustahkamlash orqali ixtiyoriga berilgan mahalliy soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha tadbirlar muhim o‘rin tutadi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, mahalliy budjetlar mahalliy soliqlar va yig‘imlarni tashkil etish va boshqarishda mustaqil bo‘lsalarda Moliya Vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan tegishli meʼyorlar doirasida

faoliyat yuritadilar. Mahalliy budjetlar (respublikamiz misolida) amaliyotidagi muhim xususiyat budjet tizimi to‘g‘risidagi qonunda belgilanganidek mahalliy byudjetlar taqchilligi amaliyotiga yo‘l qoʼyilmasligidir.

Xulosa

Men ushbu amaliyot davomida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazrligi qoshidagi Rishton tumani G’aznachilik bo`limining tashkiliy tuzilmaviy faoliyati, davlat budjetining kassa ijrosi davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirishi, huquqiy-me`yoriy hujjatar haqida qisqacha tanishdim. Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobotni tuzish, tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta'minlaydigan, davlat byudjeti Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish, byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar bilan byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan monitoring qilish asosida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish,davlat haridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda takomillashtirish bo‘yicha takliflar berib borish , xarajatlar smetalarida va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig‘i bo‘yicha tovarlarni yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to‘lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta'minlash; davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, Davlat byudjeti ijrosi haqida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish haqida tushunchalarga ega bo`ldim.



  • Tanishuv amaliyot davrida quyidagilarni amalga oshirdim va mazkur hisobotni tayyorladim:

  • Moliya bo`limi va undagi byudjet tashkilotlari va uning hududiy bo’limlarining tashkiliy tuzilishi bilan tanishdim:

  • Byudjet tashkilotlari va uning hududiy bo’limlarining vazifalari, huquq va majburiyatlari bilan tanishdim;

  • O’zbekiston Respublikasining g’aznachiligi tizimining qonunchiligi, huquqiy-me’yoriy asoslari bilan tanishdim;

Shuningdek, ish davomida o`z ishiga mas`uliyatli bo`lish, atrofdagilar bilan to`g`ri muloqotni olib borish va o`zaro ahil jamoa bo`lishni o`rgandim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.: “O’zbekiston”- 2007 y.

  2. O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.-T.: “Norma” MJCh. 2019 y.

  3. O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi.-T.: “Norma”MJCh.2014 y.

  4. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni

  5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to’liqligini ta’minlash bo’yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5283-sonli Farmoni.13.12.2017

  6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3182-sonli Qarori. 08.08.2017

  7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 445-sonli Qarori. 29.06.2017

  8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5075-sonli Farmoni. 07.06.2017

  9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-№ 4086-sonli Qarori. 2018 yil 26 dekabr

  10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi 870-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi toʻgʻrisida NIZOM”

  11. https://openbudget.uz – O’zbekiston Respublikasining ochiq budjet portali.



1 O’zbekiston respublikasi qonunchilik malumotlari milliy bazasi www.lex.uz


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling