Mustaqillik yillarida Toshkent duradgorlik buyumlari zavodi, quyoshdan himoya uskunalari zavodida esa plastmassadan deraza romlari ishlab chiqaradigan sex, Asakada duradgorlik buyumlari zavodi ishga tushirildi


Download 12.84 Kb.
Sana11.07.2020
Hajmi12.84 Kb.

Mustaqillik yillarida Toshkent duradgorlik buyumlari zavodi, quyoshdan himoya uskunalari zavodida esa plastmassadan deraza romlari ishlab chiqaradigan sex, Asakada duradgorlik buyumlari zavodi ishga tushirildi. Toshkentda O'zbekiston-Gretsiya qo'shma korxonasi «O'z Ellas» gugurt zavodi mahsulot bera boshladi. Ammo yog'och xomashyosi tanqisligi sanoatga jiddiy qiyinchilik tug'dirmoqda. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-fevraldagi «Sanoat terakchiligini rivojlantirish va boshqa tez o'suvchi yog'ochbop daraxtlarni barpo etishga oid chora-tadbirlar to'g'risida»gi maxsus qarori o'rmon sanoatida keskin o'zgarish yasadi. Qarorga muvofiq terakzorlar maydoni har yili 10 ming gektarga kengaymoqda. Yaqin kelajakda har yili 5 mln m kub sanoatbop yog'och tayyorlanadi. Yog'och tayyorlash korxonalari taxta tilish zavodlariga g'o'la yog'och yetkazib beradi. Tilingan yog'och - taxta-mebel sanoati uchun xomashyodir. Yog'och tayyorlash va yog'ochsozlik chiqindilari (shox-shabba, qipiq, payraxa, po'stloq)dan o'rmon-kimyo sanoatida spirt, moylar, bo'yoqlar ishlab chiqariladi. Shu sababli o'rmon-kimyo kombinatlari qurish o'ta samaralidir. Yog'och xomashyosi taqchil O'zbekistonda chiqindilarni to'la qayta ishlaydigan yog'ochsozlik kombinatlari ayniqsa o'ta muhim.
Download 12.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling