Mustaqil ish


Tolali optik uzatish liniyalarini loyihalash bo‘yicha asosiy qoidalar


Download 0.9 Mb.
bet3/10
Sana10.11.2021
Hajmi0.9 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tolali optik uzatish liniyalarini loyihalash bo‘yicha asosiy qoidalar

Tolali optik uzatish liniyalari (TOUL) ni loyihalashda, istiqbolli loyihalash bilan bog‘liq, ishonchlilikni oshirish, ekspluatatsiya va kapital xarajatlarni kamaytirish maqsadida, quyidagilarni ko‘zda tutish tavsiya etiladi:



  • xattoki kichik o‘tkazish qobiliyatli tarmoq uchastkalarida ham faqat bir modali optik tolali (OT) optik kabellarni ishlatish;

  • rezerv OTli optik kabellarini qo‘llash;

  • talab etilgan o‘tkazish qobiliyatli qismda boshlang‘ich ma’lumotlarga nisbatan, liniya traktining yuqoriroq tezlikli apparaturasini qo‘llash.

Bir modali optik tolali optik kabellarning yaratilishi va kelgusi mukammallashuvi, B*L ifodaning chegaraviy qiymatini keskin oshirish imkonini yaratdi, bu erda V - uzatish tezligi, L - regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi. Masalan, eng arzon OTli optik kabel uchun L=100 km uzunlikda chegaraviy uzatish tezligi STM-16 (30 ming ARK) sathga mos keladi.

Rezerv OTli optik kabellarni yotqizishning maqsadga muvofiqligi bir necha afzalliklarga ega. Birinchidan, bu axborotlarni fazaviy zichlashtirish deb ataluvchi, istiqbolli rivojlanishga TOUL ning o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha zahirani ta’minlaydi. Bunda optik kabeldagi OTlar sonining 10 martaga ortishi TOUL inshootlariga xarajatning atiga 20 % ga oshishiga olib keladi. Ikkinchidan, bu TOUL ning ishlash ishonchliligini oshirish uchun rezerv optik toladan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Bunda rezerv OTlar ishlatilishi mumkin:



  • ishchi OT o‘rnini bosish uchun, agarda ishchi OT ning parametrlari kabelni yotqizish yoki ekspluatatsiya qilishda ruxsat etilgan chegaralar doirasidan chiqib ketgan bo‘lsa;

  • SRI TOUL uchun rezerv multipleksorlash ulanishini tashkil etish uchun;

  • aloqani uzmasdan optik reflektometrni rezerv OT ga ulash yo‘li bilan muntazam rivojlanuvchi rad etishlar sababini aniqlash va lokalizatsiya qilish uchun, agar optik kabeldagi hamma OT lar uchun bu sabab umumiy hisoblansa (masalan, erning siljishidan optik kabelda bukilishlar yuzaga kelishida, ulovchi muftalar buzulganda va h.k.).

Talab etilgan o‘tkazish qobiliyatiga nisbatan liniya traktining yuqori tezlikli, oxirgi apparatini qo‘llash maqsadga muvofiq.

SRI TOUL loyihalashda ham yuqori o‘tkazish qobiliyatli apparaturani qo‘llashni ko‘zda tutish maqsadga muvofiq. STM-16 sinxron multipleksor narxi STM-4 multipleksor narxidan 30-40 % ga qimmat, bu ham yana TOUL inshootlariga to‘liq xarajatlarni bir necha foizgagina oshishiga olib keladi. Biroq SRI apparaturasining qo‘shimcha o‘tkazish qobiliyati, istiqbolli rivojlanishda uzatish tezligini oshirish zaruriyati talab etilgunga qadar, tarmoqda rezervlashlarni ishlatish hisobiga ishonchlilik ko‘rsatkichlarini oshirish uchun samarali ishlatilishi mumkin.

Shuningdek, TOUL ni loyihalashda quyidagilarni nazarda tutish kerak:


  • mahalliy birlamchi tarmoqlarda (bir kuchaytirish uchastkali) TOUL ni tashkil etish;

  • regional va magistral birlamchi tarmoqlarda ikki qo‘shni tarmoq tugunlari o‘rtasida (bir kuchaytirish uchastkali) TOUL uchastkasini tashkil etish, buning uchun zaruriyat tug‘ilganda optik kuchaytirgichlar (OK) ni qo‘llash;

  • imkoniyatlariga va vazifasiga bog‘liq holda axborotlarni turli zichlashtirish usullarini to‘lqin uzunligi bo‘yicha, vaqt bo‘yicha va fazoviy zichlashtirish usullarini moslashuvchan ishlatish.

Darhaqiqat, TOUT komponentlarining zamonaviy darajasi, birinchi avlod (Fabri – Pero lazerlari) nurlanish manbalari qo‘llanilgan, etarlicha arzon va kompakt liniya traktining oxirga apparaturalari (LTA) asosidagi mahalliy birlamchi tarmoqlarda bog‘lovchi liniyalarni tashkil etishda, bir yoki bir necha shaffoflik darchalarida ishlashda barcha mumkin bo‘lgan masofalarni bir kuchaytirish uchastkasi bilan qoplash imkonini beradi.

Bugungi kunda LTA ni ishlab chiqaruvchi ko‘pgina kompaniyalar, aloqa vositalari bozorini ko‘zda tutgan holda, qoida bo‘yicha, qoplanadigan so‘nishga bog‘liq holda (regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi 10 dan 150 km gacha), yagona konstruksiyada, lekin turli narxlarda LTA ning butun bir oilasini ishlab chiqaradi, bu uning aloqa oeratorlari tomonidan tarmoqlarda qo‘llanilishi bo‘yicha yuqori moslashuvchanlikka olib keladi.

Optik kuchaytirgichlar (OK) ning yaratilishi va ularning LTA tarkibida qo‘llanilishi regeneratsiyalash uchastkasining maksimal chegaraviy qiymatini oshirish imkonini berdi, ya’ni ko‘pgina holllarda TOUL trassasini zona ichi – regional va magistral birlamchi tarmoqlarda xamroh tarmoq tugunlari orqali loyihalash imkoni yuzaga keldi.

OK ning kuyidagi uch turi aniqlangan:




Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling