Mustaqil ish mavzu: O’zbekiston Respublikasi uy-joy kodeksining mazmuni, tarkibi va tartibga solinish dastaklari. Bajardi: Inson resurslarini boshqarish yo’nalishi sirbu 20 guruh talabasi Nabiyeva Nozima Sobir qizi


Download 37.84 Kb.
bet1/7
Sana08.12.2022
Hajmi37.84 Kb.
#980630
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Набиева Н.С. Ижтимоий соха иктисодиёти
1-тема. топшириқлар, masqaraboz asari, Mustaqil ish 051-20(sirtqi) Ganiyev A.S. 2-sem. 2020-2021 — копия, Собиров Ш.Т. Ижтимоий соха иктисодиёти, Didox.uz, hemis uchun, Оралиқ назорат саволлари макро1 (1), Жорий назорат саволлари (2), Амир доверенность Аэропорт, 4-mavzu Zamonaviy (amaliy) moliyaviy infratuzilma va moliyaviy tizimni tartibga solish

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“IJTIMOIY SOHA IQTISODIYOTI” FANI

MUSTAQIL ISH
Mavzu: O’zbekiston Respublikasi uy-joy kodeksining mazmuni, tarkibi va tartibga solinish dastaklari.
Bajardi: Inson resurslarini boshqarish yo’nalishi SIRBU - 20 guruh talabasi Nabiyeva Nozima Sobir qizi.
Ilmiy rahbar: ____________________________


TOSHKENT - 2022
Reja:
Kirish.
Asosiy qism:
1. O’zbekiston Respublikasi uy-joy huquqi tushunchasi va tizimi.
2. O’zbekiston Respublikasi uy-joy kodeksining mazmuni.
3. O’zbekiston Respublikasi uy-joy kodeksining tarkibi va tartibga solinish dastaklari.
4. Uy-joy kodeksi bilan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarning huquqlari himoya qilinmoqda.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar.


Kirish.
Kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari orasida turarjoyga bo’lgan ehtiyoj eng birinchi va asosiy ehtiyojlardan biri hisoblanadi. Zero, turarjoyga nisbatan ehtiyoji qondirilmasdan turib, inson xotirjam hayot kechirish va o'zini erkin his qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.
Fuqarolarning turarjoyga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlar hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida yangicha ko’rinish va mazmun kasb etganligini ta'kidlab o‘tish joiz.
Qolaversa, bozor munosabatlari sharoitiga kelib, kishilardagi boqimandalik tuyg‘usi barham topa boshlashi bilan birgalikda, davlatga tegishli bo'lgan turarjoy binolarning katta qismi xususiylashtirildi.
Shu bilan birga xususiy mulkchilikka keng e'tibor berilishi munosabati bilan turarjoylarni xususiylashtirish, yakka tartibda uy-joy qurish, davlatga tegishli bo'lmagan turli lashkilotlarning turarjoylarni qurishi va ularni sotishi, turarjoy huquqi fanining tushunchasi, maqsadi va vazifalarini tubdan o'zgarishiga olib keldi.
Shuningdek, bozor munosabatlari sharoitidagi turarjoy munosabatlarini tartibga soluvchi yangi qonunchilik tizimining shakllanishi ham turarjoy huquqi fanining tushunchasi, predmeti va maqsadini aniqlash zaruriyatini qo‘ymoqda.
Ta'kidlash lozimki, Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng, o'tgan 22 yil ichida boshqa huquq sohalari kabi uy-joy huquqi sohasi ham bozor qonuniyatlari, davlatning shu sohadagi siyosati hamda aholini ijtimoiy himoyalash an'analaridan kelib chiqib rivojlanib bordi. Mustaqillik qo‘lga kiritilgan davrlarda amalda bo'lgan uy-joy qonunchiligi ilgari mavjud bo'lgan davlat mulkining gegemonligidan kelib chiqib, uy-joy munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan edi.
Xususiy mulkchlikning qat’iyan taqiqlanganligi mamlakatda mavjud uy-joylarning asosiy qismi davlat mulki ekanligi o‘sha davrlarda amalda bo'lgan, uy-joy kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan ta'minlangan edi.
Shu bilan birga avvalgi qonun hujjatlarida har bir fuqaroning uy-joyga bo'lgan daxlsizlik huquqi belgilangan bo'lsada, amalda bunday daxlsizlik mavjud bo’lmasdan, davlat hokimiyati organlari qonuniy ruxsatsiz istalgan paytda uy-joyda tintuv o'tkazishlari va shaxsni uy-joydan mahrum etishlari mumkin edi.
Bundan tashqari, avvalgi uy-joy huquqi uchun xos bo'lgan yana bir jihat bu bir shaxsning faqatgina bitta uy-joyga ega bo’lishi lozimligi qoidasining mavjudligi bo’lib, agar shaxs bir vaqtning o'zida ikki yoki undan ortiq turarjoyga ega bo’lsa, bir yil ichida ushbu turarjoylardan bittasini o'zining xohishiga ko‘ra o‘zida qoldirishi va qolganlarini o'zidan begonalashtirishi lozim edi.
1990-yil 31-oktabrda «O'zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi va 1991-yil 19-noyabrda «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g'risida»gi Qonunlarning qabul qilinishi iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichida huquqiy asos sifatida uy-joy munosabatlarini bozor qonuniyatlari asosida isloh qilishda asosiy va birlamchi huquqiy qadam bo’ldi.
Ushbu qonun hujjatlarining amalga kiritilishi natijasida xususiy mulkchilikka keng yo'l ochib berilishi va davlatga tegishli uy-joylarning shu uy-joylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga xususiylashtirib berilishi natijasida ilgari mavjud bo’lgan yagona uy-joy fondining arzimas qismini tashkil etgan xususiy uy-joy fondining hajmi va miqdori ortishi bilan birga, yangi mulkdorlar sinfi, ya’ni «xususiy uy-joy mulkdorlari» vujudga keldi.


Download 37.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling