Mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha yo‘riqnoma


Download 14.72 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi14.72 Kb.
#153415
Bog'liq
130-18 Mustaqil ish mavzulari


Mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha yo‘riqnoma

Mustaqil ish: titul varog‘i, mundarija, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topadi.

MS Word tahrirlagichida chapdan 3 sm, o‘ngdan 1.5 sm, yuqori va pastidan 2 sm dan qoldiriladi, ikki tomonga tekislangan (по ширине) holda tayyorlanadi. Abzats 1.2 sm. Times New Roman 14. Qatorlar oralig‘i maksimum 1.5. Abzatslar orasi 0 pt. Sahifalar pastdan o‘rta yoki o‘ng burchakdan raqamlanadi (tituldan tashqari).

Mavzular o‘rtadan qoraytirilgan (полужирный) matndan bir ыator tepada joylashtiriladi. Rasm nomlari pastidan o‘rtadan ketma-ket raqamlangan holda joylashtiriladi. Jadvallar tepadan o‘rtadan nomlanadi (jadval raqami jadvalning tepa o‘ng burchagiga yoziladi). Rasm va jadval nomlari qoraytirilgan shriftda yoziladi.

Adabiyotlar ro‘yxatida foydalanilishiga qarab, avval normativ-huquqiy hujjatlar (xronologik tartibda), keyin asosiy adabiyotlar (alfavit tartibida), oxirida internet manbalari joylashtiriladi.

Mustaqil ish mavzu bo‘yicha nazariy va tahliliy ma’lumotlardan tashkil topishi lozim hamda yakunida mustaqil xulosalar beriladi.



Hamma jurnal bo‘yicha o‘z raqami ostidagi mavzuni oladi!

Mustaqil ish mavzulari

1. Jamiyatning iqtisodiy tizimi va uning rivojlanish mezonlari

2. Iqtisodiy tizimning asosiy elementlari: iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning o‘zaro bog‘liqligi muammolari

3. Bozor: tarkibi, funksiyalari va turlari

4. Bozor faoliyati mexanizmi sifatida talab va taklifning o‘zaro ta’siri

5. Talab va uning xususiyatlari

6. Taklif va uning xususiyatlari

7. Bozor jarayonlarini o‘rganishda talabning narxga ko‘ra elastikligining roli

8. Chekli naflilik nazariyasi: vujudga kelishi, mohiyati, rivojlanishi va qo‘llanish imkoniyatlari

9. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchilarning xatti-harakatlari

10. Tadbirkorlikning mohiyati va uning jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni

11. Korxonalarning asosiy tashkiliy-huquqiy shakllari, ularning afzalliklari va kamchiliklari.

12. Ishlab chiqarish xarajatlari va foydalari: buxgalteriya va iqtisodiy yondashuv

13. Korxonaning maqbul hajmi va uning kompaniyaning uzoq muddatli xarajatlariga ta’siri

14. Texnologiya va ishlab chiqarish funksiyasi: izokvantlar va izokostlar

15. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatning mohiyati va ahamiyati

16. Oligopoliya modellarini tasniflash tushunchasi va yondashuvlar

17. Korxonaning mukammal raqobat sharoitidagi harakati

18. O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi siyosat: institutlar va amalga oshirish mexanizmi

19. Mehnat bozori va uning xususiyatlari

20. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish haqi

21. Kapital bozori va uning rivojlanishi

22. Umumiy bozor muvozanati va iqtisodiy samaradorlik

23. Iqtisodiyotda assimetrik ma’lumotlar, noaniqlik va risk muammolari



24. Daromadlar tengsizligi muammolari. Davlatning ijtimoiy siyosati
Download 14.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling