Мустақил таьлим мавзулари
Download 15.03 Kb.
|
Mustaqil ish.4docx
Yig’ilish raisi: O.Mamadaliyevaova Kotibi: XOtaxonova Jami pedagog: 50-nafar Yigilishda 48 nafar pedagog ishtirok etdi. K U N T A R T I B I D A G I M A S A L A 1.PISA xalqaro tadqiqoti topshiriqlarining elementlarini o`quv jarayoniga integratsiya qilishga yo`naltirilgan amaliy mashg`ulotlar, o`quvchilarning egallagan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo`llay olish ko`nikmalarini shakillantirish. Eshitildi: Kun tartibidagi masala yuzasidan maktabning o’quv-tarbiyaviy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari T.Begmatovning axboroti tinglandi. U o’z axborotida Xoʻsh, PISA dasturining maqsadi nima, u qanday zaruriyat tufayli paydo boʻldi va PISA savollari qanday prinsipga asoslangan holda tuziladi? XXI asr – informatsion texnologiyalar asri. Bu asr oʻz mutaxassislaridan umuman oldingidan farq qiluvchi kompetensiyalarni talab qiladi. XX asrda va undan oldin kuchli xotira, ensiklopedik bilim, oʻz sohasida iloji boricha koʻproq maʻlumotni bilgan mutaxassislar yuqori qadrlangan boʻlsa, endi bu bilimlar hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmay qoldi. Qidiruv tizimlari, onlayn ensiklopedialar, sohalar boʻyicha mukammal onlayn maʻlumotlar bazalari yaratildiki, endi bu maʻlumotlarni eslab qolish zaruriyati ikkinchi planga tushib qoldi. Hozirgi zamon mutaxassisida bu bilimlarni tahlil qilish, ulardan yangi maʻlumotlarni hosil qila olish, xalq tili bilan aytganda “kosa tagidagi nimkosa”ni koʻra olish kompetensiyasi birinchi oʻringa koʻtarilayapti. PISA testlari xuddi shu oʻzgarishlarni taʻlim tizimida aks ettirish, maktab oʻquvchilarining haqiqiy hayotda kerak boʻladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish koʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, taʻlim tizimining bu oʻzgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Yig’ilish kun tartibidagi masalani atroflicha muxokama qilib Q A R O R Q I L A D I: PISA xalqaro tadqiqoti topshiriqlarining elementlarini o`quv jarayoniga integratsiya qilishga yo`naltirilgan amaliy mashg`ulotlar barcha fanlardan shakillantirilsin. O`quvchilarning egallagan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo`llay olish ko`nikmalarini shakillantirilsin. Maktabning O’TIBDO’ T.Begmatovga O’qituvchilar o’rtasida xalqaro PISA va PIRLS tadqiqotlariga tayorgarlik ko’rish va o’quv soatlarini tashkil etish; O’quv trening mashg’ulotlari, ochiq darslar hamda to’garak mashg’ulotlarini muntazam tashkil etish; Maktabdagi mavjud kompyuterlarni texnik jixatdan sozligini ta’minlash; Xalqaro tatqiqotlarga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha ota-onalar bilan uchrashuvlar tashkil etish; Barcha choraklarda olinadigan test sinovlarini PISA test sinovlari ko’rinishida tashkil etish; Materiallarning murakkablik darajasini o’rganish va PISA talablari asosida tuzilganligiga e’tibor berish vazifalari topshirilsin. Barcha fan o’qituvchilariga Pisa talablari asosida materiallar tayyorlash; O’quvchilar yoshiga nisbatan murakkablik darajasini o’rganish, ochiq darslar tashkil etish; O’quv trening mashg’ulotlariga muntazam qatnashib borish vazifalari belgilab qo’yilsin. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilib borishni o’z zimmamda qoldiraman. Pedagogik kengash raisi: O.Mamadaliyeva Kotib: Sh.Zokirova Download 15.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling