Musiqa va harakat


Download 18.44 Kb.
Sana19.11.2020
Hajmi18.44 Kb.
#147525
Bog'liq
1- mavzu Musiqa va harakat


Musiqa va harakat

Musiqaning aqliy estetik va jismoniy rivojida ritmik musiqali o‘yin va musiqa bilan harakat katta ahamiyatga ega. Musiqa faoliyatining bu turlari bolaning har

tomonlama o‘sishiga katta yordam beradi.

1. Uning musiqa uquvi, ayniqsa tuyg‘usi va musiqa xotirasi yaxshi rivojlanadi, chunki har qanday harakat turi musiqa ritmi va taktlar ostida bajariladi hamda harakat bilan bog‘liq bo‘lgan musiqa ohanglari bola xotirasida turg‘un saqlanadi.

2. Raqs va musiqali harakatlar bolada harakatchanlik, chaqqon-likni rivojlantirib, badanni chiniqtiradi qomatning to‘g‘ri o‘sishiga katta yordam beradi.

3. Musiqa asarlari bilan turlicha emotsional hislar uyg‘onadi, turlicha kayfiyatlar hosil etib, uning ongida o‘ziga xos obrazlar yaratadiki, bular bolaga harakat sxemalarini badiiy ishoralar bilan ifodalashga yordam beradi. Demak musiqa bilan harakat bolaning aqliy va estetik qobiliyatini hamda irodasini rivojlantirishda ham alohida ahamiyatga ega. Masalan, marsh musiqalari bolaga g‘ayrat va tetiklikni

bag‘ishlaydi. Marsh musiqalarisiz bayram ertaliklari, hatto bog‘chaning oddiy bir kunlik hayotini ham tasavvur qilish qiyin. Raqs kuylari esa bolada ajoyib ichki his-tuyg‘ular, kechinmalar hosil etib, beixtiyor raqsga tushushga undaydi. Musiqa ostida harakat va o‘yinlar kichik yoshli bolalarga tez ta’sir etadi. Shuning uchun quvnoq, qiziqarli musiqali o‘yinlar bog‘cha yoshidagi har bir bolaning e’tiborini o‘ziga tortadi. Musiqa ostida harakat va o‘yinlarning turlari quyidagilardan iborat.

1. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari – asosan tartibli qadam bosib yurush, chopish, sakrash kabi harakat turlari.

2. Bolalarning sahnalashtirilgan sujetli o‘yinlaridan, kattalarning bajaradigan turli maishiy ishlaridan olgan taassurotlari (mashinani boshqarish, qurilish ishlari, paxta

terish, ro‘zg‘or ishlari va hokazo) asosida bajaradigan harakatlari, turli hayvonlarning harakatlari tovushlarini ifodalash.

3. Turli raqslar ta’sirida vujudga keladigan bolalarga mos oddiy harakatlar. Bu harakatlarning har uchala turi ham bog‘chada musiqa bilan bajariladigan barcha harakatlarning asosini tashkil etadi va ularning asosiy ifodali harakat elementlari

hisoblanadi. Bu harakat elementlari, musiqa ostida bajariladigan barcha o‘yinlar turlicha ifodalanadi. O‘yin bog‘cha yoshidagi bolalar ijodiy faoliyatini eng faol

shaklidir. O‘yinlarga mo‘ljallangan musiqa asarlarining badiiy mazmuni xarakteri va ifoda vositalari o‘yinning sujetiga mos tushishi shart. O‘yinning syujeti esa bog‘cha hayotidan olingan bo‘lishi lozim. Unda bolaning ijtimoiy hayot va tabiat bilan munosabati o‘z aksini topishi kerak, ayniqsa xalq bolalar o‘yinlari katta ahamiyatga ega. Shunday qilib musiqali o‘yinlar o‘z maqsadi, vazifalari jihatidan didaktik o‘yinlarga mansub bo‘lib, ular asosan harakat vositasida ijro etilishi bilan xarakterlanadi.

Bog‘bon va gular

(harakatli o‘yin)



Gullar raqsi

(o‘zbek xalq kuyi)

O‘yinning mazmuni: o‘yinda 10-15 ta bola ishtirok etadi. O‘yinchilar orasida «bog‘bon» tanlanadi, Qolganlari «gul» bo‘ladilar. Har bir bolaning boshida biror gulning rasmi tushirilgan ro‘molcha bo‘ladi. Gullar aylana hosil qilib o‘tiradilar. «Bog‘bon» bolalar orasidan yurib, «davraga keling, bolalar, birgalashib gul teramiz va raqsga tushamiz», – deydi, keyin «bog‘bon» o‘zidagi gullardan birini olib, ko‘zini yumib, shunday gulli ro‘molcha o‘ragan bolani tanlaydi va raqsga tushadi. Agar to‘g‘ri topsa, o‘rinlarini almashtiradilar. Topa olmasa, yana «bog‘bon» bo‘lib qoladi. O‘yin shu tarzda davom etadi.

Chopon qo‘l

(o‘zbek xalq o‘yini)



Asp bo‘laman

(o‘zbek xalq kuyi)



O‘yinning mazmuni: o‘yinda cheklanmagan sondagi bolalar qatnashadilar. Ular aylana bo‘lib, chordona qurib o‘tiradilar. Boshqaruvchi aylana tashqarisidagi bolalar bir-birlariga uzatayotgan choponni yulqib olishlari kerak. Choponni berib qo‘ygan bola o‘rtaga turib raqsga tushishi yoki she’r aytishi kerak. So‘ng bu bola boshqaruvchi bo‘ladi. O‘yin shu tariqa davom etadi.

Baqa bilan laylak

(o‘zbek xalq o‘yini)



Chamanda gul

(o‘zbek xalq kuyi)



O‘yinning mazmuni: o‘yinda 15-20 ta bola ishtirok etadi. 4 bola lenta tortib, «qamishzor» hosil qiladi. O‘ynovchilardan «Laylak» saylanadi, qolganlari «Baqa»

100 bo‘lishadi. Laylak qamishzorga yaqin joyda, «Baqa»lar qamishzorda bo‘ladilar va sakrab-sakrab o‘ynaydilar. Boshqaruvchining ishorasi bilan «Laylak» qamishzorga kiradi va «Baqa»larni tuta boshlaydi. «Baqa»lar lenta ustidan sakrab, qamishzordan qochadilar. Qo‘lga tushgan «Baqa»larni «Laylak» o‘zi bilan olib ketadi.



Marshdagi hujum

Marsh

(Xorazm xalq marsh)



O‘yinning mazmuni: o‘yinda cheklanmagan sondagi bolalar qatnashadilar. Ular ikkita guruhga bo‘linadi. Ikkala guruh bir-biriga qarama-qarshi turadi. Boshqaruvchining ishorasi bilan bir tomondagilar marsh ostida qarshi tomonga yuradi. Orada 2-3 metr qolganda to‘xtaydi. Yana boshqaruv-chining ishorasi bilan orqaga o‘z marrasiga qochadi. Qarshi tomondagilar ularni ushlaydi. So‘ngra almashadilar. Qaysi tomon qarshi tomon bolasini ko‘p ushlasa, shu tomon g‘olib sanaladi. O‘yin shu tarzda davom etadi.

Chavandoz

(harakatli o‘yin)



Gullar raqsi

(o‘zbek xalq kuyi)



O‘yinning mazmuni: o‘yinda cheklanmagan sondagi bolalar qatnashadilar. Boshqaruvchining ishorasi bilan musiqa ostida bolalar aylana bo‘ylab) otlar

kabi avval sekin, keyin lo‘killab va yo‘rg‘alab yuradilar. Musiqa to‘xtagach, bolalar oldindan belgilab qo‘yilgan aylana ichiga kiradilar. O‘yin shu tariqa davom etadi.



Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

1. Ritmik harakatlarning musiqadagi o‘rni qanday?

2. Musiqa orqali bajariladigan o‘yinlar qaysilar?

3. Harakat va o‘yinning bolalar hayotidagi o‘rni



qanday?
Download 18.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling