Farg`ona Politexnika Inistituti
Mexanika va Mashinasozlik Fakulteti
S3-19 guruh talabasi Abdumanonov Aning
Metrologiya, Standartlashtirish va Sifatni
boshqarish fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi.
Mavzu: Birikmalar
Reja:
1. Boltli birikma
2. Shpilkali birikma
3. Vintli birikma
4. Fitingli birikma
5. Shponkali birikma
6. Shlitsa (tish) li birikma
7. Payvand birikma
8. Parchin mixli birikma
Boltli birikma
Boltli birikmada birikuvchi detallar, bolt, shayba, gayka zaruriyat bo’lganda shplintdan foydalaniladi. Bolt va gaykalar bosh ko’rinishda ularning uchta yoklari ko’rinadigan qilib joylashtiriladi. GOST 2305-96 bo’yicha bolt, vint, shpilkalar bo’ylama qirqimda kesilmagan holda tasvirlanadi. Gayka va shaybalar ham yig’ma chizmada kesilmagan holda tasvirlanadi. Bitta detalning barcha tasvirlarda qirqim shtirixovkasi qiyaligi bir tomonga bo’lishi kerak. GOST 2315-96 bo’yicha yig’ma chizmada mahkamlash detallari soddalashtirib yoki sterjen diametri 2 mm va undan kichik bo’lsa shartli tasvirlash mumkin. Soddalashtirib tasvirlaganda faska, yumaloqlashlar, bolt sterjeni bilan teshik orasidagi oraliq ko’rsatilmaydi.
Shpilkali birikma
Shpilka yordamida detallarni biriktirish uchun detallardan biri to’liq teshilmaydi va unga rezba chiqarilgan bo’ladi. Unga shpilkaning o’tkazuvchi uchi burab qotiriladi. Ikkinchi birikuvchi detalga to’liq silindrik teshik o’yilgan bo’lib, bu detal shpilkaning siquvchi uchidan kiygiziladi. So’ngra shayba kiygizilib, undan keyin gaykani burab, birinchi detalga ikkinchisi qisiladi.
Shpilkaning o’lchamlari orasidagi o’zaro munosabat va shpilkali birikmaning tasvirida berilgan. Shpilkaning uzunligini hisoblash formulasi: ℓshP=a+S+H+K. GOST 2315-96 bo’yicha shpilka yordamida detallarni biriktirishni soddalashtirib tasvirlash mumkin.
Vintli birikma
Vint yordamida detallarni biriktirish uchun detallardan biri to’liq teshilmaydi va unga rezba chiqarilgan bo’ladi . Ikkinchi birikuvchi detal to’liq silindrik teshik o’yilgan bo’ladi. Bu teshik diametri l,ld ga teng bo’ladi. Vint birinchi detal teshigidan erkin kirib, ikinchi detalga buraladi. Yashirin kallakli vintli birikma shaklda berilgan. Vint kallagi detal sirtidan chiqib turmasligi kerak.
GOST 2315-96 bo’yicha vint yordamida detallarni biriktirishni soddalashtirib tasvirlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |