Mustaqil talim va mustaqil ishlar bo‘yicha kursatma va tavsiyalar
Download 200.2 Kb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil talim va mustaqil ishlar bo
Mustaqil talim va mustaqil ishlar bo‘yicha kursatma va tavsiyalar Mustaqil ta’limni tashkil etishda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi va joriy nazorat sifatida baholanadi: 1) mavzular bo‘yicha konspekt (referat, taqdimot) tayyorlash. Nazariy materialni puxta o‘zlashtirishga yordam beruvchi bunday usul o‘quv materialiga diqqatni ko‘proq jalb etishga yordam beradi. Talaba konspekti turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ishlarini osonlashtiradi, vaqtni tejaydi; 2) o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Olgan bilimlarini o‘zlashtirishlari, turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya etilgan elektron manbalar, innovatsion dars loyihasi namunalari, o‘z- o‘zini nazorat uchun test topshiriqlari v.b; 3) fan bo‘yicha qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash. Mustaqil o‘rganish uchun berilgan mavzular bo‘yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha o‘quv, ilmiy adabiyotlardan foydalanadilar. Bunda rus va xorijiy tillardagi adabiyotlardan foydalanish rag‘batlantiriladi; ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola (tezis) va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Mustaqil ishni tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar, keys- stadi, vaziyatli masalalar to‘plami ishlab chiqiladi. Ma’ruza mavzulari bo‘yicha amaliy topshiriq, keys-stadilar echish uslubi va mustaqil ishlash uchun vazifalar belgilanadi. Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari 1. Kon mashinalarning rivojlanish tarixi. 2. Tog’jinslarining burg’ulanuvchanligi bo’yicha sinflanishi. 3. Tog’ jinslarining qattiqliklari bo’yicha sinflanishi 4. Kon mashinalari keskich asboblari turlari 5 . Perforatorlar aloxida qismlari tasvirlarini chizish va laboratoriya ishiga tayyorlanish 6. Perforatorlar sinflari 7. Yer osti skvajinalarini o’tishda ishlatiladigan mashina va mexanizmlar. 8. Zamonavoy yer osti burg’ilash qurilmalari. 9. ПК-3М lahim o’tish kombaynining kinematic tasvirini va ishlash prinsipini o’rganish. 10. Tik stvollar o’tishda ishlatiladigan mashina va mexanizmlar. 11. Lahim o’tish kombaynlari unumdorligini hisoblash bo’yicha masalalar yechish. 12. Lahim o’tish kombaynlari unumdorligini hisoblash bo’yicha masalalar yechish. 13. КШ-1КГ kombaynini kinematic sxemasini chizish va ishlash prinsipini o’rganish 14. 1УСБ-67 qirg’ich qurilmasini tuzilishini, ishlash prinsipini va qo’llash sharoitlarini o’rganish 15. Ko’mir qazib olish kombaynini hisoblash bo’yicha masalalar yechish 16. Mexanizatsiyalashgan mustahkamlagichlarni komplekslar bilan birga ishlatish 17. Yakka tartibdagi gidro ustunlar tuzilishi va ishlash prinsipi 18. Yer osti yuklovchi mashinalar unumdorligini hisoblash 19. Yer osti g’ildirakli yuklovchi-tashuvchi mashinalar unumdorligini hisoblash 20. Yer osti ekskavatorlari konstruktiv tuzilishini o’rganish 21. Yer osti buldozerlarini konstruktiv tuzilishi o’rganish 22. ПР-30 perforatori konstruktsiyasi va ishlash prinsipi 23. Yer osti burg’ilash qurilmalari yuritma quvvati 24. Cho’michli yuklash mashinalari 25. Uzluksiz yuklovchi mashinalar asosiy ko’rsatgichlari 26. Yer osti burg’ilash qurilmalari va stanoklari 27. Yer osti burg’ilash mashinalariga qo’yiladigan talablar 28. Yer osti konlarida ishlatiluvchi qazib olish kombaynlari, texnalogik sxemalari Download 200.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling