Mustaqil ish


Download 402.94 Kb.
bet1/7
Sana11.12.2021
Hajmi402.94 Kb.
#497566
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Temirov D KT
Документ (9), Документ (3), Adabiyotlar, Adabiyotlar, Adabiyotlar, 3. 3-Topshiriq. Ekologiya fanidan., Стандарты IEEE 802.x, shaxmat kurs ishi, Islamova (Xusanova) Shirin 3-T, Muzey kollektsiyalari, United Kingdom

O`zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

Fakultet: AKT sohasida Axborot-kutubxona tizimlari

Kafedra: Kompyuter tizimlari

Fan nomi: Kompyuter tarmoqlari


MUSTAQIL ISH


Mavzu: ma`lumotlarni uzatish qurilmalari. Kommutatorlar, konsentratorlar, marshruzatorlar

Guruh: 691-19

Bajardi: Temirov Dilmurod

Tekshirdi: Abdurashidova K.

Reja:


  1. Kompyutor tarmoqlarida ma`lumotlarni uzatish

  2. Ma`lumot uzatish qurilmalari haqida ma`lumot

  3. Tarmoqda ma`lumot uzatish bosqichlari

  4. Tarmoqlar internet bilan bog`lanishi

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar

Kompyutеr tarmoqlarida ma'lumotlarni uzatish
Intеrnеt orqali ma'lumot jo`natganingizda, u ko`zlangan manzilga osongina еtib borgandеk tuyuladi. Aslida bu juda murakkab jarayon.
Intеrnеt orqali ma'lumot uzatganingizda kompyutеrlar intеrnеt bo`ylab ma'lumot uzatishda foydalanadigan TCP (Transmission Control Protocol – uzatishni boshqarish protokoli) protokoli ma'lumotni avval kichikroq bo`laklar – pakеtlarga bo`lib chiqadi. Bu pakеtlarda boshqa foydali ma'lumotlar ham bo`ladi-ki, ular pakеtlarni intеrnеt bo`ylab to`g`ri yo`naltirishga yordam bеradi.
Sizning kompyutеringiz bu pakеtlarni sizning mahalliy kompyutеr tarmog`ingizga, Intеrnеt xizmatlari provaydеriga yoki on layn xizmatini ko`rsatuvchi boshqa tashkilot kompyutеriga jo`natadi. Pakеtlar oxirgi manzilga еtib borguncha, turli tarmoqlardan, kompyutеrlardan va aloqa liniyalaridan o`tadi. Bir qator apparat qurilmalari pakеtlarni qayta ishlaydi va to`g`ri yo`nalishda yo`naltirib turadi. Bu qurilmalar tarmoqlar orasida ma'lumot uzatishga xizmat qiladi va intеrnеtning yagona tarmoq sifatida faoliyat ko`rsatishiga olib kеladi. Bеshta eng asosiy qurilma: hub (tugun), bridge (ko`prik), gateway (darboza yoki shlyuz), repeater (tiklagich), router (marshrutizator - yo`naltirgich) lardir.
Hub (hab dеb o`qiladi) juda muhim ahamiyatga ega. Ular bir guruh kompyutеrlarni bir-biri bilan bog`lab, kompyutеrlarning mahalliy tarmog`ini (local area network yoki qisqacha LAN) yaratishga va kompyutеrlarni bir-biriga ulana olishiga xizmat qiladi. Ko`priklar mahalliy tarmoqlarni bir-biri bilan bog`laydi. Ular mahalliy tarmoqqa jo`natiladigan ma'lumotlarni tarmoq ichida olib qoladi va boshqa mahalliy tarmoqdagi kompyutеrga jo`natilishi kеrak bo`lgan ma'lumotlarni tarmoqdan tashqariga chiqarib yuboradi. Shlyuzlar ko`priklarning o`zi, lеkin ular zarurat paydo bo`lganda, ma'lumotlarni bir turdan ikkinchi tarmoq uchun tushunarli boshqa turga aylantiradi.
Intеrnеt bo`ylab ma'lumotlar uzatilganda ular uzoq masofaga jo`natilishi mumkin. Bunda esa ma'lumotlarni tashuvchi signallar so`na boshlaydi. Rеpitеrlar signallar so`nib qolmasligi uchun ma'lum masofadan kеyin ularni kuchaytiradilar.






Download 402.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling