Mundarija


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/25
Sana06.11.2021
Hajmi0.73 Mb.
#170977
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
iborolarning nutqdagi orni

yashirin  kabilar  shular  jumlasidandir.  Shu  bois  ular  so‘zlar  singari  bitta  gap  bo‘lagi 

vazifasini  bajaradi:  Komissiya  hayron  bo‘lib  qoldi,  ammo  hech  kim  meni  qaytarishni 



og‘ziga olmas edi (A.Qahhor).  

     2.  Frazeologizmlarda  ham  so‘zlar  singari  ko‘p  ma’nolilik  mavjud:  o‘ziga  kelmoq  - 



xushini  yo‘qotgach  o‘ziga  kelmoq,  esiga  tushmoq,  asabiylikdan  so‘ng  o‘ziga  kelmoq; 

yerga  urmoq-qimmatini  pasaytirmoq,  obro‘sizlantirmoq,  biror  narsaning  qadriga 

yetmaslik. 


 

31 


    3.  So‘zlar  singari  frazeologizmlarning  ham  shakl  va  ma’no  munosabatiga  ko‘ra 

quyidagi  turlari  mavjud:  a)  omonimlar:  boshiga  ko‘tarmoq  -  to‘polon  qilmoq,  yaxshi 



ko‘rmoq, e’zozlamoq; b) sinonimlar: fe’li aynimoq - avzoyi buzilmoq, yaxshi ko‘rmoq - 

ko‘ngil  qo‘ymoq,  toqati  toq  bo‘lmoq-sabr  kosasi  to‘lmoq;  v)  antonimlar:  ko‘kka 

ko‘tarmoq - yerga urmoq, yuzi yorug‘ - yuzi shuvut, yuragi qinidan chiqmoq  - ko‘ngli 

joyiga tushmoq. 

  Fraziolgizmlar  nutqning  ta’sirchan  vositalaridan  bo‘lib,  so‘zlashuv  nutqida  va  badiiy 

adabiyotda keng qo‘llaniladi. 

  Barqaror birikmalar. Nutq jarayonida fikrimizni bayon qilish uchun so’zlar 

yordamidagina emas, balki bir necha so’zlarning barqaror bog’lanishidan hosil bo’lgan 

birikmalardan ham foydalanamiz. Masalan, Toshkentdagi istiqlol davrida qurilgan 



inshootlarni ko’rib, og’zim ochilib qoldi. Bu gapda og’zim ochilib qoldi birikmasi 

so’zlovchi tomonidan nutqqa tayyor holda olib kirilgan. Bu birikma nutq jarayoniga 

qadar ham tayyor holda barqaror birikma sifatida mavjud va mazmunan bir leksema – 

hayron bo’lmoq leksemasi ifodalagan ma’noga teng keladi. Yoki “Yer haydasang kuz 

hayda, kuz haydamasang yuz hayda”, – deydi xalqimiz jumlasida deydi xalqimiz 

birikmasi tarkibidagi so’zlar o’zaro erkin bo’g’langan bo’lsa, undan oldingi so’zlar 

so’zlovchining nutqiga qadar xalqimiz tomonidan yaratilgan, tilimizda tayyor holda 

so’zlarning xuddi shunday tarkibini doimiy saqlagan holda mavjuddir. 

 

Barqaror  



birliklar 

Iboralar  

Maqol-matallar  

Afarizmlar 

 



 

32 


  Ikki va undan ortiq so’zlarning o’zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq 

jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud 

bo’lgan til birikmalari barqaror birikmalar (turg’un birikmalar) deyiladi. 

  Barqaror birikmalarning eng xarakterli belgilari quyidagilar:  

1. Nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik, nutqqa tayyor holda olib kirqo`lik.  

2. Ma’no butunligi. 

3. Tuzilishi va tarkibining barqarorligi. 

  Barqaror birikmalardan o’rinli foydalanish nutq go’zalligini ta’minlaydi, shuning 

uchun ular nutqimiz ko’rki hisoblanadi. 

  Barqaror birikmalarni o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi paremiologiya (lotincha 



parema –   barqaror, logos – ta’limot). Barqaror birikmalar lug’atini tuzish 

muammolarini o’rganuvchi bo’lim esa paremiografiya (lot. parema – barqaror, grapho 



– yozmoq) sanaladi. 

  Barqaror birikmalar tasnifi. Barqaror birikmalar nutqqa tayyor holda olib kirilishi, 

tarkibiy qismlarining barqarorligi belgisiga ko’ra umumiylikni tashkil etsa ham, ma’no 

butunligi nuqtayi nazaridan turlichadir. Shunga ko’ra barqaror birikmalar quyidagi 

guruhlarga bo’linadi:      

  1. Frazeologizmlar. 

  2. Maqol va matallar. 

  3. Aforizmlar. 

  Barqaror birikmalarning bir guruhi tarkibidagi so’zlar ma’no jihatdan 

uyg’unlashib, mazmuniy yaxlitlikni vujudga keltiradi va ko’pincha mazmunan bir 

leksemaga teng keladi va ko’chma ma’noda qo`laniladi. Masalan, qulog’i ding bo’lmoq 

– hushyor bo’lmoq, qovog’i osilmoq – xafa bo’lmoq, og’zining tanobi qochmoq – 

quvonmoq kabi. 

  Ma’no yaxlitligiga ega bo’lgan va nutqiy jarayonga qadar ikki va undan ortiq 

so’zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, ma’nosi bir so’zga teng keladigan, 

nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi ko’chma ma’nodagi so’zlar birikmasi yoki gaplarga 



frazeologizmlar (iboralar) deyiladi. Frazeologizmlar gap tarkibida yaxlit holda bitta 

so’roqqa javob bo’ladi va bitta gap bo’lagi vazifasida keladi. Frazeologizmni tashkil 




 

33 


etgan so’zlar frazeologizmning faqat ichki uzvlari sanaladi. Gapning boshqa bo’laklari 

bilan yaxlit, bir butun holda munosabatga kirishadi. Masalan, Rais daladagi hosilni 



ko’rib boshi osmonga yetdi. Bu gapda boshi osmonga yetdi qismi butun holda kesim 

vazifasida keladi.                                                    

  Frazeologiya tilshunoslikning frazologik birliklarini o’rganuvchi sohasidir. 

Frazeologiya atamasi tilshunoslikda ikki ma’noda qo’llanadi: 1) tildagi frazeologik 

birliklarning jami ma’nosida va 2) shunday birliklarni o’rganuvchi soha (fan) 

ma’nosida. 

Demak,ikki va undan ortiq so’zdan tarkib topgan va yaxlit bir ma’no ifodalaydigan 

til birligi frazeologik birlik yoki frazeologizm deyiladi: qo’y og’zidan cho’p olmagan, 

og’zi qulog’ida, yuragiga qil sig’maydi, do’ppisi yarimta, ikki gapning birida, sirkasi 

suv ko’tarmaydi, bino qo’ymoq, o’takasi yorilmoq kabilar. 

 Leksikologiya tilning lug’at tarkibini (leksikasini), frazeologiya esa frazeologik 

birliklar tarkibini o’rganadi. Lug’at tarkibida til birligi so’z bo’lsa, frazeologiya 

tarkibida frazeologizm til birligidir. 

Tilning lug’at boyligi leksika va frazeologiya (frazeologizmlar takibi) dan iboratdir. 

So’z ham, fazeologizm ham lug’aviy birlik hisoblanadi. 

Frazeologizmlar so’z birikmasi yoki gaplar kabi nutq jarayonida hosil bo’lmaydi, 

balki ular, xuddi so’zlar kabi, tilda tayyor holda bo’ladi. Demak, frazeologizmlar nutq 

hodisasi emas, balki til hodisasi hisoblanadi: aravani quruq olib qochmoq, kavushini 

to’g’rilab qo’ymoq, sichqonning ini ming tanga, tomdan tarasha tushganday, 

nog’orasiga o’ynamoq, kapalagi uchib ketdi kabilar tilda tayyor holdagi lug’aviy 

birliklardir. 

Frazeologizmlar lug’aviy birlik bo’lganidan, xuddi so’zlar kabi, gapda bir bo’lak 

vazifasida keladi. Misollar: Qosh qo’yaman deb ko’z chiharadigan bunday hodisalar 



hali ham onda–sonda ro’y berib turibdi. Ko’z ochib yumguncha necha ming piyoda va 

suvori kishilar paydo bo’ldi. Komissiya hayron bo’lib qoldi, ammo hech kim meni 

qaytarishni og’ziga olmas edi. Birinchi gapda frazeologizm aniqlovchi, ikkinchi 

gapdagisi hol, uchinchi gapdagisi kesim vazifasida kelgan. 




 

34 


Ba’zi frazeologizmlar tuzilish jihatdan gap shaklida bo’ladi. Lekin ular ham nutqda 

gapning bir bo’lagi vazifasida keladi: Xo’p ukajon, biz ketdik, ... Quling o’rgilsin 



mehmonxonalarda uchrashib qolguncha salomat bo’ling! 

Frazeolgizmning ma’no tuzilishi. Frazeologizmning ma’no tuzilishi frazeologik 

ma’no va qo’shimcha ottenkalardan iborat bo’ladi. 

Belgi, harakat kabilar haqida frazeologizm ifodalaydigan ma’lumot frazeologik 




Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling