Muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda O‘r qht, 2016-y


Download 81.66 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi81.66 Kb.
#1055395
  1   2
Bog'liq
414 03.09.1999




[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]

[TSZ:

1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BUDJET TAShKILOTLARINI MABLAG‘ BILAN TA’MINLASh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish, budjet mablag‘laridan samarali va aniq foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2000-yil 1-yanvardan boshlab budjet tashkilotlari xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. U quyidagilarni nazarda tutadi:
Oldingi tahrirga qarang.
budjet mablag‘laridan tejab, samarali va aniq foydalanish hamda budjet va smeta-shtat intizomini mustahkamlash uchun budjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini soddalashtirish va budjet mablag‘laridan foydalanishda yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablag‘larni oqilona taqsimlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
budjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish va kadrlarning o‘rnashib qolishi uchun shart-sharoitlar yaratish.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Budjet tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar);
II. Ish haqiga qo‘shimchalar;
III. Kapital qo‘yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro‘yxatlarga muvofiq);
IV. Boshqa xarajatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
G‘azna ijrosiga o‘tgan budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlari Moliya vazirligining G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan yagona g‘azna hisob raqamidan, shuningdek yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlar guruhlarining har bir moddasi bo‘yicha hududiy g‘aznachilik hisob raqamidan amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 19-iyuldagi 148-sonli qarori asosida oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan— O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 306-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 19-iyuldagi 148-sonli qarori tahrirda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 306-modda)
3. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini:
faoliyat turi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan;
budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga homiylik (beg‘araz) yordami berilishidan qo‘shimcha daromadlar olish hisobiga kengaytirish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning 3-bandida ko‘rsatib o‘tilgan manbalardan qo‘shimcha daromad olayotgan budjet tashkilotlari 2000-yil 1-yanvardan boshlab 2023-yil 1-yanvargacha Davlat budjetiga undiriladigan soliqlar, Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan ozod qilinsin, bo‘shab qolgan mablag‘lar moddiy-texnika va ijtimoiy bazasini mustahkamlashga, shuningdek, ularning xodimlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltirilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoniga muvofiq tibbiyot muassasalariga berilgan soliq imtiyozlari natijasida bo‘shab qoladigan mablag‘lar tibbiyot muassasasini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash bilan bir qatorda, tibbiyot maqsadidagi ehtiyot qismlar, sarflash materiallari va boshqa buyumlarni sotib olishga yo‘naltirilishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 646-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Budjet tashkilotlariga Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish huquqi berilsin, jamg‘arma:
hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar bundan mustasno;
faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
budjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag‘larning bir qismi;
belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar;
homiylikdan olingan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlari tomonidan xodimlarning mehnat intizomini buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 181-moddasining birinchi qismi 2-bandiga muvofiq qo‘llanilgan jarimalar budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish manbai bo‘lib hisoblanmaydi hamda jarimalar summasi tegishli budjet daromadiga o‘tkaziladi. Bu ish haqi xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan budjetdan mablag‘ oluvchilarga ham tatbiq etiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 79-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2019-y., 09/19/79/2560-son)
6. Belgilansinki, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari:
Oldingi tahrirga qarang.
avvalo vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalarni va mavjud kreditorlik qarzlarni to‘lashga;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlariga;
ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga sarflanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2019-y., 09/19/1030/4191-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
tijorat banklarida joriy hisobvaraqlar ochgan holda yuridik shaxs maqomi beriladigan budjet tashkilotlari ro‘yxatini 1999-yil 1-oktabrgacha belgilasin;
budjet tashkilotlari faoliyati turini hisobga olgan holda budjetdan mablag‘ bilan ta’minlash normativlarini 1999-yil 1-noyabrgacha ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
LexUZ sharhi
Qarang: “Ijtimoiy soha tashkilotlari bo‘yicha 2000-yil uchun budjetdan moliyalashning Vaqtinchalik me’yorlari” (ro‘yxat № 850, 10.12.1999-y.)
budjet tashkilotlarini 2000-yil 1-yanvardan boshlab mablag‘ bilan ta’minlashning yangi shartlariga o‘tkazishga tayyorlash bo‘yicha zarur tadbirlarni amalga oshirsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda:
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda — Budjet tashkilotlari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish tartibini, Budjet tashkilotlari daromadlari va xarajatlarining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi nizomni;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda — Budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan davlat mol-mulkini boshqa korxonalar va tashkilotlarga ijaraga berish tartibni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilinishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlasin, bunda:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
budjet mablag‘laridan, shu jumladan Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan noo‘rin foydalanilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
budjetdan ajratiladigan mablag‘larning xarajatlar guruhlari va moddalari bo‘yicha tasdiqlangan limitlardan oshib ketishi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 19-iyuldagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 306-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
smeta-shtat intizomi buzilishi;
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlashning belgilangan navbatiga, ularni to‘lash muddatlari va to‘liqligiga rioya qilmaslik hollarining oldini olsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Moliya organlari, g‘aznachilik bo‘linmalari va budjet tashkilotlari rahbarlari budjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilinishi uchun budjet, mehnat, ma’muriy va jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda shaxsan javob berishlari to‘g‘risida ogohlantirilsin. Bunda budjet tashkilotlarining qo‘shimcha daromadlar olish bo‘yicha faoliyati budjet mablag‘lari hisobiga bajarilayotgan ishlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va sifatiga zarar yetkazmasligi kerak.
(9-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ikki hafta muddatda kiritsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 3-sentabr,
414-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
3-sentabrdagi 414-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash)

Download 81.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling