Mundarija


QISQACHA IBORALAR LUG’ATI


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/25
Sana06.11.2021
Hajmi0.73 Mb.
#170977
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
iborolarning nutqdagi orni

                                           QISQACHA IBORALAR LUG’ATI 

Alamini olmoq 

alamini tarqatish uchun zulm qilmoq 



Arpasini kim xom 

o’ribdi? 

Nima yomonlik qilibdi? 



Aqli kirmoq (aqlini 

tanimoq) 

es–hushli bo’lmoq 



Baloga qolmoq 

jazoga duchor bo’lmoq 




 

35 


Bag’ri tosh 

Bemehr 


Belni bog’lamoq 

1) shaylanmoq; 2) astoydil kirishmoq 



Boshi ko’kka yetmoq 

Terisiga sig’may ketmoq 

Og’zining tanobi 

qochmoq 

Qo’yi mingga yetmoq 

behad sevinmoq 



Burni ko’tarilgan 

gerdaygan, kibrlangan 



Gapi bir joydan chiqmoq 

fikr–o’ylari mos kelmoq 



Gah desa qo’liga qo’nadi 

juda itoatkor 



Do’ppisini osmonga 

otmoq 

juda quvonmoq 



Yetti o’lchab, bir kesmoq 

ehtiyotkorlik bilan ish ko’rmoq 



Yog’ tushsa yalagudek 

nihoyat darajada toza 



Jag’i ochildi 

ko’p gapirdi 



Joni halqumiga keldi 

o’lar holatga keldi 



Ilonning yog’ini yalagan 

o’ta ayyor, mug`ambir, quv 



Kalavaning uchini topdi 

jumboqni hal qilish yo’lini topdi 



Kapalagi uchdi 

nihoyatda qattiq qo’rqmoq 



Ko’ziga issiq ko’rindi 

tanish tuyilmoq 



Ko’zi ochilmoq 

yaxshi–yomonni tushunadigan bo’lmoq 



Ko’zi to’rt bo’ldi 

intizor bo’lmoq 



Ko’kka ko’tarmoq 

nihoyatda maqtamoq 



Ko’ngli ko’tarildi 

Ruhlandi 



Ko’ngli oq 

Samimiy 


Ko’ngli to’ldi 

mamnun bo’ldi 



Ko’ngli yumshoq 

Ko’ngli bo’sh 

Rahmdil 


Lafzi halol 

va’dasida turadigan 




 

36 


Lom–mim demadi 

1) gapirmadi; 2) e’tiroz qilmadi 



Mazasi qochdi 

sog’ligi yomonlashdi 



Misi chiqdi 

asl qiyofasi fosh bo’ldi 



Mum tqo`lab qoldi 

Gapirolmay qoldi 



Nomi chiqdi 

mashhur bo’ldi 



Oyog’ini qo’liga olib 

keldi 

tez keldi 



Oralaridan qil o’tmaydi 

juda inoq, ahil 



Og’zi qulog’iga yetgan 

juda xursand 



Oq–qorani tanidi 

hayot tajribasiga ega bo’ldi 



Tili bir harich 

maqtanishga haqli 



Tili shirin 

Tilidan bol tomadi 

yoqimli gapiradi 



Tilining uchida turmoq 

xotirasida tiklab ayta olmaslik 



Tirnoq ostidan kir 

qidirmoq 

yomon niyat bilan aybini qidirmoq 



Tishining kovagida 

saqlamoq 

o’ta ehtiyot bilan 



Toqati toq bo’ldi 

sabr–chidami tugadi 



Xo’rligi keldi 

o’ksinib yig’lashga tayyor 



Chehrasi ochildi 

xafagarchiligi tugadi 



Esi chiqib ketdi 

o’ta qattiq qo’rqmoq 



Yulduzni benarvon uradi 

o’ta abjir, chaqqon, chapdast 



Qo’y og’zidan cho’p 

olmagan 

o’ta yuvosh 



Qo’li kaltalik qildi 

Imkoniyati cheklangan, qurbi yetmadi 



Hafsalasi pir bo’ldi 

biror ishni qilishga istagi yo’qoldi, ko’ngli 

qoldi 

  

 




 

37 


  Frazeologiya va idioma esa ko’chgan ma’noli birikma yoki gapdir. Idiomada

odatda, hayotiy bo’lmagan hodisa, harakat, holatlar tasvirlanadi. Masalan: latta (odam), 



Majlisda uni rosa terlatishdi. Idiomaning mazmuni konteksdan anglashilib turadi. 

Idiomalarni alohida olganda ham o’z ko’chma ma’nosini saqlaydi: latta, kalla, tulki 



(odamga nisbatan). Iboralar nutqni jozibali qiladi.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                   

  Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq donishmandligi natijasida 

vujudga kelgan ko’chma ma’nodagi barqaror birikmalar maqollar deyiladi: Shamol 

bo’lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi. Buzoqning yugurgani somonxonagacha.  

  Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq donishmandligi natijasida 

vujudga kelgan to’g’ri ma’noda qo’llanadigan barqaror birikmalar matallar deyiladi: 

Qimirlagan qir oshar. Daryo suvini bahor toshirar, odam qadrini mehnat oshirar. 

  Grammatik jihatdan gap holida shakllangan xalqning turmush tajribasiga tayanib, 

ma’lum bir shaxs tomonidan yaratilgan qisqa, obrazli barqaror birikmalarga hikmatli 


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling