Mustaqil ta’lim Mavzu: Ish hujjatlari namunalarini yaratish


Download 3.95 Kb.
Sana14.02.2023
Hajmi3.95 Kb.
#1198060
Bog'liq
Mustaqil ta’lim Mavzu Ish hujjatlari namunalarini yaratish-fayllar.org


Mustaqil ta’lim Mavzu: Ish hujjatlari namunalarini yaratish

Mustaqil ta’lim

Mavzu:Ish hujjatlari namunalarini yaratish



Tayyorladi:Eldiyor Maxmarajabov Tekshirdi:Eshniyazova Maysara
Reja:
1.Ish hujjatlari namunalari haqida.. 2.Ish hujjatlariga misollar.
26.03.2022

.

Ariza – muayyan muassasa yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat, eng koʻp tarqalgan ish qogʻozi. Masalan, bogʻcha mudirasi, maktab direktori, oliy oʻquv yurti rektori, davlat yoki xususiy korxona yoxud nodavlat tashkiloti yoki jamiyat va hakozo rahbari nomiga ishga, oʻqishga kirish va ulardan boʻshatish, ish yoki uy-joy sharoitini yaxshilash, nafaqa belgilash, moddiy yordam koʻrsatish, taʼtil berish, jamoat yoki aksiyadorlik jamiyatlariga aʼzo boʻlib kirish va hokazo mavzulardagi arizalar[1].

.


  •  BILDIRISHNOMA VA BILDIRGI, UNI YOZISH TARTIBI VA NAMUNALARI Bildirishnоmа - idоrа rаhbаrlаrigа xizmаt fаоliyati bilаn аlоqаdоr mаsаlаlаrning аhvоli to‘g‘risidа аxbоrоt bеruvchi rаsmiy hujjаt.Bildirishnоmа quyidаgi zаruriy qismlаr аsоsidа yozilаdi:

  • 1. Bildirishnоmа yo‘llаngаn muаssаsа nоmi vа rаhbаrning lаvоzimi, ismi vа оtа ismining bоsh hаrflаri hаmdа jo‘nаlish kеlishigidаgi fаmiliyasi.

  • 2. Bildirishnоmа tаyyorlаgаn muаllifning lаvоzimi, ismi vа оtа ismining bоsh hаrflаri hаmdа chiqish kеlishigidаgi fаmiliyasi.

  • 3. Hujjаt nоmi (Bildirishnоmа).

  • 4. Mаtn sаrlаvhаsi.

  • 5. Bildirishnоmа mаtni.

  • 6. Zаruriyat tug‘ilsа, ilоvаlаr ro‘yxаti.

  • 7. Bildirishnоmа tаyyorlаgаn shаxsning lаvоzimi, imzоsi (аgаr bildirishnоmа bir nеchа shаxs tоmоnidаn tаyyorlаngаn bo‘lsа, ulаrning lаvоzimi, imzоsi, fаmiliyasi) vа fаmiliyasi.

  • 8. Bildirishnоmа yozilgаn sаnа.

.


  • Tarjimai hol ko’pchilikka rezyume nomi bilan ham tanish. Tarjimai hol yozish uchun bir qator tavsiyalarga amal qiling. Bunda kasbiy biografiyaning asosiy dalillariga urg’u berilishi kerak, xususan:

  • Lavozim — agar tarjimai hol qanday tuzilishini bilmasangiz, qaysi lavozimga davo qilayotngangingizni ko’rsating. Masalan «buxgalter» yoki «PHP dasturchi».

  • Bog’lanish uchun ma’lumotlar — yashash manzilini ko’rsatish shart emas, lekin elektron pochta va telefon raqamni albatta ko’rsatish kerak. Yashaydigan shahar va qancha maoshga da’vo qilayotganingizni ham ko’rsatishingiz mumkin.

  • Ish tajribasi — dastavval so’nggi ish joyingiz bilan boshlab, birinchi ish joyingiz bilan yakunlash kerak. Ish joylarda qanday lavozimda ish yuritganingiz ham muhim sanaladi. Yutuqlaringizni ham kiritishingiz mumkin.

  • Ma’lumoti — oliy, o’rta yoki o’rta maxsus kabi.

  • Kasbiy maxorat va ko’nikmalar — nimalar qo’lingizdan keladi, qaysi dasturlar bilan ishlashni bilasiz, shular haqida yozish kerak. Qo’shimcha tillarni bilishni ham kiritish mumkin. Ingliz tilini biladigan ishchi hech qaysi sohada ortiqchalik qilmaydi.

  • Tavsiyanomalar — agar oldingiz ishingizdan biron kim sizni tavsiya eta oladigan bo’lsa, ular bilan bog’lanish uchun ma’lumotlarni kiritish foydadan holi bo’lmaydi.

  • Qo’shimcha ma’lumotlar — so’z yakunida o’zingiz haqingizda bir-ikki og’iz ma’lumot keltirib o’ting. Xarakteringiz, javobgarlikni ola bilish, boshqalarni fikrini hurmat qilish, kichik nasalarga ham e’tibor berish kabi afzalliklar haqida.

.

.



The end
http://fayllar.org
Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling