Musayeva Yaxshigul Norqulovna


Download 308 Kb.
bet1/3
Sana23.11.2020
Hajmi308 Kb.
#151136
  1   2   3
Bog'liq
Axborot bilan ishlash kompitensiyasi shakllanishiga oid ilmiy metodik materiallar, maqollar taxlili


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI

Musayeva Yaxshigul Norqulovna

Axborot bilan ishlash kompitensiyasi shakllanishiga oid ilmiy metodik materiallar, maqollar taxlili”



mavzusidagi
MALAKA ISHI
Yo‘nalish (guruh) Ona tili va adabiyot 2-guruh

Tinglovchining ish joyi Ishtixon tumani 26-maktab

Kafedra mudiri Yuldosheva S. A.

Malaka ishi rahbari (taqrizchi) Raximova M.



Tinglovchi Musayeva Y.N.

Samarqand –2020-yil,



SАMАRQАND VILОYATI ХАLQ TА’LIMI ХОDIMLАRINI QАYTА TАYYORLАSH VА ULАRNING MАLАKАSINI OSHIRISH HUDUDIY MАRKАZI

Mаlаkа oshirish kursi tinglоvchisi Musayeva Yaxshigul Norqulovnaning

Axborot bilan ishlash kompitensiyasi shakllanishiga oid ilmiy metodik materiallar, maqollar taxlili”



mаvzusidаgi mаlаkа ishigа

T А Q R I Z

Tаqriz uchun tinglоvchi mаlаkа ishini ___bеtdа tоpshirdi.

Mаlаkа ishi (lоyihа ishi vа shu kаbi tаdqiqоtlаr)gа rаhbаr (tаqrizchi) tоmоnidаn qo‘yilgаn bаllаr:

T.p.

Bаhоlаsh mеzоnlаri

Mаksimаl

bаll

Qo‘yilgаn

bаll

  1. 1.

Tаyyorlаnish sifаti vа bеlgilаngаn tаrtibdа rаsmiylаshtirilgаnligi, mustаqil bаjаrilgаnligi vа ijоdiy yondаshilgаnligi

3




  1. 2.

Mаvzuning dоlzаrbligi, nаzаriy vа аmаliy аhаmiyatining оchib bеrilishi, mаqsаd vа nаtijаlаrning mоsligi

6




  1. 3.

Mе’yoriy hujjаtlаr, ilg’оr tа’lim tехnоlоgiyalаri, mеtоdik yondаshuvlаr vа ахbоrоt tехnоlоgiyalаridаn fоydаlаngаnligi

6




  1. 4.

Хulоsа vа tаvsiyalаrning аsоslаngаnligi

3




  1. 5.

Mаvzugа оid fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаrning to‘gri tаnlаngаnligi

2




Jаmi bаll

20





Tаqrizchi fikri:

Tаqrizchining хulоsаsi:

Tinglоvchi Musayeva Yaxshigul Norqulovnaning mаlаkа ishi ____ bаll bilаn bаhоlаngаnini hisоbgа оlib, mаlаkа ishi yakuniy аttеstаtsiya kоmissiyasidа himоyagа tаvsiya qilinаdi (tаvsiya qilinmаydi).

Rаhbаr (tаqrizchi): ________

MUNDARIJA

I. KIRISH.

II. ASOSIY QISM:

1. AXBOROT BILAN ISHLASH KOMPITENSIYASI SHAKLLANISHIGA OID ILMIY METODIK MATERIALLAR.

2. ONA TILI O’QUV FANI BO’YICHA SHAKLLANTIRILISHI ZARUR BO’LGAN TAYANCH VA KOMPETENSIYALARINI'>FANGA OID KOMPETENSIYALAR.

3. TIL KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHGA YO’NALTIRILGAN TOPSHIRIQLAR.

XULOSA.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

Reja:

I. KIRISH.

II. ASOSIY QISM:

1. AXBOROT BILAN ISHLASH KOMPITENSIYASI SHAKLLANISHIGA OID ILMIY METODIK MATERIALLAR.

2. ONA TILI O’QUV FANI BO’YICHA SHAKLLANTIRILISHI ZARUR BO’LGAN TAYANCH VA FANGA OID KOMPETENSIYALAR.

3. TIL KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHGA YO’NALTIRILGAN TOPSHIRIQLAR.

XULOSA.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

KIRISH

Prezidentimizning “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida “Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi” deb alohida ta’kidlangan.

Harakatlar strategiyasida mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to‘liq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini yaxshilash, ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash tizimini kengaytirish vazifalari belgilangan. Shu asosda respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar fonida O‘zbekiston iqtisodiyotida sezilarli yuksalish kuzatildi, ko‘lam va sifat jihatdan jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar yuz berdi.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga zamonaviy innovatsion texnologiyalar jadallik bilan kirib kelmoqda. Sanoatda, qishloq xo‘jaligida, transport va xizmat ko‘rsatish sohalarida yuqori qiymat, yuqori hosildorlik, unumdorlik va tejamkorlikni ta’minlovchi intensiv texnologiyalar, ishlab chiqarish sohasida juda keng ko‘lamdagi zamonaviy innovatsiyalar joriy etilmoqda. Mazkur jarayonlarga milliardlab AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilinmoqda va minglab yangi texnologik ish o‘rinlari yaratilmoqda. Birgina 2019 yilning o‘zida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 220,7 trillion so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi, shundan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 189,9 trillion so‘m ekanligi va bu 2018 yilgi ko‘rsatkichlariga nisbatan 1,3 barobar o‘sganligi yaqin kelajakda mazkur loyihalar yuqori malakali professional kadrlarning yangi avlodi yetishib chiqishi zarurligini belgilab bermoqda.

Shu bilan birga, xalqaro mehnat bozori talablari, integratsion jarayonlarning jadallashuvi, raqamlashtirish, sanoatdagi texnologik inqiloblar davrida zamon talablariga mos malaka va ko‘nikmalarga ega raqobatbardosh o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlashni, kasb-hunar ta’lim sohasida yangi tizimni — xalqaro andozalarga mos professional ta’lim tizimini talab qildi. Natijada kasb-hunar ta’limi sohasida ham davlat siyosati tubdan o‘zgardi.

Prezidentimiz tomonidan sohada tub islohotlarni amalga oshirish va zamonaviy professional ta’lim tizimini barpo etishning maqsad va ustuvor vazifalari, bir so‘z bilan aytganda, sohaning yangi missiyasi belgilab berildi. Ushbu missiya mohiyati yangi sifat va formatda inson resurlarini rivojlantirish, yoshlarda ichki va tashqi mehnat bozori talab qilayotgan amaliy kvalifikatsiyalarni shakllantirish, ularning Vatanga muhabbatini, xalqiga sadoqatini yuksaltirishdan iboratdir.

Shu tariqa tizim oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:

— hududlar va sohalar kesimida iqtisodiy taraqqiyotga munosib hissa qo‘sha oladigan o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash;

— yoshlarni malakali mehnat orqali o‘z hayot farovonligini ta’minlashga o‘rgatish;

— o‘z mehnat faoliyatiga innovatsion va kreativ yondashish, yaratuvchanlik, intellektual, madaniy, ma’naviy potensialni rivojlantirish kabi kompetensiyalarni shakllantirish metodologiyasini yaratish.

Ana shu missiya va maqsadlarni ko‘zlab, Prezidentimizning 2019 yil 6 sentyabrda “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.


Download 308 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling