Mustaqil ish mavzu: modellarning turkumlanishi


Download 279.1 Kb.
Sana07.04.2020
Hajmi279.1 Kb.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Axborot xavfsizligini ta’minlash

kafedrasi

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanidan



MUSTAQIL ISH
MAVZU: MODELLARNING TURKUMLANISHI

Bajardi: 401-19 guruh talabasi G.A.Jo’rayeva

Tekshirdi: t.f.n dotsent A.A.G’aniyev

Toshkent-2019



Mundarija





Kirish……………………………………………………………………..

3

1.

Model va modellashtisrish tushunchasi………………………………..

4

2.

Modellarning turkumlanishi………….………………………………...

5




Xulosa…………………………………………………………………….

8




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati……………………………………

9


Kirish
Insoniyatni farovon hayot shartsharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat tashqi dunyoning turli hodisalarini o`rganishi tabiiy holdir.

Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan xossalarinigina o`rganadi. Masalan, geologlar yerning rivojlanish tarixini, ya`ni qachon, qaerda va qanday hayvonlar yashaganligi, o`simliklar o`sganligi, iqlim qanday o`zgarganligini o`rganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida yordam beradi. Lekin ular yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini o`rganishmaydi bu bilan tarixchilar shug`ullanadi.

Atrofimizdagi dunyoni o`rganish natijasida noaniq, va to`liq bo`lmagan ma`lumotlar olinishi mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit etmaydi. Ular asosida o`rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model ularning xususiyatlarini mumkin qadar to`laroq akslantirishi zarur.

Modelning taqribiylik xarakteri turli ko`rinishda namoyon bo`lishi mumkin. Masalan, tajriba o`tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqdigi olinayotgan natijaning aniqligiga ta`sir etadi.



1. Model va modellashtirish tushunchasi
Ko‘p hollarda ma’lum bir sohaga oid izlanishlar olib borilayotganda haqiqiy ob’ekt emas, balki uning qandaydir ma’nodagi nusxasi o‘rganiladi. Bunga, bir tomondan, ma’lum bir sabablarga ko‘ra (chaqmoqning turg‘un emasligi, quyoshning uzoqligi, ob’ekt bilan ishlash katta mablag‘ talab etishi yoki inson hayotiga havf solishi va hokazo) haqiqiy ob’ektni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rganishning ilojisi bo‘lmasa, ikkinchi tomondan izlanishlar uchun ob’ektning qandaydir ma’nodagi nusxasini o‘rganishning o’zi ham yetarli bo‘ladi. Albatta, bu hollarda ob’ektning nusxasi izlanish olib borilayotgan sohaning talablariga to’liq javob berishi kerak bo‘ladi.

Model – haqiqiy ob’ektning izlanish olib borilayotgan sohaning ma’lum talablariga javob beradigan nusxasidir.

Model so‘zi (lotincha modulus – o‘lchov, me’yor) sizga samolyotsozlik, mashinasozlik yoki kemasozlik to‘garaklari orqali tanishdir. Hayotda ob’ektlarning modellariga juda ko‘p misollar keltirish mumkin. Masalan, yerning modellari bo‘lib globus yoki xarita; samolyotning modeli bo‘lib kichiklashtirilgan nusxasi, avtomashinaning modeli bo‘lib siz bilgan o‘yinchoqlar; chaqmoqning modeli bo‘lib yuqori kuchlanishli elektr manbaidagi qisqa tutashuv yoki payvandlash elektrodining yonishi; insonning modeli bo‘lib uning hujayrasi yoki qo‘g‘irchoq yoki fotosurati; inson miyasining hisoblashga oid modeli bo‘lib kalkulyator yoki kompyuter xizmat qiladi.

Haqiqiy ob’ekt va uning modeli o‘tkazilayotgan tajribalarda bir xil natija bersagina izla­nish olib borilayotgan soha talablariga javob beradi. Masalan, samolyot va uning kichik nusxasi bo‘lgan model bir xil aerodinamik qonunlarga bo‘ysunadi. Model uchun topilgan natijalar haqiqiy samolyot uchun ham o‘rinlidir. Loyihalashtirilgan haqiqiy samolyot qurilgach, uni laboratoriyadagi maxsus qurilmalar – samolyotga havo oqimini yuboruvchi stendlarda sinab ko‘riladi. Bu holda laboratoriyadagi stendlar atmosferaning modeli bo‘lib xizmat qiladi.

Hayotda shunday jarayonlar bo‘ladiki, ularning modeli sifatida matematik munosabatlar va formulalar qaraladi. Bu holda tanlangan model haqiqiy ob’ektning xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi zarur, ya’ni o‘rganilayotgan ob’ekt va tanlangan model xususiyatlari bir xil munosabat va formulalar orqali ifodalanishi lozim. Model tushunchasi biologiya, medistina, ximiya, fizika, iktisodiyot, sostiologiya, demografiya va boshqa fanlarda ham ko‘llaniladi.

Modelni qurish jarayoniga modellashtirish deyiladi.

Modellashtirish - bilish ob`ektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari yordamida tadqiq qilish mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o`rganishdir.

Modellash uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba`zi hollarda esa murakkab ob`ektlarni o`rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum ob`ekt, olisda joylashgan ob`ektlar, juda kichik hajmdagi ob`ektlarni o`rganishda modellashtirishning ahamiyati katta. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, iqtisod fanlarida ob`ektning faqat ma`lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda ham foydalaniladi.


2. Modellarning turkumlanishi
Modellar ob’ektlarni ifodalash vositalarini tanlashga qarab quyidagi sxemada tasvirlanganidek uch asosiy turga bo‘linadi:




1. Abstrakt modellar o‘z navbatida ikki guruhga bo‘linadi: matematik va iqtisodiy matematik modellar.

Matematik modellar ob’ektning tuzilishi va o‘zaro bog‘lanish qonuniyatlarining matematik munosabatlar, formulalar va matematik-mantiqiy tavsifidan iborat.

Matematik modellar tirik organizmlarning tuzilishi, o`zaro aloqasi, vazifasiga oid qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo`lib, tajriba ma`lumotlariga ko`ra yoki mantiqiy asosda tuziladi, so`ngra tajriba yo`li bilan tekshirib ko`riladi.

Biologik hodisalarning matematik modellarini kompyuterda o`rganish tekshirilayotgan biologik jarayonning o`zgarish xarakterini oldindan bilish imkonini beradi. Shuni ta`kidlash kerakki, bunday jarayonlarni tajriba yo`li bilan tashkil qilish va o`tkazish ba`zan juda qiyin kechadi. Matematik va matematik-mantiqiy modelning yaratilishi, takomillashishi va ulardan foydalanish matematik hamda nazariy biologiyaning rivojlanishiga qulay sharoit tug`diradi.

O‘rganilayotgan ob’ekt tavsiflarining matematik munosabatlar, belgilar va bog‘lanishlar orqali ifodasi matematik model deb ataladi.

O‘rganilayotgan ob’ektning matematik munosabatlar va belgilar orqali ifodalash jarayoni matematik modellashtirish deb ataladi.

Masalan, satrlar sonini topish masalasi kvadrat tenglama ko‘rinishida ifodalandi. Demak, masalani kvadrat tenglama ko‘rinishida ifodalash jarayoni matematik modellashtirish, mos tenglama esa masalaning matematik modeli bo‘lar ekan. Huddi shunday, Arximed kuchi, Pifagor teoremasi va perimetr formulasi ham matematik model bo’ladi.

Matematik modellashtirish jarayoni qadimdan astronomiya, kimyo va fizika fanlarida qo‘llab kelingan. Misol sifatida Neptun planetasining kashf etilishini olish mumkin. 1846 yilda fransuz astronomi U.Leverye Uran planetasining g‘ayritabiiy harakatlanishiga Quyosh sistemasining o‘sha paytgacha noma’lum bo‘lgan planetasi sababchi ekanligini matematik isbotlab bergan. Shu yili Leveryening ko‘rsatmalariga asoslanib nemis astronomi Galley Neptun planetasini teles­kop orqali kuzata olgan.

Kimyoviy reaksiyalaning matematik modeliga misollar:



  1. Xlor bilan natriyning birikish reaksiyasi: ;

  2. Tabiiy gazdan oltingugurt ajratib olish reaksiyasi: .

Fizik hodisalarning matematik modeliga quyidagilar misol bo‘ladi:

  1. Nyutonning ikkinchi qonuni, ya’ni jismga ta’sir etayotgan kuchning formulasi: , bu yerda m – jism massasi, atezlanish;

  2. Nyutonning butun olam tortishish qonuni: , bu yerda m1, m2 – bir-biriga ta’sir etayotgan jismlar massalari, R – ular orasidagi masofa, G – gravitatsiya doimiysi.

Iqtisodiy matematik modellar XVIII asrdan qo‘llanila boshlandi. F.Kenening “Iqtisodiy jadvallar”ida birinchi marta butun ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonini shakllanishini ko‘rsatib berishga harakat qilingan. Hozirgi kunda iqtisodiy modellar yordamida iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari tekshiriladi. Turli iqtisodiy ko‘rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, iste’mol, ish bilan bandlik, jamg‘armalar, investitsiya ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun murakkab iqtisodiy modellar qo‘llaniladi. Mustaqillik O’zbekistonning 5 tamoyil asosida bozor iqtisodiga o’tish modeli ham iqtisodiy matematik modelning asosini tashkil etadi.

Iqtisodiy sohadagi modellar: iqtisodiy – matematik va iqtisodiy – statistikga bo’linadi.



2. Fizik modellarda ob’ektning tabiati va tuzilishi deyarli asl nusxasi kabi bo‘ladi, lekin undan miqdor (o‘lchami, tezligi va hokazo) jihatidan farq qiladi. Misol sifatida samolyot, kema, avtomobil, poyezd va boshqalarning modellarini olish mumkin.

3. Biologik model esa turli jonli ob’ektlar va ularning qismlariga (hujayra, organizm va hokazo) xos biologik tuzilish, funksiya va jarayonlarni modellashtirishda qo‘llaniladi. Biologik model odam va hayvonlarda uchraydigan ma’lum bir holat yoki kasalliklarni laboratoriya hayvonlarida sinab ko‘rish imkonini beradi. Masalan, zararli virusni halok etadigan dorini tekshirish uchun insonning o’zida emas, balki uning oz miqdordagi qonidan olib, shu qonning o’zida sinab ko’rilishi yetarli. Bunda shu holat yoki kasallikning kelib chiqish mexanizmi, kechishi, oqibati kabilar tajriba asosida o`rganiladi. Biologik modelda har xil usullar: genetik apparatga ta`sir qilish, mikroblar yuqtirish, ba`zi organlarni olib tashlash yoki ular faoliyati mahsuli bo`lgan garmonlarni kiritish va bosha usullar qo`llaniladi. Bunday modellarda genetika, fiziologiya, farmokologiya sohasidagi bilimlar tadqiq qilinadi.

Modellar foydalanish sohasi bo'yicha turkumlash quyidagi sxemada tasvirlanganidek uch asosiy turga bo‘linadi:



O'quv modellari o'quv mashg'ulotlarda qo'llaniladi. Bu ko'rgazmali qurollar, turli xil simulyatorlar, o'quv dasturlari bo'lishi mumkin.

Tajribali modellar mo'ljallangan ob'ektning qisqartirilgan yoki kattalashtirilgan nusxalari ya’ni tajriba o’tqazishda foydalaniladi.

Ilmiy-texnik modellar jarayonlar va hodisalarni o'rganish uchun yaratiladi. Bunday modellarga chaqmoq elektr zaryadini ishlab chiqaradigan qurilmasi, quyosh sistemasi sayyoralarining harakati modeli, ichki yonish dvigatelining modeli kiradi.

O'yin modellari har xil o'yin turlari, bunday modellar yordamida ziddiyatli vaziyatlarni hal qilish, psixologik yordam ko'rsatish mumkin.

Immitatsion modellari nafaqat haqiqatni turli darajadagi aniqlik bilan aks ettiradi, balki unga taqlid qiladi.

Aniq sonli harakteristikalarga ega bo’lgan modelni sonli model, mantiqiy ifodalar yordamida yozilgan modelni mantiqiy model (masalan, algoritm blok-sxemasi), grafik usuldagi modelni grafik model (masalan, grafiklar, diagrammalar, rasmlar), EXM yordamida ro’yobga chiqarilgan modelni mashina (elektron) modeli deyiladi.




Xulosa
Turli xil fanlar ob'ektlarini va jarayonlarni turli nuqtai nazardan o'rganadilar va har xil turdagi modellarni quradilar. Bu modellar asosida ob’ektlarning tarkibi, tuziulishi, asosiy xossalari, rivojlanish qonunlari va tashqi dunyo bilan o’zaro ta’sirini tushunish, ob’ektni boshqarishni o’rganish va berilgan maqsad va kriteriyalarda boshqarishning eng yaxshi usullarini aniqlash, tajribalar o’tkazish va xulosalar chiqarish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1. A.A. Yo’ldoshev “Matematik modellashtirish” fanidan ”Modulli o’qitish ta’lim texnologiyalari” o’quv uslubiy qo’llanma, Buxoro 2014, 105 bet

2. https://tami.uz/matnga_qarang.php?id=100



3. http://kompy.info/1-soatlik-dars-ishlanmasi-2-v2.html


Download 279.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling