Mustaqil taʼlim
Download 64.27 Kb.
|
Mustaqil taʼlim Irlandiya Bayrogʻi Gerbi Irlandiya hududida inson mil. Av. 6ming yillikdan buyen yashaydi. Mil. Av. 4-asrda kelt qabilalari koʻchib kelib mahalliy aholi bilan qoʻshilib ketgan. 5-asrda xristian dini tarqalgan. Irlandiyaga normannlar (795—1014), ingliznormand qoʻshinlari (1169—71) bir necha bor hujum qildi. 14—17-asrlarda irland xalqi ingliz mustamlakachilariga qarshi keskin kurash olib bordi. Ammo milliy irland davlatining paydo boʻlishiga inglizlar qarshilik koʻrsatdi. 18-asr oxirida irland vatanparvarlarining bosqinchilarga qarshi koʻtargan qoʻzgʻoloni mustamlakachilar tomonidan bostirilib, 1801 yil 1 yanvarda “Uniya haqida akt” eʼlon qilindi. Shundan keyin Angliya oʻz parlamentidan Irlandiya vakillariga bir necha oʻrin berib, Irlandiya parlamentini bekor qildi. 19-asr mobaynida irland xalqi mustamlakachilarga qarshi kurashni toʻxtatmadi. Birinchi jahon urushi yillarida Irlandiya mehnatkashlari urushga va mustamlakachilarga qarshi kurashdi. 1916 yilgi Irlandiya qoʻzgʻoloni mustamlakachilar tomonidan bostirildi. 1919—21 yillardagi partizanlar urushi natijasida 1921 yil dekabrda tuzilgan Angliya — Irlandiya biti-miga muvofiq, Irlandiyaning janubiy qismi mustaqil deb eʼlon qilindi va Angliya nazoratidagi dominion huquqini oldi. 1937 yilgi yangi konstitutsiyada Irlandiya “Eyre mustaqil davlati” deb eʼlon qilindi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Irlandiya betaraf turdi. Garchi 1949 yil Irlandiya mustaqil respublika deb eʼlon qilingan boʻlsa ham mamlakatning shimoliy qismi (Olster)da mustamlakachilar hukmronligi saklanib qoldi. 1955—61 yillarda mamlakatni birlashtirish maqsadida Irlandiya maxfiy harbiy tashkilot toʻdalari Shimoliy Irlandiyadagi maʼmuriy va politsiya binolariga tez-tez hujum qilib turdi. 1959 yil Irlandiya Resggublikasi va Shimoliy Irlandiya ka-saba uyushma markazlarining birlashishidan Irlandiya tred-yunionlar kongressi tashkil topdi. Keyingi yillarda Irlandiya siyosatida Shimoliy Irlandiya muammosi yuzasidan ingliz hukmron doiralari bilan bir bitimga erishishga intilish ta-moyili sezila boshladi. 1985 yilda imzolangan bitimga binoan, Shimoliy Irlandiyaga taalluqli ichki muammolarni muhokama qilish uchun xukumatlararo maslahat organi tuzish koʻzda tutilgan. 1993 yilda imzolangan Deklaratsiya ixtiloflarni faqat tinch siyosiy vo-sitalar bilan bartaraf qilish uchun asos yaratdi. 1998 yildan Olster mu-ammosini hal etish jarayonida AKTP hukumati vositachilik qila boshladi. Irlandiya — 1955 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 17 mart — Avliyo Patrik kuni. 1991 yil dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenite-tini tan olgan. Download 64.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling