Muruntov konining texnologik jarayonlari va qazib olish texnologiyasi. Reja
Download 4.75 Mb.
|
1 2
Bog'liqMuruntov koni
Muruntov konining texnologik jarayonlari va qazib olish texnologiyasi. Reja: Muruntov koni tarixi Konda qo’llaniladigan texnika-texnolgiyalar va jarayonlar. Konning buguni va kelajagi. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari. “Muruntov” koni “Muruntov” koni - Markaziy Qizilqumda, Navoiy shahridan 180 km shimolda, Zarafshon shahridan 40 km sharqda, Tomditovning janubiy etagida joylashgan. Dunyodagi eng yirik kon hisoblanadi. Kon oltin zaxirasi bo‘yicha XX asr moʻjizasi sifatida tan olingan. Geologik tadqiqotlar natijasida o‘tgan asrning birinchi yarim yilligida hozirgi “Muruntov” koni joylashgan hududda ulkan oltin zahirasi mavjudligi bashorat qilingan. Keyinchalik mashhur o‘zbek geologi Ibrohim Hamroboyev boshchiligida olib borilgan qidiruv ishlarida bu haqiqat ekanligi o‘z tasdig‘ini topgan. 1965-yilda konni o‘zlashtirishga tamal toshi qo‘yilib, 1967-yil 1-martida birinchi portlatish amalga oshirilgan. 1969-yil 21-iyulda tarixiy voqea – 2-gidrometallurgiya zavodida birinchi marta “Muruntov” konidan qazib olingan maʼdandan 11 kilogramm 820 grammlik sof oltin yombisi olindi. 1975-yilda ushbu konda 100 mln kubmetr tog‘ jinsi qazib olingan bo‘lsa, 2001-yilga kelib bu ko‘rsatkich 1 mlrd kubmetrga yetdi. Konning murakkab geologik tuzilishi zaxiralarni hisobga olish va boshqarish usullarini doimiy takomillashtirishni va o‘sha paytdagi zaxiralarni baholashning noanʼanaviy usullarini qo‘llashni talab qildi. 1992-yildan boshlab bu usullardan biri bo‘yicha ish boshlandi. Bu zaxiralarni matematik statistika asosida hisoblash edi. Konning geologik-matematik modelini yaratish uchun ilk qadam qo‘yildi va bu 1998-yilda katta muvaffaqiyat bilan yakunlandi. Shunday qilib, 1998-yildan boshlab, ilk marotaba konchilik ishlarini rejalashtirish konning geologik-matematik modeli yordamida boshlandi. Bundan tashqari, “Muruntov” koni bazasida konchilik ishlarini qisqa muddatli rejalashtirish uchun “DEPOS” dasturi va nav rejalarini tuzish uchun “SAPR” dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu dasturlardan kon mutaxassislari bugungi kunda ham katta muvaffaqiyat bilan foydalanishmoqda. Mustaqillik yillarida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarixida yangi davr boshlandi. Bunga javoban dunyoga mashhur “Muruntov” konida ham qator o‘zgarishlarga tamal toshi qo‘yildi. Jumladan: 2004-yilda konda portlatish ishlarini xavfsiz amalga oshirish uchun “Druza” radioboshqaruv tizimi ishga tushirildi. 1998-yildan buyon konda tog‘-kon ishlari GPS sunʼiy yo‘ldosh aloqa orqali avtomatik tizimda boshqarilib kelinmoqda. 2010-yilda kombinat mutaxassislarining yuksak salohiyati bilan jahonda yagona va noyob bo‘lgan yiliga 14 mln tonna maʼdanni 285 metr balandlikka olib chiqish imkonini beruvchi, qiyalik burchagi 37 gradus va umumiy uzunligi 1802 metr bo‘lgan tik-qiya konveyeri (KNK-270) foydalanishga topshirilishi kon-metallurgiya tarixida olamshumul yangilik bo‘ldi. Ushbu konveyerning foydalanishga topshirilishi konda rudani transportlarda tashish masofasini 4,5 kilometrga, ko‘tarish balandligini esa 285 metrga qisqartirishga erishildi. Konveyer ishlatilishining iqtisodiy samarasi 101 milliard so‘mni tashkil qildi. 1977-yilda “Muruntov” konida markaziy gamma-aktivlashtirilgan tahlil laboratoriyasi ishga tushirildi. Mazkur laboratoriya ishga tushirilganidan boshlab 24 mln dan ortiq namunalar tahlil qilindi. Konning markaziy gamma-aktivlashtirilgan tahlil laboratoriyasi noyob texnologiyalarga asoslangan. Hozirgi kunda laboratoriyada kuniga bitta tezlatgichda 3,5 mingdan ortiq namuna tahlil qilinmoqda. Laboratoriyada qisqa muddat 17 soniya ichida rudadagi oltin tarkibini aniqlab berish imkoniyati mavjud. Dunyodagi hech bir fizik laboratoriya bu hajmda tahlil o‘tkazish imkoniyatiga ega emas. Hozirgi vaqtda bu laboratoriya tog‘-kon sanoatida geologik namunalarda oltinni aniqlash oltin yadrolarini faollashtirish usuliga asoslangan dunyodagi yagona amaldagi laboratoriya bo‘lib qolmoqda. Konning janubiy tomonida umumiy uzunligi 2855 metr bo‘lgan ikkinchi yirik transport majmuasi ishga tushirilishi maʼdanni qazib olish hajmini yana-da oshirish imkonini berdi. Mustaqillikning so‘nggi besh yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning eʼtibori bilan mamlakatimiz kon-metallurgiya tarixida olamshumul islohotlar boshlab yuborildi. Davlat rahbarining 2017-yil 1-martdagi “Navoiy KMK” DKda 2026 yilgacha qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishni oshirish Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2806-sonli qarori o‘n yillikka mo‘ljallangan dasturlardan biridir. Jumladan, ushbu rivojlantirish dasturida kombinatda 2026-yilgacha qiymati 3,4 mlrd. AQSH dollari bo‘lgan 27 ta yirik loyihani amalga oshirish, buning hisobidan korxonada ishlab chiqarish quvvatini 30 foizga oshirish, yangi konlarni o‘zlashtirish, zamonaviy gidrometallurgiya zavodlari va korxonalar barpo etish va minglab yangi ish o‘rinlari yaratish nazarda tutilgan. Qiymati 733,9 mln. AQSH dollari bo‘lgan va 1,8 mingta yangi ish o‘rini yaratish imkonini beruvchi “Muruntov” konini o‘zlashtirish (V navbati) 1-bosqich” loyihasi mazkur dasturdagi muhim investitsion loyihalardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi arafasida konning shimoliy qismida yiliga 15 mln tonna tog‘ jinslarini tashqi ag‘darmalarga tashish quvvatiga ega uchinchi yirik transport majmuasi foydalanishga topshirildi. U umumiy uzunligi 2154 metrni tashkil etuvchi konveyer va ag‘darma hosil qilgichdan iborat. Hozirgi vaqtda konda mavjud konveyer liniyalarining umumiy uzunligi 6 811 metrni tashkil etadi. Bugungi kunda konining uzunligi 4,3 kilometr, kengligi 3,2 kilometr, chuqurligi 650 metrni tashkil etadi. Hozirda konda 2,6 ming nafardan ortiq ishchi-xodimlar ishlab kelmoqda. “Muruntov” koni geologlar tomonidan eng yirik oltin zaxirasiga ega kon sifatida eʼtirof etilib, uning zaxirasi 4,5 ming tonnadan ortiq baholangan. Konni o‘zlashtirishning V navbati kelgusida kon chuqurligini 1050 metrgacha yetkazish va maʼdan qazib olish hajmini yiliga 50 mln tonnadan oshirish imkonini beradi. “Muruntov” koni 2020, 2021-yillarda ketma-ket ikki marotaba xalqaro “Kitco” tahliliy markazi sarhisobiga ko‘ra, oltin qazib olish bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Nufuzli “Forbes” nashri O‘zbekistonda maydoni bo‘yicha dunyodagi eng yirik ochiq oltin koni – “Muruntov” koni joylashganligi hamda ushbu kon dunyodagi eng yirik oltin zaxirasiga ega bo‘lishi mumkinligini qayd etdi. Download 4.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling