Mustaqil ish mavzu: O’zbekiston Respublikasi uy-joy kodeksining mazmuni, tarkibi va tartibga solinish dastaklari. Bajardi: Inson resurslarini boshqarish yo’nalishi sirbu 20 guruh talabasi Nabiyeva Nozima Sobir qizi


O’zbekiston Respublikasi uy-joy kodeksining tarkibi va tartibga solinish dastaklari


Download 37.84 Kb.
bet4/7
Sana08.12.2022
Hajmi37.84 Kb.
#980630
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Набиева Н.С. Ижтимоий соха иктисодиёти
1-тема. топшириқлар, masqaraboz asari, Mustaqil ish 051-20(sirtqi) Ganiyev A.S. 2-sem. 2020-2021 — копия, Собиров Ш.Т. Ижтимоий соха иктисодиёти, Didox.uz, hemis uchun, Оралиқ назорат саволлари макро1 (1), Жорий назорат саволлари (2), Амир доверенность Аэропорт, 4-mavzu Zamonaviy (amaliy) moliyaviy infratuzilma va moliyaviy tizimni tartibga solish
O’zbekiston Respublikasi uy-joy kodeksining tarkibi va tartibga solinish dastaklari.
Huquq sohasi sifatida uy-joy huquqi normalarini turli asoslardan kelib chiqib tizimlashtirish mumkin. Bunda tizimlashtirishning eng maqbul usuli bo’lib, munosabatlarni amaldagi Uy-joy kodeksi (UJK) da belgilangan asosda tartibga solish hisoblanadi.
1. Umumiy qaidalar. Mazkur bo'limda asosiy qoidalar, uy-joy to'g'risidagi qonun hujjatlari, uy-joy to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi ishtiroki o‘z ifodasini topgan.
Shuningdek, ushbu bo'limda uy-joy fondi tushunchasi, uy-joy fondi turlari, turarjoy, undan foydalanish turlari, turarjoylarning turlari, turarjoyga bo’lgan mulk huquqi, turarjoyga mulkchilik, egalik qilish munosabatlarining o'zgarishi, turarjoyga bo'lgan mulk huquqini, boshqa ashyoviy huquqlarni hamda turarjoyga oid bitimlarni davlat ro‘yxatidan o’tkazish, turarjoyga bo'lgan mulk huquqi vujudga kelishi, boshqaga o'tishining xususiyatlari, turarjoyni yashash uchun mo'ljallanmagan joyga o'tkazish, ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo’ljallanmagan joylardan foydalanish, ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlari, bog'dorchilik va boshqa yer uchastkalarida joylashgan imoratlarni uylar deb tan olish, uylar va turarjoylarni uy-joy fondidan chiqarish, davlat tomonidan tekinga uy-joy berish, uy-joy fondini davlat yo’li bilan hisobga olish, uy-joy fondidan foydalanish va uni saqlash ustidan davlat nazorati kabi holatlar belgilangan.
2. Xususiy uy-joy fondi. Mazkur bo'limda fuqarolar va yuridik shaxslarning turarjoyni xususiy mulk qilib olishi asoslari, fuqarolarga va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan turarjoylardan foydalanish huquqi, uyni, kvartira mulkdorining huquq va majburiyatlari, fuqarolar va yuridik shaxslarga tegishli uylar, kvartiradagi turarjoylarni ijaraga, arendaga berish asoslari va tartibi, turarjoyni almashtirish, yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilish munosabati bilan uyi (kvartirasi) buzilishi lozim bo‘lgan fuqarolarni turarjoy bilan ta'minlash, yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan uy (kvartira)lar buzilganda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish, yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararni yuridik shaxslarga qoplash, buzilishi lozim bo‘lgan uylar, imoratlar va inshootlarning ko'chirilishi, uy (kvartira)lar buzilishi lozim bo’lgan fuqarolar va yuridik shaxslar uchun yangi joyda uylar, imoratlar barpo etish, mulkdor oila a'zolarining, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning huquq va majburiyatlari, fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan turarjoyni ijaraga, arendaga berish shartnomasi bo'yicha ijaraga, arendaga oluvchining huquqlari, turarjoyni ijaraga, arendaga berish haqi kabi jihatlar yoritilgan.

Download 37.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling