Mundarija O’quv materiallar


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana22.09.2020
Hajmi1.68 Mb.
#130652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MAJMUA akademik yozuv 2019


Ilova 2. 
1-topshiriq.  Matn    parchalarini  o'qib,    ularning  qaysi    nutq    uslubiga 
xosligini aniqlang.  Har bir matnning uslubiy o ‘ziga xosligini asoslab bering. 
I.  7-  modda.  Davlat  tili  rasmiy  amal  qiladigan  doiralarda o‘zbek adabiy 
tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. Davlat  o‘zbek  
tilining    boyitilishi    va    takomillashtirilishini  ta’minlaydi,    shu  jumladan,  
unga  hamma  e’tirof qilgan  ilmiy texnikaviy  va  ijtimoiy-siyosiy  atamalarni  
joriy  etish  hisobiga ta’minlaydi. 
Yangi  ilmiy  asoslangan  atamalar  jamoatchilik  muhokamasidan    keyin  
va    Oliy    Majlis    tegishli    qo‘mitasining    roziligi    bilan  o‘zbek  tiliga  joriy 
etiladi. « 0 ‘bekiston  Respublikasining davlat tili haqida»gi qonunidan 
II.    Notiqlik    qadimgi    Sharqda  juda    katta    ijtimoiy-siyosiy  mavqega  
ega  bo‘lib,  umumdavlat  ahamiyatiga  molik  ish hisoblangan. U bir necha 
turga ajratilgan: 
1. Ilmiy-siyosiy ma’ruza. 
2.  Bahs-munozarali nutq. 
3. Targ‘ib va tashviq qilish ruhidagi nutq. 
4. Marsiya nutqi. 
5. Tabrik nutqi va boshqalar. 
Ilova 3. 
Topshiriq. Klaster usulidan foydalanib rasmiy-ish uslubiga xos bo’lgan 
xususiyatlarni tushuntiring. 
 
 
                                                                       
                                      
 
rasmiy-ish 
uslubi 

38 
 
 
 
 
 
 
Mashq. Matnni o’zbek tiliga tarjima qiling. 
Рекомендация 
Это  официальный  документ,  который  составляется  в  целях 
рекомендации  какого-либо  лица  на  определенную  должность,  либо  в 
члены  различных  государственных  и  общественных  организаций,  либо 
для представления к наградам. 
Он может быть выдан как админстрацией, так и отдельным лицом 
(лицами). В последнем случае в конце документа указывается должность 
и  фамилия  лица,  которая  дает  рекомендацию,  заверенные  подписью  и 
печатью организации. 
Текст  рекомендации  во  многом  схож  с  текстом  харатеристики. 
Различие  заключается  в  том,  что  в  характеристике  находят  отражение 
основные  положительные  и  отрицательные  качества  работнока.  А  в 
рекомендации  наряду  с  этим,  отдельный  упор  делается  на  те  его 
качества, которые характеризуют его как специалиста в своей области и 
выражается уверенность в том, что данный работник может выполнить 
возлагаемые на него обязанности. 
Представление  к  различным  наградам  также  составляется  и 
оформляется в форме рекомендации. 
Реквизиты рекомендации: 
1. Название документа (Рекомендация). 
2. Текст докукмента. 
3.  Должность,  фамилия,  имя,  отчество  (инициалы)  лица,  который  дает 
рекомендацию. 
4. Подпись. 
5. Дата. 
6. Печать учреждения.   

39 
 
Mashq.  Quyidagi  so’z    birikmalari  ishtirokidagi  gaplar  tuzing.  Ularni 
rasmiy yoki shaxsiy munosabatni ifodalashiga ko’ra guruhlarga ajrating. 
 
Iltimos  qilmoq,  talab  etilmoq,  o’qishga  kirmoq,  vazifadan  ozod 
etilmoq,  aytilganlarni  inobatga  olgan  holda,  salom  yetkazmoq,  jadvalga 
muvofiq,  ko’ngilni  ko’tarmoq,  amalga  oshirmoq,  aytib  bermoq,  zimmasiga 
yuklamoq, vaqt topolmaslik, dasturlovchi bo’lib ishlamoq, ro’yxatga olinmoq, 
hushxabar yetkazmoq, haroratni pasayishi oqibatida. 
Mashq.  Berilgan  matndan  rasmiy  uslubga  xos  so’z  va  so’z 
birikmalarini ko’chirib yozing. Matnni rus tiliga tarjima qiling. 
 
 
5-dars  
Mavzu:  
Hujjatchilik 
таrixi 
va 
uning 
takomillashuvi
 
Vaqt: 2 soat 
Talabalar soni: 15-30 
Dars turi:  
Amaliy  
Darsning maqsadi:  
Hujjatchilik 
таrixi 
va 
uning 
takomillashuvi  haqida  to'liq  ma'lumot 
berish
 
Darsning vazifalari:  
1.
 
Ilk 
hujjatlar 
haqida 
to'liq 
ma'lumot berish. 
2.
 
Hujjatchilikning 
keyingi 
bosqichi bilan tanishtirish. 
 
 
Kutilayotgan natijalar:  
1. Talabalar ilk hujjatlar haqida to'liq 
tushunchaga ega bo'ladilar. 
 2. Hujjatchilikning rivojlanishi haqida 
ma'lumotga ega bo'ladilar. 
 
Amaliy mashgulotning ta’lim tehnologiyasi haritasi. 
Dars bosqichlari 
Mashg'ulotalr tartibi 

40 
 
O'qituvchi 
Talaba  
1.Kirish 
(15 daq) 
O'qituvchi  talabalardan  uyga 
vazifani so'raydi.  
Talabalar javob berishadi. 
 
2. Asosiy qism 
(30
 
daq) 
 
 
 
 
1.
 
Talabalardan 
ilk 
hujjatlar  haqida  nimalar 
bilishlarini so'raydi. 
2.
 
Ilk 
hujjatlar 
haqida 
ma'lumot beradi. 
3.
 
Hujjatchilikning  qanday 
rivojlangani  va  bugungi 
kuni  haqida  ma'lumot 
beradi. 
1. 
Talabalar 
javob 
berishadi.(Ilova 1) 
2.  Talabalar  tinglab  savol 
berishadi.(Ilova 2) 
3.  Talabalar  tinglab  savol 
berishadi.(Ilova 3) 
 
 
3.  Mustahkamlash 
(20 daq) 
O'qituvchi 
talabalarga 
mavzuga 
doir 
topshiriqlar 
beradi. 
Talabalar  topshiriqlarni  juft 
bo'lib  bajarishadi. (Ilova 4) 
4.
 
Yakuniy 
qism 
(5 daq) 
 
 
O'qituvchi  talabalarga  uyga 
vazifa beradi: 
Mavzuga  doir  materiallar  yi'ib 
ularni gapirib berish. 
Uy vazifasi 
 
 
5.
  Hujjatchilik tаrixi va uning takomillashuvi. 
Ilova 1. 
Ilk hujjatlar 
 
 

41 
 
Ilova 2. 
O'zbek tilining izohli lug'atida “Hujjat” so'ziga quyidagicha izoh beriladi: 
"Hujjat”  arabcha  so‘z  bo'lib,  qayd  qilish,  tasdiqlash  ma’nosini  bildiradi. 
Shuningdek,  u  ijtimoiy  tarixiy  ahamiyatga  ega  bolgan  yozuv  va  suratlar,  asar 
yoki adabiyot ma’nosini ham ifodalaydi. 
 
O‘tmishdagi  hujjatlar  aslida  yaqindagina  vujudga  kelmagan.  U  qadim 
davrlarga borib taqaladi. 
Turkiy  xalqlarda  ham  hujjat  tuzish  qadimdan  mavjud  bo'lgan.  X-  asr  va 
undan oldingi davrlarga oid turli hujjat namunalari bizgacha yetib kelgan. Hatto 
M.Qashg'ariyning  “Devonu  lug‘atit  turk”  asarida  “Bushug‘”  so‘zi  uchraydi.  U 
elchiga  qaytib  ketish  uchun  beriladigan  ijozat  qog'ozi,  shuningdek,  elchilarga 
beriladigan sovg‘a ma’nolarini bildiradi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik” 
asarida  yorliq  va  noma  ma’nosi  o'rnida  “bildargulik”  so‘zi  ishlatilgan.  Hozirgi 
kunda faol qo‘llanishga o'tgan “bildirishnoma”, “bildirish” shu so'zdan olingan. 
Sho'rolar  davrida  bu  so‘z  “raport”  deb  yuritilardi.  Qadimshunos  olimlar 
tomonidan  olib  borilgan  izlanishlar  natijasida  ko'pgina  ma’lumotlarga  ega 
bo'lindi.  Namangan  viloyati  Kosonsoy  shahri  yaqinidagi  Mug1  qal'asidan  VII-
VIII  asrga  oid  80  ta  hujjat  topilgan.  Ular  milliy  so‘g‘d  yozuvida  bo'lib,  toldan 
kesilgan tayoqcha, teri va xitoy qog‘ozlariga bitilgan.  
Hujjatlar  mazmunan  huquqiy  xarakterga  ega.  Bir  turkumi  diplomatik 
aloqalarga oid bo lib, arablarga qarshi harbiy kuchlami birlashtirish  masalasiga 
bag'ishlangan.  Hujjatlarda  buyruqlar,  soliq  va  boj  yig‘ish  moliyaviy  harajatlar 
ro'yxati va boshqalar aks etgan. Xorazm xarobalaridan esa charm va taxtachaga 
yozilgan  hujjatlar  topilgan.  Tuproqqal'a  hayot  bo‘lgan  davrdagi  xonadan 
a'zolarining ro'yxati, harbiy chaqiriq, soliq, jon-mol ro'yxati, xo'jalik asboblarini 
olingani  haqidagi  tilxat  qadimgi  hujjatlardan  darak  beradi.  Turkiy  tillar 
mutaxassisi  S.E.Malov  “Памятники  древнетюрской  письменности”  (М-Л, 

42 
 
1951)  asarida  qadimgi  turkiy  yozuvida  XIII  asrlarda  bitilgan  qadimgi  hujjat 
(shikoyat, oldi- sotdi, ijaraga qo'yish, tilxat) namunalarini keltiradi.  
Qimmatli  ma’lumot  beruvchi  X-asr  olimi  Abu  Abdulloh  al-Xorazmiy 
“llmlar kaliti” asarining “arab” ilmlari qismida ish yuritish daftarlarini sharhlab, 
Samoniylar  davlatidagi  soliq  xillari  va  ularni  yig'ish  yo'li,  hajmi,  Sharq 
mamlakatlarining  hududlarida  ishlatilgan  og‘  irlik  hamda  o'lchov  birliklarini 
keltiradi.  Askarlar  ro'yxati,  beriladigan  maosh,  kiyim-kechak  shakllarini 
keltiradi.  O'sha  davrda  Markaziy  Osiyoda  keng  tarqalgan  o'lchov  birliklari 
haqida ma’lumot beradi. Ular boshqa manbalarda hozir uchramaydi. 
“Eski  uyg‘ur  yozuvi”  (Q.Sodiqov),  «Древней  Хорезм»  (С.П.Толстой), 
«Ганчи,  ганчибоши  в  Какандском  хандстве»  (А.Л.Тротская)  kabi 
manbalarning  ahamiyati  katta.  Ma’lum  bo'lishicha,  X-XIX  asrlarda  farmon, 
yorliq,  noma,  bitim,  arznoma,  qarsnoma,  vasiqa,  vaqfnoma,  tilxat  kabilar  keng 
iste'molda  bo'lgan.  Hozirgi  kunda  vaqfnoma,  vasiqa,  noma,  arsnoma  kabi 
hujjatlar tilimizda ishlatilmaydi. Manba sifatida “Boburnoma" asarining o'z o‘rni 
bor,  chunki  unda  farmon,  mirzo,  sulh,  tamg'a  hatto  ariza  o'rnida  “arsadosh” 
qo'llanilgan.  Shuni  qayd  qilish  mumkinki,  hozirgi  kunda  tilimizda  tor  ma’noga 
ega bo'lgan '"patta” so'zi XlX-asrda Qo'qon xonligida keng ishlatilgani ma’lum. 
Dunyoning har bir mamlakatida qadimdan rasmiy ish qog'ozlari qo'llanilib 
kelgan.  Masalan:  eramizdan  avval  bo'lgan  Bobil  (Vavilion)  davlatining  1792  - 
1950  -  yillar  podshoxi    Xammurapining  buyrug'i  bilan  tayyorlangan  qonunlar 
majmuasi mavjudligi haqida amerikalik sharqshunos Edvard Kira “Они писали 
на  глине” (1984-у)  asarida  ma’lumot  beradi.  Qonun  majmuasi  247  moddadan 
iborat  bo'lib,  u  basalt  ustuniga  qadimgi  mixxat  bilan  yozilgan.  Qonunda  yerga 
egalik,  savdo-  sotiq,  iqtisodiy-ijtimoiy  munosabatlar  aks  etgan.  Bobil  hozirgi 
Iroqning janubiga to‘g‘ri keladi. 
Rossiyada  hujjat  yuritish  IX-X  asrlardan  boshlangan.  X-asrga  kelib 
shartnomalarda  muhrlar  qo’llana  boshlagan.  XlV-asr  oxirlaridan  boshlab 

43 
 
hujjatlar  qog‘ozlarda  o‘z  ifodasini  topishga  o‘tgan.  Manbalar  Pyotr  davrida 
“Dokument”  so‘zining  ishlatila  boshlaganidan  darak  beradi.  U  tor  ma’noda 
shaxsni  tasdiqlovchi  hujjat  (pasport)  o‘rnida  ishlatilgan.  Keng  ma’noda-guvoh 
beruvchi, ibratli, namunali, dadil, isbotlovchi ma’nosida qo‘llanilgan. 
Turkiston Respublikasidan ajralib chiqqan O'zbekiston respublikasi 1924-
yil  31-dekabrda  48-raqamli  “Ishlarni  o‘zbek  tilida  yuritish”  to‘g‘risida  muhim 
qaror  qabul  qildi.  Qarorda  butun  boshqaruv  idoralarida  hamma  rasmiy  ish 
qog'ozlari  faqat  o‘zbek  tilida  yuritish,  o‘zbekcha  rasmiy  hujjatlar  tuzish, 
yo'riqnomalarni  tayyorlash  topshirildi.  Qarorni  hayotda  qo'llash  uchun  ishchi 
hay’at  yuzaga  keldi.  Har  bir  tashkilot,  muassasa  va  idoralarda  ish  yuritish 
bo'limlari tashkil qilindi. Qarorda dekretga bepisand qarovchilarga chora ko'rish 
kerakligi  ta'kidlangan  edi.  Ish  qog‘oz  namunalari  maxsus  tayyorlandi.  Ammo 
30-yillarda  vaziyat  o‘zgardi.  Ayniqsa  1938-yilgi  qabul  qilingan  “Об 
обязательном  изучении  русского  языка”  qaroridan  keyin  milliy  tillar, 
xususan,  o'zbek  tilini  cheklash,  mensimaslik  siyosati  boshlandi.  Ish  yuritish 
asosan, rus tilida yuritiladigan bo'ldi.  
Nihoyat,  1989-yili  O'zbekiston  Kespublikasining  “Davlat  tili  to'g'risida” 
qonuni qabul qilindi. Qonunga muvofiq 8 yil mobaynida barcha rasmiy hujjatlar 
o'zbek  tilida  yozilishi  kerak  edi.  1995-yil  21-dekabrda  qonunning  yangi  tahrir 
qilingan variantida  o'zgartirish  va  qo'shimchalar o'z ifodasini topdi.  Qonunning 
8-19-moddalarida ish yuritish o'zbek tilida, shuningdek, ish qog'ozlari rus hamda 
boshqa  tillarda  tuzish  va  qabul  qilish  mumkinligi  ko'rsatib  o‘tilgan.  Bu 
respublikada milliy munosabatlarning barqarorligini ta'minlash bilan bog'liq edi. 
1995-yil  24-avgust  339-son  qarori  bilan  Vazirlar  Mahkamasi  o'zbek 
tilining  lotin  imlosiga  asoslangan  yangi  alifbo  qoidalarini  tasdiqladi.  Ish 
qog'ozlari yangi alifboda qoidalarga rioya qilingan holda yoziladigan bo'ldi. 
Ilova 3. 
Hujjatchilikning ijtimoiy hayotdagl o’rni, takomillashtirish va kamchiliklar 

44 
 
O'zbekiston  mustaqil  bo'lgach,  ish  yuritishning  ijtimoiy  hayotdagi  o'rni 
o'zgacha tus oldi. Hujjatlarni avval rus tilida belgilangan qolipda yozilgan bo'lsa, 
ularni  o'zbekona  tayyorlash  yo'liga  o'tildi,  e’tibor  o'zgardi.  Rasmiy  ish 
qog'ozlarining  ahamiyati  ortdi,  chunki  jamiyat  bilan  uning  a'zolari  o'rtasidagi 
munosabat,  hatto  davlatlar  orasidagi  aloqa,  davlat  tashkilotlari  ichidagi  qonun- 
qoidalar davlat tilida keng yuritila boshlandi.  
O'zbekiston  Vazirlar  Mahkamasi  1994-yil  18-avgustda  424-son  qaror 
qabul  qildi.  Qaror  tom  ma’nodagi  hujjatchilikni  shakllantirish  va  rivojlantirish 
yo'lida  muhim  qadam  bo'ldi.  1999-  yil  29-martda  140-son  qaroriga ilova  qabul 
qilinib,  unda  ish  yuritish  va  ijro  nazoratini  tashkil  etish  bo'yicha  namunaviy 
yo‘riqnoma 
berildi. 
Yo‘riqnomada 
umumiy 
qoidalar, 
shuningdek, 
hujjatlashtirish,  kelgan  xat-xabarlarni  qabul  qilish  va  ro'yxatga  olish,  jo'natish, 
hujjatlarning 
ijrosi 
ustidan 
nazorat 
tartiblari 
ko'rsatilgan. 
Vazirbr 
Mahkamasining  qarorlari  so‘zsiz  tom  ma’nodagi  o‘zbek  hujjatchiligini  hozirgi 
kun  talablari  asosida  shakllantirish  va  rivojlantirishda  maqsadga  muvofiq  ish 
bo’ladi. 
O‘zbek  tilidagi  hujjatchilikni  takomillashtirishda  mavjud  tajribalardan 
foydalanish  o'rinli.  Bunda  albatta  o'zbek  tilining  o‘z  qonun-qoidalariga  rioya 
qilish kerak. Masalan, sana yozishda o‘zbek tilining tabiatga mos qilib avval yil 
keyin  oy  “2007-yil  8-mart”  deb  yozish  to'g'ri  bo'ladi.  Hujjatlarni  sof  o'zbek 
tilidagi  andozalarini  yaratish,  bular  bilan  bog'liq  atamalarning  bir  xilligiga 
erishish  takomillashtirishning  muhim  masalalaridan.  Hujjatlar  tuzish,  ijro  etish 
uslubi ustida ish olib borish, Davlat bo‘yicha yagona nusxalarini ishlab chiqish 
shu  kunning  dolzarb  vazifasiga  kiradi.  Bu  ishlarning  sust  borishida  hujjatlarni 
tuzish  yo'llari,  shakli,  tili,  uslubini  o'rganuvchi  va  belgilab  beruvchi  ilmiy 
markazning yo’qligi deb hisoblash o'rinli. 
Hozirgi  davrda  ish  yuritishning  “yuragi”  kompyuter  bo'lib  qolmoqda. 
Asosiy hujjatlar kompyuterda yoziladi. Elektron pochta, faks orqali uzatiladi. Ish 
yuritishga  kompyuterlar  o'tgan  asrning  60-yillarida  kirib  kelgan.  80-yillarda 

45 
 
avtomatlashtirilgan  tizimga  keng  yo'l  ochilgan.  Katta  va  kichik  EHMIar 
boshqaruv  faoliyatida  hujjatlarni  ro'yxatga  olish,  tekshirish,  nazorat  ishlarini 
o'tkazish, saqlash, hujjatlarni tayyorlashda  muhim o‘rin egalladi. O'zbekistonda 
kompyuterning  keng  tusda  hayotga  kirib  kelishi  2000-yillarning  boshiga  to'g'ri 
keladi.  Faqatgina  yuqori  idoralardagina  ish  yuritishda  EHMdan  foydalanish 
imkoniyati mavjud edi. 
Ilova 4. 
1-topshiriq. Gaplarni o ‘qing.  Eski uslubga xos lisoniy qoliplaming 
ma’nosini  izohlang  va  hozirgi  adabiy  tildagi  muqobillarini qavsda ko'rsatib 
ko‘chiring. 
1.  Xoja  Kalonga  salom  degach,  so‘z  ulkim,  Shamsiddin M u h am m 
ad  Atovag ‘a  keld i...  Tengri  taolo d in  umid andoqdurkim,  bu  oraning  ishi  
Tangri    taolo    inoyati    bila    bot  saranjom  topgan.    («Boburnoma»dan).    2.  
Qulluq arzadosht ulkim,  safardin  salomatliq bila qaytib,  maskanga tushulgan 
xabardin  davlatxoh  qullar  shodmon  b o ‘ldilar.  Umid  ulki, hamisha davlat ila 
sog‘  va  salomat  bo‘lub  olam  ahlig‘a  komron  bo‘lg‘aysiz.    (Alisher  Navoiy,  
«Munshaot»dan).    3.  Yer-u  ko'kni  yaratgan  Tangri  taologa  cheksiz  shukrlar 
bo‘lsinki,  yetti  iqlim  mamlakatlarining  ko‘pini  mening  farmonimga  kirgizdi  va 
olim sultonlari va hokimlari menga egilib, itoat qilish halqasini jon quloqlariga 
taqdilar.  («Temur tuzuklari»dan). 4. Biri ulkim, viloyat molin mashvaratsiz olib 
turursiz  va  bu  ma’hud  emas  erdi...  Chun  sizning  tobug‘ingizga  ayturga 
davlatxohlig1  so‘zini  ayturg‘a  ma’murmen.    U1  jihatdin  go‘stohliq  bila 
arzadosht bitildi.  (Alisher  Navoiy,  «Munshaot»dan). 
2-topshiriq. Ish yuritishda ilgari qoMlangan quyidagi  so‘zlarning hozirgi 
tilimizdan ma’nodoshlarini toping va ular ishtirokida gaplar tuzing: 
munshaot,    yorliq,    patta,    noma,    chopar,    munshiy,    farmoni  oliy,  
mirzaboshi,  devonbegi. 

46 
 
6-dars  
Mavzu:  
Ish yuritish tili va uslubi
 
Vaqt: 2 soat 
Talabalar soni: 15-30 
Dars turi:  
Amaliy  
Darsning maqsadi:  
Ish  yuritish  tili  va  uslubi  haqida  to'liq 
ma'lumot berish
 
Darsning vazifalari:  
1.
 
Ish 
yuritish 
tili 
bilan 
tanishtirish. 
2.
 
Ish  yuritish  uslubining  o’ziga 
hosliklarini izohlash. 
 
Kutilayotgan natijalar:  
1. Talabalar Ish yuritish tili haqida to'liq 
tushunchaga ega bo'ladilar. 
 2. Ish yuritish uslubi haqida 
ma'lumotga ega bo'ladilar. 
 
Amaliy mashgulotning ta’lim tehnologiyasi haritasi. 
Dars bosqichlari 
Mashg'ulotalr tartibi 
O'qituvchi 
Talaba  
1.Kirish 
(15 daq) 
O'qituvchi  talabalardan  uyga 
vazifani so'raydi.  
Talabalar javob berishadi. 
 
2. Asosiy qism 
(30
 
daq) 
 
 
 
 
1.
 
Talabalardan ish yuritish 
nima 
ekanligini  
so'raydi. 
2.
 
Ish  yuritish  tili  haqida 
ma'lumot beradi . 
3.
 
Ish 
yuritish 
uslubini 
tushuntirib beradi. 
1. 
Talabalar 
javob 
berishadi.(Ilova 1) 
2.  Talabalar  tinglab  savol 
berishadi.(Ilova 2) 
3.  Talabalar  tinglab  savol 
berishadi.(Ilova 3) 
 
 
3.  Mustahkamlash 
(20 daq) 
O'qituvchi 
talabalarga 
mavzuga 
doir 
topshiriqlar 
beradi. 
Talabalar  topshiriqlarni  juft 
bo'lib  bajarishadi. (Ilova 4) 

47 
 
4.
 
Yakuniy 
qism 
(5 daq) 
 
 
O'qituvchi  talabalarga  uyga 
vazifa beradi: 
Mavzuga  doir  materiallar  yi'ib 
ularni gapirib berish. 
Uy vazifasi 
 
6.
  Ish yuritish tili va uslubi. 
Ilova 1. 
ISH YURITISH 
 
 
Ilova 2. 
Adabiy  tilning  yozma  rasmiy  shakliga  xos  bo‘lib,  muayyan  nutqiy  
qolip,  qat’iy  odat tusiga  kirib  qolgan  shakllarga  ega  bo‘lgan  nutq  uslubi  
rasmiy    uslub    sanaladi.      Barcha  qonunlar,  Prezident  farmonlari  va  hukumat 
qarorlari,  turli  hujjatlar,  ish  qog‘ozlari,  idoralararo  yozishmalar  va  shu  kabilar 
rasmiy-idoraviy  uslubda  yoziladi.  Rasmiy-idoraviy  uslubda  gaplar  ixcham  va 
aniq  bo‘ladi.  Bu  uslubda  qaror  qilindi,  inobatga  olinsin,  ijro  uchun  qabul 
qilinsin,  tasdiqlanadi    kabi  qoliplashgan  so‘zlar  va  so‘z  birikmalari  keng 
qo‘llaniladi.  Bu uslub  muayyan nutqiy qolip,  qat’iy odat  tusiga   kirib  qolgan 
shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubidir.    
       Bu    uslub,  shuningdek,  davlat  arboblari    o‘rtasidagi  diplomatik 
munosabatlarda,    idora,    korxona,  muassasalarning  rasmiy  ish  yuritish 
jarayonlarida,  shaxslarning  ariza,  tilxat,  ishonch  qog‘ozi  singari  ish  yuritish 
qog‘ozlarida qo‘llaniladí. 

48 
 
     Rasmiy  uslub  yozma  shaklda  ro‘yobga  chiqadi.  U  har  qanday  tasviriy  
vositalardan,    obrazlilikdan    xoli    bo‘ladi.    Bunday    uslubda    tilning    ikki  
vazifasi  -  axborot  uzatish  va  da’vat  etish,  buyurish  vazifasi  amalga  oshadi.   
     Rasmiy    uslubga    xos    har    qaysi    hujjat    turining    o‘ziga    xos    leksik,  
grammatik    xususiyatlari    mavjud.    Rasmiy    ish    qog‘ozlarining    sintaktik  
tuzilishi  qat’iy  qoliplarga  bo‘ysunadi. 
Ilova 3. 
Hujjatlar  tili  va  uslubi 
Hujjatlarning    tili    va    uslubiga    qadimdan  e’tibor    berishgan.  Bir  qat'iy  
tartibda  qonun-qoidalarga    rioya    qilingan    holda    yozilgani  ma’lum.  Turkiy  
tilida    teri,  yog‘och,  sopol,  va    pergamentlarga    yozilgan    hujjatlar    talablariga  
ko‘ra  bitilgan. Turkiy  tilda  bitilgan  hujjatlar X-XII  asrlarda, o‘zbek (turkiy) 
tilida  yozilgan  hujjatlar  XIV-XVI asrlar  Amir Temur  davriga  to‘g‘ri  keladi. 
O‘zbek    tilida    hujjatlar    tuzish    keyingi    asrlarda    ham    davom    etgan,  ammo  
qisman  fors  tilida  ham  rasmiylashtirish  bo‘lgan.  
Hujjatlar    tili  umumadabiy    tildan  ajralgan    emas.  U  vazifasiga    ko‘ra  
rasmiy  uslubga    xos.  Rasmiy    uslub    xarakteriga    muvofiq  hujjatlarda  aniqlik, 
mantiqlik,  ishonarlilik    va    ihchamlik    yuzaga    keladi.  Shuning    uchun    ham  
hujjatlar  rasmiy    uslub    talablariga  javob    bera    olishi  talab    qilinadi.  Bu    o‘z  
o‘rnida    hujjatlarning  axborotlarini    rasmiy    ravishda    xolisligini    yuzaga  
keltiradi. 
Hujjatlar  tilining  o‘ziga  xosligi  shundaki, unda (trafaretli) so‘z qolipli  
va    andozali    so‘z    birikmalari,    gaplar  qo‘llaniladi.  Bu    jihati    bilan    ilmiy, 
matbuot,  badiiy  uslublardan  farq  qiladi. 
Mustaqillik    qo‘lga    kiritilgandan    keyingi  davrda    hujjatlar    tilida 
ishlatilayotgan  so‘zlar    qatlami  ayrim    “eskirib    qolgan”  deb  hisoblanadigan 

49 
 
atamalar    bilan    to‘lgani    aniq.  Masalan,  bildirgi  (bildirish),  ma’lumotnoma, 
tavsifnoma, bayonnoma va boshqalar. 
Hujjatlarning    leksik    xususiyatlaridan    biri,  unda  trafaret,  qolipli  bir 
shaklda    qo‘llaniladigan  so‘zlar    ishlatilishidadir:  buyuraman,  tasdiqlayman, 
ma’qullansin, eshitildi va b.  
Hujjat    tilida    badiiy    asarlarda    qo‘llaniladigan  o‘xshatish    jonlantirish, 
tasviriy    so‘zlar,  shuningdek  so‘zlashuv    uslubiga    xos  shevaga    oid    hamda 
dag‘al    so‘zlar,  kitobiy-tantanavor  so‘zlar    uchramaydi,  ishlatilmaydi.  Istagan  
holda    so‘zlarni  qisqartma    shaklda  berish    qoidaga    to‘g‘ri    kelmaydi. 
Umumqabul  qilingan  qisqartma so‘zlardan  foydalanish  mumkin. 
Morfologik  jihatdan  ham  hujjatlar  tili  o‘ziga  xos, ya’ni unga  erkalash-
kuchaytirish  qo‘shimchalari, subyektiv baho  so‘zlari  ishlatilmaydi. 
Hujjatlarda    2  shaxs    qo‘shimchasi  qo‘llanilmaydi,  chunki    hujjatlar  
fe’lning  1  yoki  3  shaxs    nomidan  yoziladi.  Shu    tufayli  -  man  (buyuraman, 
so‘rayman,  tavsiya    etaman),  -miz,  -di    qo‘shimchalari    so‘zlarga    qo‘shilib  
ishlatiladi (iltimos  qilamiz, eshitildi,  so‘raydi, so‘zga  chiqdi  va b.) 
Hujjatlarning    o‘ziga    xosligi    shundaki,  ularda    harakat    nomlari    ko‘p  
qo‘llaniladi  (masalan,  joriy  etish,  hizmat  ko‘rsatish,  ijtimoiy  himoya  qilish). 
Fe’lning    buyruq-istak  mayli  majhul  nisbat  shaklining    qo‘llanishi  ko‘proqligi  
bilan  hujjatlar xarakterli (ko‘paytirilsin, bajarilsin,  iltimos qilamiz,  so‘raymiz) 
dir. 
  
Fe’lning    o‘tgan    hamda    hozirgi-kelasi  zamon    shakllarining  qo‘llanish  
doirasi    hujjatlarda    kengroq  (qatnashdilar,    so‘raydi,  ma’qullaydi,  hisobga  
olinadi  va b.). 
Sonlarning    ishlatilishi    hujjatlar    turiga    qarab    tartibga    rioya    qilingan  
holda  yoziladi. Ayrim  hujjat  turlari,  masalan, ishonchnoma,  tilxat kabilarda  
sonlar  son    bilan    ham,  so‘z    bilan    ham    yozish    talab    qilinadi.  Pul,  moddiy  

50 
 
boylik    bilan    bog‘liq    hollarda    qoidaga    muvofiq    son    bilan    birga    uning  
yozma    ifodasi    hujjatda    o‘z    ifodasini    topgan    bo‘lishi    shart    deb    qabul  
qilingan.  
Hujjatlarda   qolipga  tushgan  so‘z  birikmalari, sintaktik  tuzilmalar  ko‘p  
qo‘llanadi.  (masalan,  men,  Mahmudov  Ozod...,  ro‘yxatga  olinsin,      ...  qilish  
maqsadida,  ....qaror    qilindi,  Siz    rahbarlik  qilayotgan).  Hujjatlarda    turgan  
frazeologik  birikmalar, ya’ni  ko‘chma  ma’noda qo‘llanuvchilar  ishlatilmaydi. 
Gaplar    turiga    kelganda    darak    gapning  xabar,  axborot  beruvchi,  
ta’kidlovchi    xarakterdagi    turlari    keng    qo‘llaniladi.    Odatda    so‘roq,  undov  
mazmunidagi  gaplar, shuningdek  murakkab  qo‘shma  gaplar  ishlatilmaydi. 
Hujjatlarni    madaniy    tuzilishda,  tayyorlashda,  imlo  va    tinish    belgilari, 
xat boshiga  alohida  e’tibor  berish  zarur.  Hujjat  nomi-  sarlavhalardan  keyin  
o‘zbek  tilida qoidalarga  muvofiq  nuqta  qo‘yilmaydi. 
Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling