Mundarija


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/25
Sana06.11.2021
Hajmi0.73 Mb.
#170977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
iborolarning nutqdagi orni
Komilov Mohirbek 650-18 latex, Mavzu Interfaol doskalarning dasturiy ta’minoti va ulardan foyd, tn yk Komilov Mohirbek, Art - Wikipedia, Тест Умумий психология 1 курс ўзбек, 2 2, Умуммилий Конституция имтиҳони Концепцияси 81408, 2-practice, 1 Idddddddep. work for gr. 214-19 (2), dasturlash 7 var, dasturlash 7 var, dasturlash 7 var, 14 2, bayonnoma19
 

 

 

 

 

                                                      

 



 

                                                    Kirish 



Til  –  jamiyat  va  shaxs  hayotida  o‘ziga  xos  o‘rin  egallab,  jamiyatning  har 

tomonlama rivojida va har bir shaxsning yuksak mavqega erishishida asosiy omillardan 

biri bo‘lib xizmat qiladi. 

 

Globallashuv  davri,  axborot-kommunikasiya  texnologiyalari  va  internet  asri, 



tobora  kuchayib  borayotgan  raqobat  asri  bo`lgan  hozirgi  sharoitda  demokratik 

taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda 

eng  muhim  qadriyat  va  hal  qiluvchi  kuch  bo`lgan  bilimli  va  intellektual  rivojlangan 

avlodni  tarbiyalashda til ta`limining o`ziga xos o`rni bor. Ta`lim-tarbiya jarayonida ona 

tili  o`qitishni  zamonaviy  uslublarda  olib  borish,  til  birliklarining  mohiyatini  anglash 

zamon talabi.      

Muhtaram  Yurtboshimiz      2012  yil  16-17  fevral  kunlari  Toshkent  shahrida 

"Yuksak  bilimli  va  intellektual  rivojlangan  avlodni  tarbiyalash  -  mamlakatni  barqaror 

taraqqiy  ettirish  va  modernizasiya    qilishning  eng  muhim  sharti"  mavzusidagi  xalharo 

konferensiyada  so`zlagan    o`z  nutqida  mamlakatimizda  ta'lim  tizimining  isloh 

qilinishdagi  faoliyatni  atroflicha  tahlil  qilib  berdi.  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturiga 

muvofiq,  mamlakatimizda  9+3  sxemasi  bo`yicha  12  yillik  umumiy  majburiy  bepul 

ta'lim tizimi joriy etildi.  

Ushbu  modelning  prinsipial  xususiyati  shundaki,  umumta'lim  maktabidagi  9 

yillik o`qishdan so`ng o`quvchilar keyingi 3 yil davomida ixtisoslashtirilgan kasb-hunar 

kollejlari va akademik litseylarda tahsil olib, ularning har biri umumta'lim fanlari bilan 

birga  mehnat  bozorida  talab  qilinadigan  2-3  ta  mutaxassislik  bo`yicha  kasb-hunarlarni 

ham  egallaydi.  O`tgan  yillar  davomida  ta'lim  tizimini  tubdan  yangilash  va  isloh  etish 

bo`yicha  miqiyosi  va  ko`lamiga  ko`ra  ulkan  ishlar  amalga  oshirildi.  Hariyb  9,5  ming 

yoki mamlakatimizda faoliyat ko`rsatayotgan maktablarning deyarli barchasi yangitdan 

qurildi,  kapital  rekonstruksiya  qilindi  va  zamonaviy  o`quv-laboratoriya  asbob-

uskunalari  bilan  ta'minlandi.  O`quv  jarayonini  sifat  va  metodik  jihatdan  butunlay 

yangilash bo`yicha ulkan chora-tadbirlar amalga oshirildi. 

1500  dan  ortiq  yangi  kasb-hunar  kolleji  va  akademik  litsey  barpo  etildi.  Barcha 

ta'lim, fan, madaniyat va maorifat muassasalari ta'lim portali va internetga ulandi.  



 

O`tgan  davrda  oliy  ta'lim  muassasalarining  soni  ikki  barobar  ortdi  va  bugungi 



kunda mamlakatimizdagi 59 ta universitet va boshqa oliy o`quv yurtlarida 230 mingdan 

ziyod  talaba  ta'lim  olmoqda.  Vestminster  universiteti,  Singapur  menejmentni 

rivojlantirish  instituti,  Turin  politexnika  universiteti,  Rossiya  neft  va  gaz  universiteti, 

Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot universiteti kabi yuksak xalharo obro`-

e'tibor  va  chuqur  tarixiy  ildizlarga  ega  bo`lgan  Yevropa  va  Osiyoning  yetakchi  oliy 

o`quv yurtlarining filiallari tashkil etildi.  

O`tgan  davr  mobaynida  O`zbekiston  Bolalar  sportini  rivojlantirish  jamg`armasi 

tashkil etilib, ushbu fond mablag`lari hisobidan hariyb 1500 ta eng zamonaviy, barcha 

yoshlar foydalanishi mumkin bo`lgan bolalar sporti obekti barpo etildi. Har bir maktab, 

kollej  va  litsey  ochiq  sport  maydonchalari  qatorida  zamonaviy  sport  anjomlari  bilan 

jihozlangan  yopiq  sport  zallari  va  suzish  havzalariga  ega.  Yurtimizda  uch  bosqichdan 

iborat, har yili o`tkaziladigan yaxlit sport musobaqalari tizimi  shakllandi.  

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida kollejlar,  litsey va oliy o`quv yurtlari 

uchun  o`qituvchilar  tarkibini  tayyorlash,  ularning  malakasini  oshirish  tizimini  qayta 

tashkil  etish,  o`quv-uslubiy  bazani  butunlay  qayta  ko`rib  chiqish  va  zamonaviy 

talablarga  javob  beradigan  yangi  standartlar,  darslik  va  o`quv-uslubiy  qo`llanmalarni 

tasdiqlash  bo`yicha  keng  miqiyosdagi  ishlar  amalga  oshirildi.  Ta'lim  sohasi  xodimlari 

faoliyatini baholash va rag`batlantirish mezonlari tubdan  

o`zgartirildi. Keyingi o`n yilda kasb-hunar kollejlari, litsey va oliy o`quv yurtlari 

o`qituvchilari  ish  haqining  o`sish  sur'atlari  iqtisodiyotning  real  sohasidagi  ish  haqi 

miqdoridan  taxminan  1,5  barobar  ko`p  o`sdi.  Ta'lim  sohasini  rivojlantirish  va  isloh 

etishga yo`naltirilayotgan yillik  harajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini va bu 

tizimning Davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 35 foizdan ortiqni tashkil etdi. 

Ta'limni  rivojlantirishga  yo`naltirilgan  xorijiy  texnik  yordam  hajmi  500  million 

dollardan oshib ketdi. 

Prezidentimiz tomonidan ta'lim tizimini tubdan isloh etish odamlarimizning ongu 

tafakkuri  va  dunyoqarashini  o`zgartirish,  ularning  siyosiy  va  grajdanlik  faolligini,  o`z 

kelajagiga  bo`lgan  ishonchini  oshirishning  eng  muhim  omili  va  mustahkam  asosiga 

aylanganini  bildirilib,  yangi  avlod,  bilimli,  o`tmishning  har  qanday  illatlaridan  ozod 



 

bo`lgan yoshlar bugungi kunda mamlakatimizni demokratlashtirish va liberallashtirish, 



uni  yangilash  va  ishonchli  tarzda  ravnaq  toptirishning  hal  qiluvchi  harakatlantiruvchi 

kuchiga aylanib borayotganini ta'kidlandi.  

Inson  olam  yaralganidan  buyon  hayot  darsini  o`qiydi  va  o`qimoqda.  Hayot 

so`qmoqlarida duch kelgan qiyinchilik,to`siqlar, xursandchilik, hafagarchiliklar hikmatli 

so`z,  maqol,  matal  va  iboralar  tarzida  dunyoga  keladi.  Xalqimizga  hayotiy 

tajribalarining  majmui  quyma  satrlarda  o`z  ifodasini  topadi.  Uni  inson  hayotiy 

tajribalarining  oynasi  desa  bo`ladi.  Shuning  uchun  sodda,  ihcham  va  go`zal  bo`ladi. 

Soddalik mazmun jilosiga burkanib, go`zallik kasb etadi.  

Hikmatli  so`zlar  va  maqol-  iboralar    sodda,  ihcham  bo`lish  bilan  birgalikda 

mazmunan    murakkab  bo`ladi.  Mazmuniy  qobig`da  hikmatona,  ibratona  ma`nolar 

jamlangandir.  Ibratnoma  fikrlar  uzoq  hayotiy  tajribalar  mahsuli  sifatida  maydonga 

kelgan.  Shuning  uchun  hikmatlar  va  maqollar,  iboralar    avloddan  avlodga  o`tib,  o`z 

qadrini, qimmatini yo`qotmay kelmoqda.  

Ma'lumki  ,  til  muayyan  qonun-qoidalar  asosida  rivojlanadi.  Ushbu  qoidalar 

tilshunoslikning  fonetika,  grammatika,  leksika  kabi  bo‘limlarida  o‘rganiladi  va  tahlil 

qilinadi. Lekin tilshunoslikning shunday bo‘limi mavjudki, unda hech qanday muayyan 

qoidalariga  o‘rin  yo‘q.  Bu  tilshunoslikning  barqaror  birikmalarni,  ya'ni  iboralarni 

o‘rganadigan bo‘limi - frazeologiyadir. Iboralar shunday barqaror so‘z birikmalaridirki, 

ular hech qachon to‘g‘ri ma'noda qo‘llanilmaydi,  yani  har bir birikma ostida butunlay 

boshqa ma'no yotadi. Masalan, o‘zbek tilida  kapalagi uchib ketdi tarvuzi qo‘ltig‘dan 



tushdi  iboralari  qo‘rqdi  ,  bo‘shashdi  ma'nolarni  anglatadi.  Bu  kabi  iboralar  barchaga 

ma'lum, zero, biz har kuni o‘z fikrlarimizni, hissiyotlarimizni, taasurotlarimizni aniqroq 

ifodalash maqsadida o‘zimiz sezmagan holda ulardan foydalanamiz.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling