Mustaqillik va ma’naviyat uyg’unligi nimada namoyon bo’ladi?


Download 117.97 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.11.2020
Hajmi117.97 Kb.
#152589
Bog'liq
Документ(1)


1.  Mustaqillik va ma’naviyat uyg’unligi nimada namoyon bo’ladi? 

2.  Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning ma’naviyat sohasida qilgan xizmatlari 



nimalardan iborat? 

3.  Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari g’oyasini sharhlang? 

4.  Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni 

yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni izohlang. 

Tarix  uchun  o’ta  qisqa  muddat  ichida  Prezident  Islom  Karimov  rahbarligida  yangi  O’zbekiston 

davlati tashkil topdi va ja

hon sahnasidan o’ziga munosib o’rin egalladi. Huquqiy, demokratik va 

fuqarolik  jamiyatining  asoslari  yaratildi.  Hayotimizning   barcha  sohalarini  qamrab  olgan  keng 

ko’lamli islohotlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz rahbarining dunyoda tinchlik va osoyishtalikni 

mustahkamlash hamda, xalqaro terrorizmga qarshi kurashga qo’shgan hissasi jahon hamjamiyati 

tomonidan  yuksak  darajada  e'tirof  etildi.  O’zbekiston  dunyoning  turli  mintaqalarida  joylashgan 

ko’plab mamlakatlar bilan o’zaro manfaatdorlikka asoslangan aloqalar o’rnatdi. 

Eng muhimi - 

biz o’zligimizni angladik, o’zbek degan muborak nom dunyoda o’z qadrini topdi. Xullas, 

mustaqillik  yillarida  ezgu  va  oliy  maqsad  yo’lida  amalga  oshirilgan  ulkan  ishlar  haqida  har  qancha 

gapirsak  ozlik  qiladi.  Tog’ning  mahobatini  oldida  turib  emas,  uzoqdan  yaqqolroq  ko’rish  mumkin 

bo’lganidek,  bu  ishlarning  ahamiyati  yillar  o’tgan  sayin  ortib  boraveradi  va  minnatdor  avlodlar, 

shubhasiz, ularga munosib baho beradi. Ma'lumki, xalqimiz tarixining buyukligi, avvalo, ma'naviyati 

va  ma'rifatining  yuksakligi  bilan  belgilanadi.  Muso  al-Xorazmiy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Abu  Nasr 

Forobiy,  Ahmad  Farg’oniy,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Imom  Buxoriy,  Amir  Temur,  Mirzo  Ulug’bek,  Alisher 

Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyotiga, xususan, ilm-

fan, ma'naviyat va ma'rifatning yuksalishiga ulkan hissa qo’shgan. Temuriylar, boburiylar tomonidan 

yaratilgan buyuk saltanatlar, ular rahnamoligida barpo etilgan muhtasham tarixiy obidalar bugun ham 

xalqimiz 

dahosining 

yorqin 

namunasi 



sifatida 

dunyo 


ahlini 

hayratga 

solib 

kelmoqda.                                  



Zabardast adiblarimiz yaratgan yuzlab badiiy asarlar jahon adabiyotining tengsiz durdonalari sifatida 

insoniyatning  ma'naviy  mulkiga  aylangan.  Xullas,  o’zbek  xalqi  ma'naviyatini  yuksaklikka  ko’targan 

misollarning  chek-

chegarasi  yo’q.  Ular  Vatandoshlarimizning  dunyoqarashi,  fe'l-atvori,  tafakkurida, 

urf-

odatlari, an'analari va udumlarida o’z ifodasini topgan. 



Jannatmonand  yurtimizga  yovuz  maqsadlar  bilan  kelgan  bosqinchilar,  mustamlakachilar  bunday 

yuksak ma'naviyat oldida o’zlarini yovvoyi his qilgan va go’zal obidalarni vahshiylarcha vayron etgan, 

bebaho kitoblarni o’tda yoqqan, ilm-fan, ma'naviyat va ma'rifat taraqqiyotini bo’g’ishga uringan. Ular 

tomonidan ming-minglab ziyol

ilar, yozuvchilar, san'atkorlar qatag’on qilingan, tarixiy osori atiqalarimiz, 

boyliklarimiz shafqatsizlarcha talangan. Bu mudhish jarayon to O’zbekiston mustaqillikka erishgunga 

qadar davom etdi. 

Biz  mustaqillikka  erishgan  paytda  jamiyat  shunday  og’ir,  tanazzul  komiga  tortilgan,  xalqning  ruhi 

cho’kkan,  odamlar  ertangi  kunga  bo’lgan  ishonchini  yo’qotgan,  jinoyatchilik  avjiga  mingan, 

bosqinchilik,  odam  o’ldirish,  mashina  o’g’irlash  kabi  mudhish  jinoyatlar  odat  tusiga  kirgan  edi. 

Prezident  Islom  Karimov  o’sha  davrdagi  vaziyatni  quyidagicha  izohlagan:  "Xalqning  urf-odatlari, 

an'analari,  madaniyati  obdan  oyoqosti  qilindi,  ona  tilining  qo’llanish  sohasi  sun'iy  tarzda  cheklab 

qo’yildi. 

Ana shunday murakkab sharoitda xalqni yangi mustaqil davlat barpo etishga safarbar qilish uchun, 

avvalo,  uning  ma'naviyatini,  ruhiyatini  tiklash  lozim  edi.  Xuddi  shu  sabab  O’zbekiston  rahbari  o’z 

faoliyatini ma'naviyatimizni tiklashdan boshladi. 

O’tgan yillar davomida totalitar tuzum davrida taqiqlangan, milliy tafakkurimiz va tarixiy xotiramizning 

yorqin  ifodasi  ramzi  bo’lgan  milliy  va  diniy  qadriyatlarimiz,  urf-odatlarimiz,  an'analarimiz, 

bayramlarimiz,  qariyb  unutilayozgan  buyuk  ajdodlarimizning  muborak  nomlari  qayotga  qaytdi, 

ularning  ezgu  ishlari  e'zoz  va  qadr  topdi.  Tashlandiq  j

oylarga  aylantirilib,  vayrona  bo’lgan  minglab 

masjidu  madrasalar,  muqaddas  qadamjolar  ta'mirlandi.  Man  qilingan  kitoblar  chop  etildi.  Tariximiz 

to’g’risidagi  asl  haqiqat  ro’yobga  chiqdi.  O’zimizga  savol  berib  ko’raylik:  bularsiz  biz  kimmiz? 


Hayotimizni  ula

rsiz  tasavvur  eta  olamizmi?  Bu  savollarga  insof  bilan,  to’g’ri  javob  bera  olsakkina 

masalaning tub mohiyatiga yetishimiz mumkin. 

Mamlakatimiz rahbarining tashabbusi bilan 1989 yiliyoq o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Milliy 

qadriyatlarimiz tiklana 

bordi. Jumladan, 1991 yil 12 fevralida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 

"Respublikada  "Navro’z"  umumxalq  bayramiga  tayyorgarlik  ko’rish  va  o’tkazish  haqida"gi  Farmoni 

e'lon  qilingan.  Unda  "asrlar  davomida  shakllangan  urf-odatlar  va  udumlarni  e'zozlash  maqsadida 

"Navro’z" bayramini keng nishonlash yuzasidan chora-tadbirlar" belgilangan. Mana shundan boshlab 

"Navro’z" tom ma'nodagi xalq bayramiga aylangan. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan 1991 yil 16 aprel Ramazon hayiti kuniga 

to’g’ri kelganligi munosabati bilan dam olish kuni deb e'lon qilingan edi. Xalqimizning xohish va irodasi 

ifodalangan bu tarixiy 

Farmonni barcha mo’min musulmonlar katta shodu xurramlik bilan kutib olishgan. Aynan shu sanadan 

boshlab  yurtimizda  Ramazon  va  Qurbon  hayitlari  bayram  qilib  kelinmoqda.  Diniy  merosimiz 

sarchashmalari bo’lgan Qur'oni karim va hadisi shariflar o’zbek tiliga tarjima qilinib, ko’p ming nusxada 

bir necha marta nashr qilindi. Xalqimiz bu merosning chinakam sohibiga aylandi. 

Bu  borada  Prezidentimiz  Islom  Karimov  shunday  degan  edi:  "Odamzodning  rizq-nasibasi  faqat 

nongina emas. Jumhuriyat hududida o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish to’qrisidagi qonunning 

qabul qilinishi, ilgari taqiqlab qo’yilgan urf-odatlar va an'analarning tiklanishi, xalq e'zozlagan "Navro’z" 

bayramining qayta tuqilishi, shu kunning dam olish kuni deb e'lon qilingani, O’zbekistondan xizmatga 

chaqirilayotgan  yigitlar  qurilish  qismlaridagi  harbiy  xizmati  tartibining  o’zgartirilishi  va  boshqa  ko’p 

tadbirlar  insonga 

g’amxo’rlik,  xalqqa  izzat-ikromning  mujassam  bo’lishidir.  Bularning  hammasi, 

birovlar  behuda  uqtirishga  urinayotganidek,  xalqqa  xushomad  emas,  balki  bizning  prinsipial 

yo’limizdir, biz bu yo’lni kelajakda ham izchillik bilan amalga oshiraveramiz". 

Shunday 

qilib, tarix uchun bir soniyadek bo’lgan bu davrda O’zbekiston asrlarga tatigulik taraqqiyot 

va ma'naviy yuksalish yo’lini bosib o’tdi. Xalqimizning asrlar mobaynida misqollab to’plagan bebaqo 

ma'naviy merosini tiklash va odamlarni undan bahramand qilish d

avlat siyosati darajasiga ko’tarildi. 

Buyuk ajdodlarimizning tavallud to’ylari,  qadimiy shaharlarimiz va "Avesto", "Alpomish" kabi buyuk 

asarlarimizning yubileylari o’tkazildi. Bularning ahamiyati nimada?! 

Bular tufayli, birinchi navbatda, biz o’zligimizni angladik, o’tganlarning ruhi shod, ko’ngil mulkimiz obod 

bo’ldi.  Shahar  va  qishloqlar,  madrasayu  masjidlar  qayta  tiklandi,  qanchadan-qancha  kitoblar  chop 

etildi. Ikkinchidan, ma'naviyatimiz orqali 

millatimiz  qadri,  sha'nu  shavkati  tiklandi.  Bular  hammasi 

mamlakatimiz kelajagi bo’lgan yosh avlod 

uchun  vatanparvarlik  va  fidoyilik,  elim  deb,  yurtim  deb  yonib  yashashning,  millat  istiqboli  uchun 

qayg’urishning yorqin ifodasi bo’lib qoladi. 

Bunga shubha yo’q. 

Yurtimizda boshlangan ana shunday ezgu 

jarayonlarni islohotlarning ustuvor yo’nalishiga aylantirish 

maqsadida  1994 yil  23 aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan  Respublika 

"Ma'naviyat  va  ma'rifat"  jamoatchilik  markazi  tashkil  etildi.  Bu  davlatchiligimiz  tarixida  avvallari 

kuzatilmagan  hodisa  hisoblanadi.  Mazkur  Farmonda  milliy  tafakkurni  rivojlantirish,  ma'naviyat  va 

ma'rifatni  yanada  kamol  toptirishga  ko’maklashish  niyatida  "Tafakkur"  jurnalini  chop  etish  ham 

belgilab qo’yilgan. Shundan keyin joylarda ma'naviyat va ma'rifat ishlariga e'tibor yanada kuchaydi, 

viloyatlarda  Markaz  bo’limlari,  maxsus  targ’ibotchilar  guruxlari  tashkil  etildi.  Minglab  uchrashuv, 

muloqot, davra suhbatlari uyushtirildi, yuzlab maqolalar, ilmiy risolalar chop etildi. Bularning barchasi 

jamiyatdagi 

sog’lom kuchlar - yuksak iste'dod va tafakkur sohiblarining aqliy salohiyatini Vatan istiqboli 

sari yo’naltirish, millatlararo do’stlik va hamjiqatlikni mustaqkamlash, odamlarning ma'naviy kamolotini 

yuksaltirish, ajdodlarimiz tomonidan asrlar mobaynida yaratilgan bebaqo madaniy merosimiz, milliy 

qadriyatlarimizni  tiklashga,  eng  asosiysi,  o’zligimizni  anglashga  katta  ta'sir  ko’rsatdi,  xalqimizning 

buyuk  yaratuvchanlik  dahosini  ro’yobga  chiqarishga  xizmat  qildi.  Muhimi,  jamiyat  taraqqiyotining 

asosiy omillaridan biri - soqlom ma'naviy-ma'rifiy muhit yaratildi. 

"Tafakkur" jurnalining ta'sis etilishi, ham shubhasiz, ijtimoiy qayotimizning muhim voqeasiga aylandi. 

O’tgan  yillar  mobaynida  jurnalda  mustaqil  taraqqiyotimiz  ko’pqirrali  jarayonining  mazmun  va 


mohiyat

ini  tahlil  qilishga  qaratilgan  ko’plab  salmoqli  maqolalar  chop  etildi.  Xullas,  davlatimiz 

rahbarining tashabbusi bilan ta'sis etilgan mazkur jurnal jamiyatimizda o’ziga munosib o’rin egalladi. 

Tarixdan ma'lumki, barcha davlatlarda ham taraqqiyot, avvalambor, insonlarning ma'naviy kamoloti 

bilan belgilanadi, taraqqiy etgan davlat faqat yuksak ma'naviyat zaminidagina vujudga keladi. Shuning 

uchun  ham  ma'naviy  islohotlarni  yanada  jadallashtirish,  xalqimizni  ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va 

farovon  hayot  barpo  etishdek  uluq  maqsadga  safarbar  etish,  ularning  imkon  va  saloqiyatini 

birlashtirish,  aqolining  ijtimoiy  faolligini  oshirish  maqsadida  1999  yil  3  sentyabrida  O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  "Respublika  Ma'naviyat  va  ma'rifat  Kengashini  qo’llab-quvvatlash 

to’g’risida"gi  Farmoni  e'lon  qilindi.  Unda  "mamlakat  hayotining  barcha  sohalarini  erkinlashtirish 

jarayonida aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirib borishda yuksak ma'naviyat va ma'rifatli, milliy va 

umuminsoniy  qadriyatlarni  chuqur  egallagan,  demokratik  tamoyillar  hamda  fuqarolik  jamiyati 

asoslarini  har  tomonlama  o’zlashtirgan,shaxsiy  va  umummilliy  manfaatlarini  o’zaro  uyg’un  ko’ra 

oladigan  erkin  shaxs  va  ongli  avlodni  tarbiyalash"  Kengashning  asosiy  vazifasi  sifatida  belgilab 

qo’yildi. 

Ma'lumki, 

qozirgi davrda turli mafkura va ta'limotlar o’rtasidagi ziddiyatlar tobora kuchayib, inson ongi 

va  tafakkurini  zabt  etish  qurolli  to’qnashuvlarga  olib  bormoqda.  Jumladan,  xalqaro  terrorizm  va 

aqidaparastlikning boshqa ko’rinishlari asrimiz vabosi sifatida ko’plab begunoq odamlarning hayotiga 

zomin  bo’lmoqda.  Fahsh,  jangarilik,  zo’ravonlik,  milliy  mahdudlik,  informatsion  xurujlar  yoshlarimiz 

ongiga tajovuz  qilmoqda. Ulardan ko’zlangan asosiy  maqsad  -  qayriinsoniy tubanlikni tarqib qilish, 

milliy  qadriyatlari

mizni  obro’sizlantirishdir.  Ana  shunday  global  tahdidlarni  bartaraf  etish, 

qadriyatlarimizni asrab-

avaylash, globallashuv jarayonida o’zligimizni asrab qolishni to’la ta'minlash 

ham  Kengashning  asosiy  vazifasi  hisoblanadi.  Uni  amalga  oshirish  uchun  jamiyatimizdagi  barcha 

soqlom  kuchlarni  birlashtirishimiz  kerak.  Zero,  bugun  xalqlarning  taqdiri  janggoqlarda  emas,  balki 

mafkuraviy, ma'naviy-



ma'rifiy kurash maydonlarida hal bo’lmoqda. 

 

Download 117.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling