O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYLARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI
Zamonaviy iqtisod fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: ZAMONAVIY MOLIYA VA MOLIYAVIY TIZIMLAR.
Bajardi: MUHAMADALIYEV ERKINJON
Tekshirdi: TASHLANOVA N. D
FARG’ONA – 2022
REJA:
Moliyaning iqtisodiy mazmunini tushuntiring va uning iqtisodiy vazifalarini bayon qiling.
Jamiyat va davlat moliya tizimlari asosiy bo'g'inlarining tavsifini bering. Moliya tizimida davlat byudjetining o'rni qanday?
Davlat byudjeti milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda qanday rol o'ynaydi? Bunda qanday usullardan foydalaniladi?
Byudjet taqchilligi nima? Ijobiy va salbiy byudjet taqchilligini tushuntiring
1. Moliyaning iqtisodiy mazmunini tushuntiring va uning iqtisodiy vazifalarini bayon qiling.
Moliya – pul mablag'laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar tizimi bo'lib, uning vositasida turli darajada pul mablag'lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.Moliya iqtisodiyot doirasida o'zaro bog'liq bo'lgan bir qator vazifalarni bajaradi.
1. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy ta'minlash, ularga xizmat ko'rsatish vazifasini bajaradi.
2. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o'rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo'ladi.
3. Moliyaning rag'batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste'mol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo'lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag' bilan ta'minlash tizimi orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |