Musiqa asboblari Obidalar uz


Download 20 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.05.2018
Hajmi20 Kb.

Musiqa asboblari

 

Obidalar.uz 



 

Nay 

 

 



  

 

Nay - o„zbek puflab chalinuvchi cholg„u asbobi. Asosan uni yasashda bambuk yog„ochi, shuningdek, tunuka va jezdan foydalaniladi. 

Oltitta ohang tuynukli ko„ndalang nay teshikchalarini oldinma-ketin yopib puflagan holda tovushlarning xromatik o„zgarishiga ega bo„lish 

mumkin. Nay yakkaxon ijrodan qo„llanilgani kabi ansambl va orkestda ham ishtirok etadi. 



 

Dilli-tuyduq 

 

 



 

Dilli-tuyduq Ikkita bir-biriga parallel ulangan tilchali cholg„u asbobi. Bu turkman cho„ponlarining cholg„u asbobi. Uning Xivaga kirib 

kelishi uzoq tarix bilan bog„liq. 

 


Musiqa asboblari

 

Obidalar.uz 



 

Doira 

 

 



Doira Shubhasiz, o„zbeklarning sevimli musiqiy cholg„u asbobi doiradir. Bir tarafi yog„ochdan yasalib, aylana diametri ellik 

santimetrgacha bo„ladi, membranasi dag„al charmdan yasalib, teskari tarafiga oltmushta metall aylanachalar qotiriladi. Musiqasi tarang 

tortilgan charm ustiga barmoqlari bilan urgan holda musiqiy asarlar, raqs va ansamblga usul berib turadi. 

 

 



Dutor 

 

 



Dutor so„zi “ikki tor” ma‟nosini anglatadi. Dutor Markaziy va Janubiy Osiyoning ikki torli chetib chalinadigan cholg‟u asbobi. Odatda, 1 

metrdan dan 2 metrgacha uzunlikda, noksimon rezonatorli bo„ladi. Taxminan XV asrda cho„ponlar o„rtasida paydo bo„lgan. Dutor o„zbek 

xalqining uzoq yillik ajralmas qismidir. 

Karnay 

 


Musiqa asboblari

 

Obidalar.uz 



 

 

Karnay сholg„u asbobi uzun silindrsimon ko„rinishga ega bo„lib, mis va jezdan yasaladi. Eron, Tojikiston va O'zbekistonda keng tarqalgan. 



Karnay uzun, gohida ikki metrgacha yetuvchi uzun odatda bukilmagan truba ko'rinishida bo'ladi. Registri va tembi bo'yicha trombonga 

o'xshash. Karnayda odatda tan'tanali yoki chorlovchi navolar chalinadi. Cholg'u asbobi baland tondagi dovushga ega. Hozirgi vaqtga kelib 

karnaylar to'y va tan'tanalarda chalinmoqda. 

 

 



 

Qo‘shnay

 

 

  



Qo„shnay (“ko„sh” - ikkitali va nay - sibizg„a). Ikkita bir xil uzunlikdagi qamishdan yasalgan trubkachalardan (taxminan 250 mm) tashkil 

topgan bo„lib, ustki uchlarida kesilgan alohida tilchalari bor, pastki uchlarida 7 tadan yoriqchalari mavjud. Tovushlar qatorida kesilgan 

bittali tilchalari (puflash jarayonida xromatik tovushlar orqali ikkinchi oktavagacha yetadi) mavjud. Tovushi kuchli. 

 

 



 

Musiqa asboblari

 

Obidalar.uz 



 

Rubob 

 

 

Rubob (arab tilidan) - kamonchali torli musiqiy cholg„u asbobi. Yog„och asosli ushbu asbob oval yoki yumaloq shaklga ega, qopqog„i 



charmdan, shoyi yoxud metallik torli, torlari, odatda kvarta bo„yicha sozlangan bo„ladi. Eng keng tarqalgan ruboblar uzunligi 800-1000 

mm bo„lib, ohang plent yordamida hosil qilinadi. O„zbek orkestrida rubobning uch xili ishtirok etadi: prima, alt va tenor. Rubob - O„rta 

Osiyo xalqlarida keng tarqalgan musiqiy cholg„u asbobi bo„lib, ushbu asbobda Sharqiy Afrika, shuningdek, janubiy Ispaniyada ham 

foydalaniladi. Yevropaga rubob XII asrda kirib kelgan bo„lib, rebek nomi bilan mashhur. Turkiyada rubob uch torli. 

Afg„on rubobi (rebob) Ikki torli kamonchali cholg„u asbob. Asosi uchburchaksimon shaklda ikki yoni o„roq shakldagi o„yiqli. Rezonatori 

charm membrana bilan tortilgan. Ikki juft hamda bir juft torga ega. “Afg„on rubobi” nomi kelib chiqish vataniga ko„ra emas, uning g„am va 

qayg„u tovushiga ko„ra nomlangan. ("afg„on" - "qayg„u" deb tarjima qilinadi).  

Ud dag„al yirik rezonatorli ingichka qopqoq bilan berkitilgan, kichik yoriqli va bo„yinchali grifli musiqiy cholg„u asbobi. Mizrob 

yordamida ohang hosil qilinadi. Sharqda VIII-X asrlarda zamonaviy ko„rinishi keng tarqalgan bo„lib, cholg„u asboblar qiroli sanaladi. 

 

Surnay 

 

 

Surnay - asosi uzun ishlangan o„zbek milliy puflama cholg„u asbobi. Uning uzunligi taxminan 450-550 mm bo„lib, yuqori ingichka 

qismiga kichkina yog„och trubochka (ichidan ingichka metallik trubka o„tgan) qo„yiladi. Ushbu kichik metallik trubochka bambuk 

plastinalaridan tayyorlanib, atroflari metallik aylanacha bilan o„ralgan. Metallik truba ostidan kichik plastinkasi sadat deb nomlanadi. 

Musiqachilar uni lablariga qattiq bosgan holda ohang taratadilar. Kuchli va kamyob tovushi sababli turli milliy ansambl, to„y va 

marosimlarda keng foydalaniladi. Uning boshqa milliy cholg„u asboblardan alohida jihati shundaki, u uzilmas legatoni ijro qila oladi. Ijro 

metodari o„z ichiga melismathics va keng qo„llaniluvchi yuqori intervallarga keskin sakrashli forschlagslarni oladi. 



Musiqa asboblari

 

Obidalar.uz 



 

Tanbur 

 

 



Tanbur Noksimon rezonatorli cholg„u asbobi. Uchta (kamdan-kam hollarda to„rtta) torli bo„lib, ohang noxun yordamida (metallik 

mediator) hosil qilinadi. Tanbur cholg„u asbobi Xivaga Buxorodan kirib kelgan degan fikr ham mavjud. Professional musiqachilar 

o„rtasida Tanbur eng mashhur cholg„u asbobi hisoblanadi. 

 

Ud (cholg‘u asbobi) 

 

 

Дағал йирик резонаторли ингичка қопқоқ билан беркитилган, кичик ёриқли ва бўйинчали грифли мусиқий чолғу асбоби. Мизроб 



ёрдамида оҳанг ҳосил қилинади. Шарқда VIII-X асрларда замонавий кўриниши кенг тарқалган бўлиб, чолғу асбоблар қироли 

саналади.



  

 


Download 20 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling