Mundarija O’quv materiallar


Ilova 4. Topshiriq va savollar


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana22.09.2020
Hajmi1.68 Mb.
#130652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MAJMUA akademik yozuv 2019


Ilova 4. Topshiriq va savollar. 
Mashq.  Quyidagi  so‘z  birikmalari  ishtirokida  gaplar  tuzing,  so'ngra  (  ^ 
ulami  rasmiy  yoki  shaxsiy  munosabatni  itbdalashiga  ko‘ra  gumhlang,  ular 
o'rtasidagi farqni izohlang. 
0‘qishga  kirmoq,  vazifasidan  ozod  etilmoq,  salom  yetkazmoq, 
begilangan jadvalga muvofiq, ko'nglini ko‘- tarmoq, ko‘rishganimizda 
aytib  bermoq,  zimmasiga  yuklamoq,  «Kamolot»  yoshlar  harakatiga 
qo‘shilmoq,  vaqt  topolmaslik,  o‘qituvchi  bo‘lib  ishlamoq,  harorat 
pasayishi oqibatida, xushxabar eshitgandan keyin. 
Mashq.  Gaplarda  tushirib  qoldirgan  so‘z  va  qo'shimchalami  o'rniga  qo‘yib 
ko‘chiring.  Ushbu  matnning  oldingi  matndan  qanday  farqlanishini 
tushuntiring. 
Toshkent  sharqshunoslik  akademik  litseyi  2-  bosqich  talabasi  Ahror 
Rahmonov...  shaxsiy  a’zolik...  ochishingiz...  so‘raymiz.  A.  Rahmonov 

51 
 
o‘qishni  bitirgan  taqdirda,  hisob  bo‘limiga  kutubxona  ma’lumotnoma... 
topshirma... unga shahodatnoma bermas... kafolat bera... . 
Ushbu  majburiyat  bajaril...  holat...  A.  Rahmonov...  dan  kutubxonaga 
qaytarilmagan  adabiyotlar...  barcha  moddiy  javobgar...  o‘z  zimmamizga... 
ola... . 
Topshiriq.  Klaster  usulidan  foydalanib  rasmiy-ish  uslubiga  xos  bo’lgan 
xususiyatlarni tushuntiring. 
Mashq. Quyidagi so’z, atama va so’z birikmalarining qaysi uslubga xosligini 
aniqlang. Rasmiy-idoraviy uslubga xos bo’lgan so’zlar ishtirokida gaplar tuzing 
Mehnat  shartnomasi,  axborot    xati,  modellashtirish,  taklif  etiladi,  iltimos 
qilaman,  so’rab  ko’ramiz,  dalil  bo’la  oladi,  avtomatlashtirish,  electron  qurilma, 
biznes  va  boshqaruv,  ko’chmas  mulk,  ko’rib  chqilsin,  zimmasiga  yukaltilsin, 
chiziqli dasturlash. 
Mashq.  Quyidagi  so’z    birikmalari  ishtirokidagi  gaplar  tuzing.  Ularni 
rasmiy yoki shaxsiy munosabatni ifodalashiga ko’ra guruhlarga ajrating. 
 
Iltimos  qilmoq,  talab  etilmoq,  o’qishga  kirmoq,  vazifadan  ozod  etilmoq, 
aytilganlarni  inobatga  olgan  holda,  salom  yetkazmoq,  jadvalga  muvofiq, 
ko’ngilni  ko’tarmoq,  amalga  oshirmoq,  aytib  bermoq,  zimmasiga  yuklamoq, 
vaqt  topolmaslik,  dasturlovchi  bo’lib  ishlamoq,  ro’yxatga  olinmoq,  hushxabar 
yetkazmoq, haroratni pasayishi oqibatida. 
7-dars  
Mavzu:  
Ish yuritish terminlarining lug‘ati. 
Vaqt: 2 soat 
Talabalar soni: 15-30 
Dars turi:  
Amaliy  
Darsning maqsadi:  
Hujjatchilikda 
keng 
uchraydigan 
terminlar bilan tanishtirish.
 
Darsning vazifalari:  
Kutilayotgan natijalar:  

52 
 
1.
 
Ish  yuritish  atamalari  bilan 
tanishtirish. 
2.
 
Ish 
yuritish 
terminlaridan 
foydalanishni o’rgatish. 
 
1. Talabalar ish yuritish tili ko'p 
uchraydigan so'zlarni o'rganadilar. 
 2. Ish yuritishda turli terminlardan 
foydalanish bilimiga ega bo'ladilar. 
 
Amaliy mashgulotning ta’lim tehnologiyasi haritasi. 
Dars bosqichlari 
Mashg'ulotalr tartibi 
O'qituvchi 
Talaba  
1.Kirish 
(15 daq) 
O'qituvchi  talabalardan  uyga 
vazifani so'raydi.  
Talabalar javob berishadi. 
 
2. Asosiy qism 
(30
  daq) 
 
 
 
 
1.
 
hujjatchilik  terminlariga 
misol 
berishlarini 
so'raydi. 
2.
 
Talabalarga  ish  yuritish 
keng 
qo’llaniladigan 
hujjatlar 
beriladi 
va 
ulardan 
atamalarni 
topish so’raladi. 
1. 
Talabalar 
javob 
berishadi.(Ilova 1) 
2. 
Talabalar 
juft 
bo'lib 
topshiriqni 
bajarishadi. 
(Ilova 2) 
 
 
3.  Mustahkamlash 
(20 daq) 
O'qituvchi 
talabalarga 
mavzuga 
doir 
topshiriqlar 
beradi. 
Talabalar  topshiriqlarni  juft 
bo'lib  bajarishadi. (Ilova 3) 
3.
 
Yakuniy 
qism 
(5 daq) 
 
 
O'qituvchi  talabalarga  uyga 
vazifa beradi: 
Mavzuga  doir  materiallar  yi'ib 
ularni gapirib berish. 
Uy vazifasi  
 
 

53 
 
7.
  Ish yuritish terminlarining lug‘ati. 
Ilova 1. 
HUJJATCHILIK TERMINLARI 
 
 
 
 
 
 
Ilova 2. 
Soha  lug‘atlari. Ularda  terminlar va birikmalarning berilishi. 
Leksikografiya  lot.  lexikos  —  so‘z,  grapho  —  chizmoq,  yozmoq 
so‘zlaridanolingan  bo‘lib,  lug‘at  tuzish  amaliyoti  va  nazariyasi  bilan 
shug‘ullanuvchi  tilshunosiikning  bo‘limidir. 
    Leksikografiya  nazariyasining  predmeti  lug‘at  tuzish  tamoyillari  va 
usullaridir. 
    Leksikografiya  amaliyoti  esa  lug‘at  tuzuvchilarning  ishini  tashkil  etish, 
so'zlarni  kartochkalarga  tushirish,  sistemaga  solish  va  saqlash  singarilarni  o‘z 
ichiga oladi.   Leksikografiya nazariyasida lug‘at turlari, so‘zlik tarkibi va so‘z 
maqolasining tuzilishi asosiy o‘rinni egallaydi. 
lug‘atlar ikki turli boladi: 
1) ensiklopedik (qomusiy) lug‘atlar;  
2) filologik (lingvistik) lug‘atlar. 
Bu ikki turdagi lug‘atlar lug‘at birliklarining nimaga qaratilgani bilan farqlanadi. 
Lug‘atga  kiritilayotgan  birliklar  barcha  tushunchalarni  o‘z  ichiga  olsa, 
ensiklopedik  (qomusiy)  lug‘at;  ma’lum  bir  tildagi  so‘zlarni  o‘z  ichiga  olsa, 
filologik (lingvistik) lug‘at hisoblanadi. 
       Ensiklopedik  (qomusiy)  lug‘atda  turli  xil  tarixiy  voqealar,  tarixiy  shaxslar, 
ilmiy  tushunchalar  va  boshqalar  o‘z  ifodasini  topadi.  Umuman,  ensiklopedik 

54 
 
lug‘atlar  ma’lum  bir  xalqning  madaniy-ma’naviy,  ilmiy-amaliy,  siyosiy-
iqtisodiy  hayotiga  doir  barcha  tushunchalarni  qamrab  oladi  va  bu  tushunchalar 
unda o‘z izohini topadi. 
       O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  “O‘zbekiston  Milliy 
ensiklopediyasi”ni yaratish to‘g‘risida maxsus qaror qabul qildi. Ana shu qaror 
asosida  2000—2006-yillarda  12  jildli  “O‘zbekiston  Milliy  ensiklopediyasi” 
yaratildi. 
    Toshkent  shahrida  ensiklopedik  lug‘atlar  va  kitoblarni  nashr  etish  bilan 
shug‘ullanayotgan 
alohida 
muassasa 
— 
“O‘zbekiston 
Milliy 
ensiklopediyasi”Davlat ilmiy nashriyoti faoliyat ko‘rsatmoqda.  
        Tildagi  so‘zlarni  izohlashga  qaratilgan  lug‘atlar  izohli  lug‘at,  muayyan 
tildagi  so‘zlarning  ikkinchi  tilga  tarjimasini  berishga  qaratilgan  lug‘atlar  esa 
tarjima lug‘at sanaladi. 
   1981-yili  Moskvadagi  «Pyccкий  язык»  nashriyotida  nashr  qilingan  2  jildli 
«O‘zbek  tilining  izohli  lug‘ati»,  2006—2008-yillarda  «O‘zbekiston  Milliy 
ensiklopediyasi»  Davlat  ilmiy  nashriyoti  tomonidan  nashr  qilingan  va  80  ming 
so‘z  hamda  so‘z  birikmasini  o‘z  ichiga  olgan  5  jildli  «0‘zbek  tilining  izohli 
lug‘ati»,  2001-yili  Toshkentdagi  «Sharq»  nashriyot-matbaa  konserni  Bosh 
tahririyati  tomonidan  nashr  etilgan  «O‘zbek  tili  faol  so'zlarining  izohli  lug‘ati» 
yoki  o‘zbekcha-ruscha,  inglizcha-ruscha-o‘zbekcha  lug‘atlar  bunga  misol  bo‘la 
oladi. 
     Izohli lug‘atlar so'zlikning tanlanishiga ko‘ra umumiy va tarmoq lug‘atlarga 
bo‘linadi.  Tilning  barcha  so‘zlarini  izohlashga    qaratilgan  lug‘atlar  umumiy 
izohli  lug‘atlar,  ma’lum  bir  tarmoqqa  doir  so‘zlarnigina  tanlab,  ularni  bir 
tartibda  joylashtirib  izohlashni  maqsad  qilgan  lug‘atlar  tarmoq  lug‘at 
hisoblanadi. (Masalan, kasb-hunarga doir lug‘atlar, ma’lum fan sohasi bo‘yicha 
atamalar lug‘ati va boshqalar.) 

55 
 
     Har  qanday  lug‘at  shu  lug‘atning  egasi  bo‘lgan  xalqning  katta  madaniy  va 
ma’naviy boyligi sanaladi. 
Ilova 3. 
Savol va topshiriqlar: 
1.  So`z va atama bir-biridan qaysi jihatlari bilan farq qiladi? 
2.  Ma’lum bir lug`aviy birlik ham so`z, ham atama bo`lishi mumkinmi? 
3.  Iboralardan atama sifatida foydalanish mumkinmi? 
4.  Atama yaratishda qaysi manbalar ichki, ya’ni asosiy manba hisoblanadi? 
5.  Atama tanlashda tashqi manba deyilganda nima tushuniladi? 
6.    Yangi    atamalar    yaratish,    tanlash    va    qo`llashda    qanday    umumiy  
qoidalarga tayaniladi? 
7.  O`z mutaxassisligingizga oid qo`shimchalar qo`shish, birikmalar hosil qilish,  
tarjima    qilish    orqali    yasalgan    va    boshqa    tillardan    to`g`ridan  -to`g`ri 
o`zlashtirish orqali qo`llanayotgan atamalarga misollar keltiring. 
8.    Mutaxassisligingizga    oid    qanday    atamalarning    qo`llanishida    kamchilik  
bor deb hisoblaysiz? 
9.  Ijtimoiy-siyosiy,  ma’naviy-ma’rifiy  sohalarga  oid  qanday  atamalarni  
nutqimizga, tilimizga singmayapti deb hisoblaysiz? 
10.  Kundalik    matbuot    sahifalaridan    tilimizga    singib    ketmagan,    g`aliz 
qo`llanayotgan so`z va atamalarga misollar toping. 
 
8-dars  
Mavzu:  
Hujjat turlari va xususiyatlari. 
Vaqt: 2 soat 
Talabalar soni: 15-30 
Dars turi:  
Amaliy  
Darsning maqsadi:  
Hujjat turlari bilan tanishtirish.
 
Darsning vazifalari:  
1.
 
Hujjat turlari bilan tanishtirish. 
Kutilayotgan natijalar:  
1. Talabalar hujjat turlari bilan 

56 
 
2.
 
Ularning 
o’ziga 
hos 
hususiyatlari  haqida  ma’lumot 
berish. 
 
tanishadilar. 
 2. Ularning o’ziga hos hususiyatlari 
haqida ma’lumotga ega bo’ladilar. 
 
Amaliy mashgulotning ta’lim tehnologiyasi haritasi. 
Dars bosqichlari 
Mashg'ulotalr tartibi 
O'qituvchi 
Talaba  
1.Kirish 
(15 daq) 
O'qituvchi  talabalardan  uyga 
vazifani so'raydi.  
Talabalar javob berishadi. 
 
2. Asosiy qism 
( 30 daq) 
 
 
 
 
1.
  Talabalardan    ko'p 
ishlatiladigan 
hujjatlar 
ro'yhatini 
tuzib 
chiqishlarini so'raydi. 
2.
  Ushbu 
hujjatlarni 
ma'lum  bir  jihatlariga 
e'tibor 
bergan 
holda 
turlarga 
ajratishni 
so'raydi. 
3.
  Hujjat  turlarini  jadval 
asosida 
tushuntirib 
beradi. 
1. 
Talabalar 
kichik 
guruhlarda ishlashadi.  
2. 
Talabalar 
kichik 
guruhlarda ishlashadi.   
3.  Talabalar  tinglab  o'zlari 
yaratgan 
turlar 
bilan 
solishtirishadi  va  savollar 
berishadi. (ilova 1) 
 
3.  Mustahkamlash 
(20 daq) 
O'qituvchi 
talabalarga 
mavzuga 
doir 
topshiriqlar 
beradi. 
Talabalar  topshiriqlarni  juft 
bo'lib  bajarishadi. (Ilova 2) 
3.
 
Yakuniy 
qism 
(5 daq) 
 
O'qituvchi  talabalarga  uyga 
vazifa beradi: 
Mavzuga  doir  materiallar  yi'ib 
ularni gapirib berish. 
Uy vazifasi 

57 
 
 
 
8.
  Hujjat turlari va xususiyatlari 
Ilova 1. 
Boshqaruv  jarayonining  murakkabligi  va  serqirraligiga  muvofiq  ravishda 
idoraviy ish yuritish qog’ozlari, hujjatlar ham hilma-hil va mikdoran juda ko'p. 
Hujjatlarning maqsadi, yo'nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham 
turlichadir.  Shunday  ekan,  hujjatlar  tiliga  bo'lgan  umumiy  talablar  bilan  bir 
qatorda  har  bir  turkum  hujjatlar  tuzish  ishiga  qo'yiladigan  ko'pgina  lisoniy 
talablar  ham  mavjud.  Muayyan  turdagi  hujjat,  albatta,  o'ziga  hos  lisoniy 
hususiyat va sifatlar bilan belgilanadi. Bu xususiyat va sifatlarni har taraflama va 
chuqur  tasavvur  qilmasdan  turib,  mukammal  hujjatchilikni  yaratish  haqida  gan 
ham bo'lishi mumkin emas. Shuning uchun bu o'rinda hujjatlar tasnifi masalasi 
alohida ahamiyat kasb etadi. 
Hujjatshunoslikda  hujjatlar  bir  necha  jihatlarga  ko'ra  tasnif  qilinadi. 
Tasniflashda  mutlaqo  bir  xil  guruhlashtirish  mavjud  bo’lmasa-da,  har  qalay, 
ularni bir qadar yagonalashgan holda guruhlashtirish mumkin. 
Hujjatshunoslikdagi  ana  shu  an'anaga  ko'ra  ish  yuritishdagi  hujjatlar  eng 
avvalo tuzilish o'rniga ko'ra tasnif qilinadi. Bu jihatdan ichki va tashqi hujjatlar 
farqlanadi. Ichki hujjatlar ayni muassasaning o'zida tuziladigan va shu muassasa 
ichida foydalaniladigan hujjatlardir, muayyan muassasaga boshqa tashkilot yoki 
ayrim shaxslardan keladiganlari esa tashqi hujjatlardir. 
Hujjatlar mazmuniga ko'ra ikki turli bo'ladi: 1) sodda hujjatlar - muayyan 
bir  masalani  o'z  ichiga  oladi;  2)  murakkab  hujjatlar  -  ikki  yoki  undan  ortiq 
masalani o'z ichiga oladi. 
Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy, namunaviy va qolipli (yoki 
trafaretli)  hujjatlar  farqlanadi.  Matnning  o'ziga  xosligi,  betakrorligi,  hamisha 
ham bir andozada bo'lmasligi xususiy hujjatlarning asosiy belgilaridir (masalan, 
xizmat yozishmalari va shu kabilar). 

58 
 
Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo'lsada, bevosita 
mazmun bayoni bir qadar erkin bo'ladi.  
Namunaviy  hujjatlar  boshqaruvning  muayyan  bir  xil  vaziyatlari  bilan 
bog’liq,  bir-  biriga  o'xshash  va  ko'p  takrorlanadigan  masalalar  yuzasidan 
tuzilgan matnlarni o'z ichiga oladi.  
Qolipli  hujjatlar,  odatda,  oldindan  tayyorlangan  bosma  ish  qog’ozlariga 
yoziladi,  bunday  hujjatlarda  ikki  turli  axborot  aks  etadi,  ya'ni  o'zgarmas 
(oldindan  tayyor  bosma  matnda  ifodalangan)  va  o'zgaruvchi  (hujjatni  tuzish 
paytida  yoziladigan)  axborotlar;  shuning  uchun  bu  tur  hujjatlarga  nisbatan 
ko'pincha  «yozmoq»  emas,  balki  «to'ldirmoq»  so'zi  ishlatiladi.  Shu  o'rinda 
aytish kerakki, hujjatlarning qolipli turlari doirasini kengaytirish - ish yuritishni 
takomillashtirishdagi  maqbul  yo'llardan  biridir.  Chunki  bu  tadbir  hujjat 
matnlarini  bir  xil  qilish  va  hujjat  tayyorlash  uchun  ketadigan  vaqt  hamda 
mehnatni  anchagina  tejash  imkoniyatini  beradi.  Qolipli  hujjatlar  sirasiga, 
masalan,  ish  haqi  yoki  yashash  joyi  haqidagi  ma'lumotnomalar,  ayrim 
dalolatnomalar,  xizmat  safari  guvohnomalari  va  boshqa  ko'plab  hujjatlarni 
kiritish mumkin. 
Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko'ra xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy 
hujjatlarga  ajratiladi.  Xizmat  xujjatlari  tayyorlanishiga  ko'ra  muassasa  yoki 
mansabdor shaxslarga tegishli bo'lsa, shahsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan 
yozilib,  ularning  hizmat  faoliyatlaridan  tashqaridagi  yoki  jamoat  ishlarini 
bajarish  bilan  bog’liq  masalalarga  tegishli  bo'ladi  (masalan,  shaxsiy  ariza, 
shikoyat va h.k.). 
Hujjatlarning  tayyorlanish  xususiyati  va  darajasi  ham  benihoya  muhim. 
Bu jihatiga ko'ra hujjatlar quyidagacha tasniflanadi: qoralama; asl nusxa; nusxa; 
ikkinchi  nusxa  (dublikat);  ko'chirma.  Aksar  hujjatlar  dastlab  qoralama  nusxada 
tayyorlanadi,  bu  hujjat  muallifi,  ya'ni  tayyorlovchining  qo'lyozma  yoki 
kompyuterda ko'chirilgan dastlabki nusxasidir. 

59 
 
Bu  nusxa  tuzatilib,  qayta  ko'chirilishi  mumkin.  Aytish  joizki,  qoralama 
hujjat huquqiy kuchga ega emas. Asl nusxa har qanday hujjatning asli, birinchi 
rasmiy  nushasidir.  Asl  nusxaning  aynan  qayta  ko'chirilgan  shakli  nusxa  deb 
yuritiladi,  odatda  o'ng  tomonidagi  yuqori  burchagiga  «Nusxa»  degan  belgi 
qo'yiladi. 
Hujjatchilikda,  shuningdek,  aynan  (faksimil)  va  erkin  nushalar  ham 
farqlanadi.  Aynan  nusxa  asl  nusxaning  barcha  xususiyatlarini  -  hujjat  zaruriy 
qismlarining  joylashishi,  mavjud  shakliy  belgilar  (gerb,  yumaloq  muhr, 
to'rtburchak  muhr,  nishon  kabi),  matndagi  bosma,  yozma  harf  shakllari  va  shu 
kabilarni  aniq  va  to'liq  aks  ettiradi,  masalan,  fotonushani  yoki  kompyuterda 
chiqarilgan  nusxani  shu  tur  hujjatlar  qatoriga  kiritish  mumkin.  Erkin  nusxada 
esa hujjatdagi axborot to'la ifodalansa-da, bu nusxa tashqi xususiyatlar jihatidan 
bevosita  asliga  muvofiq  kelmaydi,  ya'ni  erkin  nusxada  asl  nusxadagi  muhr 
o'rniga  «muhr»  deb,  imzo  o'rniga  «imzo»  deb,  gerb  o'rniga  «gerb»  deb  yozib 
qo'yiladi va h.k. Ba'zan muayyan hujjatga emas, balki uning bir qismiga ehtiyoj 
tug’iladi.  Bunday  hollarda  hujjatdan  nusxa  emas,  balki  ko'chirma  olinadi 
(masalan,  bayonnomadan  ko'chirma,  buyruqdan  ko'chirma  va  h.k.).  Nusxa  va 
ko'chirmalar, albatta, notarius, kadrlar bo'limi va shu kabilar tomonidan tegishli 
tartibda  tasdiqlangan  taqdirdagina,  huquqiy  kuchga  ega  bo'ladi.  Asl  nusxa 
yo'qolgan  hollarda  hujjatning  ikkinchi  nusxasi  (dublikati)  beriladi,  ikkinchi 
nusxa asl nusxa bilan bir xil HUQUQIY kuchga egadir. 
Ma'muriy-boshqaruv  faoliyatida  xizmat  mavqega  ko'ra  hujjatlar  hozirgi 
kunda, asosan, quyidagicha tasniflanishi mumkin: tashkiliy hujjatlar; farmoyish 
hujjatlari; ma'lumot-axborot hujjatlari; xizmat yozishmalari. 
Ilova 2. 
1-  topshiriq.  Berilgan    matnlaming  hujjatning  qaysi  turiga  kirishini  
aniqlang,  ular o ‘rtasidagi  farqlarni  izohlang. 

60 
 
I.  Yusuf savdosida  beqaror Zulayho ismidan,  Majnun  ishqida yig‘lagan Layli 
otidan — sizga boshimdagi sochlarimning tuklaricha behad salom.  Mendan — 
haddu-hisobsiz  gunoh,  sizdan  kechirish.  0  ‘tgan  ishga  salovat.  Chunki  shu  ikki 
yil ichida kechirgan  qora  kunlarni  esga  olish  mening  uchun  o ‘sha  kunlarni 
qaytadan    boshdan    kechirishlik  singari,    ul    kunlarni  siz  uniting-u  nutmang,  
ammo    men    unutdim.    Shuning    uchun    so‘zimni    o‘zimning  oxirgi  ham  chin 
baxt islari hidlagan tariximdan boshlayman... 
Xatim  oxirida  shuni  ham  aytib  qo‘yay:  o‘ch  qaytib,  men ham  k o ‘ch 
ad  an    haydalmasam    edi,    degan    xavf    hamisha  ko‘nglimda.  Agar  xudo 
yorlaqab eshigingizda o‘rinlashib olsam, u  yog‘ini  o ‘zim  bilar edim... 
3  hamal,  Marg‘ilon,  Kumushingiz  yozdim. 
A.  Qodiriy, «O'tkan kunlar»dan 
II.  Men, Abdulla Islomov, kasalligim tufayli o‘z akam Akmal Islomovga  (SA  
seriyadagi  0612408  raqamli  pasportga  ega) «ChoMpon  yulduzi»  mas’uliyati  
cheklangan    jamiyat    kassasidan    2002-    yil    oktabr    oyi    uchun    yozilgan  
maoshimni  olishga ishonch  bildiraman. 
III.  Otamni ham xuddi bobom kabi  Isroil degrez der edilar. Otam zahmatkash 
temirchi edi.  0 ‘sha vaqtda bolalarini boqish, ro‘zg‘or tebratish  uchun  odamlar 
juda  ko‘p  mehnat  qilishlari zarur ekanligiga sira aqlim yetmas ekan. Otamning 
hamma  vaqt  olovga  yo‘ldosh  kasbidan  faqat  zavq  va  shavqni  ko‘rar  edim.  
Otamday  qudratli    odam  yo‘q    edi    men  uchun.    Temirlar    otam    q  o  iid  a  
chaqmoqlar    taratishiga    boqib,  hayratda  qolar  edim.  Uning    qo‘llari    cho‘qqa  
aylangan  temir  parchasini  istagan shaklga solib,  inson  uchun  kerakli  narsaga  
aylantirishga    qodir  edi.    Men    hali-hanuz    otamday    bo‘lishni    orzu    qilaman,  
ammo  na    iloj,    inson    qalbiga    kira    bilish    temirga    ishlov    berishdan 
mashaqqatliroq, yurakni chaqmoq kabi alanga oldirish har kimga ham  muyassar 
bo‘lavermas  ekan... 
Zulfiya,  1965- yil 

61 
 
9-dars  
Mavzu:  
Ma’lumot-axborot hujjatlari.  
Vaqt: 2 soat 
Talabalar soni: 15-30 
Dars turi:  
Amaliy  
Darsning maqsadi:  
Hujjat turlari ustida ishlash.
 
Darsning vazifalari:  
1.
 
Ma’lumot-axborot 
hujjatlari 
bilan tanishtirish. 
2.
 
Tashkiliy 
hujjatlar 
bilan 
tanishtirish. 
3.
 
Hujjatlar bilan ishlash. 
Kutilayotgan natijalar:  
1. Talabalar ma’lumot-axborot 
hujjatlari bilan tanishadilar. 
 2. Tashkiliy hujjatlar haqida 
ma’lumotga ega bo’ladilar. 
3. Ma'lum hujjatlarni yozishni 
o'rganadilar. 
 
Amaliy mashgulotning ta’lim tehnologiyasi haritasi. 
Dars bosqichlari 
Mashg'ulotalr tartibi 
O'qituvchi 
Talaba  
1.Kirish 
(15 daq) 
O'qituvchi  talabalardan  uyga 
vazifani so'raydi.  
Talabalar javob berishadi. 
 
2. Asosiy qism 
( 25 daq) 
 
 
 
 
1.
  Talabalardan  turli hujjat 
turlari  ro'yhatini  berib 
ularni  2  turga  ajratishni 
so'raydi. 
2.
  Ma’lumot-axborot 
hujjatlari  va  tashkiliy 
hujjatlar 
haqida 
ma’lumot beradi. 
1. 
Talabalar 
kichik 
guruhlarda  ishlashadi.  (ilova 
1) 
2.  Talabalar  tinglab  savollar 
berishadi. (ilova 2) 
 
3.  Mustahkamlash 
(25 daq) 
O'qituvchi 
talabalarga 
mavzuga 
doir 
topshiriqlar 
beradi. 
Talabalar  topshiriqlarni  juft 
bo'lib  bajarishadi. (Ilova 3) 

62 
 
4.
 
Yakuniy 
qism 
(5 daq) 
 
 
O'qituvchi  talabalarga  uyga 
vazifa beradi: 
Mavzuga  doir  materiallar  yi'ib 
ularni gapirib berish. 
Uy vazifasi 
 
 
9.
  Ma’lumot-axborot hujjatlari.  
Ilova 1. 
Ma’lumot-axborot hujjatlari. 
 
Ilova 2. 
Ish yuritish huijatlari qo‘llanish doirasi, maqsad va vazifalariga ko‘ra to‘rt 
guruhga bo‘linadi:   
l. Tashkiliy hujjatlar (guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, shartnoma va boshqalar)    
2. Farmoyish hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma , farmoyish). 
3.  Ma’lumot-axborot  hujjatlari  (ariza,  bayonnoma,  dalolatnoma,  ishonchnoma, 
tavsifnoma, tarjimai hol, tilxat, tushuntirish xati, e’lon  va  boshqalar). 
4. Xizmat yozishmalari (taklifnoma, telegramma, xatlar). 
Mazmun  bayonining  shakliga  ko‘ra  hujjatlar  xususiy,  namunaviy  va 
qolipli  hujjatlarga  bo‘linadi.  Bojxona  organlarida  xususiy  hujjatlarga 
fuqarolardan  kelib  tushgan  ariza  va  shikoyatlar,  ularning  asosida  olib 
boriladigan xizmat   yozishmalari misol bo‘ladi. Ular aksariyat hollarda ayni bir 
vaziyat  va  holatni  izohlab,  tushuntirib  berish  maqsadida  yoziladi.  Namunaviy 
hujjatlar sirasiga ish yuritish sohasiga oid hujjatlarning aksariyati, ya’ni har bir 

63 
 
tashkilot  va  uning  bo‘linmalari  uchun  zaruriy  bo‘lgan  bildirgi,  xizmat 
ma’lumotnomasi,  tavsifnoma,  majlis  bayoni  kabi  belgilangan  tartibda 
tuziladigan  hujjatlar  kiradi. 
Qolipli  hujjatlarning  ko‘plab  turlari  mavjud,  ular  soha  faoliyatini 
osonlashtiradi, vaqt va moddiy resurslarni tejashga imkon beradi, ish jarayonida 
qulaylikni oshiradi. 
Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling