Mustaqil bajarish uchun vazifalar 1-topshiriq. “Bel bog‘lamoq” iborasiga keltirilgan fe'llar yordamida publitsistik uslubga xos gaplar tuzing


Download 31.81 Kb.
Sana11.10.2020
Hajmi31.81 Kb.
#133303
Bog'liq
Mustaqil bajarish uchun vazifalar(1)


Mustaqil bajarish uchun vazifalar

1-topshiriq. “Bel bog‘lamoq” iborasiga keltirilgan fe'llar yordamida publitsistik uslubga xos gaplar tuzing.



Agar biz belni bog'lab ishlamasak, mo'l hosil ololmaymiz.
Sog'liqni saqlash vazirligi, korona virusni yo'q qilish maqsadida astoydil bel bog'laganini aytib o'tdi.


2-topshiriq. “Venn” diagrammasi asosida quyidagi berilgan uslublarning o‘xshash va farqli jihatlarini ko‘rsating.

Ilmiy uslub: Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy ta’riflarga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi.

Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, qoida yoki ta'rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar, kirish birikmalar, shuningdеk, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.

Rasmiy uslubda ham so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, ko’pchilikka ma'lum bo’lgan ayrim qisqartma so’zlar ishlatiladi, har bir sohaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko’pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko’rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo’laklarining odatdagi tartibda bo’lishiga rioya qilinadi.



Publitsistik uslub ijtimoiy siyosiy adabiyotlarda, vaqtli matbuotda, siyosiy chiqishlarda, majlislardagi nutqlar va sh.k.da oʻz ifodasini topadi. Ijtimoiysiyosiy bilimlarni targʻib qiluvchi va keng xalq ommasiga yetkazuvchi vosita sifatida bu uslub tilining rang-barangligi bilan kishilar ongiga koʻproq taʼsir etadi. Publitsistik uslubning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik asosiy oʻrinni egallaydi, yaʼni qisqa, loʻnda, tushunarli, yorqin, ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi.
Download 31.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling