Мураккаб дастурий тизимларни ишлаб чиыиш муаммолари


Download 346.17 Kb.
bet1/12
Sana02.01.2022
Hajmi346.17 Kb.
#194356
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Yursunov Dadaxon DTTL YN


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


Dasturiy injinering” fakulteti
Dasturiy ta’minot tizimlarini loyihalash

fanidan
Yakuniy nazorat ishi



Bajardi: 315-18 guruh talabasi: Yursunov Dadaxon
Qabul qiluvchi: Saidrasulov Sh.N

Tashkent_2020

Savollar:




25-Вариант

25

35

45


  1. Компонент лойиҳалаш

  2. Мураккаб дастурий тизимларни ишлаб чиыиш муаммолари.

  3. Ўринбосар андоза (заместитель (Proxy).


Obyektga mo'ljallangan tahlil va loyihalash (object-oriented analysis and design) ning bosh g'oyasi predmetga oid sohani va masalaning mantiqiy yechimini obyektlar (tushunchalar va mohiyatlar) nuqtayi nazaridan ko'rib chiqishdan iborat. Obyektga mo'ljallangan tahlil jarayonida asosiy diqqat-e'tibor obyektlar (yoki tushunchalar)ning predmetga oid soha atamalarida ta'riflash va tavsiflashga qaratiladi. Obyektga mo'ljallangan tahlil jarayonida obyektga mo'ljallangan dasturlash tili vositalari bilan joriy qilinadigan mantiqiy dasturiy obyektlar aniqlanadi. Bu dasturiy obyektlar atributlar va metodlarni o'z ichiga oladi. Va, nihoyat, konstruksiyalash (construction) yoki obyektga mo'ljallangan dasturlash (object-oriented programming) jarayonida ishlab chiqilgan komponentlar va sinflarning joriy qilinishi ta'minlanadi.

Obyektga mo'ljallangan tahlil va loyihalashning muhim momenti shundan iboratki, bunda dasturiy tizim komponentlari o'rtasida majburiyatlar taqsimotini malakali o'tkazish ko'zda tutiladi. Gap shundaki, obyektga mo'ljallangan tahlil va loyihalashsiz ish ko'rib bo'lmaydi. Buning ustiga u robastlik, masshtablashish, kengayishlik va takroran qo'llash imkoniyatiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. Obyektlarning majburiyatlari va o'zaro aloqalari sinflar diagrammasi (design class diagram) va o'zaro aloqalar diagrammasi (collaboration diagram) qo'llangan holda ifodalanadi.


KO’P ISHLATILADIGAN KOMPONENTLAR BILAN TANISHISH.

Quyida ko’rib chiqiladigan komponentlar orqali umumiy holatda Windows va OSX operatsion tizimlari hamda iOS va Android Paltformalari uchun dasturiy mahsulotlar yaratish uchun ishlatiladi.



– TrackBar komponenti yordamida butun tipli o’zgaruvchilar qiymatlarini asta-sekinlik bilan surish orqali o’zgartirish mumkin. Bu turdagi elementdan asosan multimedia mahsulotlarida ko’p foydalaniladi. Jumladan,

AudioPlayerlarda ovozni ko’tarish va pasaytirish hamda yangrayotgan kuyni orqaga qaytarish va oldinga siljitish va boshqalar.



– ProgressBar komponenti vaqtga bo’glangan holda jarayonlarni bajarilishini tasvirlovchi element hisoblanadi. ProgressBar va TrackBar komponentlarini qysidir ma’noda bir xil vazifada ishlatsa bo’ladi, faqatgina TrackBar komponentining Slider (Surgich)ini o’chirib qo’yish kerak bo’ladi.

– UpDown komponenti yordamida o’zgaruvchilar va ayrim komponentlar qiymatlarini ortirish va kamaytirish mumkin. Bu component asosan butun tipli qiymatlar bilan ishlaydi lekin, haqiqiy sonli, sana va vaqt tipidagi ma’lumotlar bilan ishlashga qobiliyati mavjud.

– RichEdit komponenti ishlash prinsipi va foydalanilishi bo’yicha Standart komponentlar palitrasidagi Memo komponentiga teng kuchli element hisoblanadi. Biroq, uning yordamida bajariladigan vazifalar va imkoniyatlar bo’yicha esa RichEdit komponentining afzalliklari ko’proqdir.

– ImageList komponenti rasmlar ro’yxati hisoblanadi. Undan asosan ilova menyulari uchun bir xil hajmdagi rasmlarni yuklash va saqlash uchun foydalaniladi.

– DateTimePicker komponenti ilovalarga turli formatdagi sana va

vaqtlarni visual rejimda kiritish imkoniyati yaratadi.



– MonthCalendar komponenti esa kalendar bilan bog’liq har qanday

operatsiyalarni bajarish uchun xizmat qiluvchi element hisoblanadi.



– StatusBar komponenti yordamida har qanday dastur uchun holat satrini yaratish mumkin. Odatda, holat satri ilova oynasining quyi qismiga o’rnashadi.

– ToolBar komponenti yordamida piktogrammali uskunalar panelini

yaratish mumkin. Uskunalar paneli elementlarini yaratish uchun odatda ActionList komponentidan foydalaniladi.



– CoolBar komponenti yordamida turli uskunalar panellari yaratish va

uning elementlarini boshqarish mumkin bo’lgan imkoniyat yaratiladi.



– MainMenu o’z dasturingizga bosh menyu qo’shish imkonini beradi. TmainMenuni formaga qo’ygan vaqtda u kichkina belgi ko’rinishini oladi. Bunday belgilarni "ko’rinmas komponent" deb atash qabul qilingan. Chunki, dastur bajarilash vaqtida ular ekranda ko’rinmaydi. Menyuni yaratish uch qadamdan iborat: 1-TMainMenuni formaga o’rnatish, 2-ob’ektlar inspektorining Items xususiyati yordamida Menyu dizaynerini chaqirish, 3-Menyu Dizaynerida menyu qismlarini kiritish.

PopupMenu – asosiy menyuga analog holdagi menyu bo’lib, u

bog’langan sohalar uchun ishlaydi. Mazkur menyu bir ustunda joylashgan bo’ladi hamda faqat kontekst menyu ko’rinishidagina ishlaydi.



Label matnlarni ekranda namoyish qilish uchun qo’llanadi. Agar

ob’ektlar inspektorining Font xususiyatiga sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosilsa Labelning shrifti, rangi, harflar rangi va o’lchamlarini o’zgartishingiz mumkin.



Edit – Satr tipidagi ma’lumotlarni kiritish imkonini beruvchi maydon

bo’lib, har qanday interaktiv ilovalarni yaratish juda foydali komponent hisoblanadi.



Button – dastur bajarilash vaqtida tugma bosilishi bilan biror amal

bajarilishini ko’zda tutadi. C++ Builderda hamma narsa oddiy. Buttonni formga ko’yib, unga ikki marta sichqoncha tugmasini bosilsa, dastur matni muharririda tugma bosilish holatiga dastur tuzish mumkin bo’lgan oyna ochiladi.



ComboBox – Ushbu component ListBox bilan bir hil ishlaydi. Lekin, uning farqi shundaki, bu component sichqoncha bilan bosilganda buyruqlar ro’yhati keyin oqib tushuvchi menyu ko’rinishida tasvirlanadi.

Panel – formani turli maqsadlarda bo’lish va dizayn berish imkonini

beruvchi component hisoblanadi.


Komponentlar xususiyatlari bu ma’ulmotlar a’zolarining kengayishidir. Garchi ular ma’lumotlarni o’z xollaricha saqlamasalarda, biroq ob’kt ma’lumotlari a’zolariga kirish xuquqini ta’minlaydilar. Xususiyatlarni e’lon qilishda C++Builder kalit-so’zdan foydalanadi. Voqealar yordamida komponenta o’ziga qandaydir avvaldan belgilangan ta’sir ko’rsatilganini foydalanuvchiga ma’lum qiladi. C++Builder muxitida ishlab chiqilayotgan dasturlardagi metodlar asosan ma’lum voqealarning yuzaga kelishida dastur reaktsiyasini ularga nisabatan ishga soladigan voqealarning qayta ishlagichlarida qo’llanadi. Windows operatsion tizimidagi voqealar va ma’lumotlardagi qandaydir o’xshashlikni payqab olish qiyin emas. Bu yerdagi oddiy tipik voqealar klaviaturadagi tugmacha yoki klavishalarni bosishdan iborat. Komponentalar o’z xususiyatlari, metodlari va voqealarini inkapsuyattsiyalaybiladi.

Bir qarashda, komponentalar C++tilining boshqa ob’ktli klasslaridan, bir qator xususiyatlarni xisobga olmaganda, xech bir farq qilmaydi. Bu xususiyatlar orasida xozircha quyidagilarni ko’rsatib o’tamiz:



  • Komponentalarning ko’pchiligi interfeysning foydalanuvchi bilan boshqarish elementi bo’lib, ularning ayrimlari juda murakkab xulq-atvorga ega.

  • Barcha komponentalar bitta umumiy ajdod-klass (TComponent) ning bevosita yoki bilvosita avlodlaridirlar.

  • Komponentalar odatda bevosita qo’llanadi, ya’ni ularning xususiyatlari ustida ish olib boriladi (manipulyattsiyalar o’tkaziladi); ularning o’zlari yangi tarmoq klasslar (klasschalar) qurish uchun bazaviy klasslar sifatida xizmat qila olmaydi.

  • Komponentalar faqat new operatori yordamida uyumning dinamik xotirasida joylashtiriladi, oddiy klasslar ob’ktlarida bo’lganidek, stekda emas.

  • Kopmonentalar xususiyatlari dinamik turlar identifikattsiyasini o’z ichiga oladi.

  • Komponentalarni komponentalar palitrasiga qo’shish va shundan so’ng C++Builder vizual ishlanmasining integrallashgan muxitiga tegishli shakllar muxarriri vositasida ular ustida ishlash mumkin.



2.

Dasturiy ta'minotni ishlab chiqishni eng aniq (evolyutsiya shaklida) aks ettiradi;

Rivojlanish evolyutsiyasining har bir bosqichida xavfni aniq hisobga olishga imkon beradi;

Takroriy rivojlanish tarkibidagi tizimga yondoshish bosqichini o'z ichiga oladi;

Xavfni kamaytirish va dasturiy ta'minotni yaxshilash uchun simulyatsiyadan foydalanadi.

Spiral modelning kamchiliklari:

Yangilik (model samaradorligi to'g'risida etarli statistik ma'lumotlar yo'q);

Mijozga talablarning ortishi;

Rivojlanish vaqtini boshqarish va boshqarishdagi qiyinchiliklar.

Bugungi kunga kelib quyidagi takroriy dasturiy ta'minotni ishlab chiqish metodologiyasini ajratib ko'rsatish mumkin:

Ratsional birlashtirilgan jarayon (RUP)

Tezkor rivojlanish metodikasi (SCRUM, KANBAN, DSDM, MSF, ALM, XP)




Download 346.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling