Mustaqil ish Guruh: 13V-22 tja bajardi: Saitmurodov Nodirbek Qabul qildi: Sayidova M. 2022-2023 Mavzu: O’zbekiston mustaqilligi huquqiy asoslarining yaratilishi


Download 0.52 Mb.
bet1/2
Sana25.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1118699
  1   2
Bog'liq
mustaqil ish


Navoiy kon-metallurgiya kombinati
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
“Energo-Mexanika” fakulteti
O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan


Mustaqil ish

Guruh: 13V-22 TJA


Bajardi: Saitmurodov Nodirbek
Qabul qildi: Sayidova M.

2022-2023
Mavzu:O’zbekiston mustaqilligi huquqiy asoslarining yaratilishi
Reja:
1. Mustaqillik – o’zlikni anglash huquqi demakdir. 2. Mustaqillik – siyosiy o’zlikni anglash huquqidir.
3. Konstitutsiyamiz – bosh qomusimiz.
4. Hurriyat – egalik huquqidan boshlanadi.

Prezidentimiz Islom Karimov 1991 yilning noyabr oyida “Millatning kuchi erishilgan istiqlolni eplashda ko‘rinadi” degan purma’no so‘zlarni aytgan edi. Darhaqiqat, har qanday fidoyilik, jasorat erishilgan narsalarni himoya qilishda namoyon bo‘ladi. Buning uchun esa insonda muqaddas biladigan, e’zozlaydigan, jon-jahdi bilan himoya qiladigan teran anglangan qadriyatlari, moddiy, ma’naviy, siyosiy mulki bo‘lishi kerak.


Mustaqillik — davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir. U BMT Ustavi va xalqaro shartnomalar va deklaratsiyalart mustahkamlab qoʻyilgan.
Unga rioya qilish hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy vazifasidir. Davlatning suvereniteti uning boshqa davlatlar bilan munosabatlaridagi mustakilligini ham bildiradi. M. davlatning faqat siyosiy emas, balki iqtisodiy mustaqilligini ham anglatadi.
M. insoniyatning azaldan orzu-umidi boʻlib kelgan. Ana shu gʻoya asosida AQSH, Fransiya, Lotin Amerikasi mamlakatlarida inqiloblar yuz berdi. 20-asrning 90-yillariga kelib sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tartibotlar qaror topa boshladi. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, uning oʻrnida bir necha mu-staqil respublika, Chexoslavakiya Sotsialistik Respublikasi ikkiga boʻlinib, Chexiya va Slovakiya suveren davlatlari vujudga keldi. Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi birlashib, nemislar yashaydigan hududda sotsialistik tuzum barham topdi. Ayni chogʻda, sobiq SSSR parchalanib uning oʻrnida mustaqil taraqqiyot yoʻlini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi. Boshqacha qilib aytganda bu davrga kelib M.ka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan jarayonga aylandi. Oʻzbekistonning M.ka erishishi ana shu olamshumul jarayon tarkibida yuz berdi.
M. imkoniyatlarini oldindan payqagan, mamlakat ijtimoiysiyosiy jarayonlarining borishini toʻgʻri kuzatib, toʻgʻri baholay bilgan Oʻzbekiston ittifokdoshlari orasida birinchilardan boʻlib, oʻz mustaqilligini eʼlon qildi: 1991 yil 31 avg . kuni kabul kilingan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi toʻgʻrisidagi Bayonot Oʻzbekiston hukumatining siyosiy yoʻlini toʻla qonunlashtirib berdi. 1991 yilning avg .ida "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilindi va ana shu qonun doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining bundan keyin Oʻzbekiston SSRni Oʻzbekiston Respublikasi deb atash, 1-sentyabrni Mustakillik kuni deb eʼlon qilish, Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ittifoqning va uning tarkibiga kiradigan barcha mustaqil davlatlarning oliy qonun chiqaruvchi idoralariga, barcha xorijiy davlatlarga va jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, ularni res-publikaning davlat mustaqilligi eʼlon qilingan hujjatni tan olishga daʼvat etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki huquqiy poydevori edi.
"Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi qonun 17 moddadan iborat boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi. Qonunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi oʻz tarkibidagi Qoraqal-pogʻiston Respublikasi bilan birga mustaqil demokratik davlat deb eʼlon qilindi. Oʻzbek xalqi oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqiga ega boʻldi, xalq davlat hokimiyatining birdanbir sohibi, egasi, xoʻjayini boʻlib qoldi. Oʻzbekiston mustaqilligi respublikada adolatli, demokratik, insonparvar jamiyat qurish uchun yoʻl ochib berdi, oʻz milliy davlatchiligini barpo qilishga imkoniyat yaratdi.
M. tufayli Oʻzbekiston xalqaro miqyosda oʻzini tanitish, ayni chogʻda xalq-aro huquq meʼyorlari asosida jahondagi barcha davlatlar bilan teng hamkorlik qilish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Jahon haritasida Oʻzbekiston yangi, yosh mustaqil davlat sifatida oʻz oʻrniga ega boʻldi.
Iqtisodiyotda tub oʻzgarishlar qilish uchun imkoniyat yaratildi. Yaʼni jahon amaliyoti isbotlagan bozor iqtisodiyotiga oʻtish uchun sharoit barpo etildi. Mulkka munosabat tubdan oʻzgarib, jamiyatda yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish uchun imkon ochildi.
M. xalqning maʼnaviy uygʻonishi uchun toʻla imkoniyat yaratdi. Yurt tarixi, qadimiy madaniyat tiklana boshladi. Xalqining azaliy urf-odatlari, maʼnaviy qadriyatlari unga qaytarib berildi. Dinga munosabat mutlaqo ijobiy tomonga oʻzgardi. Shunday qilib, qoʻlga kiritilgan M. oʻzbek xalqi tarixida tamoman yangi davrni boshlab berdi, milliy dunyoqarashda yangicha tafakkur shakllana bordi. Xalq kelajakka ishonch bilan qaray boshladi. Oʻz yurtining toʻla xoʻjay-ini ekanligini, oʻz takdirini oʻzi belgilash imkoniyatini qoʻlga kiritganligini his qila boshladi.
Dunyo xaritasida paydo bo'lgan yosh mustaqil davlatlar safida O'zbekiston Respublikasining mavjudligi jahonda yuz bergan va kelajak uchun tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan ulkan voqeadir. Respublika Oliy Kengashi o'zining 1990 yil 24 martdagi sessiyasida o'sha paytdagi SSSR respublikalari ichida birinchi bo'lib O'zbekistonda prezidentlik lavozimini ta'sis etish haqidagi qaror qilindi. O'sha sessiyada o'tkaziladigan saylovda O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining birinchi kotibi Islom Abdug'aniyevich Karimov yashirin ovoz berish yo'li bilan O'zbekistonning birinchi Prezidenti etib saylandi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991 yilning 31 avgustida «O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to`g`risidagi qonun» qabul qilish ushbu qonun doirasida O`zbekiston SSRni bundan keyin O`zbekiston Respublikasi deb atash, 1 sentabrni Mustaqillik kuni deb e'lon qilish, O`zbekiston Konstitutsiyasiga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritish, shuningdek ittifoqning va uning tarkibiga kiradigan barcha mustaqil davlatlarning oliy qonun chiqaruvchi idoralariga, barcha xorijiy davlatlarga va jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, ularni respublikaning davlat mustaqilligi e'lon qilingan hujjatini tan olishga da'vat etish to`g`risida qaror qabul qildi. Bu bevosita O`zbekiston mustaqilligining dastlabki huquqiy poydevori edi.



O`ZBEKISTONNING MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI
I. O`zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o`z hududida barcha tarkibiy qismlari da va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir.
2. O`zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo`yilmay turib, o`zgartirilishi mumkin emas.
3. O`zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bo`linmas qismlari ustidan amalga oshiriladi va shu hududda yashaydigan aholiga taalluqlidir.
4.SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O`zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O`zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O`zbekiston SSR hududida kuchga ega bo`ladi.
5. O`zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O`zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi.
6. O`zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi va hurmat qiladi.
7. O`zbekiston SSR ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan o`zining siyosiy, iqtisodiy, madaniy v a boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida belgilaydi va amalga oshiradi.
8. O`zbekiston SSR o`zining taraqqiyot yo`lini, o`z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq, madhiya) o`zi ta'sis etadi.
9. Qoraqalpog`iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi mustaqilligini Muxtor Respublika Konstitutsiyasi ta'min etadi. O`zbekiston SSR uning Asosiy Qonuni va O`zbekiston SSR Konstitutsiyasi asosida Qoraqalpog`iston MSSR manfaatlarini
himoya qiladi.
10. O`zbekiston SSRning qonun chiqaruvchi hokimiyati O`zbekiston SSR davlat mustaqilligini amalga oshiris h uchun zarur bo`lgan qonunlarni ishlab chiqadi. O`zbekiston SSRning siyosiy va iqtisodiy sistemalari tarki bini va qurilishini belgilaydi.
11. O`zbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik huquqiy davlat tuzishga qaror qilganini bildiradi, O`zbekiston SSRda yashayotgan barcha millat va elatlarning qonuniy, siyosiy, iqtisodiy, etnik, madaniy huquqlarga hamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi.
12. Ushbu Deklaratsiya O`zbekiston SSRning yangi Konstitutsiyasini hamda yangi ittifoq shartnomasini ishlab chiqish uchun asosdir.
O'zbekiston davlat mustaqilligini jahon xamjamiyati, Xalqaro jamoatchilik qo'llab- quvvatladi. Xozir dunyodagi 165 mamlakat O'zbekiston davlat mustaqilligini tan olgan. Tarixda ilk bor, 1992 yilning 2 martida O'zbekiston Xalqaro huquqining teng huquqli sub'ekti, mustaqil, yosh suveren davlat sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi va BMT binosi oldida uning Davlat Bayrog'i kutarildi. Mustaqillik siyosiy sohada – O'zbekistonning milliy manfaatlari va istiqboliga mos keladigan ichki va tashqi siyosatni o'zi istaganicha, biron-bir buyuk davlatning ta'siri doirasiga tushib qolmasdan, buyruklarga quloq solmasdan, o'z xalqi irodasi asosida olib borish va amalga oshirish huquqiga ega bo'lishdir.
 O’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritish uchun boshlangan bu harakat natijasi o’laroq, 1991 yil 31- avgustda O’zbekiston Oliy Kengashining o’n ikkinchi chaqiriq navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida Prezidentimiz tomonidan O’zbekistonning davlat mustaqilligi e’lon qilindi va shu kunning o’zida O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik deklaratsiyasi va Davlat mustaqilligi to’g’risidagi bayonotga asoslanib Respublika Oliy Kengashi O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to’g’risidagi Konstitutsiyaviy qonunni qabul qildi.
 Yuqorida qayd etilgan jarayonlar va qabul qilingan Konstitutsiyaviy qonun keyingi bosqichda, aniqrog’i 1992 yil 8 dekabrda inson huquqlari, erkinlik, barqarorlik va taraqqiyot majmuini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, xalqaro huquq printsiplari va normalarini ifodalaydigan huquqiy demokratik davlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishning istiqbolli yollarini belgilab bergan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishiga asos bo’lib xizmat qildi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining asosiy prinsiplari - Davlat suvereniteti. - Xalq xokimiyatchiligi. - Fuqaro (inson) erkinliklari va huquqlarining dahlsiz va ustivorligi. - Demokratizm. - Davlat va shaxsning o'zaro mas'ulligi. - Qonuniylik. - Konstitusiyaning ustunligi. - Xokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatiga bo'linishi. - Mahalliy o'z-o'zini boshqarish. - Sud (idoralari) tuzilishi va sudlov.
Mustaqillik Qomusi deb nom olgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ungacha bolgan davrda amal qilgan konstitutsiyalardan tubdan farq qilgan holda, inson, uning hayoti, erkinligi, shani, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlarini oliy qadriyat sifatida etirof etib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini davlat manfaatlaridan ustun qilib belgiladi.
Prezidentimiz Islom Karimov 1991 yilning noyabr oyida “Millatning kuchi erishilgan istiqlolni eplashda ko‘rinadi” degan purma’no so‘zlarni aytgan edi. Darhaqiqat, har qanday fidoyilik, jasorat erishilgan narsalarni himoya qilishda namoyon bo‘ladi. Buning uchun esa insonda muqaddas biladigan, e’zozlaydigan, jon-jahdi bilan himoya qiladigan teran anglangan qadriyatlari, moddiy, ma’naviy, siyosiy mulki bo‘lishi kerak.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling