Mundarija


Download 31.8 Kb.
Sana04.12.2019
Hajmi31.8 Kb.
#86530
Bog'liq
Venezuela
javob varaqasi (1), javob varaqasi (1), 2 5242321130265514181

Mundarija


Kirish 2

1.Venesuela Bolivar Respublikasi rivojlanish tarixi, davlat tuzilishi va umumiy tasnifi 4

2.Venesuela iqtisodiy inqirozi – kelib chiqish sabablari va oqibatlari 6

3.Venesuela makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va ularning tahlili 7

4.Venesuela – O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining o‘xshash va farqli jixatlari 8

Xulosa 9


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 10

Ilovalar 11




Kirish


Har qanday mamlakat o‘z taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqish jarayonida, boshqa mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixi bilan tanishishi, ular olib borgan islohotlarni tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunga kelib, xalqaro hamjamiyatda yuz berayotgan kuchli integratsiya jarayoni jahon mamlakatlarini iqtisodiy hayotida tashqi aloqalarni rolini oshirdi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng tashqi aloqlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi. Bugungi kunga kelib, O‘zbekiston Respublikasi 134 ta davlatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan.1 2

2017-yil 7-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947 sonli Prezident Farmonida ham Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olingan. Unga ko‘ra:



  • davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish;

  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish;

  • O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;

  • davlat chegarasini dyelimitatsiya3 va demarkatsiya4 qilish masalalarini hal etish.5

Ustuvor vazifalar hisoblanadi.

Mavzuning dolzabligi. Iqtisodiy jarayonlar juda murakkab hisoblanib, har qanday chiqarilayotgan qarorlar va qonunlar – chuqur tahlildan o‘tishi va uzoq muddatga mo‘ljallangan bo‘lishi zarur. Har qanday rivojlanayotgan davlat oldida anashunday muhim qarorlarni to‘g‘i qabul qilish va amalga oshirish kabi dolzarb vazifa yuzaga keladi. Venesuela Bolivar Respublikasi sobiq prezidenti Hugo Rafael Chavez Frias va hozirgi kundagi prezidenti Nikolas Maduro Moroslarning olib borgan iqtisodiy siyosati mamlakatni og‘ir iqtisodiy inqirozga tushib qolishiga olib keldi. Bu kabi iqtisodiy tanglikka tushib qolgan mamlakatlarni iqtisodiyotini tahlil qilish va mamlakatimizdagi iqtisodiy jarayonlar bilan solishtirish dolzarbligi kundan-kunga ortib bormoqda.

Mavzuning maqsadi va vazifalari. Mavzu doirasida Venesuela Bolivar Respublikasi iqtisodiyotini tahlil qilish va iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omillarni o‘rganish mavzuning maqsadi sifatida belgilab olindi.

Mavzuning vazifalari sifatida quyidagilar tanlab olindi:



  • Venesuela Bolivar Respublikasi rivojlanish tarixi, davlat tuzilishi va umumiy tasnifi;

  • Venesuela iqtisodiy inqirozi – kelib chiqish sabablari va oqibatlari;

  • Venesuela makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va ularning tahlili;

  • Venesuela – O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining o‘xshash va farqli jihatlari.



  1. Venesuela Bolivar Respublikasi rivojlanish tarixi, davlat tuzilishi va umumiy tasnifi

Venesuela Janubiy Amerika qittasining Shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, umumiy maydoni 916,445 km2 ni tashkil qiladi.

Venesuela tarixi 15000 yil oldingi davrga borib taqalsada, lekin bugungi kunda hammaga ma’lum bo‘lgan Venesuela davlatining tarixi 1498-yilga Xristofer Kolumbning Amerika qittasiga qilgan uchinchi safariga borib taqaladi. 1499-yilda ispanlarning Alonso de Oxeda ekpeditsiyasi Venesuella qirg‘oqlarini Marakaybo qo‘ltig’igacha bo‘lgan tadqiqotlari vaqtida hindularning suvda qoziqlar ustiga qurilgan turar joylarini ko‘rib, bu diyorni Venesuela ya’ni kichik Venetsiya deb atashadi.

XVI asr boshlariga kelib, Venesuela ispanlar tomonidan bosib olindi. 1811-yilga kelib Venesuela mustaqillikni qo‘lga kiritdi. 1819-yilda Venesuela Buyuk Kolumbiya Respublikasi tarkibiga kiradi va 1830 yildan mustaqil davlat maqomiga erishadi.

XIX asrning ikkinchi yarmidan Venesuela hududiga chet el kapitali oqib kirdi va 1913-yildan boshlab neft konlari ochila boshlandi. Neft sanoatining tez sur’atlarda o‘sishi, ishlab chiqarishning bir qancha tarmoqlari vujudga kelishiga olib keldi. Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng, Janubiy Yevropadan (asosan, Ispaniya, Italiya, Portugaliya va Fransiya) ko‘chib kelgan aholi Venesuela jamiyatining tubdan o‘zgarishiga olib keldi. 1947 Medina Angarita harbiy rejimi ag‘darilgach, 1947 yildagi Venesuela Prezident saylovlarida Romulo Galegos yutib chiqadi. Galegos iqtisodiyotda davlat rolini oshirish, mamlakat hududida joylashgan ulkan Xorijiy korxonalarga soliqlarni ko‘paytirish, Chet el monopol korxonalarini mamlakatdan siqib chiqarishga qaratilgan qonunlar ishlab chiqganligi tufayli, 1948 yil noyabrda bir guruh zobitlar chet el monopoliyalari yordamida davlat to‘ntarishini uyushtirishadi va uni prezidentlikdan qulatishadi. Biroq bu to‘ntarishlardan so‘ng, 1952-yilda Peres Ximenes tomonidan Mustabid diktatura tizimi o‘rnatildi. Bu esa mamlakatni jar yoqasiga kelib qolishiga sabab bo‘ldi. 1958-yilda mamlakatdagi bacha siyosiy kuchlar birlashib bu tuzumga qarshi qurolli qo‘zg‘olonlar uyushtirildi va 1958 yilda Xemes hukumati ag‘darildi. Lekin u olib borgan siyosatning asorati tufayli mamlakat 1960 yilda kuchli iqtisodiy inqirozni boshidan o‘tkazdi. Xemesdan keyingi Venesuela prezidenti Ramulo Betankurt davrida Venesuelada demokratik jamiyatni qurish uchun ko‘plab ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lsada, amalda mamlakatdagi reaktsion kuchlarning manfaatlariga qaratilgan siyosat olib borildi.

Betankurning reaksion siyosatidan mamlakatdagi barcha siyosiy guruhlar norozi edi. 1963 yil dekabrda Venesuela prezidentligiga saylangan Raul Leoni hukumati bu kabi muammolarni hisobga olib, ichki va tashqi siyosatda juda ustalik bilan ish tuta boshladi. Biroq bu siyosat oʻz mohiyatiga koʻra, millat manfaatiga zid siyosat boʻlganligi tufayli mamlakatdagi siyosiy kuchlar tomonidan noroziliklarga sabab bo‘ldi. 1968-yil aprelda mamlakatdagi hukmron "Demokratik harakat" partiyasida parokandalik roʻy berdi va u 1968-yil prezident saylovida magʻlubiyatga uchradi. 1968 yil prezident saylovida Sotsial-xristian partiyasining rahbari Rafael Kaldera gʻalaba qozondi.

Mamlakat Perez Xemenes davrida tashqi qarzlari ortib ketganligi tufayli, 1960 yilda Tomas Enrike tomonidan Iqtisodiy tiklanish rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra Venesuela Markaziy banki tomonidan “qayta hisob-kitob” ishlari olib borildi. Ushbu Iqtisodiy tiklanish rejasi o‘z maqsadlariga erishdi va mamlakatda iqtisodiy ahvol barqarorlashib bordi.

Ushbu iqtisodiy model 1970 yilgacha amal qilgan bo‘lsada, mamlakatni siyosiy radikallashish qo‘rquvidan qutulish, parallel valyuta kursini barqarorlashtirish, xorijiy valyutaga talabni normallashtirishga yordam berdi.

Venesuela hozirgi kunda dunyodagi eng kuchli iqtisodiy tanglik botqog‘iga tushib qolgan mamlakat hisoblanadi.



  1. Venesuela iqtisodiy inqirozi – kelib chiqish sabablari va oqibatlari

Tarixda ko‘plab davlatlarda noto‘g‘ri olib borilgan siyosat tufayli kuchli inqiroz yuzaga kelgan. Ularga AQShda sodir bo‘lgan Buyuk Depressiya, Zimbabvedagi giperinflatsion inqiroz yoki Rossiya, Kuba va Albaniyadagi sovet tuzumining parchalanishi bilan bog‘liq bo‘lgan inqirozlarni misol keltirish mumkin. Lekin tarixdagi eng kuchli va daxshatli inqiroz sifatida Venesuela iqtisodiy inqirozi takidlanadi. Bu inqiroz o‘zining giperinflyatsiya, ocharchilikning kuchayishi, kasalliklar, jinoyatchilik va o‘lim ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi. Bu inqiroz tufayli aholining katta qismi boshqa davlatlarga ommaviy ko‘chib ketishi sodir bo‘ldi.

Venesuela iqtisodiy inqirozi tarixdagi boshqa iqtisodiy inqirozlardan farqli jixati shundaki, bu iqtisodiy inqirozning kelib chiqishi davlat ichidagi siyosatdan tashqari tashqi omillarning ham ta’siri yuqori bo‘lgan.

Venesuela hozirda ikki inqirozni boshidan o‘tkazmoqda – bulardan biri iqtisodiy inqiroz, ikkinchisi esa Prezidentlik inqirozi.

Venesuela iqtisodiy inqirozi mamlakatning sobiq prezidenti Ugo Chavez davrida 2010 yilda boshlangan “iqtisodiy urush” ortidan kelib chiqqan. Mamlakatda ortib borayotgan taqchilliklar, neft narxining pasayishi, xalqaro sanksiyalar Venesuelani inqirozlar botqog‘iga yetakladi. Biroq bu mamlakatni boshqarayotgan mamuriyatning bahonalari bo‘lishi ham mumkin. Xalqaro iqtisodchi ekspertlarning fikricha Venesuela inqirozlar girdobiga tushishining asosiy sababi ko‘p yillik noto‘g‘ri iqtisodiy siyosat, mamlakatdagi korruptsion hukumat deb takidlashmoqda.

2014 yilga kelib, Ungo Chavez davrida boshlangan iqtisodiy inqiroz, Maduro davriga kelib kuchayib ketti. Maduro prezidentlikka saylangandan so‘ng, butun dunyo hamjamiyati undan yangicha


  1. Venesuela makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va ularning tahlili



  1. Venesuela – O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining o‘xshash va farqli jixatlari

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Ilovalar

1 Izoh: Xalqaro huquq me'yorlariga binoan ikki davlat o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatilishi ularning bir-birini e'tirof etishi hisoblanadi.

2 O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlari asosida.

3 Izoh: Davlatning chegara hududlarini belgilab olish harakati

4 Izoh: Davlatning chegara hududlarini belgilab olish harakati

5 “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947 sonli Prezident Farmoni.

Download 31.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling