Mustaqil ishi mavzu: Semiotika fan sifatida Bajardi: Erkinov m tekshirdi: Tugalov b jizzax-2022 Reja


Download 319.36 Kb.
bet1/4
Sana07.06.2022
Hajmi319.36 Kb.
#739597
  1   2   3   4
Bog'liq
yordamchi
10-sinf matematika ochiq dars 27.12, стихи Пушкина по списку dtm, A.A.Berdimurodov (O‘zbekiston yoshlar ittifoqining institut Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi), Rizoqulov Erkin тугри, ikkinchi iqlim, Bank ishi savol-javoblar 2022, Xondamir, operatsion tizimlar va ofis ilovalari 2, 13-maruza, Kom Mat Tiz 8 amaliy (1), Health book

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti Tarix va uni o’qitish metodikasi yo’nalishi II bosqich 201-guruh talabasi Erkinov Mehriddinning Yordamchi tarix fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Semiotika fan sifatida

Bajardi: Erkinov M


Tekshirdi: Tugalov B
Jizzax-2022
Reja:
1. Semiotika haqida tushuncha;
2. Yevropalik olimlarning semiotika faniga qo’shgan hissasi;
3. Semiotika fan sifatida shakllanishi;
4. Semiotikaning metodologik asoslari;
5. Xulosa.


Semiotika tushunchasining mazmuni, qo’llanishi
Falsafiy adabiѐtlarda semiotika soʼzini birinchi marta Dj.Lokk ishlatgan. Qizigʼi shundaki, XVII asrda Dj.Lokk oʼzining ―Inson aqli haqida tajriba (1690) asarida ong va tabiatni bogʼlovchi vositalar – belgilar boʼlib, ularni semiotika oʼrganadi, deya eʼtirof etgan. Faqat XIX asr oxiri XX asr boshlariga kelibgina ushbu fan tarmogʼi ilmiy doiraga kirib keldi. Lokk semiotikani mantiq faniga oʼxshatadi. U xatto, uchinchi kitob ―Tajribalarda tabiat va inson faoliyatini bogʼlovchi bir nechta semiotik muammolarni ham tahlil qilgan.Tarixan, belgilar haqidagi fan, uning mohiyati xususidagi fikrlarda bir-biriga oʼxshash va yaqin xulosalar koʼp boʼlsa-da, biroq ularning ayrimlarida keskin farqlar (jumladan, Ch.Pirs va F.de Sossyurda) ham mavjud. Pirs semiotikani ―munosabatlarning universal algebrasi‖ deb atab, matematikaning bir qismi deb hisoblasa, F. de Sossyur uni psixologiyaga taalluqli bilim sifatida gumanitar fan tarmogʼiga mansub, deb hisoblaydi. Semiotikaning rivoji mantiqiy pozitivizm bilan uzviy bogʼliq. Аlbatta, bu tasodif emas. Chunki, mantiqiy pozitivizmning asosiy eʼtibori til va tafakkur dialektikasiga qaratiladi, semiotikada esa, til – eng asosiy va keng tarqalgan belgidir. Shu bilan birga, til va tafakkur uygʼunligi semiotikaning istiqbolini ham belgilab beruvchi omildir. Zero, belgilarni inson ongi, tafakkuri yaratadi va u til va boshqa ramziy ifodalar vositasida aks ettiriladi. Аdabiѐtlarda semiotikaning falsafiy asoslari haqidagi fikr-mulohazalarga ham duch kelish mumkin. Semiotika tarixan ayrim ilmiy fanlar, eng, avvalo, mantiq, matematika va lingvistika vakillari tomonidan yaratilgan. Semiotika asoschilari dunѐ haqidagi umumiy tasavvur sifatida pragmatizm, utilitarizm, bixeviorizm va hokazolar shaklidagi pozitivizm gʼoyalariga qoʼshilganlar. Masalan, Pirs inson intuitsiya orqali bilish qobiliyatiga ega emas, barcha bilimlarni u birlamchi bilimlardan oladi, deb hisoblaydi. Uning fikricha, insonda introspektsiya qobiliyati ham mavjud emas va u belgilarsiz fikrlay olmaydi. Pirs yaratgan belgilar nazariyasi zamirida ayni shu gʼoya ѐtadi. U odamlar borliqni bevosita anglab yetishga qodir emasliklarini taʼkidlaydi. Uning fikricha, belgilar inson tafakkuri va dunyooʼrtasidagi universal mediumdir. Аgar, belgilar ijtimoiy mulk ekan, aynan jamiyat ularning ahamiyatini asoslaydi. Pirs falsafasining transtsendental printsipi intuitsiya emas, balki jamiyat, haqiqat mezoni esa ijtimoiy konsensus hisoblanadi. Haqiqat konventsional xususiyatga ega boʼlgani bois, olim yoki faylasufning vazifasi borliq haqidagi haqiqiy bilimlarni izlashdan emas (zero bunday bilimlarni topishning iloji yoʼq), balki u xususdagi gʼoyalarga oydinlik kiritishdan iborat. Mantiqiy pozitivistlar tomonidan kashf etilgan va Sossyurning tabiatan mustaqil boʼlgan belgi, Marksning soxta ong va Freydning ongsizlik kontseptsiyalari bilan mustahkamlangan bu gʼoya strukturalizm uchun ham, semiotika uchun ham oʼziga xos «poydevor» boʼlib xizmat qildi. Pozitivizm XIX asr fanining rivojlanishi uchun oʼta progressiv va foydali boʼlgan boʼlsa bordir, lekin zamonlar oʼzgardi va ular bilan birga fanda ham oʼzgarishlar yuz berdi. Ong-energiyani, dunyoga organik, xolistik yondashuvni, borliqqa nisbatan har qanday oqilona ѐndashuvlar cheklanishini tan olishni universumning muhim jihati sifatida qabul qiluvchi subʼekt-obʼekt va tafakkur-materiya oppozitsiyalarining transtsedentsiyasi, intuitsiyani bilimning muhim yoʼli sifatida eʼtirof etish, mistik va paranormal qarashlarning legitimlashuvi yangi paradigmaning muhim jihatlariga aylandi. Semiotika esa oʼzining ilmiy obʼektivlik ideali bilan kechagi kun faniga xos boʼlgan dunyoqarashlarga asosan sodiq qoldi. Shunday qilib, semiotika muayyan narsalar va hodisalarni belgilar va belgilar tizimlari sifatida oʼrganish vositasidir. Har qanday narsa ѐki hodisa semiotika obʼekti sifatida olinishi mumkin. Umuman olganda, simvollar nazariyasiga koʼra borliq – belgilar tizimlaridan tashkil topgan. Semiotika qator fanlardagi habarlarni yetkazish vazifasini bajarsa-da, avvalo, obrazli tafakkur rivojiga ijobiy taʼsir koʼrsatib, falsafiy mushohada qobiliyatini yuksaltirishga hissa qoʼshadi. Tabiat va jamiyatdagi har bir hodisalar oʼz ramziy ifodasiga ega, semiotika esa, mana shu ramziy ifodalar mazmunini ochishga yoki aksincha, olam va inson munosabatlarini muayyan ramzlar dunyosida ifodalashga ѐrdam beradi.

Download 319.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling