Mustaqil ishi mavzu


Download 21.03 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi21.03 Kb.
#155443
Bog'liq
INDUSTRIAL IQTISOD.61-19I guruh. Sultonov Elmurod


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI

“ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV” fakulteti

“IQTISODIYOT” kafedrasi

“INDUSTRIAL IQTISOD” fanidan

MUSTAQIL ISHI

MAVZU: Qishloq xo’jaligining bugungi kundagi o’rni va ro’li

Bajaruvchi Sultonov Elmurod

Qabul qiluvchi: Davlyatova Gulnoraxon

FARG’ONA – 2020



Mavzu: Qishloq xo’jaligining o’rni va ro’li

Qishloq xo’jaligi – aholi uchun oziq – ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi asosiy manba hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi inson xo’jalik faoliyatining dastlabki turlaridan biri. Uning kelib chiqishi tosh davri oxiriga borib taqaladi. Bu davrda inson xo’jalik va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun yerni oddiy qurollar bilan ishlagan, ba’zi xayvonlar xonakilashtira boshlagan. Asrlar davomida turli o’zgargan va takomillashgan; hayvonlarning foydali xususiyatlari parvarishlangan, ko’plab zotlari yetishtirilgan.Bu esa shu sohani paydo bo’lishiga va rivojlanishiga asos bolgan. Ayni vaqtda u keng iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoatning bir qancha tarmoqlari uchun hom ashyo yetkazib beradi. Masalan hozirgi kunda jahonda qishloq xo’jalik homashyosining ulushi ip gazlama sanoatining barcha moddiy xarajatlarining 60 foizini, qandolat sanoatida salkam 70 foizini, yog’ va sut sanoatida qariyib 80 foizni tashkil etadi. Bularning hammasi shuni ko’rsatadiki, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni ko’ngildagidek sur’atlar bilan rivojlanmasa, xalq turmush darajasini oshirishning eng yaxshi programmasini ham ro’yobga chiqarib bo’lmaydi. Qishloq xo’jaligining ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki, xalq xo’jaligida band bo’lgan xodimlarining 27 foizi shu sohada mehnat qiladi. Qishloq xo’jaligida mamlakat milliy daromadining taxmiminan uchdan bir qismi yaratiladi.

Qishloq xo’jaligi - moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan biri. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari olish uchun ekinlar ekish va chorva mollarini ko’paytirish bilan shug’ullanadi, aholini oziq – ovqat mahsulotlari va xalq xo’jaligining bir qancha tarmoqlari xomashyo bilan ta’minlaydi. Qishloq xo’jaligi juda katta maydonlarda va hududiy hilma xil sharoitlarda olib boriladi. Unda yer, yorug’lik, issiqlik, suv va tirik organizmlar – o’simlik va hayvonlardan foydalanadi. Qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlari – dehqonchilik va chorvachilikdir. Ular ham o’z navbatida bir qadar kichikroq tarmoqlarga bo’linadi.

Qishloq xo’jaligi xalq xo’jaligining muhim bo’g’inidir. Unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tarmoqlari uchun xom-ashyo ishlab chiqariladi. Respublikamizning Birinchi Prezidenti I. Karimov ta‘kidlab o’tgandek, ―”Respublika sanoatining ko’pgina tarmoqlarini, jumladan, paxta tozalash, to’qimachilik, kimyo sanoatini, qishloq xo’jaligi mashinasozligini va boshqalarni... rivojlantirish istiqbollari, ularning murakkab o’tish davridagi iqtisodiy ahvoli bevosita qishloq xo’jaligigiga bog’liqdir‖. Demak, aholi uchun zarur bo’lgan tovarlar bozorini to’ldirish uchun qishloq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlantirish darkor. Boshqa sohalar kabi qishloq xo’jaligida ham takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida muayyan iqtisodiy aloqa va munosabatlari sodir bo’ladi. Bu munosabatlar agrar munosabatlarni tashkil qiladi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish ko’p jihatdan yer bilan bog’liq, shuning uchun ham yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Qishloq xo’jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi –yerning miqdori va sifatini tabiatning o’zi cheklab qo’ygan, uni inson ko’paytirishga qodir emas. Shuning uchun qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor yer uchastkalarida to’plash mumkin emas. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to’lovga qodir talab bilan ta‘minlangan bo’lsa, yerning marsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo’jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o’rtacha yoki yaxshi yerlarda xo’jalik yurituvshi ishlab chiqaruvchilar qo’shimcha mahsulot va binobarin foyda oladilar.



O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. Karimov ta‘kidlaganidek: ―”Qishloqni yangilash va qayta qurish choratadbirlari tizimida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish juda katta ahamiyatga ega”. Shu sababli Respublikada qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlash dasturini amalga oshirish davom ettirilmoqda. Respublikada fermer xo’jaliklari samarali ishlashi uchun zarur xizmat ko’rsatuvshi infratuzilma – agrofirmalar, mashina-traktor parklari, ta‘mirlash ustaxonalari, tayyorlov punktlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovshi kishik korxonalar tizimi shakllantirildi. Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir. Ular ma‘lum turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigasha qayta ishlashni qo’shib olib boradigan korxonalardir. Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bog’liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvshi bir nesha xo’jalik hamda korxonalarni birlashtiradi. Masalan, Bog’dorshilik va uzumshilik bilan shug’ullanuvshi xo’jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovshi sex va zavodlar, yetkazib beruvshi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma ishtirokshilari ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga, ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi. Agrofirmalar ham qishloq xo’jaligi, ham sanoatga xos resurslarni ishlatib, iste‘molga tayyor bo’lgan mahsulot yaratadi. Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, shunonshi oilaviy xo’jalik asosida ham tashkil topib, kishik zavodlar bilan birikishi mumkin. Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir. Agrosanoat kompleks! murakkab tizim boiib uni isloh qilish boshqa tarmoqlar bilan tarkibiy bogiiqligidan kelib chiqadi. Shuning uchun bu tizim 4 sohaga ajratiladi: 1. Birinchi soha-sanoat tarmoqlari. Ular qishloq xo‘jaligini moddiy-texnika vositalari, xususan, traktor va qishloq xo‘jaligimashinalari, chorvachilik va yem-xashak ishlab chiqarish uchun zarur texnika vositalari, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklami himoya qilish uchun ximiya vositalari va hokazolar bilan ta'minlaydi. 2. Ikkinchi soha-bu bevosita qishloq xo‘jaligi ishlab chiqa- rishidir. Unga dehqonchilik, chorvachilik, qishloq xo‘jaligiga xizmat qiladigan agroximiya, veterinariya va boshqa sohalar kiradi. 3.Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, transportirov- ka qilish, tashish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan shug‘ul- lanadigan tarmoqlar kiradi. 4. Infrastniktura sohasi — mamlakat aholi ehtiyojini qondirish bilan bir qatorda mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, qishloq xo‘jaligi iqtisodiy va texnologik jihatdan bir-biri bilan boglliq bo‘lgan tarmoqlar yighndisidan iboratdir. Ularning asosiy maqsadi. vazifasi aholini oziq-ovqat mahsulotlariga va sanoatni qishloq xo‘jaligi xomashyosiga bo6lgan talabini qondirishdan iboratdir. Milliy iqtisodiyotda eng katta ahamiyat kasb etadigan va texnik jihatdan yaqin integratsiya bu ikkinchi va uchinchi qishloq xo‘jaligi sohalaridir. Albatta, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ko‘p va sifatli ishlab chiqarish bu juda muhim masala. Shuning bilan birga ikkinchi muhim masala uni saqlash, ishlab chiqarilgan mahsulotni qayta ishlash va iste’molchiga yetkazib berish hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi uzoq ishlab chiqarish jarayoniga egadir. Iste’molchilar yil davomida bir tekis mahsulot bo‘lishini xohlaydi. Shuning uchun ham bu masalani hal qilish-to6rtinchi soha tarmoqlarini, ya’ni rivojlangan ishlab chiqarish infrastrukturasini mayjud boiishini taqozo qiladi.

Respublikamiz aholisining 25 % ga yaqini qishloq va o‘rmon xo‘jaligida xizmat qilishadi. Yalpi ichki mahsulotning 17,5 % qishloq xo‘jaligida ishlab chiqariladi. O’zbekiston qishloq xo‘jaligini asosini paxtachilik tashkil qiladi. O’zbekiston jahonda paxta hosilini yetishtirish bo‘yicha 5-o‘rinda, paxta tolasi eksporti bo‘yicha 2-o‘rinda (AQSHdan keyin) turadi. O’zbekistonda asosiy valuta tushumi ana shu paxtadandir. Paxta dunyodagi 90 ta davlatda yetishtiriladi. O’rta hisobda dunyoda yiliga 18 mln tonna paxta tolasi olinadi. AQSH va Xitoyda yiliga 4 mln tonnadan, Hindiston 3 mln tonna paxta tolasi yetishtiradi. Dunyoda yetishtiriladigan paxta tolasining 6 % ni O’zbekiston Respublikasi yetishtiradi. O’zbekiston olimlari tomonidan mustaqillik yillarida 100 dan ortiq ingichka va o‘rta tolali serhosil paxta navlarini yaratilishi hosildorlikni sezilarli darajada oshirish imkonini bermoqda. Ushbu navlar tezpisharligi, turli kasallik va qishloq xo‘jalik zararkunandalariga chidamliligi, yuksak tola sifati bilan ajralib turadi va jahon bozorida ularga talab ortib bormoqda.. O’zbekiston qishloq xo‘jaligida 28,5 mln ga yaqin qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar mayjud. Shundan 4.2 mln ga sug‘oriladigan yerlar hisoblanadi va ulardan ishlab chiqariladigan mahsulotni 95-97% olinadi. Respublikadagi jami ekin maydonining 42-43% paxta, 40 foizini don ekinlari, 4 foizini sabzavot, 2,5 foizini kartoshka va poliz ekinlari hamda 10 foizga yaqinini yem-xashak va boshqa ekinlar egallaydi. Ekin maydonlarini ekin turlari bo‘yicha optimal taqsimlanishi natijasida g‘alla mustaqilligiga to‘lig‘icha erishildi. Qishloq xo'jaligini ish samaradorligi yuqori bo‘lgan zamonaviy texnika vositalari bilan lizing asosida ta’minlash tizimining joriy etilishi oldinga tashlangan muhim qadam bo‘ladi. Bu qishloq mehnatkashlarini texnika bilan ta’minlashni katta istiqbolga ega ekanligidan dalolat beradi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasidan ma’lumki qishloq xo‘jalik samaradorligini yuksaltirishni asosiy omili sermehnat yumushlami texnika gardaniga yuklashdir. Jahon tajribasi tarmoq ishlab chiqarishining barqarorligi, yuqori unumdorligi ishlab chiqarish kuchlarining kompleks rivojlanishi, ilmiy-texnika taraqqiyoti, moddiy texnika bazasining kuchliligi va kadrlar uchun shart-sharoit yaratilganligi bilan bevosita mutanosibligini ko‘rsatadi.

Bugungi kunda qishloqda xususiy fermer xo‘jaliklarining talablari asosida barcha turdagi zarur xizmatlami ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan zamonaviy ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi jadal rivojlanmoqda. Shu davr mobaynida qishloqlarda 1424 ta mini bank, 1714 ta MTP (mashina traktor parki) 2324 ta yoqilg‘i — moylash materiallari va mineral o‘g‘itlar sotish shahobchalari, 1711 ta suvdan foydalanuvchilar uyushmasi, 300 ta konsalting markazi va boshqa infratuzilmalar tashkil etildi.

Agrar sohadagi islohotlar natijasida xususiy fermer xo‘jaliklarining to‘liq iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligini ta’minlaydigan va ularga meros huquqi bilan uzoq muddatga ijaraga berilgan qishloq xo'jaligi yer resurslaridan maqsadli, oqilona va samarali foydalanishini rag‘batlantiradigan huquqiy shart-sharoit va kafolatlar yaratildi. Shuningdek, O ‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida fermer xo‘jaliklariga yer maydonlarini 50 yil muddatga ijaraga berish mustahkamlab qo‘yilgan. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining yalpi hajmida asosan dehqon xo‘jaliklarida qoramollar sonining oshishi hisobidan chorva mahsulotlarining ulushi 1990-yildagi 36,6 foizdan 2017- yilda 44,6 foizga etdi, bu esa go‘sht ishlab chiqarish hajmining 789,1 ming tonnadan 1761,4 ming tonnaga, sutning 3034,2 ming tonnadan 6669 ming tonnaga, tuxumning 1231,8 million donadan 3311,2 million donaga ko‘payishi uchun samarah ta’sir ko‘rsatdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hajmi natura va qiymat ko‘rsatkichlarida ilbdalanadi.

Hozirgi kunda fermerlik harakati xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish asosida fermer xo‘jaliklari uyushmasi O ‘zbekiston fermerlari kengashiga. viloyat va tumanlarda esa fermerlar kengashiga aylantirildi. Ushbu tuzilmalaming huquq va kafolatlari jiddiy ravishda kengaytirildi. Mazkur kengashlarning asosiy vazifasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi, joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan munosabatlari, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatadigan tashkiiotlar bilan hamkorlik qilish, bir so‘z bilan aytganda hanuua yerda fermerlarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. Kelgusi yillarda dehqonchilik sohasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ilg‘or agrotexnologiyalarni, xomashyo va suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni, seleksiya va urug‘chilik usullarini joriy etishga alohida ahamiyat beriladi.

Mustaqil O’zbekiston sharoitida qishloq xo‘jaligini isloh qilish quyidagi prinsiplarga asoslanishi lozimdir: 1.Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning asosiy masalalari davlat agrar siyosatini ta’sirida hal qilinadi. 2. Qishloq joylaridagi davlat korxonalarini ishlab chiqarish vositalariga jamoa va xususiy mulkchilikka asoslangan xo‘jaliklar tuzgan holda qayta quriladi. 3.Yerga davlat mulkchiligini qat’iy ravishda ta’minlash, unga xususiy mulk bo’lishiga yo‘l qo‘ymaslik. 4. Qishloq xo’jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarda mulk egasi hissini yaratish, ularni o‘z mehnati natijalariga ega bo‘lishligini ta’minlash. 5. Moddiy rag‘batlantirish hissini rivojlantirish va hokazo.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “ Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” nutqlari to’plamida “Iqtisodiyotni ayniqsa qishloq xo’jaligini va ijtimoiy sohani shuningdek aholining muhim muammolarini biro y yoki bir yildan keyin emas shu bugun hozirni o’zida yechish zaruriyati kelib chiqadi”.

Qishloq xo’jaligi qo’shimcha imkoniyatlarga boy soha hisoblanadi. Bozorlarimizni fayz barakasi, hayotimiz farovonligi ko’p jihatdan qishloq xo’jaligiga bog’liqdir. Shu bois agrar sohani tubdan isloh qilish va uni bozor talabiga moslashtirish ishlariga asosiy e’tibor berilmoqda. Masalan, davlat xarid narxlarining qariyb uch barobar oshirilishi paxtachilik va g’allachiklikni daromad keltiradiga tarmoqqa aylantirdi. Qolaversa, mutlaqo yangicha ish tutumiga ya’ni klastr tizimiga o’tilgani mehnatga munosabatni tubdan o’zgartirdi va ishni samarali tashkil etish, boshqarish imkoniyatini yuzaga keltirdi. Shu yilning o’zida yigirma beshming gektar pahta maydonida suv tejovchi yangi sug’orish tizimi joriy qilinishi natijasida o’tgan yilgiga nisbatan 3 barobar ko’p hosil yeg’ib olindi. Joriy yilning 6 sentabr kuni Prezidentimiz huzurida o’tkazilga yig’ilishda ishlab chiqilayotga qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020 -2030 yillarga mo’ljallanga strategiyasi muhokama qilindi. Unda qishloq xo’jaligi yerlaridan foydalanishni takomillashtirish, suvdan foydalanish samaradorligini yuksaltirish, qishloq xo’jaligi davlat tomonidan qo’llab quvvatlash hamda davlat haridlar tizimini takomillashtirish, qishloq xo’jaligi eksport salohiyatini oshirish va qo’shimcha qiymatga ega mahsulotlar hajmini ko’paytirish, qishloq xo’jaligiga xizmat ko’rsatish sohasida raqobat muhitini shakllantirish, qishloq xo’jaligida axbarot texnalogiyalarini keng joriy qilish hamda tarmoq statistikasini to’liq raqamlashtirish orqali ma’lumotlar haqqoniyligini ta’minlash, kadrlar masalasini hal etish bo’yicha 7 ta ustuvor yo’nalish belgilab berildi.



Ma’lumotlarga ko’ra bugungi kunda rivojlanga davlatlarda masalan, Turkiyada 1 gektar yerdan 2000 ming, Misrda 8000 ming, Isroilda 12000 ming dollarlik qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilsa bizda bu raqam 300 $ dan ham oshmayapti. Aslida mamlakatimiz 20 mlrd.$ lik qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatiga egadir. Buning uchun 1 gektar yerdan 10 ming $ lik mahsulot ishlab chiqarish zarur. 2025 yilgacha eksport hajmini 2 mlrd. Dollarga yetkazish vazifasi qo’yilgani shu maqsaddagi qo’yilgan muhim qadamdir.

Yuqoridagi fikrlar va ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki qishliq ho’jaligi O’zbekistonning eng kerakli va samaradorligi yuqori bo’lgan sohasi hisoblanib, bu sohani rivojlanish davlatimiz taraqqiyotiga o’lkan xissa qo’shadi degan fikirdaman.
Download 21.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling