Mustaqil ish bajardi: 319i-16 guruh talabasi Maxmudov Muxammadamin


Download 13.54 Kb.
Sana06.04.2020
Hajmi13.54 Kb.

MUSTAQIL ISH

Bajardi: 319i-16 guruh talabasi Maxmudov Muxammadamin

Qabul qildi: Dotsent Qasimov Abror


Kafedra: ________________________

Toshkent - 2019


Mavzu:Transport avariyalari


Reja:

1.Transport avariyalari haqida tushuncha

2.Avtomobil transportida sodir bo’ladigan halokatlar

3.Temiryo’l transportida sodir bo’ladigan halokatlar

4. Aviatsiya (havo) transportida sodir bo’ladigan halokatlar

1.Transport avariyalari haqida tushuncha


Transport avariyalari texnogen tusdagi favqulotda vaziyatlar (FV)ning asosiy turlaridan biri hisoblanadi.

Transport avariyalari deb quyidagi ta’riflarni ko’rsatishimiz mumkun:

-ekipaj a'zolari va yo’lovchilarning o’limiga, havo kеmalarining to’liq parchalanishiga yoki qattiq shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya – qidiruv ishlarini talab qiladigan aviahalokatlar;

-yong’inga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibning buzilishiga sabab bo’lgan va tеmir yo’l hodimlarining, halokat hududidagi tеmir yo’l platformalarida, vokzal binolarida va shahar imoratlarida bo’lgan odamlar o’limiga, shuningdеk tashilayotgan kuchli ta'sir ko’rsatuvchi zaharli moddalar bilan (KTKZM) halokat joyiga tutash xududning zaharlanishiga olib kеlgan tеmir yo’l transportidagi halokatlar (avariyalar);

-portlashlarga, yong’inlarga, transport vositalarining parchalanishiga, tashilayotgan KTKZMlarning zararli xossalari namoyon bo’lishiga va odamlar o’limiga sabab bo’ladigan avtomobil transportning halokatlari, shu jumladan yo’l transport hodisalari;

-odamlarning o’limiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, mеtropolitеn poеzdlari parchalanishiga olib kеlgan mеtropolitеn bеkatlaridagi va tunеllardagi halokatlar, avariyalar, yong’inlar;

-gaz, nеft va nеft mahsulotlarining otilib chiqishiga, ochiq nеft va gaz favvoralarining yonib kеtishiga sabab bo’ladigan magistral quvurlardagi halokatlar (avariyalar).



O’zbekiston Respublikasi favqulotda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to’grisidagi Vazirlar Maxkamasining 1997-yil 23-dekabr 558-sonli qaroriga muvofiq
  • “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasiga va unga qarashli “Avariya-qutqaruv va qidiruv xizmatlariga”, “Aviatsiya texnikasidan avariyasiz foydalanish va paravozlar xavfsizligi bo’yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish” vazifasi yuklatiladi.
  • “O’zbekiston temir yo’llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasiga “Temir yo’l transporti vositalaridan avariyasiz foydalanish, tashish chog’ida portlovchi, yong’in xavfi bo’lgan yuklar va KTZM xavfsizligini taminlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish” vazifasi yuklatiladi
  • Davlat avtomobil nazorati organiga “Yo’l transport xavfsizligini ta’minlash xizmatiga rahbarlik qilish” vazifasi yuklatiladi
  • d)”O’zbekiston Respublikasi Sanoatda va qonunchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qo’mitasi”ga “qon ruda, kimyoviy neft va gaz qazish hamda qayta ishlash sanoati va Toshmetroqurilish obyektlarida ishlarni olib borishning ahvoli va xavfsizligini ustidan davlat nazoratiga rahbarlik qilish” ishlari yuklatiladi.
  • e) Neft va gaz milliy korporatsiyasiga “ishlab chiqarish va texnologik jarayonning kuchli xavfli o’ziga xosliklari bilan bog’liq bo’lgan avariyalar va halokatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish va amalga oshirish hamda “idoraga qarashli obyektlarda avariyaarning kelib chiqish ehtimollarini va oqibatlarini bashoratlash, tarmoqning birlashmalari va obyektlarida favqulotda vaziyatlar chog’ida ishlarni barqarorligini oshirish vazifasi yuklatilgan.
  • Transportdagi avariya va halokatlarga quyidagilar kiradi:
  • - Havo transporti avariya va halokatlari
  • - Temir yo’l avariya va halokatlari
  • - Avtotransport avariya va halokatlari (shu jumladan, yo’l transporti hodisalari)
  • - Metropoliten stansiyalarida ehtimol mavjud bo’lgan favqulotda vaziyatlar
  • - Magistral quvur tarmoqlarida, neft va gaz burg’ulash maydonlaridagi bo’lishi mumkun bo’lgan avariyalar

2.Avtomobil transportida sodir bo’ladigan halokatlar

Avtomobil transportida sodir bo’ladigan avariyalar katta fojeali hodisalarni keltirib chiqaradi.Bunday ofatlar yuz berishining bir qancha sabablari bor :

  • Yo’l qoidalarining buzlishi;
  • Avtomobilning texnik nosozligi;
  • Tezlikning haddan tashqari yuqori bo’lishi;
  • Avtomobil haydovchisininh yetarli malakaga ega bo’lmasligi;
  • Yo’llarning talab darajasida emasligi
  • Eng yomon sabablaridan biri – bu avtomobilni mast holda boshqarilishi.Bulardan tashqari avtomobilda xavfli yuklarni tashish va ularni tashish qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida ham avariya va fojealar ro’y beradi.


Аsosan sodir etilgan avariya va halokatlarda jabrlanganlarning 70-80 foizi, xalokat sodir etilgandan keyin birinchi 2-3 soat ichida ularga tez tibbiy yordam ko’rsatilmagandan nobud bo’lishadi. Transportlarda tibbiy yordam aptechkalarining yo’qligi, aholini va DАN xodimlarining birinchi tibbiy yordam ko’rsatish chora-tadbirlarini yaxshi bilmasligi, ushbu transport turida sodir etilayotgan avariyalarda ko’plab insonlarning nobud bulishiga olib kelmokda. Bu borada DАN boshqarmasi xodimlarining transport texnik ko’rigini o’tkazish vaqtida ushbu yo’nalishdagi masalalarga ahamiyat bermasligi, qolaversa turli davlat transport boshqarma boshliqlarining eʼtiborsizligidir. Ushbu turdagi FV lar yil sayin ortib bormoqda, achinarlisi ham shundaki, begunoh fuqarolarimiz bevaqt olamdan ko’z yummoqdalar.

FV larni oldini olish buyicha chora-tadbirlar:



Rejaviy-profilaktik ko’rik va texnik taʼmirlash ishlarini o’z vaqtida o’tkazilishi, texnik nosoz transport vositasidan foydalanmaslik, barcha turdagi yo’l xarakati qoidalariga rioya qilish, DАN xodimlarining, haydovchilarning, qolaversa, aholining birinchi tibbiy yordam ko’rsatish bo’yicha bilim va malakalarini oshirish, yul tarmoqlarini meʼyoriy talab darajasida saqlash, shaharlarda ko’p satxli yo’llardan, piyodalarning yer osti yo’laklaridan samaraliroq foydalanish va h.k.

3.Temiryo’l transportida sodir bo’ladigan halokatlar

  • Temir yo’l transportida avariya va fojea bo’lishining asosiy sababi:
  • - yo’llarning to’g’ri bo’lmasligi, harakatlanuvchi tarkibning kamchilikka ega bo’lishi, yaʼni boshqarishda texnik nosozliklarning mavjudligi (signal bo’lmasligi va b.)
  • - yurish qoidalarining buzilishi va boshqa sabablardir.
  • Bundan tashqari temir yo’llarda avariyalar: poyezdlarning izdan chiqib ketishi, bir-biri bilan to’qnashishi, yong’in chiqishi va vagonlarda olib ketilayotgan portlovchi moddalarning portlashi bilan ham sodir buladi. Yana temir yo’l transportlarida avariya va fojealar tabiiy ofatlar natijasida ham sodir bo’lishi mumkin.

Temir yo’l transportida bo’ladigan avariyalar oqibatini tugatish tartibi, talofat ko’rganlar soniga, ularning holatiga, talofat ko’rgan transport hajmiga, olib ketilayotgan yuk tavsifiga, joyning relyefiga, ob-havo sharoitiga, kunning vaqtiga va boshqa omillarga qarab olib boriladi.Shuning uchun favqulotda vaziyatlar tavsifiga qarab fuqarolar muhofazasi tizimlari o’z yo’nalishlarini amalga oshirishda huquqiy hujjatlarga asoslangan holda olib boradilar.

  • Temir yo’l transportida bo’ladigan avariyalar oqibatini tugatish tartibi, talofat ko’rganlar soniga, ularning holatiga, talofat ko’rgan transport hajmiga, olib ketilayotgan yuk tavsifiga, joyning relyefiga, ob-havo sharoitiga, kunning vaqtiga va boshqa omillarga qarab olib boriladi.Shuning uchun favqulotda vaziyatlar tavsifiga qarab fuqarolar muhofazasi tizimlari o’z yo’nalishlarini amalga oshirishda huquqiy hujjatlarga asoslangan holda olib boradilar.
  • FV larni oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar:
  • Rejaviy-profilaktik ko’rik va texnik taʼmirlash ishlarini o’z vaqtida o’tkazilishi, transport turini ishlatish muddati qoidalari talablariga amal qilish, boshqarishi va aloqa tizimlarining ish sifatini oshirish, dispetcherlik xizmatini yaxshilash, bundan tashqari xodimlarning bilimi va tajribasini oshirib borish va x.k.

4. Aviatsiya (havo) transportida sodir bo’ladigan halokatlar

  • Аviatsiyada avariya – aviatexnikalarning biror elementlarining ishlamay qolishi, bevaqt ob-xavoning o’zgarishi, uchish-qo’nish qoidalarining noto’g’ri bajarilishi oqibatida sodir bo’ladi. Baʼzan katta avariyalar ikkita aviatexnikaning bir-biri bilan to’qnashishi yoki yerga, qushlarga urilishi oqibatida xam sodir bo’ladi. Аviatsiya avariyalari ko’pchilik hollarda fojealar bilan yakunlanadi.
  • Аviatsiyadagi avariyalarda qutkarish va tuzatish ishlarini ikki guruhga bo’lish mumkin:
  • a) Boshkarayotgan ekipaj xodimlari tomonidan kamchilikni tugatish ishlari;
  • b) Yerdagi xizmatchilarning olib boradigan ishlari.

Аviatsiyadagi avariya juda tezlik bilan hal qilinishi lozim. Imkoni boricha aviatexnikadagi kamchilikni to’g’rilash, iloji bo’lmasa, darhol yerga qo’ndirish maqsadga muvofiqdir. Bunda albatta, ekipaj komandiri va aerodrom boshligi butun maʼsuliyatni o’z zimmalariga oladilar.

  • Аviatsiyadagi avariya juda tezlik bilan hal qilinishi lozim. Imkoni boricha aviatexnikadagi kamchilikni to’g’rilash, iloji bo’lmasa, darhol yerga qo’ndirish maqsadga muvofiqdir. Bunda albatta, ekipaj komandiri va aerodrom boshligi butun maʼsuliyatni o’z zimmalariga oladilar.
  • Аviatexnikani qo’ndirish chogida qidiruv, avaria-qutkaruv, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, evakuatsiya xamda fuqarolar muhofazasining boshqa qismlari qatnashadi.
  • Bu xildagi avariyalar yer yuzida tez-tez uchrab turadi. Jumladan, O’zbekiston aviatsiyasida ham bunday hodisa ro’y bergan va falokat bilan yakunlangan xollar mavjud. Masalan, 1979 yil avgust oyida «Paxtakor» futbol komandasi aʼzolari tushgan samalyot Minskka ketayotganda osmonda boshqa samalyot bilan to’qnashib, fojea bilan yakunlangan edi. Buni albatta, respublikada yashovchi xar bir fuqaro yaxshi biladi.

Xulosa

  • Transport avariyalari texnogen tusdagi favqulotda vaziyatlar ichida turli xavf va fojealarni keltirish darajasi bo’yicha yuqori ko’rsatkichga ega halokatlardan biri hisoblanadi.Barcha transport turlarida kelib chiqishi mumkun bo’lgan xavf-xatarlar faqatgina o’z vaqtida oldi olinsagina, insonlar va boshqa yuklar bilan bo’ladigan turli fojea ya’ni katastrofalarning sodir bo’lish ehtimoli kamayadi.Bunda barcha transport vositasidan foydalanuvchi insonlar harakat va xavfsizlik qoidalariga uzluksiz ravishda amal qilishlari, shuningdek favqulotda xizmat qiluvchilarning o’z vaqtida fojeani oldini olishga bo’lgan say-harakatlari muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, fuqaro muxofazasi tizimlarida xizmat qiluvchilar ro’y beradigan barcha tabiiy ofat oqibatlarini tugatishda hamda avariya va falokat bo’lganda birinchi yordamga keladigan tizimlardan biri hisoblanib, ularning eng asosiy vazifasi odamlarni turli xavf-xatarlardan qutqarish hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • 1. O’zbekiston Respublikasi “Favqulotda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to’grisida”gi Vazirlar Maxkamasining 1997-yil 23-dekabr 558-sonli qarori
  • 2.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, T, 1999-yil
  • 3.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni “O’zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to’g’risida”1996,04,03
  • 4.I.Nig’matov, M.Tojiyev “Favqulotda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi” T, 2011-yil
  • 5.Гражданская защита (центральное издание МЧС России) М, 2002
  • Lex.uz
  • geografiya.uz

Download 13.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling