Murakkab va aralash o’lchovlarga diriyjorlik qilish malakalarini shakllantirish. 7/4 va 5/4 o’lchovlari Reja


Download 457.63 Kb.
Sana20.05.2020
Hajmi457.63 Kb.
#108084
Bog'liq
Дирижёрлик.3 амалиётни марузаси.


Murakkab va aralash o’lchovlarga diriyjorlik qilish malakalarini

shakllantirish. 7/4 va 5/4 o’lchovlari

Reja:

1. Murakkab 7/8 va 5/4 o‘lchovlariga dirijyorlik qilish haqida.

2. Yetti hissali o‘lchovga dirijorlik qilish

3. Besh hissali o‘lchovga dirijyorlik qilish.



1.MURAKKAB 7/8 VA 5/4 O’LCHOVLARDA

2 XIL DIRIJORLIK QILISH.

Murakkab o‗lchovdagi simmetriyasiz yoki aralash o‘lchovdagi taktlar oddiy o‘lchovlardan tashkil topadi, ular: 4+3;3+4 va 3+2; 2+3 h.k..Ushbu taktlarni 2-usulda ko‘rsatilishi tempga va ijroga qoyilgan maqsadga bog‘liq.Birinchi usulda sekin va o‘rtacha tempda har bir metr hissasi bir zarb bilanbelgilanadi.I kkinchi usuldatez tempda bir hissada bir necha oddiy metr hissalari belgilanadi.Ya‘ni murakkab o‘lchovdagi takt bir necha oddiy, ammo bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan takt hissalaridan iborat, dirijorlikda sanoq hissalari qisqartirilib bir- birga nomutanosib bo’lib ko‘rsatiladi va shu sababli taktlashning shu shakli ajralib turadi.Shemalar va uni ichidagi oddiy taktlar murakkab taktlar strukturasiga bog‘liq.2-,3-,4- va 5-murakkab taktlat sxemaga asosan dirijorlik qilinadi.

Masalan:

a) 2+3 „ 2-ga― ;

b) 2+3+2 yoki 2+2+3 „3-ga―;

c) 2+3+2+2 „4 ga va h.k… dirijolik qilinadi.

Ba‘zi murakkab o’lchovlarda hissalar soni toq bo’lib, ularni dirijorlik qilishda teng bo’laklarga bo’linmasligi mumkin. Misol uchun 7/8 sanoqli taktlar uch hissali dirijorlikka 2+2+3 yoki 3+2+2 ko’rinishda taqsimlanishi mumkin.

2.Yetti hissali o’lchovga dirijorlik qilish tartibi.

Yeti hissali o‘lchov 3-qismli oddiy o‘lchovlardan iborat 2,2,3 hissalar.



a) Birinchi usulda 4 va 3-hissali o‘lchovlardan tashkil topgan;ushbu shema dirijorga va ijrochilarga ham ma‘qul,ikki hil shemadan iborat barcha dirijorlik xarakatining amplitudasiga javob qiladi.

b) I kkinchi usulda sxemani taktlashda (2.4.6 hissalarni) qo‘shimcha zarblar orqali tashkil topadi.bunda temp o‘zgarganda 3-hissali qisqartirilgandan to‘liq 7-hissalik sxemaga o‘tish oson. Bu eng oson sxema, ammo metr strukturasi o‘zgarsa 3-uchinchi hissani ko‘rsatish murakkabroq bo‘lib qoladi,chunki qo‘shimcha zarb bir taktda bo‘las keyingisi esa keying takt qismida kelishi mumkin. Bunda qiyinchilik bo‘ladi, dirijor aniqlikni yoqotadi.

c) Uchinchi usulda esa 8-hissali o‘lchovaga o‘tadi,lekin uchinchi yoki ettinchi hissalardan keying hissa tushib qoladi. Yettiga dirijyorlik qilishda ham xuddi beshga dirijyorlik qilishdagidek, faqat temp va intonatsiya ko’proq imkoniyatga ega:





  1. Og‘ir va о‘rtacha tez templar:uch hissali dirijyorlik sxemasidan 2+2+3 yoki 3+2+2 tarzida foydalanish. Faqat bunda ham birinchi hissa chuqurroq, keying hissalar esa bir qavat yuqoriroqda.



b) Og‘ir va о‘rtacha og‘ir templar: dirijyorlik sxemalari quyidagi (birinchi holatda 4+3, ikkinchi holatda 3+4) ko’rinishlarda. Faqat bunda ham dastlabki dirijyorlik sxemasining birinchi hissasi keyingilaridan chuqurroq.



s) Tezroq temp: Uchga dirijyorlik qilish sxemasidan foydalanish. Hissalar taqsimoti 2+2+3 yoki 3+2+2 ko’rinishida.

d) Tez templar: I kkiga dirijyorlik qilish sxemasidan foydalanish, hissalar taqsimoti 4+3 yoki 3+4

Guruhlash (3+2+2)

Guruhlash (2+1+2+2)

7/4 yoki 7/8 o’lchami odatda3/4 va4/34 yohud teskarisidan iborat kombinatsiyani tashkil qiladi. Yetti hissali to’rlar taktdagi metrik hissalar guruhlanishining turli variantlariga ega bo’lishi mumkin: 2 + 3 + 2 + 1; 2 + 1 + 2 + 2; 1 + 2 + 2 + 2; 2 + 2 + 1 + 2; ularning almashinish tarkibi musiqiy jumla tuzilishiga qarab belgilanadi. Taktning nisbatan kuchli hissalari sustroq harakat bilan ko’rsatiladi. Masalan 7/4 shakli.

Uni ikki + uch + ikki deb ko’rsatish kerak. Bu yerda uchinchi zarb taktning uchinchi choragidagi kichik urg‗uga mos ravishda yengil bosim bilan birga beriladi. Bu sxema shuningdek uch + to’rt uchun ham yaroqli, biroq bunda bosim to’rtinchi zarbda muhim bo’ladi. 3 + 4 bo’linuvda birinchi — eng kuchli harakatdan tashqari to’rtinchi va oltinchisi, 4 + 3 bo’linuvida esa — uchinchi va beshinchisi ajratib ko’rsatiladi. Darvoqe, aralash taktlov sxemalarini tanlashda bir necha omillar xal qiluvchi rol o’ynaydi: avvalo ushbu aralash o’lchovning metroritm tarkibi, so’ngra ijroning tayanchi, musiqaning metodik va garmonik qurilishi hisobga olinadi. Agar bu hususiyatlarga qarab ish yuritilsa, dirijor shunga yarasha taktlash sxemasini oson tanlab oladi. Yetti hissali o’lchovning turlari 7/4 va 7/8 bo’lib, bular ikkita o’lchov — uch va to’rt hissali (3 + 4 yoki 4 + 3) larning qo’shilishidan iborat. Bunday sxemaga dirijorlik qilinganida 3 + 4 guruhlanishida birinchi va to’rtinchi hissalar, 4 + 3 guruhlanishida 1– va 5 — hissalar ajratib turiladi.

7 hissali o’lchovning dirijorlik to’ri 4 hissali sxema bo’yicha, birinchi — nisbatan kuchli hissa va takt oldi hissasini ikkiga ko’paytirish bilan taktlanadi. 5/12 :3 /4: 6/7 3 + 4 guruhlanishida birinchi va ikkinchi hissalar pastga qilib ko’rsatiladi, uchinchi hissa — ichkariga, to’rtinchi va beshinchi hissalar o’zidan nariga qilib ko’rsatiladi, oltinchi va yettinchi hissalar esa pastdan tepaga yo’naltirilgan harakat bilan ko’rsatiladi. 4 + 3 guruhlanishida birinchi va ikkinchi hissalar bir yo’nalishda pastga ko’rsatiladi, uchinchi va to’rtinchi hissalar ichkariga ya‘ni o’zi tomonga,

beshinchi va oltinchi hissalar esa o’zidan chetga va nihoyat yettinchi hissa tepaga ko’rsatiladi. Tezkor tempdagi yetti hissali o’lchov odatda uch hissali sxema bo’yicha, hissalarni turlicha guruhlab taktlanadi. 2 + 2 + 3; 2 + 3 + 2; 3 + 2 + 2 guruhlanish turiga monand to’rning hissalaridan biri cho’zilgan, u qo’lning sekinlashtirilgan ko’tarilishi bilan belgilanadi. Shu bois u yoki bu oddiy bo’lmagan metrni qanday taktlash xal qilinganida, takt ichidagi tabiiy urg‗u qanday joylashganini aniqlab olish zarur.

Yetti hissali o‘lchovaga ― uch hissali sxema o‘xshab ketadi : har bir zarbga 2 yoki 3ta sanoq hissasi to‘g‘ri keladi, vaqt mobaynida ulardan biri 1.5 barovariga katta bo‘ladi.Yeti hissali o‘lchov zamirida 4-hissali o‘lchov bor, u quyidagi strukturada (3+4) yoki (4+3). Dirijorga o‘lchovning aniqligini badiiy matndagi urguli bo‘g‘inlar yordam beradi. Bo‘g‘indagi zarb yordamida taktning kuchli va kuchsiz hissalari ajratiladi va o‘lchovning u yoki bu strukturasidan foydalaniladi



3.Besh hissali o’lchovga dirijorlik qilish

Besh hissali to’rlar (Beshtaga) murakkab aralash o‘lchovlar turiga kiradi. Besh hissali o’lchov turlari o’zida beshta hisob birligini mujassam etadi va ikkita oddiy o’lchov 2 + 3 dan iborat bo’ladi. Bu aralash o’lchovda hissalar guruhlanishi 2 + 3 yoki 3 + 2 bo’lishi mumkin. Bu sxemalar ketma-ketlik tarkibi musiqaning qurilishi, garmoniyasi (uyg‗unligi) va musiqa ma‘nosiga ko’ra alohida ajratib

ko’rsatiladigan o’rinlarga bog‗liq bo’ladi. 2 + 3 hissali metrlar uzviyligi mantiqiy urg‗ular birinchi va uchinchi hissalarga to’g‗ri kelganda qo’llaniladi. Agar birinchi va to’rtinchi hissaga urg‗u berilsa, unda ketma-ketlik teskari bo’ladi, avval 3, keyin 2 hissali sxema (3 + 2). Bunga muvofiq ravishda «Beshtali» dirijorlik setkalari

turlicha bo’lishi mumkin. 2 + 3 guruhlanishda birinchi va uchinchi kuchli va nisbatan kuchli hissalar bo’lib, ikkinchi, to’rtinchi va beshinchilari esa kuchsiz hisoblanadi. Bu setkani «Beshtaga» taktlashda dirijor qo’li birinchi hissada vertikal tarzda to’ppa-to’g‗ri pastga tushadi, dirijorning o’ziga yo’naltirilgan vertikal harakat bilan ikkinchi kuchsiz hissaga o’tadi. I kkinchi hissadan katta, o’zidan teskari yo’naltirilgan harakat bilan uchinchi, nisbatan kuchli hissa ko’rsatiladi va bu harakat to’rtinchi hissa bilan xuddi shu yo’nalishda kaftning yengil harakati bilan belgilanadi. Beshinchi hissa esa har qanday o’lchovning oxirgi hissasi kabi bajariladi. 3 + 2 guruhlanishdagi besh hissali to’r (to’rttalik) taktlash sxemasidan iborat. Biroq, bunda birinchi hissa ikki marotaba ko’paytiriladi. Bu sxemadagi eng kuchli hissalar birinchi va to’rtinchi. I kki oddiy sxema yo’li bilan «beshtalikka» dirijorlik qilishning kamchiligi shundaki, kuchli (birinchi) va nisbatan kuchli (uchinchi va to’rtinchi) hissalar bir xil vertikal yo’nalishga ega: ikkalasi ham pastga tushadi. Bunday vaziyat taktning asosida qanday ketma-ketlik borligini 3 + 2 mi yoki 2 + 3 mi — tezda aniqlash imkonini bermaydi. Ba‘zida taktning boshlanishi qayerdaligi, qo’lning pastki harakatiga to’g‗ri keluvchi birinchi hissa qayerdaligi noaniq bo’lib qoladi, chunki takt davomida pastki harakat ikki marotaba takrorlanadi. Shu bois dirijorlar ko’proq 2 va 3 hissali sxemani navbatma-navbat almashtirib turish holatini qo’llaydilar. Biroq, takt boshini ko’rsatish va kuchli hissa (birinchi) hamda nasbatan kuchlisi (uchinchi yoki to’rtinchi) o’rtasidagi farqni ochib berish uchun, birinchi hissani qo’lning chuqurroq va faolroq harakati bilan ko’rsatadilar. Tez sur‘at talab qiluvchi asarlarning besh hissali to’rlari «I kkiga» taktlanadi. Bunda bitta hissa ikkita davomiylikni, boshqasi esa uchta (2 + 3 yoki 3+ 2) ni qamraydi. Besh hissali o’lchamni «I kkiga» taktlashda birinchi va ikkinchi hissalar vaqt jihatidan teng emas, zero ular metrik hissalar soni bo’yicha bir xilda bo’lmaydilar. Bunda taktdagi birliklar soni turlicha bo’lganligi bois uni ikki hissaliga bo’lish shartli ravishdadir. Chunki sxemaning har bir hissasi taktning o’zida takt hissalarining turlicha sonini qamrab oladi: ulardan biri sakkizdan uchtasini mujassam etsa, boshqasi sakkizdan ikkitasini qamraydi. Shu bois besh hissali to’rlarni tez sur‘atda «ikkiga» dirijorlik qilishda sakkizdan uchtali hissani uzaytirish yo’li bilan amalga oshiriladi va sal og‗irroq qo’l harakati bilan ko’rsatiladi. Birinchi usulda : 1) 2 + 3 hissali metrlar uzviyligi mantiqiy urg‗ular birinchi va uchinchi hissalarga to’g‗ri kelganda qo’llaniladi.

2) 3 + 2 guruhlanishdagi besh hissali to’r (to’rttalik) taktlash sxemasidan iborat. I kkinchi usulda:bu usulda 4-hissali olchovda 2 yoki 4-hissalarni ikki marta ko‘rsatish lozim

Adabiyotlar:

1. E.Toshmatov. Dirijyorlik. Toshkent. 2008

2. B.Azimov. Dirijyorlik amaliyoti. Toshkent. 2010

3. J.Shukurov. Dirijyorlik. Tohskent. 2006

4. LAndreeva . Metodika provedeniya xorovogo dirijirovaniya. Moskva, muzika .

1967 yil.

5. L.Bezborodova . "Dirijirovaniye" , Moskva ,1990 yil.



6. N.A.Kolesnikova. "Osnovi teorii i metodiki obucheniya dirijirovaniyu"

Vladimir, 2012 yil.
Download 457.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling