Mustaqil ishi


Download 0.57 Mb.
Sana14.11.2021
Hajmi0.57 Mb.
#174077
Bog'liq
2-mustaqil ish(tayyor)

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI TT va KT FAKULTETI II -BOSQICH TT-11-19-GURUH TALABASINING ELEKTRONIKA VA SXEMALAR FANIDAN TAYYORLAGAN

MUSTAQIL ISHI


Bajardi: Mansurov.Sh

Qabul qildi: Jamolova .G

Mavzu: Analog kuchaytirgich qurilmalarning asosiy xususiyatlari

Reja

  • Analog kuchaytirgichlar.
  • Analog kuchaytirgichlarning xususiyatlari.
  • Analog kuchaytirgichlarning ishlatilishi.


Analog kuchaytirgich

Analog soʻzi lotinchadan olingan soʻz boʻlib, uzluksiz degan maʼnoni angalatadi. Analog signal vaqt boʻyicha uzluksiz boʻlgan signaldir. Masalan uy telefonidan ATSgacha boʻlgan tarmoqda biz analog signal joʻnatamiz.

Signal manbayi quvvati yetarli bo‘lmaganda yuklama R deb ataluvchi bajaruvchi qurilma normal ishlashi uchun kuchaytirgich qurilmalardan foydalanish zarurati tug‘iladi. Kuchaytirgich deb manba energiyasini kirish signali qonuniyatiga mos ravishda chiqish signali energiyasiga

o‘zgartiruvchi qurilmaga aytiladi.

Kuchaytirishni ta ’minlash uchun ideal kuchaytirgich o‘z tarkibida kirish signali ta’sirida qarshiligini chiziqli o‘zgartuvchi elementga ega bo'lishi zarur. Lekin, hozirgi kungacha qarshiligini chiziqli o'zgartuvchi kuchaytirgich elementlar mavjud emas. Shuning uchun kuchaytirishni amalga oshirishi mumkin bo'lgan boshqariluvchi element sifatida ВТ va MTlar ishlatiladi.



Analog kuchaytirgichlarning xususiyatlari

Analog integral sxemalarning chiqish bosqichlarining vazifasi — signalning berilgan (yetarlicha katta) quvvatini buzilishlarsiz past qarshiliklili yuklamaga uzatishni ta’minlashdir. Uzluksiz o‘lchanayotgan kattalikni uning ma‘lum vaqt t ichida oniy qiymati bilan almashtirish vaqt bo‘yicha kvantlash deb ataladi.



Analogli signallarni raqamli signallarga aylantiruvchi qurilmalar ikki qismdan–amplitudaviy-impulsli modulyator va kvantlovchi qismlardan iborat.

Analog kuchaytirgichlarning qo’llanilishi

Analog kuchaytirgichlar texnikada juda keng qo’llaniladi.

Bunday texnika qurilmalaridan misol tariqasida televizorlar antennalarini keltirishimiz mumkin.

Kuchaytirgichlardan nafaqat antenna, balki boshqa qurilmalarda ham foydalanishimiz mumkin. Tovush, video signallari ham uzluksiz, ya’ni analog signallar hisoblanadi.



Xulosa

Analog kuchaytirgich qurilmalari hozirda ishlatilayotgan aloqa o’rnatuvchi qurilmalarning juda ko’p qismida mavjuddir. Ushbu qurilmalar hayotimizda muhim o’rin tutadi deyish mumkin. Televizorlarda, qabul qiluvchi va uzatuvchi antennalarda analog kuchaytirgich qurilmalarini ko’rishimiz mumkin. Yuqoridagi texnikalar turmushimizda keng foydalaniladigan qurilmalar hisoblanganligi sababli, analog kuchaytirgich qurilmalari ham muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. A.A. Xoliqov “Raqamli sxemotexnika”. Toshkent “Yangi nashr” – 2017-yil.



2. E.U.Ibragimov, Sh.T.Ermatov, L.F.Ayupov “Elektronika va sxemotexnika”. Toshkent 2007-yil.

3. X.K.Aripov, A.M.Abdullayev “Elektronika”. Toshkent – 2012-yil.
Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling