Mundarija O’quv materiallar


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana22.09.2020
Hajmi1.68 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Mundarija 
 
 
O’quv materiallar  ....................................................................................................... 2 
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari……………………………………………......117 
Glossariy  .................................................................................................................. 121 
Ilovalar ...................................................................................................................... 125 
1.
  Fan dasturi 
2.
  Ishchi o’quv dasturi 
3.
  Tarqatma materiallar  
4.
 
Test savollari
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
O’QUV MATERIALLAR  
 
O’zbek    tili    O’zbekiston    Respublikasi    davlat  tilidir.  O’zbekiston    hududida  
yashovchi  har  bir  fuqaro o'z fikrini davlat  tilida  ifoda  eta  olishi  kerak. Talabalar 
o’zbek    tilida    o’rta    va    o’rta    maxsus    o’quv    yurtlarida  olgan    bilimlari    asosida  
ma’lum    bilim    malaka    va    ko’nikmaga    egalar.        Oliy  o’quv  yurtida  esa  ushbu 
bilimlarni chuqurlashtirish  vazifasi qo’yilgan.  
         Akademik yozuv 1 kursi o’quv reja asosida 1 semestr davomida o’qitiladi. 
        Ushbu  dastur  o’zbek  tili  fani  o’qituvchisidan  o’z  soxasini  chuqur  bilishni  talab 
etadi. Chunki o’zbek tilini biluvchi o’qituvchi  rusiyzabon  talabalarga o’rgatiluvchi  
fanning  o’ziga  xos  tomonlari  to’g’ri  tushuntirish  mumkin.  Shu  bilan  bir  qatorda 
o’qituvchi  rus  tilini  xam  mukkamal  bilishi  shart.  Bu  ikki  tilni  taqqoslab,  qiyosiy 
grammatikani tadbiq qilish imkonini beradi. 
   Ikkinchidan, akademik yozuv kursi o’qituvchisi o’zga til o’qitish uslub etishni ham 
egallagan bo’lishi kerak. Shuningdek, u har  xorijiy amalyotda ma’lum bo’lgan ilg’or 
texnologiyalarni o’qitish jarayoniga tadbiq qila olishi kerak.  
          O’qitish  jarayonida  turli  asosiy  didaktik  va    lingvodidoktik  prinsplarga  amal 
qilishga katta ahamiyat beriladi.  
O’qituvchi    keng  dunyoqarashga  ega  bo’lishi  o’z  kasbining  ustasi  bo'lish,  hamda 
iqtisodiyot va siyosat borasida yetarli ma’lumotlarga ega bo’lish kerak.  
          O’quv  jarayoniga  texnologik  harakatning  kengaytirilgan  ko’rinishini  tadbiq 
qilish lozim. 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
1-dars  
Mavzu:  
Akademik 
yozuv 
faniga 
kirish. 
Akademik nutq va uning hususiyatlari.
 
Vaqt: 2 soat 
Talabalar soni: 15-30 
Dars turi:  
Amaliy  
Darsning maqsadi:  
Talabalarga 
fan 
to'risidagi 
ilk 
tushunchalarni berish. 
Darsning vazifalari:  
1.
  Akademik  yozuv  1  fani  bilan 
tanishtirish. 
2.
  Til  va  nutq  tushunchasiga  ta'rif 
berish. 
3.
  Nutq turlari haqida tushintirish. 
4.
  Talabalarning  o'zbek  tilidagi 
asosiy bilimlarini tekshirish. 
 
 
Kutilayotgan natijalar:  
1.Talabalar ushbu fandan 1 semestr 
davomida nimalarni o'rganishlari va 
baholash tizimi to'g'risida to'liq 
ma'lumotga ega bo'ladilar 
 2. talabalr til va nutq tushunchalarini 
farqlay oladilar. 
3. nutq turlari haqida ma'lumotga ega 
bo'ladilar. 
4.  topshiriqlarni bajarib o'zbek tilidagi 
asosiy bilimlarini tekshirib oladilar. 
  
 
Amaliy mashgulotning ta’lim tehnologiyasi haritasi. 
Dars bosqichlari 
Mashg'ulotalr tartibi 
O'qituvchi 
Talaba  
1.Kirish 
(10 daq) 
O'qituvchi 
aqliy 
hujum 
vositasida 
talabalardan 
akademik 
yozuv 
deganda 
nimani 
tushunishlarini 
so'raydi. 
Talabalar 
o'z 
fikrlarini 
aytishadi (
Ilova 1)
 


 
 
2. Asosiy qism 
(40 min) 
 
 
1.  O'qituvchi  akademik  yozuv 
fanining 
sillabusi 
bilan 
tanishtiradi. 
Tallabalarga 
baholash  tizimini  tushintirib 
beradi. 
2.  O'qituvchi  til  va  nutq 
so'zlarini  yozib  ularning  farqi 
va umumiy jihatlarini so'raydi. 
So'ng tushuntirib beradi. 
3. 
Nutq 
turlari 
haqida 
ma'lumot beradi.  
1. Talabalar fan haqida to'liq 
tasavvurga  ega  bo'ladilar. 
(ilova 2) 
2. 
Talabalar 
fikrlarini 
aytishadi.  (ilova 3) 
3.  Talabalar  tinglab  savol 
berishadi. 
 
3.Mustahkamlash 
(15 daq) 
 
O'qituvchi talabalarga bugungi 
mavzuga  doir  topshiriq  va 
savollar beradi. 
Talabalar 
berilgan 
topshiriqlarni  bajaradi  va 
savolarga 
javob 
berishadi.(Ilova 4) 
5.
  Yakuniy 
qism 
(5 daq) 
 
 
O'qituvchi  talabalarga  uyga 
vazifa beradi: 
O'zbekiston 
Respublikasida 
tilga  oid  qonunlar  haqida 
ma'lumot topib kelish. 
Uy vazifasi 
 
 


 
1.
  AKADEMIK YOZUV FANIGA KIRISH. AKADEMIK NUTQ 
VA UNING HUSUSIYATLARI. 
Ilova 1. 
 
 
 
AKADEMIK YOZUV 
 
 
 
 
 
Ilova 2. 
Kursning qisqacha mazmuni 
 
Ushbu fanni o’qitish jarayonida talabalar o’zbek tilining og’zaki va yozma nutq 
shakllarini  to’liq  o’zlashtirishadi,  uning  so’z  boyligidan  grammatik  bilimlar 
asosida  to’g’ri  foydalanishni  o’rganishadi,  ish  yuritish  va  rasmiy  hujjatlar 
tayyorlashda bilimlarga ega bo’lishadi. 
 
Dastur quyidagi mavzulardan iborat: 
1.
  Akademik  nutq.Yozma  va  og’zaki  uslub  va  uning  xususiyatlari.  Me’yor 
tushunchasi. Nutq uslublari. 
2.
  Rasmiy-idoraviy uslub. Hujjatchilik таrixi va uning takomillashuvi. 
3.
  Rasmiy-idoraviy uslub. Hujjatchilik таrixi va uning takomillashuvi. 
4.
  Hujjat  turlari  va  xususiyatlari.  Ma’lumot-axborot  hujjatlari.  Tashkiliy 
hujjatlar.  Farmoyish  hujjatlari.  Хizmat  yozishma  hujjatlari.  Diplomatik 
yozishmalar va ularning xususiyatlari. 


 
5.
  Аloqa  tizimi  bilan  bog’liq  hujjatlar.  Хоdimlar  faoliyatiga  doir  hujjatlar. 
Hujjatlar ustida ishlash tartibi. Hujjatlarning  zaruriy qismlari (rekvizitlar) va 
ularni rasmiylashtirish, ish yuritishda qo’llaniladigan blankalar. 
 
Kutiladigan natijalar 
Bakalavr “Akademik yozuv 1” fani bo’yicha: 
-    bilim  va  malakalarini    puxta  egallash  uchun  har  bir  talaba  o’zbek 
tilining  og’zaki  va  yozma  nutq  shakllarini  to’liq  o’zlashtirishi,  uning  so’z 
boyligidan  grammatik  bilimlar  asosida  to’g’ri  foydalana  bilishi,  ish  yuritish  va 
rasmiy  hujjatlar  tayyorlashda  yetaril  savodxonlikka  ega  bo’lishi  zarur.  Shunga 
ko’ra, talabalar “Akademik yozuv 1” fanidan: 
- o’zbek tilida rasmiy ish uslubining qonuniyatlarini;   
- o’zbek tilining gap qurilishi; 
- rasmiy uslubga xos til birliklarini o’rinli ishlata olishni bilishi kerak. 
-  hujjat matnining tuzilishini; 
- hujjatlarning zaruriy (rekvizit) qismlarini; 
- hujjatlarni rasmiylashtirishni bilishi lozim ; 
           - o’zbek tilida sintaktik  jihatdan to’gri gap tuza olishni; 
          -  davlat  tilida  yetarli  yozma  savodxonlikka  ega  bo’lish,  ish  yuritish 
ko’nikmalarini mehnat faoliyatiga erkin tatbiq eta bilishi; 
- nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o’rganishda o’z bilim va 
ko’nikmalarini  qo’llash,  o’zbek  tilida  ish  yuritish  ko’nikmalarini  faoliyatiga 
tatbiq eta olish, u yoki bu munosabat bilan o’z fikrini o’zbek tilida asosli bayon 
qilish  ko’nikmasiga  ega  bo’lishi  lozim. 
-  o’zbek  tilining  so’z  boyligidan  yozma  nutq  yaratish  va  uni  rasmiy 
uslubda  to’gri  qo’llash hamda ulardan o’rinli  foydalana  bilishi; 
-  sohaga  oid  hujjatlarni  tuzishda  kasbiy  atamalarni  ishlatish,  ularni 


 
mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil  qo’llay olishi; 
-  o’zbek  tilining  lug’aviy  boyligi  va  ixtisoslik  atamalaridan  o’rinli 
foydalanish,  ular  yordamida  o’z  fikr-mulohazalarini    asosli    bayon  etish 
tajribasiga  ega  bo’lishi  zarur. 

 
Yuklama 
 
Faoliyat turi 
Soat 
Amaliy 
mashg’ulot 
30 
Mustaqil ish 
30 
Jami  
60 
 
O’qitish strategiyasi 
Mazkur  fanni  o‘qitish  jarayonida  ta’limning  zamonaviy  metodlari, 
pedagogik  va  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  qo‘llash  nazarda 
tutilgan:    mavzular  zamonaviy  kompyuter  texnologiyalari  yordamida 
prezentatsiya  va  elektron-didaktik  texnologiyalaridan  foydalanilgan  holda 
o‘tkaziladi. 
 
Baholash 
Amaliy    mashg’ulotlarda  baholash  talabalarning  darsga  qatnashishi,  amaliy 
mashg’ulotlardagi    topshiriqlarni  bajarishi  hamda  mustaqil  ishlarni  o'z  vaqtida 
topshirishlari asosida amalga oshiriladi. Baholash  foiz hisobida quyidagicha: 
 Amaliy mashg’ulotlar - 30% 
 Mustaqil ta'lim- 20% 
 Yakuniy nazorat -50% 
 


 
Ilova 3. 
Dunyoga    kelgan    har  bir  bola    haqiqiy    inson    bo‘lib    yetishishi    uchun 
juda  ko‘p  narsalarni  bilishi  kerak. U  o‘ziga  kerakli  bilimni ko‘rib,  eshitib 
va o‘qib o ‘rganadi. Eshitib,  o ‘qib  o ‘rganish  til  vositasida  amalga  oshadi  va  
uning  imkoniyati    cheksizdir.    Agar    til    bo‘lmay,    har    bir    kishining  tirikligi  
uning    o‘z    tajribasiga    asoslangan    bo‘lsa    edi,    inson    shu  kungacha    hayvon  
qanday    yashasa,    shunday    yashagan    va    bu  gungi  moddiy-ma’naviy 
taraqqiyotga erishmagan bo‘lardi. 
Tilning  birligi,    ma’rifiy  ahamiyati  shundan    iboratki,  til  tufayli  jamiyat  
a’zolarining    har    birida    hosil    bo‘lgan    bilim    ommalashib,    uning  ko'pchilik 
tomonidan rivojlantirilishiga imkon tug‘iladi.  Undan  tashqari,  til  tufayli  bilim  
avloddan-avlodga  og'zaki  va  yozma  tarzda  qoldiriladi,  natijada  yangi  avlod 
o‘tgan avlodning  ishini  yangidan boshlamasdan,  uni  davom ettiradi.  
Til ilm  olishda  zamon va  makon  g'ovini  o'rtadan  ko'taradi.  U tufayli  eng 
qadimgi ma’lumotlarga ega bo'lamiz va hatto kelgusiga oid ma’lumotlarni ham 
olamiz.  Til  tufayli  sezgi  a’zolari  bilan  bilib  bo‘lmaydigan  narsalarni  ham 
o'rganamiz.  Ko‘rinishi,  shakli    bir    narsalarning    aksi    ongimizga    o‘rnashishi  
mumkin, lekin shaklsiz  narsalarni biz faqat so‘z shaklida o'zlashtiramiz. Xuddi  
shuningdek,    mavjudotning    ko‘rinmas    ichki    jihatlarini  ham  so‘z  shaklida 
o'zlashtiramiz va til vositasi bilan o'zgalarga tushuntiramiz. 
Tilni    o‘rganish    va    o‘rgatishni    osonlashtiradigan    yana    bir  jihati 
shundaki, u umumlashtirish xususiyatiga ega.  So‘z yordamida  biz  mavjudotni  
o‘rganib,  umumiy  tushunchalar  hosil qilamiz va bu tushunchalar mavjudotning 
umumiy    xossalarini  o'rganishga,    hatto  ularning  haqiqatini    idrok  etishga  
imkoniyat tugldiradi.  Inson   faoliyatida   til   borliqni   bilish   va    fikr  almashish 
vositasi  vazifasini  bajaradi.   
Til    vositasida    insoniyat    tomonidan  jamg‘arilgan  bilimlar  qayd  etiladi, 
saqlanadi  va  avloddan-avlodga    yetkaziladi.    Til    millat    ruhining    ko‘zgusidir.  
Tilda  millatning  bor-yo‘g‘i,  o‘y-fikri,  dunyoqarashi,  orzu-umidlari,  Vatani,  
his-tuyg‘ulari  gavdalanadi.  Tildagi  har  bir  so‘z,  uning  har  bir  shakli  inson  


 
tafakkuri  va  tuyg‘usining  natijasidir.  Til  yaxlit  bir  tizim  sifatidagina  ijtimoiy 
vazifani bajara oladi.  Til  asosiy  birliklari:  tovush,  so‘z,  qo‘shimcha, gaplar 
orqali  grammatik  jihatdan  ohang  vositasida  va  mantiqan  o  ‘zaro  bogianishda 
borliq haqidagi hukmlami ifodalaydi,  nimanidir tasdiqlaydi  yoki  inkor qiladi. 
Til    insoniyat    tomonidan    yaratilgan,    unga    xizmat  qiladigan    va    har    qaysi  
millatning    ijtimoiy-madaniy  taraqqiyotiga    mos    tarzda    rivojlanib    boradigan  
ij'timoiy hodisadir. 
 
Tafakkur  faqat  insonlarga  xos  bo‘lgan  mehnat  va  nutq  faoliyati    bilan  
bog‘liq    holda    mavjuddir.    Inson    tafakkuri  nutq  bilan    bevosita  bog‘langan  
holda  yuzaga    chiqadi  va  uning    natijalari    tilda    qayd    qilinadi.    Demak,  
tafakkur jarayonining  natijasi  hamisha  biron-bir  fikrdan  iborat bo‘lib, bu fikr 
tushuncha,    hukm,    xulosa  tarzida  faqat  til  vositasida  namoyon  bo‘ladi.  Til 
tafakkur  bilan  chambarchas  bog‘liq  bo‘lib,    fikrni    reallashtiradigan,  
kishilarning fikr almashishlarini  ta’minlab  beruvchi  quroldir. 
 
Til–  kishilarga  fikrlashuv,  fikrlash  quroli  bo‘lib  xizmat  qiladigan  noyob 
ijtimoiy  hodisa.  Har  bir  til  uning  sohibi  bo‘lmish  jamoaning  bebaho  mulki 
bo‘lib,  o‘zi  mansub  jamoaning  nomi  bilan  ataladi:  o‘zbek  jamoasiga  xizmat 
qiluvchi  tilga  o‘zbek  tili  deyiladi.  O‘zbeklar  o‘z  tilidan  ko‘p  asrlar  davomida 
foydalanib keladi. Dastlab og‘zaki muloqotni ta'minlagan o‘zbek tili keyinchalik 
yozma  shaklda  ham  namoyon  bo‘lgan.  Yozma  nutqda  til  hodisalaridan 
foydalanishning ma'lum me'yorlarini ishlab chiqish zaruriyati paydo bo‘lgan. Til 
hodisalaridan  ma'lum  me'yor  asosida  foydalanish  adabiy  o‘zbek  tilining 
shakllanishiga olib kelgan.  
So‘zlashuv asosida shakllanib, so‘zlashuv tili bilan yonma-yon yashab 
kelayotgan  adabiy  o‘zbek  tili  ko‘p  asrlik  tarixga  ega  bo‘lib,  taraqqiyot 
bosqichlari  nuqtayi  nazaridan    o‘tmish  adabiy  o‘zbek  tili  va  hozirgi  adabiy 
o‘zbek  tili  deb  ajratiladi.  Adabiy  o‘zbek  tili  o‘z  tarixiy  taraqqiyotining  har  bir 
bosqichida ma'lum belgi-xususiyatlari bilan farqlanadi.  

10 
 
Til  murakkab  qurilishga  molik  bo‘lib,  dastlab  uning  ikki  holati  lison  va  
nutq  farqlanadi.  Lison–  kishi  miyasidagi  til  xotirasi  qismida  mavjud  til 
birliklaridan va ulardan foydalanish qoidalaridan iborat boylik. Nutq esa ana shu 
boylikdan foydalanish jarayoni va shunday jarayonning hosilasi.  
Lison  kishi  miyasidagi  til  xotirasi  qismida  mavjud  mavhum  hodisa 
bo‘lib, aql bilan idrok qilinadi; nutq esa ana shu mavhum hodisadan foydalanish 
jarayoni natijasida yuzaga keladigan moddiy hodisa bo‘lib, uni talaffuz birliklari 
sifatida  eshitamiz(yozuvda  esa  ko‘ramiz).    Lisonda  mavjud  hodisalarga  lisoniy 
birliklar  deyiladi;  lisoniy  birliklarning  nutq  jarayoni  natijasida  moddiy  shakl 
olgan holatiga nutqiy birliklar deyiladi. Har bir kishining miyasidagi til xotirasi 
qismida  lisoniy  birliklarning  va  ulardan  foydalanish  qoidalarining  ramzlari 
mavjud, har bir kishi ehtiyojga qarab bu ramzlardan foydalanib nutq hosil qiladi.  
Ayrim adabiyotlarda til bilan nutq o‘zaro dixotomiya, oppozitsiya hosil etuvchi 
hodisalar  deb  qaralib,    til  -  nutq  tarzida  baholanadi.  Nutqqa  muqobil  holda 
ajratiladigan  hodisa  deb    til    emas,    balki    lison    ta'kidlanishi    lozim.    Bu  
munosabatni  chizmada quyidagicha ko‘rsatish mumkin:  
 
T i l 
 
Lison  
 
 nutq 
Lison 
bilan 
nutq 
o‘zaro 
dixotomiya 
hosil 
etadi, 
lekin 
zidlanuvchi(oppozitiv)  hodisalar  emas,  balki  asos  va  hosila  munosabatidagi 
hodisalar.  Til    hodisasi    dastlab    nutqda    paydo    bo‘ladi,    takror-takror  
ishlatilishi  natijasida  miyaning  til  xotirasi  qismida  bu  hodisaning  ramzi 
shakllanadi, keyinchalik ana shu ramzdan nusxa olib nutqiy birlik hosil qilinadi. 
Demak,  asli  til  hodisalari  nutqdan  lisonga  ko‘chadi  va  keyin-gina  lisondan 
nutqqa olib chiqiladi.  
Lisonda bor imkoniyatlar-gina nutqda voqelanadi, lisonning imkoniyatlari 
boy  bo‘lib,  nutqda  uning  ma'lum  bir  qismi-gina  namoyon  bo‘ladi  deyishdan 
lison go‘yo azaliy, tug‘ma, mukammal degan fikr tushuniladi. Vaholanki hali 

11 
 
tili  chiqmagan  go‘dakning  miyasidagi  til  xotirasi  qismida  hech  qanday  ramz 
bo‘lmaydi; go‘dak nutqni egallay boshlaganidan keyin-gina miyasida ramzlar 
paydo  bo‘ladi.  Demak,  lison  azaliy(zot)  emas,  balki  nutq  asosida 
shakllanadigan, to‘ldiriladigan boylik. Tilning taraqqiyoti nutq yordamida voqe 
bo‘ladi.  Har  qanday  yangilik,  masalan,  yangi  leksema  yasash,  boshqa  tildan 
leksema olish avvalo nutqda voqe bo‘ladi, bu yangilik til taraqqiyoti qonunlariga 
zid bo‘lmasa lisonda ramz sifatida muhrlanadi, ana shundan keyin lisondagi bu 
ramzdan nusxa olib nutq hosil qilinadi.  
Tilni o‘rganish, o‘rgatish ham lison asosida emas, nutq asosida amalga 
oshiriladi,  chunki  bevosita  kuzatishda  berilgan  hodisa–  nutq.  Nutqni  kuzatish 
orqali  til  qurilishini,  til  qurilishining  lison  deb  ataladigan  holatini  anglashga 
harakat  qilinadi.  Tilshunosning  tilni  kuzatish,    o‘rganish  quroli–  nutq.  Tilga, 
lisonga xos hodisalarning mohiyati, bu hodisalar orasidagi munosabatlar nutqni 
kuzatish  orqali  aniqlanadi.  Ushbu  qo‘llanmada  hozirgi  adabiy  o‘zbek  tilining 
qurilishi  mavhum  fikrlash  yo‘li  bilan  emas,  balki  bevosita  kuzatishda  berilgan 
nutqiy hodisalar tahlili asosida bayon qilinadi. 
Ilova 4. 
1-topshiriq.  Matnni    o  ‘qing.    Tilning    ijtimoiy-ma’rifiy    vazifalari  ifodalangan 
gaplarni sharhlang. 
Dunyoga    kelgan    har  bir  bola    haqiqiy    inson    bo‘lib    yetishishi    uchun 
juda  ko‘p  narsalarni  bilishi  kerak. U  o‘ziga  kerakli  bilimni ko‘rib,  eshitib 
va o‘qib o ‘rganadi. Eshitib,  o ‘qib  o ‘rganish  til  vositasida  amalga  oshadi  va  
uning  imkoniyati    cheksizdir.    Agar    til    bo‘lmay,    har    bir    kishining  tirikligi  
uning    o‘z    tajribasiga    asoslangan    bo‘lsa    edi,    inson    shu  kungacha    hayvon  
qanday    yashasa,    shunday    yashagan    va    bugungi  moddiy-ma’naviy 
taraqqiyotga  erishmagan  bo‘lardi.  Tilning  birligi,    ma’rifiy  ahamiyati  shundan  
iboratki, til tufayli jamiyat  a’zolarining  har  birida  hosil  bo‘lgan  bilim  om-  
malashib,    uning  ko'pchilik  tomonidan  rivojlantirilishiga  imkon  tug‘iladi.  
Undan  tashqari,  til  tufayli  bilim  avloddan-avlodga og'zaki va yozma tarzda 
qoldiriladi,  natijada  yangi  avlod  o‘tgan  avlodning    ishini    yangidan 

12 
 
boshlamasdan,    uni    davom  ettiradi.  Til  ilm  olishda  zamon  va  makon  g'ovini 
o'rtadan  ko'taradi.  U  tufayli  eng  qadimgi  ma’lumotlarga  ega  bo'lamiz  va  hatto 
kelgusiga  oid  ma’lumotlarni  ham  olamiz.  Til  tufayli  sezgi  a’zolari  bilan  bilib 
bo‘lmaydigan narsalarni ham o'rganamiz. Ko‘rinishi,  
shakli    bir    narsalarning    aksi    ongimizga    o‘rnashishi    mumkin,  lekin  shaklsiz  
narsalarni  biz  faqat  so‘z  shaklida  o'zlashtiramiz.  Xuddi    shuningdek,  
mavjudotning  ko‘rinmas  ichki  jihatlarini ham so‘z shaklida o'zlashtiramiz va 
til vositasi bilan o'zgalarga tushuntiramiz. 
Tilni    o‘rganish    va    o‘rgatishni    osonlashtiradigan    yana    bir  jihati 
shundaki, u umumlashtirish xususiyatiga ega.  So‘z yorda mida  biz  mavjudotni  
o‘rganib,  umumiy  tushunchalar  hosil qilamiz va bu tushunchalar mavjudotning 
umumiy    xossalarini  o'rganishga,    hatto  ularning  haqiqatini    idrok  etishga  
imkoniyat tugldiradi. 
2- topshiriq. Matn asosida quyidagi savollarga javob bering: 
1.  Til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotida qanday o‘rin  tutadi? 
2. Til va madaniyat tushunchalari o ‘rtasidagi bog‘liqlik nimadan iborat? 
3.  «Til  robitayi  vositayi  olamiyondur»  (Avaz  O’tar) jumlasini izohlang. 
4. Bilim egallashda til qanday vazifani bajaradi? 
5.  Fikrlash  bilan  so‘zlash  o‘rtasidagi  bogMiqlik  va  farqni tushuntiring. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

13 
 
2-dars  
Mavzu:  
Yozma  va  og’zaki  nutq  va  uning 
hususiyatlari.
 
Vaqt: 2 soat 
Talabalar soni: 15-30 
Dars turi:  
Amaliy  
Darsning maqsadi:  
Yozma  va  og’zaki  nutq  haqida  keng 
tushuncha berish 
Darsning vazifalari:  
1.
  Yozma  nutq  haqida  ma'lumot 
berish. 
2.
  Og'zaki  nutq  haqida  ma'lumot 
berish. 
3.
  Yozma  va  og’zaki  nutqni 
taqqoslash. 
 
 
Kutilayotgan natijalar:  
1. Talabalar yozma nutq haqida to'liq 
tushunchaga ega bo'ladilar. 
 2. Talabalar og'zaki nutq haqida to'liq 
tushunchaga ega bo'ladilar 
.3. Yozma va og’zaki nutqning asosiy 
hususiyatlarini bilib olishadi. 
 
Amaliy mashgulotning ta’lim tehnologiyasi haritasi. 
Dars bosqichlari 
Mashg'ulotalr tartibi 
O'qituvchi 
Talaba  
1.Kirish 
(15 daq) 
O'qituvchi  talabalardan  uyga 
vazifani so'raydi. 
Talabalar javob berishadi. 
 
2. Asosiy qism 
(35 daq) 
 
 
 
 
1.
  Yozma  nutq  haqida 
ma'lumot beradi. 
2.
  Og'zaki  nutq  haqida 
ma'lumot beradi. 
3.
  Yozma  va  og’zaki 
nutqni 
taqqoslab 
tushintirib  beradi. 
1.  Talabalar  tinglab  savol 
berishadi.(ilova 1) 
2.  Talabalar  tinglab  savol 
berishadi. 
3.  Talabalar  tinglab  savol 
berishadi. 

14 
 
 
 
3.Mustahkamlash 
(15 daq) 
 
O'qituvchi talabalarga bugungi 
mavzuga  doir  topshiriq  va 
savollar beradi. 
Talabalar 
berilgan 
topshiriqlarni  bajaradi  va 
savolarga 
javob 
berishadi.(Ilova 2) 
4.
  Yakuniy 
qism 
(5 daq) 
 
 
O'qituvchi  talabalarga  uyga 
vazifa beradi: 
«O'zbekiston-yagona 
vatan» 
mavzusida  tekst  yozish  va  uni 
gapirib berish. 
Uy vazifasi 
 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling