Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi. Reja


Download 33.66 Kb.
bet1/6
Sana21.01.2023
Hajmi33.66 Kb.
#1106221
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUSTAQIL TARAQQIYOTNING DASTLABKI BOSQICHIDAGI MUAMMOLAR. O‘ZBEKISTONNING O‘ZIGA XOS TARAQQIYOT YO‘LINI TANLASHI.


MUSTAQIL TARAQQIYOTNING DASTLABKI BOSQICHIDAGI MUAMMOLAR. O‘ZBEKISTONNING O‘ZIGA XOS TARAQQIYOT YO‘LINI TANLASHI.
Reja
1. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar, O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'lini tanlashi.
2. Taraqqiyotning “O'zbek modeli” vang o'ziga xos xususiyatlari.
3. O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo'li.
4. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat
ramzlari.
1. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar, O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'lini tanlashi.
O'zbekiston mustaqillikka yerishganidan so'ng kun tartibida ja-hon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizirnni vujudga keltirish vazifasi turar yedi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar yendilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas yedi. Mulkchilik, mulkka yegalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlat¬ning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jid-diy yangilanishlarni taqozo yetar yedi.
Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya yetish lozim bo'lgan tayyor andozalari hech qachon bo'lmagan va bo'lmaydi ham. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma'rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an'analari mavjud bo'lgan O'zbekistonday qadimiy makonda o'ziga xos yo'l tanlash uchun ancha-muncha izlanish lozim yedi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim yedi. Shuning uchun ham «Mustaqil O'zbekiston tug'ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o'zi yurishga majbur yedi».
Yana shuni ta'kidlash darkorki, O'zbekiston o'z mustaqilligi-ni qo'lga kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bo'lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, shubha bilan qaraydiganlar bor yedi.
I A. Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilib, O'zbekiston davlat qurilishi va iqtisodi-yotini isloh qilish dasturining o'zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o'rtaga tashladi:
Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo'ysundirilishi mumkin yemas. Biming ma'nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi qilish kerak.
Ikkinchidan, o'tish davrida davlat bosh islohotchi bo'lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berishi, o'zgartishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o'tkazishi shart.
Uchinchidan, qonun, qonxmlarga rioya yetish ustuvor bo'lishi lozim. Buning ma'nosi shuki, demokratik yo'I bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og'ishmay rioya yetishi lozim.
To'rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o'tkazish.
Bozor munosabatlarini joriy yetish bilan bir vaqtda aholini ijti¬moiy himoyalash yuzasidan oldindan ta'sirchan choralar ko'rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo'lidagi yeng dolzarb vazifa bo'lib keldi va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi.
Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish obyektiv iqtisodiy qonunlar talablarini hisobga olgan holda, yaqin o'tmishimizdagi «Inqlobiy sakrash»larsiz, ya'ni evolutsion yo'l bilan puxta o'ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
O'zbekiston hukumatining bozor munosabatlariga bosqichma-boyeqich o'tish haqidagi tamoyili vaqt o'tgani sayin o'zining hayotiy qiymatini, siyosiy kuchini ko'rsatdi. Binobarin, bular yetakchi tamoyillar sifatida tan olindi. Chunki ular iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlanish yo'lini va xarakterini belgilab berdi.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka yerishgandan so'ng kelajakda qanday yo'ldan borishi masalasi kun tartibiga qo'yilgan yeng dolzarb masalalardan biri bo'ldi. Uning dolzarb bo'lib qolishining bir qator ob'ektiv va sub'ektiv sabablari va omillari ham mavjud yedi. Uning ob'yektiv sabablaridan biri jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha davlatlarga mos keladigan biron bir tayyor andozasining yo'qligi va bo'lishi ham mumkin yemasligi yedi. Ikkinchi ob'yektiv sababi – ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va qoidalar yendilikda respublikada barpo yetilayotgan yangi ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat manfaatlariga mos kelmasligi yedi. Mulkchilik, mulkka yegalik va uni boshqarish, ishlab chiqarishdagi inson omilining ortishini hisobga olgan holda davlatni boshqarishning butunlay yangi shaklini vujudga keltirish zarur yedi. Demak, birinchidan, har bir davlat demokratik taraqqiyot yo'liga kirishi uchun ma'lum bir muddat talab qilinar yedi. Ikkinchidan, vaqtni qo'ldan boy bermasdan rivojlanishning tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an'analari asosida O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'lini ishlab chiqishni bir daqiqa ham kechiktirib bo'lmas, yangi konsepsiya ishlab chiqish zarur yedi.
Mamlakat Prezidenti O'zbekiston fuqarolari uchun tabiiy haq-huquq va shuningdek oliy ne'mat bo'lgan mustaqillik to'g'risida so'z yuritar yekan, uni jamiyat rivojining asosi, bugungi va uzoq istiqboldagi taraqqiyotimiz sharti, barcha islohotlarimizning mezoni va nihoyat, barcha amal qiladigan bosh tamoyil deb ta'rifladi. SHunday yekan, u jamiyat a'zolari oldiga muttasil yangi-yangi vazifalarni qo'yadi va uning bajarilishini talab qiladi. Zero, taraqqiyotning har bir bosqichi, turli-tuman muammolar va ularni bartaraf yetish yo'lidagi tadbirlardan iboratdir.
Xalqaro hamjamiyat katta va kichik millatlar, davlatlar tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, mustaqillikning ilk asnolarida vujudga kelgan muammolar yechimida sustkashlikka yo'l qo'yish og'ir ijtimoiy larzalarga olib kelishi mumkin. Zotan, har qanday yechilmagan muammo yana boshqa qator xavf-xatarlarni keltirib chiqarib, davlat taraqqiyotining ancha murakkablashishiga olib keladi. Demak, mamlakat taqdiri uchun mas'ullikni o'z zimmasiga olgan hokimiyat tuzilmasi bu borada bir nafas ham beg'amlikka yo'l qo'ya olmaydi, doimo uyg'oq va harakatda bo'ladi. Darhaqiqat, mustaqillik bir tomondan milliy taraqqiyot yo'lini yerkin tanlashda ulkan mas'uliyat yuklasa, ikkinchi tomondan yeskilikka barham berish va yangi jamiyatga asos yaratish uchun beqiyos imkoniyat yaratadi. SHu nuqtai nazardan, mustaqillikni demokratiya uchun yeng zarur shart-sharoit deb hisoblasak bo'ladi.
O'tmish, bugun va kelajak bir-biriga tutashgan bunday tarixiy paytlarda mustaqillik davrini kechirayotgan har bir davlat bir tomondan, demokratiya borasida jahon xalqlari orttirgan boy tajriba hamda undan millat manfaatlari yo'lida foydalanishni, ikkinchi tomondan yesa, uni o'ziga xos noyob bir sharoitda joriy yetish bilan bog'liq muammoga duch kelganligini tarixiy tajribalar ko'plab mamlakatlar misolida tasdiqlagan.
I.A.Karimov O'zbekistonning rahbari sifatida asosan ikki narsani mushtarak holda olib bordi. Ulardan biri mamlakatimizning o'z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo'lini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko'p asrlik tajribasini o'rganish va ularning bizga maqbul jihatlarini ijobiy jihatdan o'zlashtirish bo'lsa, ikkinchisi - O'zbekiston xalqining turmush tarzi, mentaliteti va an'analariga tayanishdan iborat bo'ldi. Unga Islom Karimov tomonidan taklif qilingan besh asosiy tamoyil asos qilib olindi.
XX asr 50-yillardan keyingi yillarda ko'pchilik sobiq mustamlaka mamlakatlar o'z mustaqilligiga yerishib, milliy davlat qurish yo'liga o'ta boshladilar. Bu vaqtda asosiy 3 taraqqiyot yo'li: 1) kapitalistik; 2) sosialistik; 3) milliy ozodlikka yerishgan davlatlarning aralash yo'nalishi haqidagi qarashlar bor yedi. XX asr oxirlariga kelib biron-bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini qat'iy qabul qilingan qoidalar doirasi bilan cheklab turish mumkin yemasligi, taraqqiyot yo'llari (modellari) ancha keng ko'lam va maqsadga yegaligi, ulardan birini tanlashda har bir mamlakat o'z ichki sharoitlaridan kelib chiqmog'i zarurligi ma'lum bo'ldi.
Taraqqiyot “modeli”ga yondashuv ko'rinishlari:
- Sivilizatsion yondashuv (madaniyat va rivojlanishning xilma xilligi);
- Formatsion yondashuv – dunyoda jamiyat va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning har qanday mamlakat uchun bir xilda maqbul bo'lgan hammabop yo'llari yo'qligi ma'lum bo'lib qolmoqda. Zero, birxillik, yoki yagona andoza degan tushunchalar bugungi kunda o'z ahamiyatini yuqotib bormoqda. Bunday yondashuv demokratiyani, demokratik jamiyat qurilishi qonuniyatlarini «formatsion» qarashdan farkli holatda yangicha tamoyillar asosida tahlil yetishga nazariy metodologik asos bo'ladi.



Download 33.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling