Mustaqil ish mavzu: O’zbekiston Respublikasi uy-joy kodeksining mazmuni, tarkibi va tartibga solinish dastaklari. Bajardi: Inson resurslarini boshqarish yo’nalishi sirbu 20 guruh talabasi Nabiyeva Nozima Sobir qizi


Uy-joy kodeksi bilan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarning huquqlari himoya qilinmoqda


Download 37.84 Kb.
bet7/7
Sana08.12.2022
Hajmi37.84 Kb.
#980630
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Набиева Н.С. Ижтимоий соха иктисодиёти
1-тема. топшириқлар, masqaraboz asari, Mustaqil ish 051-20(sirtqi) Ganiyev A.S. 2-sem. 2020-2021 — копия, Собиров Ш.Т. Ижтимоий соха иктисодиёти, Didox.uz, hemis uchun, Оралиқ назорат саволлари макро1 (1), Жорий назорат саволлари (2), Амир доверенность Аэропорт, 4-mavzu Zamonaviy (amaliy) moliyaviy infratuzilma va moliyaviy tizimni tartibga solish
Uy-joy kodeksi bilan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarning huquqlari himoya qilinmoqda.
Bugungi kunda Oliy Majlis qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo'mitasida mutaxassislar ishtirokida “O'zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini tasdiqlash haqida”gi qonun loyihasini ikkinchi o'qishda takomillashtirilmoqda.
Kodeks loyihasi Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasida urbanizaciyani tartibga solishni taʼminlash hamda Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish to'g'risidagi yo'l xaritalari, shuningdek “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Taʼkidlash lozim, uy-joy munosabatlarini huquqiy tartibga solishning yaxlit tizimini mavjud emasligi davlat tomonidan izchil uy-joy siyosatini amalga oshirishni murakkablashtirmoqda. Bugungi kunga qadar, uy-joy munosabatlari qonunchilik hujjatlari orqali tartibga solinib kelinmoqda, Uy-joy kodeksida ular yetarlicha tartibga solinmagan.
Uy-joy kodeksi va Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan ayrim normalar bir-birini takrorlagani yoki ularning mazmuni o'zaro zid kelganligi, huquqni qo'llash jarayonida turli sharhlashlarni, nizoli holatlarni keltirib chiqarmoqda. Keltirib o'tilgan muammo va kamchiliklar yangi tahrirda kodeksi loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish zaruriyatini ko'rsatadi.
Yangi tahrirda ishlab chiqilgan kodeks bilan binolarni turar joy sifatida tasniflash, turar joylar va noturar joylar toifasiga o'tkazish, uy-joy fondini hisobga olish va turar joylarni fonddan chiqarish, davlat uy-joy nazorati, xususiy uy-joy fondining turar joylaridan foydalanish hamda mulkdorlar huquqlarini himoya qilish normalari bilan tartibga solinadi.
Bundan tashqari, ushbu kodeksga uy-joy qurish, ko'p xonadonli uylarni qayta qurish va qayta rejalashtirish, fuqarolarni turar joy bilan taʼminlash, uy-joy kooperativlarini tashkil etish va kooperativ uylardan turar joy olish va ulardan foydalanish bo'yicha aniq normalar kiritilmoqda.
Shu bilan birga, uy-joy va kommunal xizmatlar haqini to'lash, kommunal xizmat ko'rsatuvchi taʼminotchilar, ko'p xonadonli uylarni boshqarish organlari va ko'p xonadonli uylarning joy mulkdorlari o'rtasida foydalanish uchun javobgarlik chegaralarini belgilash hamda umumiy mol-mulk, undan foydalanish va saqlash bilan bog'liq munosabatlar tartibga solinadi.
Kodeks loyihasining qabul qilinishi bilan uy-joy to'g'risidagi qonun hujjatlarining to'g'ridan-to'g'ri amal qilishi taʼminlanadi. O'z navbatida ushbu sohadagi davlat nazorati mexanizmlari o'rnatiladi. Davlat va jamoat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qurilish, rekonstrukciya qilish va buzish ishlarini amalga oshirish tartibi yanada takomillashtiriladi.
Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joydan foydalanishda qonunchilik va normativ hujjatlarga rioya etishdagi masʼuliyati oshadi.
Qo'mitaning fikricha, uy-joy obʼektlarini qurishga tadbirkorlik subʼektlarini keng jalb qilishga erishiladi. Shuningdek, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan izchil davlat uy-joy siyosati amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, ishlab chiqilayotgan kodeks bilan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida fuqarolar, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik kengashlari, komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari O'zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablarini buzmagan holda uy-joy sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Agar turar joyni qayta qurish yoki qayta rejalashtirish fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzishiga sabab bo'lsa hamda ularning hayoti yoki sog'lig'iga xavf tug'dirgan harakat bo'lsa, ularni amalga oshirgan shaxs qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.

Xulosa.
Uy-joy qonunchiligining asosiy manbasi O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan va 1999-yil 1- apreldan kuchga kiritilgan. UJK - 11 bo'lim, 14 bob, 141 moddadan iborat. UJKning o'ziga xos jihatlaridan biri uning barcha bo'limlari ham boblarga ajaratilgan va to’g’ridan-to’g’ri moddalardan tashkil topgan.
Ta’kidlash lozimki, uy-joy munosabatlarini tartibga solishda Fuqarolik kodeksining ayrim moddalari alohida o’rin tutadi. Xususan, FKning 171-moddasi, 210—212-moddaIari va 35-bobi uy-joy munosabatlarini tartibga solish muhim qoidalarini belgilaydi. Masalan, 601-moddasi 3-qismiga ko’ra, aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joyni ijaraga berish shartnomasi uy-joy to’g’isidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar, shartlar va tartibda tuziladi.
Uy-joy munosabatlari Respublikamizda eng ko'p o‘z manbasiga ega bo’lgan munosabat hisoblanadi. Zero, bu munosabatlarni tartibga solish uchun bir qator qonun va qonun osti hujjatlari qabul qilingan. Jumladan, «Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi (07.05.1993-y.) «Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida» (12.04.2006-y.) «Ipoteka to’g‘risida»gi (04.10.2006-y.), «Notariat to‘g‘risida»gi (26.12.1996-y.) «Garov to‘g‘risida»gi (01.05.1998-y.) «Mulkchilik to‘g‘risida»gi (31.10.1990-y.) qonunlar u yoki bu ma'noda uy-joy qonunchiligi tarkibiga kiradi va bu munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar.

  1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent, O’zbekiston. 2012.

  2. O'zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi. Toshkent: Adolat, 2007.

  3. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. — Toshkent: Adolat, 2011

  4. Imomov N.F. - Uy-joy huquqi: darslik

  5. https://kommunal.uz/oz/views/uy-zhoy-kodeksi-bilan-uy-zhoy-sharoitlarini-yahshilashga-muhtozh-fuqarolarning-huquqlari-himoya-qilinmoqda

Download 37.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling