Mustaqil ishi


Download 82.41 Kb.
Sana20.02.2020
Hajmi82.41 Kb.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


010-18 guruh talabasi Xamroqulov Qodirjonning

Mutaxassislikka kirish fanidan tayorlagan

MUSTAQIL ISHI

O’zbekiston Respublikasida axborot xavfsizligi bo’yicha faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar

Bajardi: Xamroqulov Q.

Tekshirdi: Abdullayev D.

Toshkent – 2020


Reja:


Kirish 3

Uzinfocom.uz 4

Axborot xavfsizligi ekspertizasi 5

Unicon.uz 6

Yaratilish tarixi 6

Maxsulotlar: 9

E-KALIT 9

S-FILES fayllarni saqlash tizimi 9

Raqamli imzo 9

E-ijro elektron hujjat aylanish tizimi 9

E-XAT muhofazalangan elektron pochta tizimi 10

E-Hujjat elektron hujjat aylanishi tizimi 10

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va marketing bo‘yicha atamalarning ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati 10

Aloqa liniyalari va uzatish tizimlariga oid atamalarning ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati 11

Elektron hujjat aylanishiga oid atamalarning ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati 11

Foydalanilgan adabiyotlar 13




Kirish


Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalariga joriy etish, balki axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashni ham taqozo etayotir. O‘zbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro xavfsizlik tizimiga Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib qo‘shildi.

Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

Ma’lumotlar uzatish, telekommunikatsiya tarmoqlari, teleradioefir hamda axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashni takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini yuritish;

Axborot xavfsizligiga oid qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarining yaratilishini tashkil qilish va bunda ishtirok etish;

Axborot tizimlari komplekslari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlash;

davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish;

davlat axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan monitoring natijalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga belgilangan tartibda taqdim etish;

telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari bilan hamkorlik qilish, davlat organlarining kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi qonun buzilishlarining oldini olish masalalari bo‘yicha birgalikdagi ishlarini tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;

Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish;

qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;

Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish bo‘yicha o‘zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi

Mazkur Markazning asosiy maqsadi etib, «Elektron hukumat» tizimining axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining, shuningdek Internet tarmog‘i milliy segmentining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, davlat organlari tizimlari va axborot resurslarida axborot xavfsizligini ta’minlash belgilangan.

Markaz xodimlari axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va to‘plash bilan shug‘ullanadilar, «Elektron hukumat» tizimi axborot tizimi, resurslari va ma’lumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni ta’minlaydigan tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni samarali qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadilar.

“Elektron hukumat” tizimi axborot xavfsizligini ta’minlashning me’yoriy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarini ishlab chiqish ham Markazning maqsad-vazifalari hisoblanadi.

Yurtimizda bir nechta Axborot xavfsizligi sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar mavjud bo’lib, ulardan ba’zilari quyidagilar:

Uzinfocom.uz


Yagona integrator 2017 yil avgustda UZINFOCOM markazidan, hukumat va davlat idoralarining IT-ehtiyojlarini qondirish uchun tashkil qilingan.

Hozirgi kunda Yagona integrator quyidagi loyihalarni boshqarib kelmoqda:



  • Yagona davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi (pm.gov.uz)

  • Jamoatchilik tashabbuslari yagona platformasi (meningfikrim.uz)

  • O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali (gov.uz)

  • ZiyoNET jamoat axborot ta'lim tarmog’i (ziyonet.uz)

  • Yagona forum platformasi (uforum.uz)

Axborot xavfsizligi ekspertizasi


Axborot xavfsizligi (AX) ekspertizasi tashkilotlarning kompyuter tizimlarini kamchilik va zaifliklarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi hamda ularning ish samaradorligini baholash va tashkilotning axborot himoyasini tahlilini tashkil etish maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • tizimning mavjud meʼyoriy talablarga mosligini baholash;

  • xavfsizlik sohasida qabul qilinayotgan barcha yechimlarni asosli va huquqiyligini aniqlash.

Tizimni samarali va toʻgʻri ishlashini baholash axborot xavfsizligi darajasini oshirish maqsadida tashkilotlarning tashabbuslari bilan meʼyoriy talablar mutaxassislari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Tashkilot oʻz faoliyati doirasida maxfiy maʼlumotlar bilan ishlasa (xodimlar yoki mijozlar maʼlumotlari) AX ekspertizasini oʻtkazish oʻta muhimdir. Bu turdagi maʼlumotlarni tashqi kirishlardan himoyalash shunchaki ehtiyotkorlik emas, balki tashkilotning asosiy majburiyatlaridan biridir.

Yagona integrator UZINFOCOM mutaxassislari tomonidan oʻtkaziladigan AX ekspertizasi maʼlumotlar muhimligi darajasi, maxfiy axborotlarni saqlash obyektlarining tahlili va ularni saqlash obyektlariga kirish yoʻllarini aniqlashni; korporativ muhitda yechilayotgan masalalarni tekshirishni; operatsion tizim, tarmoq xizmatlari protokollari va himoya tizimlari analizini oʻz ichiga oladi.

Oʻtkazilgan, tarmoq va tizim axborot xavfsizligini ekspertizasi asosida, Yagona integrator UZINFOCOM mutaxassislari, tashkilotning axborot resurslari himoyasini kerakli darajaga oshirish imkoniyatini beruvchi tavsiyalar beradilar.

AX ekspertizasi quyidagi bosqichlardan iborat:


  • ishchi stansiyalarni tashqi nazorati;

  • serverlarni tashqi nazorati;

  • ishchi stansiyalar va serverlarni lokal tarmoq doirasida zaifliklar mavjudligiga maxsus dasturiy taʼminot bilan skanerlash;

  • mavjud veb-saytlarni zaifliklar mavjudligiga avtomatlashtirilgan dasturiy taʼminot bilan skanerlash va standart qoʻlosti vositalari yordamida tekshirish;

  • oʻrganilayotgan axborot tizimi joylashgan hududda mavjud jismoniy himoyaning tahlili;

  • mavjud ichki meʼyoriy hujjatlarning tahlili, xususan axborot himoyasi doirasida;

  • tashkilotdagi javobgar shaxslarni soʻrovdan oʻtkazish;

  • ommaviy resurslarni va tarmoqda aylanayotgan maʼlumotlarning tahlili.

Axborot xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazishga shartnoma tuzish bilan bogʻliq savollar bilan Yagona integrator UZINFOCOMning quyidagi telefonlariga bogʻlangan holda javob olishingiz mumkin: 238-42-41, 238-42-42.

Unicon.uz



Yaratilish tarixi


1992 yilda aloqa va axborotlashtirish sohasining ilmiy tashkiloti sifatida Ilmiy-tadqiqot markazi (ITM) tashkil etildi.

Markaz yaratilganidan beri xalqaro hujjatlar bilan uyg‘unlashtirilgan tarmoqning normativ-huquqiy va qonun hujjatlari bazasini yaratish bo‘yicha ishlar, yangi telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish Markazning asosiy vazifalari sifatida belgilandi.

1994—1996 yillarda ITM Farg‘ona, Sirdaryo, Andijon, Buxoro va Toshkent viloyatlarining shaharlarida telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish ishlarida faol ishtirok etdi.

1995 yilda Markaz qoshida Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish organi, so‘ng 1996 yilda – Sertifikatlashtirish sinov markazi (SSM) tashkil etildi, ularning ikkisi ham O‘zstandart agentligida akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

1997 yilda ITM sohaning standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkiloti va asos metrologiya xizmati sifatida O‘zstandart agentligida ro‘yxatga olingan.

1997 yilning avgust oyida aloqa sohasidagi qayta o‘zgartirishlar va O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga qayta nomlanishi munosabati bilan ITM, unga yangi vazifalar yuklangan holda, Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi (FTMTM) nomi bilan qayta nomlandi.

1998 yilda «Axborotnoma» tarmoq byulletenini chop etish boshlandi.

1998 yilda FTMTM 9000 seriyasidagi ISO xalqaro standartlari asosida tarmoqda sifat tizimini yaratish va qo‘llash bo‘yicha asosiy tashkilot sifatida belgilandi.

1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan FTMTM ishtirokida ishlab chiqilgan «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.

2001 yilda Frantsiya davlati tomonidan ajratilgan grant bo‘yicha «Chorvoq» RTSda quvvati 5 kilovattdan iborat birinchi tajribali shamol-quyosh qurilmasi qurildi.

2002 yildan 2004 yilgacha davr mobaynida FTMTM ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi, «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi, «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonunlari ishlab chiqildi.

2002 yilda elektromagnit moslashuvini tahlil qilish xizmati tashkil etildi.

2005 yilda quyidagilar tashkil etildi:

- «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi Qonunni amalga oshirish maqsadida aloqa va axborotlashtirish sohasida Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazi, bunda FTMTM elektron raqamli imzoni qo‘llash sohasida O‘zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining ijroiya organi sifatida belgilandi;

2006 yilda ma’lumotlarni shifrlash algoritmi bo‘yicha birinchi davlat stangdarti ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Milliy kriptoprovayder ishlab chiqildi.

2007 yili «Axborotkommunikatsiyalar: Tarmoqlar, Texnologiyalar, Echimlar» soha jurnali tashkil etildi. Elektron hujjat aylanish tizimi «E-Hujjat» birinchi ko‘rinishi chiqdi va tajribada qo‘llash uchun birinchi shartnoma tuzildi.

2009 yili - "UNICON.UZ" davlat unitar korxona yangi brendi yaratildi. Shu yili:

- himoyalangan elektron pochta «E-Xat»;

- fayllarni saqlash himoya tizimi «HIMFAYL»;

- apparat-dasturiy moslama «E-kalit» ishlab chiqildi.

- umumiy va maxsus texnik reglamentlar «Telekommunikatsiya uskunalariga talablar», «Elektromagnit moslashuvchanlik to‘g‘risida», «Ochiq kalitlar infrastrukturasiga talablar» va «Pochta aloqasida xavfsizlik talablari»ni ishlab chiqish boshlandi.

2011 yili Aks-sadosiz ekranli kamerali laboratoriya majmuasi Sertifikatsiya sinov markazi ishga tushdi.

2013 yili «E-Xsud» axborot tizimi ishlab chiqilishi boshlandi.

2015 yili «E-IJRO» platformasi negizida idoralararo yagona elektron o‘zaro tizimi ishlab chiqildi.

2017 yili «E-IJRO» negizida milliy tizim «IJRO.GOV.UZ» ishlab chiqildi.

2018 yili. “Web A Calibley” texnologiya asosida shifrlash brauzeri uchun dasturiy modulga UZ.SMT. 01.215.0954787 26.11 2018y muvofiqlik sertifikati berildi.


Maxsulotlar:





E-KALIT


shifrlashning maxfiy kalitlarini va elektron raqamli imzo (ERI)ni muhofazalangan holda saqlash talab qilinadigan axborot tizimlari bilan birgalikda foydalanish uchun maxsus ishlab chiqilgan apparat-dasturiy qurilma hisoblanadi





S-FILES fayllarni saqlash tizimi


Ishlab chiqilgan S-FILES tizimi shaxsiy kompьyuter yoki tashqi diskdagi papkalarga va fayllarga ruxsatsiz kirishdan himoya qilish qiladi va xavfsizlikni ta’minlaydi. Hozirgi kunda respublikada analoglar mavjud emas.





Raqamli imzo


«UNICON.UZ» DUK elektron imzo kalitini ro‘yxatga olish markazining elektron imzo kalitlari sertifikatlari ITU-T X.509, RFC3279, RFC3280 xalqaro tavsiyalariga mos keladi.




E-ijro elektron hujjat aylanish tizimi


E-ijro - hujjat davlat organlarining ichki elektron hujjat aylanish tizimlarini o‘zaro integratsiyalashuvi orqali idoralararo elektron hamkorlikni ta’minlashga mo‘ljallangan.





E-XAT muhofazalangan elektron pochta tizimi


E-XAT muhofazalangan elektron pochta tizimi E-XAT tizimi foydalanuvchilari o‘rtasida elektron xabarlar bilan muhofazalangan almashinuvni tashkil etish uchun mo‘ljallangan.

E-Hujjat elektron hujjat aylanishi tizimi


E-Hujjat elektron hujjat aylanishi tizimi legitim elektron hujjatlar bilan almashinuvni tashkil etish, shuningdek tashkilotda ish yuritishning mavjud tizimini takomillashtirish va avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan.

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va marketing bo‘yicha atamalarning ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati


Hozirgi paytda iqtisodiyot va marketingning ahamiyati axborot texnologiyalarini keng joriy qilish asosida oshib bormoqda. Bu holat fan, ta’lim va ishlab chiqarish faoliyati nomoddiy elementlarining ustuvor rivojlantirilishini shart qilib qo‘yadi.

Bizning mamlakatimiz ham bundan mustasno emas, hozirgi vaqtda respublikamizda zamonaviy jamiyatni rivojlantirishning asosiy vositasi sifatida iqtisodiyot va marketingga katta e’tibor qaratilmoqda.

Atamashunoslik jamiyat hayotining barcha sohalarida, shu jumladan, iqtisodiyot va marketing sohasida sezilarli ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyot va marketing bo‘yicha ishlab chiqilgan ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘at iqtisodiyot va marketing sohasidagi mavjud atamalarni umumlashtirishga bo‘lgan dastlabki urinishdir, shu sababli, mukammal deb bo‘lmaydi. Lug‘at hozirgi amaliy hayotda, ishbilarmonlik muhitida qo‘llaniladigan iqtisodiy, moliyaviy, marketing va huquqiy tushunchalarning izohini ichiga oladi. Marketing faoliyati mazmunining tavsifiga, marketing boshqaruvi asoslariga, xaridor xulq-atvori nazariyasining psixologik va iqtisodiy jihatlariga katta e’tibor berilgan. An’anaviy so‘zlar bilan bir qatorda, muomalaga so‘nggi yillarda kirgan yangi so‘zlarning kiritilishi lug‘atning farqlab turadigan xususiyatidir.


Aloqa liniyalari va uzatish tizimlariga oid atamalarning ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati


Tarmoq texnologiyalarining shiddatli rivojlanishi, o‘z navbatida, obzor va reklama xarakteridagi qo‘plab ilmiy maqolalar paydo bo‘lishiga turtki berdi. O‘zbekistonda tarmoq mutaxassislari yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishda xorij kompaniyalarining uskuna bilan birga yoki etkazib beruvchi kompaniyalarning o‘quv markazlarida bu texnologiyalarni œrganish mobaynida olingan original materiallaridan, shuningdek, xalqaro elektraloqa ittifoqining ushbu texnologiyalar bo‘yicha tavsiyalar va standartlari materiallaridan foydalandilar. Biroq, turli tarmoqlarning birgalikda ishlashini ta’minlovchi NGN kontseptsiyasi amalga oshirilishi sababli, transport texnologiyalar kompьyuter tarmoqlari bo‘yicha qo‘plab mutaxassislarni qiziqtirib qoldi. Yana shuni ham ta’kidlash kerakki, transport tarmoqlarda sof optik funktsional elementlardan keng foydalanish, nafaqat ishlab chiquvchilardan, balki, apparaturani montaj qilish va undan foydalanishni ta’minlaydigan oddiy muhandislardan tola optikasi va optik texnologiyalar bo‘yicha muayyan bilim, tushuncha bo‘lishini talab qiladi. Ushbu barcha omillar aloqa liniyalari va uzatish tizimlari bo‘yicha ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘at yaratish zaruratini yuzaga keltirdi.

Elektron hujjat aylanishiga oid atamalarning ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati


Elektron hujjat aylanishi mavzusi yildan yilga katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Elektron hujjat aylanishining avtomatlashtirilgan tizimlari bozori o‘syapti, yangi tizimlar paydo bo‘lyapti.Hujjat aylanishini boshqarishni avtomatlashtirish zarurligi to‘g‘risidagi masala allaqachon amaliyotga kiritilgan va ko‘plab korxonalarda elektron hujjat aylanishi tizimi joriy etilgan. Bu esa hujjatlar bilan ishlashda yangi texnologiyaning afzalligini baholash imkonini beradi. Elektron hujjat aylanishi hayotning barcha sohalarini: savdo, boshqaruv, bank faoliyati, davlat organlarining ishi va shu kabilarni qamrab oladi.

Lekin, respublikada hanuzgacha bu sohada qo‘llaniladigan yagona atamalar mavjud emasligi natijasida, elektron hujjat aylanishida qo‘llaniladigan ayrim atamalarni turlicha tushunish, ulardan noto‘g‘ri foydalanish hollari uchrab turar edi.



Shu kunga qadar, hujjat aylanishi sohasidagi normativ hujjatlar, asosan, qog‘ozda rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan ish yuritishga mo‘ljallanganligi sababli, elektron hujjat aylanishida qo‘llaniladigan tushunchalar mavjud emas yoki etarli darajada yoritilmagan edi.

Foydalanilgan adabiyotlar


http://unicon.uz/ru/history

https://uzinfocom.uz/uz/site/about
Download 82.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling