Mundarija O’quv materiallar


Fan bo‘yicha  talabaning malakasiga qo‘yilgan talablar


Download 5.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana22.09.2020
Hajmi5.17 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

                          Fan bo‘yicha  talabaning malakasiga qo‘yilgan talablar.  
“Akademik yozuv 1” fani bo’yicha talabalar: 
- o’zbek tilida rasmiy ish uslubining qonuniyatlarini;   
- o’zbek tilining gap qurilishi; 
- rasmiy uslubga xos til birliklarini o’rinli ishlata olishni bilishi kerak. 
-  hujjat matnining tuzilishini; 
- hujjatlarning zaruriy (rekvizit) qismlarini; 
- hujjatlarni rasmiylashtirishni bilishi lozim ; 
           - o’zbek tilida sintaktik  jihatdan to’gri gap tuza olishni; 
          -  davlat  tilida  yetarli  yozma  savodxonlikka  ega  bo’lish,  ish  yuritish 
ko’nikmalarini mehnat faoliyatiga erkin tatbiq eta bilishi; 
- nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o’rganishda o’z bilim va 
ko’nikmalarini  qo’llash,  o’zbek  tilida  ish  yuritish  ko’nikmalarini  faoliyatiga 
tatbiq eta olish, u yoki bu munosabat bilan o’z fikrini o’zbek tilida asosli bayon 
qilish  ko’nikmasiga  ega  bo’lishi  lozim. 
-  o’zbek  tilining  so’z  boyligidan  yozma  nutq  yaratish  va  uni  rasmiy 
uslubda  to’gri  qo’llash hamda ulardan o’rinli  foydalana  bilishi; 
-  sohaga  oid  hujjatlarni  tuzishda  kasbiy  atamalarni  ishlatish,  ularni 
mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil  qo’llay olishi; 

137 
 
-  o’zbek  tilining  lug’aviy  boyligi  va  ixtisoslik  atamalaridan  o’rinli 
foydalanish,  ular  yordamida  o’z  fikr-mulohazalarini    asosli    bayon  etish 
tajribasiga  ega  bo’lishi  zarur. 
                         O‘quv rejadagi  boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. 
Akademik  yozuv  1  fani  ijtimoiy-gumanitar  fanlar  blokining  bir  qismiga 
kiradi. Shu sababli u shu blokdagi boshqa fanlar bilan bevosita aloqada. 
Har  bir  hujjat  huquqiy  kuchga  ega.  Uning  mazmuni,  tuzilishi, 
tayyorlanishi  jamiyatdagi  qonunchilik  mohiyatiga  mos  kelishi,  huquqiy 
me'yorga rioya qilishi huquqshunoslik bilan aloqada ekanligini ko‘rsatadi. 
Ma’lumki,  hayotda  turli  yo‘nalishlar,  ixtisosliklar  mavjud.  Har  sohada 
umum 
bo'lgan 
hujjatlardan 
tashqari 
o‘ziga 
xos, 
biri 
ikkinchisida 
ishlatilmaydigan  ish  qog‘ozlari  mavjud.  Ularni  o‘rganish  ham  ish  yuritish 
fanining maqsadi va vazifasi. Shu jihatdan qaraganda akademik yozuv ixtisoslik 
fanlari bilan ham aloqada ekanligi kelib chiqadi 
                        Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik 
texnologiyalar. 
    
O‘quv  jarayoni  bilan  bog‘liq  ta’lim  sifatini  belgilovchi  holatlar 
quyidagilar: yuqori ilmiy- pedagogik darajada dars berish, darslarni savol-javob 
tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogic texnologiyalardan va multimedia 
vositalaridan 
foydanish, 
tinglovchilarni 
undaydigan, 
o‘ylantiradigan 
muammolarni  ular  oldiga  qo‘yish,  talabchanlik,  tinglovchilar  bilan  individual 
ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.  
    Shaxsga    yo‘naltirilgan  ta’lim.  Bu  ta’lim  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  ta’lm 
jarayonining barcha ishtirokchilarinini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. 
Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining 
shaxsini  emas,  avvalo,  kelgusidagi  mutaxassislik  faoliyati  bilan  bog‘liq  o‘qish 
maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashilishni nazarda tutadi.  
    Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida 
mujassam  etmog‘i  lozim:  jarayonning  mantiqiyligi,  uning  barcha  bo‘ginlarini 
o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi. 

138 
 
   Faoliyatga  yo‘naltirilgan  yondashuv.  Shaxsning  jarayonli  sifatlarinni 
shakllantirishga, 
ta’lim 
oluvchining 
faoliyatni 
aktivlashtirish 
va 
intensivlashtirish,  o‘quv  jarayonida  uning  barcha  qobiliyati  va  imkoniyatlari, 
tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi. 
    Dialogik  yondashuv.  Bu  yondashuv  o‘quv  munosabatlarini  yaratish 
zaruriyatini  bildiradi.  Uning  natijasida  shaxsning  o‘z-  o‘zini  faollashtirishi  va 
oz- o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. 
          Hamkorlikdagi  ta’limni  tashkil  etish.  Demokratik,  tenglik,  ta’lim 
beruvchi  va  ta’lim  oluvchi  faoliyat  mazmunini  shakllantirishda  va  erishilgan 
natijalarni  baholashda  birgalikda  ishlashni  joriy  etishga  e’tiborni  qaratish 
zarurligini bildiradi.  
   Muammoli  ta’lim.  Ta’lim  mazmunini  muammoli  tarzda  taqdim  qilish  orqali 
ta’lim  oluvchi  faoliyatini  akivlashtirish  usullaridan  biri.  Bunda  ilmiy  bilimni 
obektiv  qarama-qarshiligi  va  uni  hal  etish  usullarini,  dialektik  mushohadani 
shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni 
mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi. 
Axborotni  taqdim  qilishning  zamonaviy  vositalari  va  usullarini  qo‘llash-
yangi komputer va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash. 
O’qitishning  usullari  va  texnikasi.  Amaliy  mashg‘ulot  (  kirish,  mavzuga  oid, 
vizuallash),  muammoli  ta’lim,  keys-  stadi,  pinbord,  klaster  va  loyihalash 
ussullari, amaliy ishlar. 
O‘qitishni  tashkil  etish  shakllar:  dialog,  muloqot,  hamkorlik,va  o‘zaro 
o‘rganishga  asoslangan frontal, kollektiv va guruh.  
   O‘qitish  vositalari:  o‘qitishning  ananaviy  shakllari  (darslik,  o‘quv-uslubiy 
majmua) bilan bir qatorda- komputer va axbotot texnologiyalari.  
 Kommunikatsiya  usullari:  tinglovchilar  bilan  operativ  teskari  aloqaga 
asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar. 
 Teskari  aloqa  usullari  va  vositalari:  kuzatish,  blis-  so‘rov,  joriy  va 
yakunlovchi  nazorat  natijalarini  tahlili  asosida  o‘qitish  diagnostikasi.    
Boshqarish  usullari  va  vositalari:  o‘quv  mashg‘loti  bosqichlarini  belgilab 

139 
 
beruvchi  texnologik  karta  ko‘rinishidagi  o‘quv  mashg‘ulotlarini  realashtirish, 
qo‘yilgan maqsada erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, 
nafaqat  auditoriya  mashg‘ulotlari,  balki  auditoriyadan  tashqari  mustaqil 
ishlarning nazorati. 
Semester 1 
t/r 
Amaliy mashg‘ulot mavzulari taqsimoti 
 
1  Akademik yozuv faniga kirish. Akademik nutq va uning hususiyatlari 

2  Yozma va og’zaki uslub va uning hususiyatlari. 

3  Me’yor tushunchasi. Nutq uslublari 

4  Rasmiy-idoraviy uslub. 

5  Hujjatchilik таrixi va uning takomillashuvi 

6  Ish yuritish tili va uslubi. 

7  Ish yuritish terminlarining lug‘ati. 

8  Hujjat turlari va xususiyatlari. 

9  Ma’lumot-axborot hujjatlari.  

10 
Tashkiliy 
 hujjatlar. 

11  Farmoyish hujjatlari. 

12 
Хizmat yozishma hujjatlari. Diplomatik yozishmalar va ularning 
xususiyatlari. 

13  Аloqa tizimi bilan bog’liq hujjatlar. Хоdimlar faoliyatiga doir hujjatlar. 

14  Hujjatlar ustida ishlash tartibi. 

15 
Hujjatlarning  zaruriy qismlari (rekvizitlar) va ularni rasmiylashtirish, ish 
yuritishda qo’llaniladigan blankalar. 

 
Jami 
30 
 
 
 
  

140 
 
Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni. 
Mustaqil  ish    o‘qituvchining    talabalarga    avvaldan    berib    qo‘yiladigan 
fanning  mavzulari  asosida  tashkil  etiladi.  Mustaqil ishni quyidagi topshiriqlar 
ko‘rinishida bajarish tavsiya etiladi: 
• 
amaliy  mashg‘ulotlarga  tayyorgarlik  ko‘rish; 
• 
ma’lumot hujjatlarini yozish; 
• 
berilgan mavzu bo’yicha hisobot yozish; 
• 
mavzu bo‘yicha rasmiy axborot tayyorlash; 
• 
rezyume yozish; 
• 
hujjatchilikka doir izohli lug’at tuzish; 
• 
xizmat yozishmalari bo’yicha taqdimot  tayyorlash. 
 
                                                        Akademik yozuv 1 fanidan 
talabalarning mustaqil ishlash uchun shaxsiy varaqasi 
№ 
Mustaqil ta’lim 
mavzulari 
Berilgan topshiriqlar 
Bajar. 
muddat. 
Hajmi 
(soatda) 
I semester 

Ma’lumot hujjatlarini 
yozish 
Tarjimai hol, ariza turlari, 
tilxat, tushuntirish xati 
yozish 
1,2,3,4- 
haftalar 


Hujjat turlari bilan 
ishlash 
Rezyume, tavsifnoma, 
tavsiyanoma,hisobot 
yozish 
5,6,7- 
haftalar 


Yozma axborot 
tayyorlash 
Tashkiliy hujjat turlari 
8,9,10- 
haftalar 


Xizmat yozishmalari 
va diplomatik 
yozishmaar 
mavzu bo’yicha taqdimot  
tayyorlash 
11,12,13- 
haftalar 

                                                              Jami 
20 
                           

141 
 
Dasturning informatsion uslubiy ta’minoti 
   Mazkur  fanni  o‘qitish  jarayonida  ta’limning  zamonaviy  metodlari, 
pedagogik  va  axborot  –  kommunikatsiya  texnologiyalarini  qo‘llash  nazarda 
tutilgan:  «Аloqa  tizimi  bilan  bog’liq  hujjatlar,  hujjatlarning    zaruriy  qismlari 
(rekvizitlar) va ularni rasmiylashtirish, ish yuritishda qo’llaniladigan blankalar” 
mavzulari  zamonaviy  kompyuter  texnologiyalari  yordamida  prezentatsiya  va 
electron- didaktik texnologiyalaridan foydalanilgan holda o‘tkaziladi; 
 Barcha  mavzularga  bag‘ishlangan  amaliy  mashg‘ulotlarda  aqliy  hujum, 
kichik    guruhlarda  ishlash,  ish  o‘yini  va  boshqa  pedagogiк  texnologiyalardan 
foydalaniladi; 
   Akademik yozuv 1 fanidan talabalar bilimini baholash mezoni 
Baholash.Talabalar kurs davomida ularning faol ishtiroki, amaliy 
mashg‘ulotlarda topshiriqlarni bajarishi, mustaqil ta’limda kreativ taqdimoti 
hamda test natijalariga ko‘ra baholanadilar. Kurs bo‘yicha baholanish 
quyidagicha foizni tashkil qiladi: 

 
amaliy mashg‘ulotlar: 30% 

 
mustaqil ta’lim: 20% 

 
yakuniy nazorat: 50% 
Amaliy  mashg‘ulotlarda  baholash.  Baho  olishda  talabalarning  darsga 
qatnashishi  muhim  bo‘lib,  asosan  talaba-talaba  hamda  talaba-o‘qituvchi 
interfaolligini  o‘z  ichiga  olgan  kommunikativ  muhitda  baholanadilar.  amaliy 
mashgulotlarda talaba baholashning 30% ni oladi: 
- uy vazifasi 10% 
- auditoriya faoliyatida ishtiroki (savol-javoblar, diskussiyalar) 8% 
- auditoriya mashqlari, testlar va h.k. 10% 
- guruh bilan ishlashda liderlik uchun bonus 2% 
 
Mustaqil  ta’lim.  Mustaqil  ta’limda  talaba  mustaqil  to'plagan  ma'lumotlarini 
boshqalarga tushintirib berganligi  uchun  baholanadi.  Talaba uy  vazifasi  har bir 
dars boshlanishida yig‘iladi va baholanadi.  

142 
 
 
Akademik yozuv 1 fani bo‘yicha 2019-2020 o‘quv yili uchun kredit 
ball taqsimoti 
 
№ 
O‘tiladigan darslar 
Fan 
bo‘yicha 
ajratilgan 
umumiy 
soat 
Kredit ball 
Nazorat 
shakli 

1-semestr bo‘yicha 
assesment 
60 

Test 
 
 
ADABIYOTLAR RO'YXATI 
 
Asosiy adabiyotlar 
 
1. 
М.  Аминов,  А.  Мадвалиев,  Н.Махкамов,  Н  Маҳмудов.  Иш  юритиш 
(амалий қўлланма).  Тошкент, 2017 й . - 440 б. 
2. 
X.S.  Muhiddinova,  N.  A.  Abdullayeva.  Rasmiy  uslubning  diplomatik 
turlari.T; 1997 y. 
3. 
Д.А.  Бабахонова.  Официальный  делавой  стиль  современного 
узбекского литературного языка. АКД, Т.,1987 г. 
 
Qo'shimcha adabiyotlar 
 
 1. А.Н. Белов, В.Н.Белов. Корреспонденция и делопроизводство. М., 1988 
г. 
2.  Д.В.Васильев.  Делопроизводство  на  компьютeре.  Прaктические     
рекомендации. М., 1999 г. 

143 
 
3. С.В.Усманов ва .б. Ўзбек тилида иш юритиш амалиёти. Т. 1999 й. 
4. Ruscha - o'zbekcha 
 lug‘at  (2  jildli).  -  Toshkent:  O'zbekiston  milliy 
ensiklopediyasi, 2013. 
5. O'zbek 
tilining    izohli  lugati  (5  jildli).  -  Toshkent:  O'zbekiston  milliy 
ensiklopediyasi, 2005-2008. 
6.Qo’g;urov  R.,Begmatov  E.,  Tojiyev  Yo.  Nutq  madaniyati  va  uslubiyat 
asoslari, - T.: “Fan”, 1992, 254b. 
 
Internet saytlar 
1..http://solver.uz/translate.php - Русско-узбекский переводчик. 
2.http://sahifa.tj/uzbeksko_russkij.aspx 
- Узбекско-русский переводчик. 
3. http://library.ziyonet.uz/ - таълим портали. 
 
 
 

144 
 

145 
 
TARQATMA 
MATERIALLAR 
 
 

146 
 
 

147 
 
 

148 
 
 
 

149 
 
 

150 
 
 

151 
 
 

152 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

153 
 
Test savollari 
 
Test savollariasosiy tushunchalar , umumilmiy va mutaxassislik leksikasi 
sohasidagi bilimlarni nazorat qilishni amalgam oshiradi; bo’lg’usi mutaxassislik 
ko’nikmasining shakllanishi darajasini tekshirish; leksik malaka, ko’mikmalar 
va talablar tayyorgarlik darajasini tekshirish va nutqiy faoliyatni 
loyihalashtirishda ulardan foydalana olishni amalgam oshirish. 
1Nutq uslublari qaysi qatorda to'liq berilgan? 
a) ilmiy, publitsistik, badiiy, rasmiy, so'zlashuv 
b) Ilmiy-ommabop, so'zlashuv, rasmiy-idoraviy 
c) Badiiy, so'zlashuv, ilmiy, ommaviy 
d) Rasmiy-idoraviy, publitsistik, ilmiy, og’zaki 
2. Ilmiy uslub janrlari: 
a) ilmiy maqola, referat, tezis, dissertatsiya 
b) maqola, ocherk, she'r, hikoya 
c) referat, drama, komediya, qissa 
d) maqola, g’azal, qissa, konspekt 
3. Terminlar asosan qaysi uslubda ishlatiladi? 
a) Ilmiy uslubda 
b) Publitsistik uslubda 
c) Rasmiy idoraviy uslubda 
d) So'zlashuv uslubida 
4Badiiy uslub janrlari qaysilar? 
a) Roman, hikoya, she'r, g‘azal, tragediya 
b) Hikoya, roman, ilmiy maqola 
c) G’azal, qissa, referat, taqriz 
d) Maqola, ocherk, konspekt, doklad 
5O'zbek tiliga qachon davlat tili maqomi berilgan? 
a) 1989 yil  21 oktyabr 
b) 1990 yil  21 oktyabr 
c) 1991 yil 1 sentyabr 

154 
 
d) 1992 yil 8 dekabr 
6Imlo qoidalari nima? 
a) to'g’ri  yozish qoidalari 
b) Talaffuz qoidalari 
c) so'z  yasash qoidalari 
d) Tinish belgilarining ishlatilishi 
7. Lug’aviy birliklarga nimalar kiradi? 
a) so'z, ibora, termin, qo'shma so'z 
b) termin, frazeologizm, gap 
c) so'z  birikmasi, ibora,gap 
d) sifat, ot, ravish, bog’lovchi 
8. Qaysi tushuncha lug’aviy birlik hisoblanmaydi? 
a) gap 
b) so'z 
c) ibora 
d) qo'shma so'z 
16. Tasviriy ifodani toping 
a) oq oltin 
b) paxta 
c) paxtakor 
d) tilla 
9. Qaysi tushuncha lug’aviy birlik hisoblanadi? 
a) so'z 
b) gap 
c) so'z birikmasi 
d) sodda gap 
10. Adabiy janrlar qaysi? 
a) epik, lirik, dramatic 
b) she'riyat, publitsistika 
c) komediya, nasr, drama 

155 
 
d) nazm, tragediya, roman 
11. Ommaviy axborot vositalari bu – 
a) gazeta, jurnal, televideniye, radio, internet 
b) maqola, reportaj, ahborot 
c) intervyu, maqola, ko'rsatuv 
d) axborot, jurnal, reklama 
12. Ommaviy axborot vositalarining uslubi – 
a) publitsistik uslub 
b) ilmiy uslub 
c) rasmiy uslub 
d) so'zlashuv uslubi 
13. Qaysi uslub faqat og’zaki shaklga ega? 
a) So'zlashuv uslubi 
b) Badiiy uslub 
c) Ilmiy uslub 
d) Publitsistik uslub 
14. Ommaviy axborot vositalariga nimalar kiradi? 
a) televideniye, radio, gazeta, jurnal 
b) gazeta, maqola, hikoya 
c) internet, risola, o'quv qo'llanmalar 
d) saytlar, maqola, ma'ruza 
15. Publitsistik uslubning qanday janrlari mavjud? 
a) maqola, intervyu, reportaj 
b) esse, hikoya, roman 
c) ilmiy maqola, tezis, konspekt 
d) lavha, dialog, monolog 
16. Maqolaning qanday turlari bor? 
a) ilmiy, publitsistik, ilmiy-ommabop 
b) ilmiy, rasmiy, esse 
c) ommaviy, badiiy, rasmiy 

156 
 
d) ilmiy-ommabop, feleton, intervyu 
17. Ilmiy uslubga xos terminlarni aniqlang 
a) Kvant, teorema, molekula 
b) Siyosat, ixtiro,mavzu 
c) Fan, dastur, kitob 
d) Maqola, musiqa, sport 
18. Qaysi so'z termin emas? 
a) universitet 
b) fonetika 
c) kosinus 
d) molekulyar 
19.  Quyidagi  birikmalar  qaysi  uslubga  xos:  kvadrat  tenglama,  katetlar 
yig’indisi 
a) ilmiy 
b) so'zlashuv 
c) badiiy 
d) publitsistik 
20. Maqolalar qanday qismlardan iborat? 
a) Kirish, asosiy qism, xulosa 
b) Boshlang’ich va yakuniy qismlar 
c) Faqat asosiy qismdan 
d) Asosiy qism, xulosa 
21. Tilshunoslikka doir terminlarni aniqlang 
a) Fonema, unli va undosh tovushlar 
b) Gap, dialog, maqola 
c) Uchburchak, ko'p qirrali 
d) Modda, zarra, atom 
22. AKT terminlarini aniqlang 
a) Axborot, kompyuter, dastur 
b) Monolog, dialog, disput 

157 
 
c) Tovush, unli, undosh 
d) Simmetrik, to'g’ri, uchburchak 
23.  Uslubini  aniqlang:  Vodiylarni  yayov  kezganda      Bir  ajib  his  bor  edi 
menda 
a) badiiy 
b) ilmiy 
c) publitsistik 
d) so'zlashuv 
24. Maqolaning qismlari: 
a) Kirish, asosiy qism, xulosa 
b) Boshlang’ich va yakuniy qismlar 
c) Faqat asosiy qismdan 
d) Asosiy qism, xulosa 
25. AKT terminlarini aniqlang 
a) Interfeys, ma'lumotlar bazasi 
b) Kub, kvadrat, sinus 
c) Atom, yadro, issiqlik, 
d) Konvergensiya,  molekula 
26. Ma'ruza qaysi uslubga xos? 
a) Ilmiy uslubga 
b) Rasmiy uslubga 
c) Publitsistik uslubga 
d) Badiiy uslubga 
27. Intervyu matni qaysi uslubga xos? 
a) publitsistik 
b) ilmiy 
c) badiiy 
d) rasmiy 
28. Reportaj qaysi uslubda yoziladi 
a) publitsistik 

158 
 
b) badiiy 
c) bilmiy 
d) so'zlashuv 
29. Adabiy til nima? 
a) grammatik, fonetik, leksik, frazeologik va stilistik tomonidan puhta ishlangan 
til 
b) hamma bemalol so'zlasha oladigan til 
c) shevaga mos so'zlardan holi bo'lgan til 
d) jargonlardan tozalangan til 
30. Nutqning qanday shakllari bor? 
a) yozma va og’zaki 
 
b) she'riy, yozma   
c) musiqiy, og’zaki 
 
d) tasviriy, yozma  
 
31.  Uslubini aniqlang:  hunarni asrabon netkumdir  ohir, Olib  tuproqqamu 
ketkumdir ohir   
a) badiiy uslub 
b) ommabop uslub 
c) so'zlashuv uslubi 
d) ilmiy uslub 
 
32. Uslubini aniqlang: Nutq tovushlari unli va undoshlarga bo'linadi 
a) ilmiy uslub 
b) badiiy uslub 
c) ommabop uslub 
d) ommabop uslub 
33. Uslubini aniqlang: Ta'lim tizimini yangilash lozim 
a) publitsistik 
b) badiiy 
c) ilmiy 

159 
 
d) ilmiy-ommabop 
34. Internet bu – 
a) global tarmoq 
b) local tarmoq 
c) mintaqaviy tarmoq 
d) ichki tarmoq 
35. Intervyu bu – 
a) muxbirning  (umuman so'zlovchining)  biror mashhur shaxs  bilan  ma'lum bir 
masala bo'yicha savol-javobidir. 
b) muxbir  o'z savollarini  tayyorlab qo'yishidir. 
c)  shu kunda  hammani qiziqtirgan  muhim masalalar  haqida maqola. 
d)  muxbirdan bilimdonlikni,  notiqlikni,  turli etik qoidalarga  amal qilishlikdir. 
36. Matn bilan ishlash asoslari qaysi bandda to'gri ko'rsatilgan? 
a)  asarning  g’oyasini  aniqlash,  muallifning  aytmoqchi  bo'lgan  fikrini  mantiqiy   
tahlil qilish orqali   
b) matnni yod olish orqali 
 
c) urg’u oluvchi so'zlarni belgilash orqali 
d) matnni ko'chirib olish  
37. Nutq uslublarida  asosiy e'tibor nimaga qaratiladi? 
a) uslubiy xususiyatlarga 
b) tinish belgilariga 
c) terminlarga 
d) so‘zlarga 
38. Ommaviy axborot vositalariga  nimalar kiradi ? 
a) 
matbuot, radio, televideniye 
 
b) 
kino, serial va qo’shiqlar  
c) 
so’zlar, maqolalar va iboralar   
d) 
radio, gazeta, kino 
39. Atamalarni (termin) o’rganuvchi soha nima deb ataladi? 
a) 
atamashunoslik(terminologiya)  

160 
 
b) 
fonetika 
 
c) 
leksika 
d) 
audit 
40. Nutq uslublari nechta? 
 
a) 
5 ta   
b) 
3 ta   
c) 
2 ta   
d) 
4 ta 
41. O`zbek adabiy tili qaysi tillar 
oilasiga mansub? 
a. 
Turkey tillar  
b. 
Forsiy tillar   
c. 
Yunon tillar 
d. 
Hind tillar 
42. Har yili 21-oktabr sanasida 
qaysi bayram nishonlanadi? 
a. 
O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani   
b. 
Navruz bayrami   
c. 
Mustaqillik bayrami 
 
d. 
Xalqaro ona tili kuni 
43. Informatsiya so`zi qanday ma’noni anglatadi? 
a. 
ma’lumot, tushuntirish, axborot 
 
b. 
tabiat haqida tushuncha   
c. 
o`qish, yozish, chizish 
 
d. 
bilish, egallash 
44. Terminlar qatorini belgilang. 
a. 
ega, sinus, hosila   
b. 
kuchukcha, asalli, qurbaqa 
 
c. 
deraza, olmos, uzuk 
 
d. 
qilich, cho`mich, tegirmon 

161 
 
45. Siyosiy-ijtimoiy doira munosabatlariga xizmat qiluvchi  uslub qaysi? 
a. 
publitsistik uslub   
b. 
badiiy uslub  
c. 
ommaviy uslub 
 
d. 
ilmiy uslub 
46. Adabiy terminlarni ko`rsating 
a. 
masal, g’azal, hikoya 
 
b. 
protsessor, taqa,afisha 
 
c. 
odillik, metall, molekula  
d. 
tomir, leykotsit, yurak 
47. Matematik  terminlarini aniqlang 
a. 
kub, kvadrat, sinus  
b. 
interfeys, ma'lumotlar bazasi   
c. 
atom, yadro, issiqlik 
 
a. 
konvergensiya,  molekula 
48. Ilmiy uslubga xos xususiyatni toping 
a. 
terminlar ishlatilishi 
 
b. 
jargonlar ishlatish   
c. 
shevaga hos so'zlar ishlatilishi   
d. 
tub so'zlarni ishlatish 
49. Intervyu matni qaysi uslubga xos? 
a. 
publitsistik   
b. 
ilmiy   
c. 
badiiy  
d. 
rasmiy 
50. Reportaj qaysi uslubda yoziladi? 
a. 
publitsistik   
b. 
badiiy  
c. 
ilmiy   
d. 
so’zlashuv 

162 
 
BAHOLASH (аssessment) 
      Amaliy    mashg’ulotlarda  baholash  talabalarning  darsga  qatnashishi,  amaliy 
mashg’ulotlardagi   topshiriqlarni bajarishi hamda  yakuniy  nazorat va    mustaqil 
ishlarni  o'z  vaqtida  topshirishlari  asosida  amalga  oshiriladi.  Baholash    foiz 
hisobida quyidagicha: 
 Amaliy mashg’ulotlar - 30% 
Mustaqil ta'lim- 20% 
Yakuniy nazorat -50% 
I  semestr 
 
Hafta       

II  III  IV  V    
VI 
  
VII 
VI
II 
IX  X  X

X
II 
XI
II 
XI

X

Jami 

Ballar   2  2 







2  2  2 



30 
Мustaqil ish 
20 
Yakuniy nazorat ishi 
50 
Jami :  100 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 5.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling