Mustaqil ish mavzu: O’zbekiston Respublikasi uy-joy kodeksining mazmuni, tarkibi va tartibga solinish dastaklari. Bajardi: Inson resurslarini boshqarish yo’nalishi sirbu 20 guruh talabasi Nabiyeva Nozima Sobir qizi


O’zbekiston Respublikasi uy-joy kodeksining mazmuni


Download 37.84 Kb.
bet3/7
Sana08.12.2022
Hajmi37.84 Kb.
#980630
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Набиева Н.С. Ижтимоий соха иктисодиёти
1-тема. топшириқлар, masqaraboz asari, Mustaqil ish 051-20(sirtqi) Ganiyev A.S. 2-sem. 2020-2021 — копия, Собиров Ш.Т. Ижтимоий соха иктисодиёти, Didox.uz, hemis uchun, Оралиқ назорат саволлари макро1 (1), Жорий назорат саволлари (2), Амир доверенность Аэропорт, 4-mavzu Zamonaviy (amaliy) moliyaviy infratuzilma va moliyaviy tizimni tartibga solish
O’zbekiston Respublikasi uy-joy kodeksining mazmuni.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning uy-joy huquqiy usuli uy-joy munosabatlarini tartibga soluvchi yuridik vositalar, usullar yig'inidisidir. Fuqarolik huquqidagi qat'iy tusda bo'lgan dispozitivlik usulidan farqli ravishda uy-joy huquqida imperativ va dispozitiv usullarning uyg'unligidan foydalaniladi.
Imperativ usul bajarilish majburiy bo'lgan ko‘rsatmalar, majburiyatlar, taqiqlarga rioya qilishga asoslanadi. Binobarin, imperativ usul — bu davlat tomonidan belgilangan subyektning majburiy xulq-atrorini ta'minlashga qaratilgan usuldir.
Agar munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyidan ikki va undan ortiq ijaraga oluvchi yashaydigan kvartirada boshqa turarjoydan alohida bo'lmagan va shu turarjoyga tutash xona bo'shab qolsa, bu xona foydalanish uchun tutash xonani ijaraga oluvchiga berilishi kerak. Agar kvartiradagi alohida xona bo‘shasa, u belgilangan norma bo‘yicha uy-joy maydoni bilan ta'minlanmagan ijaraga oluvchiga beriladi. Agar kvartirada belgilangan norma bo‘yicha uy-joy maydoni bilan ta'minlanmagan bir necha ijaraga oluvchi bo‘lsa, oilasi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga eng ko'p muhtoj bo'lgan ijaraga oluvchi bo‘shagan xonani olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi. Ijaraga oluvchi (ijaraga oluvchilar) bo‘shagan xonaga joylashishni rad etgan taqdirda, u umumiy tartibda beriladi (UJKning 44-moddasi).
Dispozitivlik — bu subyektlarga muxtoriyat, ruxsat, tashabbus berish usulidir. Xususan, UJKning 106-moddasi 4-qismiga binoan, turarjoylarni almashtirish aynan bir uydagi yoki turli uylardagi turarjoylarda, shu jumladan turli aholi punktlarida joylashgan turarjoylarda yashayotgan fuqarolar o'rtasida ham amalga oshirilishi mumkin. Aynan shunday qoida UJKning 66-moddasida ham belgilangan bo‘lib, unga muvofiq, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turarjoyni ijaraga berish shartnomasi faqat ijaraga oluvchi, uning voyaga yetgan oila a'zolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar hamda ijaraga beruvchining roziligi bilan o'zgartirilishi mumkin.
Ijaraga oluvchi, uning voyaga yetgan oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning talabi bo‘yicha shartnoma voyaga yetgan oila a'zolaridan biri bilan tuzilishi mumkin. Ijaraga oluvchi turarjoydan ko'chib ketgan yoki u vafot etgan taqdirda shartnoma ushbu turarjoyda yashayotgan voyaga yetgan oila a'zolaridan biri bilan tuziladi.
Oila a'zosining ijaraga oluvchi deb tan olinishi munosabati bilan yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi. Uy-joy huquqi o‘zining asosiy tamoyillariga ega.
Uy-joy huquqining tamoyillari deganda, uy-joy huquqiy tartibga solishning asosiy qoidalari tushuniladi va ularga quyidagilar kiradi:
1) turarjoyning daxlsizligi;
2) turarjoydan o‘zboshimchalik bilan mahrum qilishga yo‘l qo'yilmasligi;
3) turarjoy tanlash huquqining erkinligi;
4) uy-joy fondidan fovdalanishga ruxsat etilishi;
5) uy-joy fondidan maqsadli foydalanish.
Turarjoyning daxlsizligi — bu konstitutsiyaviy tamoyil bo‘lib, keyinchalik boshqa qonunchilikda ham o‘z ifodasini topgan. Jumladan, Konstitutsiyaning 27-moddasiga ko‘ra, har kim o‘z sha'ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turarjoyi daxlsizligi huquqiga ega.

Download 37.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling